Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Dastlabki uchrashuv. 26 fevral, soat 00:45

OLIMPIAKOS

Dominges (38)
Kempbell (55)

2 : 0

MANCHESTER YUNAYTED

JAMOALAR TARKIBI
R.Ximenes
Salino
Manolas
Markano
Xolebas
Manyatis
Ndinga
Kempbell
Dominges
Ernan Peres
Olaytan
  De Xea
Smolling
Rio Ferdinand
Vidich
Evra
Kleverli
Kerrik
Valensiya
Runi
Eshli Yang
van Persi

Matn

90'
O‘yin tugadi.
87'
«MYu» hamon maydon markazida o‘ralashib turibdi, lekin zarbagacha ish bormadi.
83'
Robin!!!!!!!!!!! Nimalar qilayapsan Robbbbbin. Qanotdan to‘p van Persiga yetkazib berildi. Robin bitta himoyachidan o‘tib, zarba berdi, lekin noaniq
80'
!!! «MYu» darvoza tomon birorta ham zarba bermadi.
76'
Dominges o‘rniga Machado tushdi.
73'
DOMINGES, DOMINGES, DOMINGES!!!!!!!!!!! Bu yigit xohlaganini qilmoqda jarima maydoni yaqinida. Bu galgi zarbasi ham juda xavfli chiqdi.
70'
«MYu» hech nima qila olmayapti. Hech narsa!!!!!!!!!!! «Olimpiakos» darvozaboni qachon ko‘ringanini eslolmayman.
66'
Nimalar qilyapti bu greklar!!!!!!!!!!!!!!!!! Naytan jarima maydoniga kirmay juda kuchli zarba berdi. Ozgina aniqlik yetishmadi. De Xea suratga aylangan edi.
63'
«MYu»ning navbatdagi hujumi qanotdan rivojlandi. Evraning to‘p uzatishidan keyin van Persi ofsaydd qoldi.
60'
Ikkinchi goldan keyin «MYu» shokka tushdi. Himoyachilarning oyog‘i qaltiramoqda.
56'
Kembel jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib oldi va Vidichni osongina aldab o‘tib, zarba yo‘lladi. Daxshatli zarba va daxshatli gol 2:0.
54'
Gooooooooooooooooooooooooool
51'
Peresning qanotdan uyushtirgan hujumi yaxshi tezlik oldi, lekin «MYu» himoyachilarini uni qaytarishd.
48'
Ikkinchi bo‘limni ham mezbonlar bir qadar faol boshlashdi. Dominges jarima maydoniga kirmay zarba berdi, lekin juda kuchsiz chiqdi zarba.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
42'
Bunaqasini kutishmagandi lekin. Mezbonlar tinchgina o‘ynab qarshi hujumda «MYu»ni shoshirib qo‘yishmoqda.
40'
Runi burcha to‘pini o‘ziga xos tarzda amalga oshirdi va Yangga to‘pni uzatib qaytib oldi. Bitta himoyachini aldab o‘tib zarba berdi, lekin himoyachi to‘pga blok qo‘ydi.
38'
Uxxxxxxxxxxxxx hisob tenglashishi mumkin edi. Darvozadan 30 metrlar uzoqlikda Runi jarima zarbasini amalga oshirdi va himoyachi to‘pga bosh bilan zarba berdi. Sal qoldi avtogol bo‘lishiga.
36'
Jamoadoshining zarbasidan keyin himoyachi ta’qibida turgan Dominges ajoyib harakat qildi va oyog‘ini chalkashtirib rikashetni amalga oshirdi va gol. De Xea qotib qoldi.
35'
Gooooooooooooooooooool
33'
Maydon markazida Runi juda chiroyli to‘xtatgan edi. Unga nisbatan qoida buzildi.
31'
Ohohohooooooooooo. Operatorlarga qoyil. Hakam ko‘rmaganidan foydalangan Smolling raqibni yaxshigina turtib o‘tib ketdi. Takroriy lavhada hammasi ko‘rindi.
29'
Yana «MYu» to‘p uzatishlarni boshlab yubordi. Ancha vaqtdan buyon mezbonlar to‘psiz.
27'
!!!!!!!!!!!!! Ernan Peres Eden Azar usulida qanotdan markazga o‘tgan holda bitta himoyachini aldab o‘tdi va darvozaga zarba berdi. Oooozgina noaniq.
25'
«MYu» butun maydon bo‘ylab to‘pni nazorat qilishni boshlab yubordi. To‘pni saqlab turish 60:40%
23'
Yang hamda Evra chap qanotdan himoyani yorib o‘tmoqchi bo‘lishdi. Yangdan to‘pni qabul qilib olgan fransuz himoyachiga qoqilib yiqilib tushdi. Qarasa penalti berilmaydi, shunga yiqilmay qo‘yaqoldi. Burchak zarbasi esa samarasiz bo‘ldi.
21'
Valensiya o‘ng qanotdan oldinga bordi va bitta himoyachini aldab o‘tib to‘pni Runiga uzatmoqchi bo‘ldi, lekin juda noaniq harakat qildi.
19'
Greklar navbatdagi hujumlarini jarima maydoni oldida rivojlantitishdi, lekin «MYu» himoyachilari juda ajoyib tarzda to‘p uzatishlari bilan himoyadan chiqib ketishdi.
17'
Burchakka yaqin joyda «MYu» jarima to‘pi tepish imkoniga ega bo‘ldi. Zarbadan keyin to‘pni himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to‘pga Tom Kleverli zarba berdi, lekin noaniq.
15'
Mezbonlar hujumi vaqtida Smollingga qarshi qoida buzildi.
13'
Chempionlar ligasida jamoalar 4 marta to‘qnash kelishgan va har safar «MYu» g‘alaba qozongan.
11'
Nihoyat ingizlar oldinga o‘tishdi. Kerrik Evrani qanotdan oldinga boshladi va himoyachi to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Darvozabon o‘z o‘rnida.
9'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! DAMINGESSSSSSSSSSSSSSS. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Alexandro Dominges butun boshli «MYu»ni aldab o‘tdi va ajoyib reyd bilan jarima maydoniga kirib bordi, lekin oxirgi soniyada Vidich podkatda ulgurdi.
7'
Qiziq. Hech kim bunaqa startni kutmagan edi. Kutilmaganda temp juda past. Greklar ham qiziqqonlik qilmay harakat qilishmoqda.
5'
Hozircha to‘pni «Olimpiakos» nazorat qilmoqda. «MYu» ustunlikni raqibga berib, o‘ynamoqchi.
3'
O‘yin ancha sokin boshlandi. Ilk hujumni mezbonlar amalga oshirishdi. Qanotdan to‘p bilan futbolchi oldinga borayotganida Evra to‘pni qo‘li bilan ushlab qoldi va sariq kartochka oldi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli fubol muxlislari sizlarni «Olimpiakos» hamda «MYu» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.