Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘zbekiston Superligasi
| Superliga-2022. Bosh hakam: Ahror Risqullayev | ||
"Neftchi"Shahzod Ubaydullayev (89)
|
1 : 0 |
"Qo‘qon-1912" |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
45.Akbar To‘rayev 7.Oybek Qilichev 11.Izzatilla Abdullayev 13.Lutfulla To‘rayev 19.Mirzohid G‘ofurov 20.Anvarjon G‘ofurov 28.Daniel Stoykovich 44.Darko Stanoyevich 70.Abbosjon G‘ulomov 77.Abrorbek Ismoilov 99.Ulug‘bek Hoshimov |
1. Muzaffar Abdullayev 8.San’at Shixov 10.Javohir Sidiqov 11.Mo‘min Meliyev 15. Avazxon Mamatxo‘jayev 15.Oybek Rustamov 17.Quvondiq Ro‘ziyev 23.Aleksandr Merzlyakov 33.Ivan Yosovich 70. Bilolxon Toshmirzayev 77.Murod Xolmuhammedov |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Mashhurjon Muhammadjonov 6.Sirojiddin Qo‘ziyev 9.Sunnatulla Abdullajonov 17.Abdulloh Olimov 21.Muhsinjon Ubaydullayev 22.Umar Adhamzoda 31.Marko Sharich 46.Shahzodbek Ubaydullayev 80.Aleksandr Yeshich. |
12. Islom Abdullayev 21. Nodir Ashurmatov 4. Ilhom Vahobov 5. Slavko Lukich 6. Dilshod Raxmatullayev 7. Jamshid Xasanov 27. Anvar Xojimirzayev 13. Sardor Azimov 18.Shaxzod Nurmatov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Oybek Qilichev (17)
Daniel Stoykovich (25) |
Ivan Yosovich (34)
|
|
Matn
| 90+7' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi Qiziqarli va hujumkor o‘tgan uchrashuvda "Neftchi" a’zolari Shahzodbek Ubaydullayev tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. |
| 90+4' | ![]() |
"Qo‘qon-1912" katta kuch bilan oldinga bormoqda. "Neftchi" esa hisobni saqlab qolishga urinmoqda |
| 90' | ![]() |
Uchrashuv hakami 6 daqiqa qo‘shib berdi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOL!! "Neftchi" hisobni ochdi. Shahzodbek Ubaydullayev 11 metrlik jarimadan foydalandi |
| 89' | ![]() |
PENALTI! "Neftchi" muxlislar" jarima zarbasi ishlab oldi |
| 87' | ![]() |
O‘yinda to‘xtalish. Bosh hakam VAR tizimi orqali vaziyatga oydinlik kiritmoqchi |
| 84' | ![]() |
Qo‘qon-1912 futbolchisi Oybek Rustamov ogohlantirildi |
| 82' | ![]() |
Maydonda futbolchilar o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi. Lekin hakam vaziyatga aralashdi |
| 80' | ![]() |
Qo‘qonliklar hisobni ochishi mumkin edi. Ammo Azimovning zarbasi aniq edi. Raqib posboni mahorat ko‘rsatdi. Burchakdan kiritilgan to‘p ham samarasiz yakunlandi |
| 78' | ![]() |
UXXXXXX...Sidiqov ajoyib pas bilan Jamshid Xasanovni oldinga chiqardi. Himoyachilar so‘nggi pallada halaqit qilib qolishdi. |
| 77' | ![]() |
Har ikki jamoada ham o‘zgarish. "Neftchi"da Abdullayev o‘rniga Shahzodbek Ubaydullayev maydonga tushdi. "Qo‘qon-1912" jamoasida esa Mo‘min Meliyevning o‘rniga Shahzodbek Nurmatov maydonga tushdi |
| 73' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. Ammo darvozalar qarshisida xavfli hujumlar kuzatilmayapti. |
| 70' | ![]() |
"Qo‘qon-1912"da o‘zgarish! Bilolxon Toshmirzayevning o‘rniga Jamshid Xasanov maydonga tushdi |
| 67' | ![]() |
Qo‘qonlik futbolchilar qarshi hujum uyushtirdi. Quvondiq Ro‘ziyevning zarbasi biroz noaniq |
| 65' | ![]() |
"Neftchi"da o‘zgarish! Oybek Qilichev, Ulug‘bek Xoshimov hamda Abbos G‘ulomovlar o‘rniga Marko Sharich, Sirojiddin Qo‘ziyev va Sunnatillo Abdullajonovlar maydonga tushirildi |
| 62' | ![]() |
Avazxon Mamatxo‘jayev qulay vaziyatdan foydalana olmadi |
| 62' | ![]() |
"Neftchi" pozision hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rmoqda |
| 59' | ![]() |
Abbosjon G‘ulomov "Qo‘qon-1912" darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishga urunib ko‘rdi, lekin yo‘llagan zarbasi juda noaniq! |
| 57' | ![]() |
Ikkinchi taym qo‘qonlik futbolchilarning biroz ustunligi ostida kechmoqda. Hozircha "Neftchi" a’zolaring ishlari yurishmayapti |
| 53' | ![]() |
"Qo‘qon-1912" a’zosi Javohir Sidiqov o‘yinni ikkinchi taymni ancha faol tarzda o‘tkazmoqda |
| 50' | ![]() |
Yana futbolchilar to‘qnashib ketishdi.O‘yin tempi juda baland. Futbolchilar o‘zlarini ham raqiblarni ham ayab o‘trishmayapti. |
| 46' | ![]() |
