Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

Gruziya

Volkovi 41'

1 : 0

O‘zbekiston

JAMOALAR TARKIBI
17.Lazare Kupatadze
2.Otar Kakabadze
4.Guram Kashiya
3.David Xocholova
15.Irakli Azarov
16.Nika Kvekveskiri
21.Vako Gviliya
11.Saba Lobjanidze
8.Valeriy Kazaishvili
9.Zuriko Davitashvili
20.David Volkovi
  12.O‘tkir Yusupov
4.Farruh Sayfiyev
2.Islom Qobilov
18.Abdulla Abdullayev
5.Davron Hoshimov
7.Otabek Shukurov
8.Ikrom Aliboyev
9.Odil Hamrobekov
10.Jaloliddin Masharipov
17.Doston Hamdamov
14.Eldor Shomurodov
ZAHIRA
  Eldor Suyunov
Valijon Rahimov
Marlen Chobanov
Abbos Otaxonov
Abror Ismoilov
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
Aziz G‘aniyev
Xojimat Erkinov
Islom Kenjaboyev
Igor Sergeev

SARIQ KARTOCHKA
 
Shukurov 81'
QIZIL KARTOCHKA
Irakli Azarov 85'
 
Farrux Sayfiyev
85'

Matn

90+4'
O‘yin yakuniga yetdi. Raqiblarimiz minimal hisobda ustun kelishdi.
90+2'
G‘aniyevdan ajoyib zarba, ammo darvozabon to‘pni qaytardi.
90'
Uchrashuv yakuniga yetishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. O‘yinga 4 daqiqa vaqt qo‘shildi.
86'
Saba Lobjanidze o‘rniga Guram Giorbelidze tushdi.
85'
Farrux Sayfiyev xam qizil kartochka oldi.
85'
Irakli Azarov o‘yindan chetlatildi. Futbolchilar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan so‘ng hakam unga qizil kartochka ko‘rsatdi.
83'
Raqiblarimiz olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi ularning zarbasi darvozamizning ustuniga tegdi.
81'
Shukurov etiroz natijasida sariq kartochka ishlab oldi.
79'
Eldor Shomurodov o‘rniga Igor Sergeev maydonga tushdi.
77'
Jamoamiz hisobni tenglashtirish uchun harakat qilmoqda. Afsuski, raqiblarimiz himoyada ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.
73'
Termamiz yaxshi hujum uyishtirayotgan edi. Ammo Erkinovning uzatmasi noaniq ketdi.
72'
Yurtdoshlarimiz 2-qavat kurashlarida raqiblardan ustun kela olmayapti.
68'
Raqiblarimiz 2 qatorlik himoya qo‘ygan.
64'
Doston Hamdamov o‘rniga Xojimat Erkinov o‘yinga qo‘shildi.
62'
Termamiz to‘pni nazorat qilmoqda.
58'
Raqiblarimiz qiyinchiliksiz himoyamizni dog‘da qoldirishmoqda. Yaxshiyamki, ular vaziyatni keskinlashtira olishmadi.
54'
Jamoamiz hujum uyishtirdi. Yo‘ldoshevning uzatmasi o‘xshamadi.
51'
Termamiz raqib jarima maydonchasiga osonlik bilan kirib bormoqda. Ammo zarbaga kelganda raqib futbolchilari ishonchli harakat qilmoqda.
48'
Jamoamiz burchak to‘pi ishlab oldi. Masharipovning burchakdan uzatgan to‘pini himoyachilar qaytarib yubordi.
46'
Ikkinchi taymga start berildi.
46'
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Aziz G‘aniyev maydonga tushdi. Ular Davron Hoshimov va Ikrom Aliboyev o‘rniga maydonga tushdi
45'
Birinchi taym nihoyasiga yetdi. Termamiz himoyasidagi xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. 2 taymda yigitlarimiz gol kiritishiga ishonamiz!
44'
Aliboyevga nisbatan maydon markazida fol ishlatildi.
41'
GOOOOOOL! Taym yakuniga kelib ikki jamoa faollikni oshirdi va bundan raqiblarimiz foydalanib ketishdi. Davitashiviling o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Volkovi boshi bilan darvozamizga joylab qo‘ydi.
38'
Masharipovning zarbasi ancha noaniq ketdi.
37'
Yurtdoshlarimizda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Ular yaqin masofadan jarima to‘pi tepishmoqda
33'
Xamyurtlarimiz xujum yaratishmoqda. Ammo ularning zarbasi havf tug‘dira olmayapti.
25'
Raqiblarimiz chap qanotdan hujum yaratdi. Jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Davidashvili darvozamizga joylab quyishga urinib ko‘rdi.
22'
Raqiblarimiz ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira oldi. Hamrobekovning qo‘liga to‘p tegdi, ammo hakamlar ushbu vaziyat penal’ti uchun yetarli emas deb topishdi.
18'
Mezbonlar standard vaziyatga ega bolishdi. Yaxshiyamki ular vaziyatdan foyda chiqara olmadi.
14'
Shukurov uzoq mazofadan zarba yo‘lladi uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
12'
Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tmoqda. Yurtdoshlarimiz to‘p nazoratiga ko‘proq e’tibor qaratishmoqda.
7'
Eldor Shomurodov yaqin masofadan zarba yo‘lladi ammo uning zarbasiga kuch yetishmadi.
5'
Futbolchilarimiz maydon markazida to‘p nazoratiga ega chiqishga harakat qilmoqda.
3'
Mezbonlar xafvli hujum yaratishdi. Darvozabonimiz vaziyatni bartaraf etdi.
0'
Uchrashuvga start berildi. Hamyurtlarimiz to‘pni o‘yinga kiritib beradi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.