O‘zgarish! San’at Shixov o‘z o‘rnini Sardor Azimovga bo‘shatib berdi |
| 45' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislar, "Qo‘qon-1912" - "Neftchi" uchrashuvida ikkinchi taym boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislar, uchrashuvning 1taymi yakunlandi. Hozircha hisob — 0:0 |
| 45' | ![]() |
Uchrashuv hakami o‘yinga 2 daqiqa vaqt qo‘shib berdi |
| 42' | ![]() |
Hozirgina maydonga tushgan Aleksandr Yeshichdan kuchli zarba.... Ammo to‘p noaniq ketdi. Essiz, qulay vaziyat edi |
| 42' | ![]() |
Uxxxxxxxxxx! Bizda hisob ochilishi mumkin edi |
| 41' | ![]() |
Birnchi bo‘lim oxirida "Neftchi" safida o‘zgarish bo‘ldi. Jamoa sardori Lutfulla To‘rayev zahiraga olindi. Uning o‘rniga Aleksandr Yeshich tushdi |
| 39' | ![]() |
"Neftchi" chap qanotdan hujum uyushtirdi, lekin hakam ushbu vaziyatni offsayd deb topildi |
| 36' | ![]() |
Uchrashuv oxiri biroz keskinlashdi |
| 34' | ![]() |
Qo‘qonliklar vakili Ivan Yosovich qo‘pol hatti-harakati uchun sariq kartochka bilan jazolandi |
| 31' | ![]() |
Murod Xolmuhammedov jarima zarbasi ijro etdi, lekin to‘p muxlislar tomonga uchib ketdi |
| 31' | ![]() |
Murod Xolmuhammedov jarima zarbasi ijro etdi, lekin to‘p muxlislar tomonga uchib ketdi |
| 30' | ![]() |
Maydon markazida futbolchilar to‘qnashib ketishdi. Kichik jarohat tufayli o‘yinda biroz to‘xtalish yuzaga keldi |
| 26' | ![]() |
Abrorbek Ismoilovning bir o‘zi "Qo‘qon-1912" himoyasini yorib o‘tishga harakat qildi, lekin zarba berishga ulgurmadi |
| 25' | ![]() |
Javohir Sidiqovga nisbatan ishlatilgan fol uchun Daniel Stoykovich sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi |
| 23' | ![]() |
Uchrashuvning tempi yana pasayib ketdi. Asosan o‘yin maydon markazida bo‘lmoqda |
| 20' | ![]() |
"Neftchi"ning chap qanotdan uyuushtirgan hujumi qo‘pollik bilan to‘xtatildi |
| 20' | ![]() |
Uchrashuv keskin kurashlarga boyib bormoqda. Ammo biroz ustunlik "Neftchi" futbolchilari tomonda |
| 17' | ![]() |
Maydon markazida Mo‘min Meyliyevga nisbatan bo‘lgan qoida buzarlik sabab Oybek Qilichev bosh hakam tomonidan ogohlantirildi |
| 15' | ![]() |
Har ikki darvoza oldida ketma-ket xavfli vaziyat yaratildi |
| 14' | ![]() |
"Qo‘qon-1912" jamoasi ham chap qanotdan hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq vaziyat qo‘ldan chiqarildi |
| 12' | ![]() |
Datlabki xavfli vaziyat kuzatildi. "Neftchi" futbolchisi Lutfulla To‘rayev chamasi 20 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
"Qo‘qon-1912" futbolchisi Oybek Rustamov jarohat oldi |
| 8' | ![]() |
Hozircha hech qaysi jamoa ustunligi kuzatilmayapti. Vaqti-vaqti bilan har ikki jamoa ham imkoniyat yaratishga harakat qilmoqda |
| 5' | ![]() |
Uchrashuv hozircha sokin kechmoqda. Har ikki jamoa bir-birini maydonda o‘rganmoqda |
| 3' | ![]() |
"Neftchi" jarima zarbasi tepishga muvaffaq bo‘ldi,lekin qo‘qonliklar posboni to‘pni ushlab oldi |
| 2' | ![]() |
Bugungi uchrashuvni "Neftchi" sariq-qora libolarda harakat qilsa, "Qo‘qon-1912" jamoasi ko‘k liboslarda maydonga tushgan |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi |
| 0' | ![]() |
Demak, qadrli futbol muxlislari 2022 yilgi O‘zbekiston chempionati rasman ochiq deb e’lon qilindi |
| 0' | ![]() |
Stadion bo‘ylab davlatimiz madhiyasi yangramoqda |
| 0' | ![]() |
"Neftchi" 1189 kundan so‘ng deganda yana O‘zbekiston chempionatida qatnashmoqda va bu tom ma’noda farg‘onalik muxlislarni quvontirgan bo‘lsa kerak |
| 0' | ![]() |
Uchrashuv boshlanishiga hamma narsa shay holatga keltirilgan. Bugun har ikki jamoa o‘z muxlislariga haqiqiy futbol bayramini tuhfa etadi degan umiddamiz |
| 0' | ![]() |
Ushbu bahsni sizlar bilan kamina Jamshidjon Mahmudov kuzatib boradi |
| 0' | ![]() |
Yana bir necha daqiqadan keyin Farg‘onadagi "O‘zbekiston" stadionida O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi "Neftchi" - "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi "vodiy derbi"si boshlanadi. |
| 0' | ![]() |
Assalomu-alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|