Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston Superliga, 2-tur

Superliga-2022. Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev

"Nasaf"

Husayn Norchayev (80)

1 : 1

"Metallurg"

Abrorbek Toshqo‘ziyev (89)
JAMOALAR TARKIBI
1 Umidjon Ergashev
4 Xusniddin Aliqulov
8 Dilshod Saitov
10 Xusain Norchayev
17 Suxrob Nurulloyev
18 Baxrom Abduraximov
22 Akmal Mozgovoy
34 Sherzod Nasrullayev
77 Oybek Bozorov
88 Marko Stanoyevich
92 Umarbek Eshmurodov(S)
  12 Aleksandr Lobanov
5 Abbosjon Otaxonov
9 Zabihillo O‘rinboyev
10 Shoxnazar Norbekov
14 Abrorbek Toshqo‘ziyev
18 Fozil Musayev (S)
27 Ixtiyor Tashpulatov
30 Ibroxim Ibragimov
80 Farruxjon Ibroximov
94 Farxodbek Bekmuratov
97 Muhammadali Aliqulov
ZAHIRA
13 Azamat Soyibov
35 Abduvahid Nematov
2 Alibek Davronov
6 Murodbek Raxmatov
7 Sharof Muxitdinov
9 Ivan Solovev
20 Shaxzod Akramov
23 Sardor Sadullayev
99 Semir Smaylagich
  87 Akmal Ortikov
6 Xudoyshukur Sattorov
11 Damir Temirov
15 Zaxid Abdullayev
16 Jasur Xolto‘rayev
19 Ergash Ismailov
22 Shoxzodbek G‘ofurbekov
25 Shaxzodjon Nematjonov
26 Xakimxon Alamxonov
SARIQ KARTOCHKA
Husayn Norchayev (44)
Umar Eshmurodov (82)
 
Abbos Otaxonov (82)
Farhod Bekmurodov (85)

Matn

'
Qarshida kechgan "Nasaf" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Ushbu o‘yindan so‘ng "Metallurg" hisobidagi ochkolar soni 4taga yetgan bo‘lsa, "Nasaf" 2-ochkosini qo‘lga kiritdi
90+7'
Uchrashuv yakunlandi.
90+4'
"Metallurg"da navbatdagi o‘zgarish. O‘rinboyev o‘rniga Ne’matjonov maydonga tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Jarima zarbasidan so‘ng Toshqo‘ziyev hisobni tenglashtirdi
Гоооол'
"Metallurg" hisobni tenglashtirdi
82'
Abbos Otaxonov va Umar Eshmurodov ogohlantirildi
80'
Burchakdan oshirib berilgan golni Husayn Norchayev boshi bilan zarba yo‘llab hisobni ochdi
80'
Gooooool
78'
"Metallurg"da 3-o‘zgarish. Ibragim Ibragimov zahiraga olindi va uning o‘rniga Xudoyshukur Sattorov bahsga qo‘shildi
74'
Uxxx, "Nasaf" futbolchisi qulay vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Semir Smaylagich o‘ng qanotdan hujum boshladi va yakuniy nuqtani ham o‘zi qo‘yishi mumkin edi. Biroq omad undan yuz o‘girdi. Bekobod klubi himoyachisi xavfni bartaraf etdi
72'
"Nasaf"da bir vaqtda ikkita o‘zgarish amalga oshirildi. Stanoyevich o‘rniga Muhitdinov, Nurulloyev o‘rniga Smaylagich maydonga tushdi
70'
"Metallurg" ham gol urishga harakat qilmoqda, biroq bekobodiliklar hujumni "Nasaf" himoyachilari zararlantirishni uddalamoqda
68'
"Nasaf" o‘ng qanotdan hujum uyushtirdi. Biroq Qarshi klubi futbolchilarida yakuniy nuqtani qo‘yadigan futbolchi yetishmayapti
65'
"Metallurg"da ikkinchi o‘zgarish. Fozil Musayev o‘rniga Jasur Xolto‘rayev o‘yinga qo‘shildi
62'
Zabihillo O‘rinboyev qarshi hujumga o‘tib ketdi. Ammo u raqib jarima maydonchasi oldida to‘pni yo‘qotib qo‘ydi
62'
Ustunlik qarshilik futbolchilar tomoniga o‘tib ketdi
61'
Bugun Qarshi klubi futbolchisi Sherzod Nasrullayev ancha faol
60'
"Nasaf" burchakdan to‘p kiritib berdi, ammo yana samarasiz yakunlandi
57'
Exxxx Husayn!!! "Nasaf"ning chap qanotdan Bozorov uzatib bergan to‘pdan Norchayev gol urishi mumkin edi
55'
"Metallurg" futbolchilari o‘ng qanotdan hujum yaratishdi. Yakuniy zarbani yo‘llagan Fozil Musayevning tepgan to‘piga biroz kuch yetishmadi
51'
"Nasaf" ham xavfli hujum uyushtirdi. Lekin to‘pga Husayn Norchayevdan oldin Lobanov yetib keldi
48'
Ikkinchi bo‘lim bekobodliklarning biroz ustunligida boshlandi. "Metallurg" futbolchilari taym boshidan golga tortadigan bir nechta vaziyat yaratishdi
46'
"Metallurg"da o‘zgarish. Shohnazar Norbekov o‘rniga Damir Temirov maydonga tushdi
45'
Qadrli do‘stlar, Qarshidagi "Markaziy" stadionidagi "Nasaf" - "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi bahs ikkinchi taym boshlanmoqda
45'
Birinchi taym yakunlandi. Hozircha uchrashuv 0:0. Bizdan uzoqlashmang. Birozdan so‘ng qaytamiz
45+1'
Marko Stanoyevichning zarbasiga aniqlik yetishmadi
45'
Shavkat Nasibullayev o‘yinning birinchi taymiga ikki daqiqa qo‘ib berdi
44'
Husayn Norchayev ogohlantirildi.U raqibga nisbatan biroz xavfli o‘yin namoyish etdi
43'
O‘yin ancha sokinlashib qoldi. To‘pga egalik qilish bo‘yicha biroz usutunlik qarshilik futbolchilarda
36'
Zabixillo O‘rinboyev mezbonlarning to‘rt o‘yinchisi orasidan o‘tib ketdi va zarba berdi, lekin uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
34'
Zabixillo O‘rinboyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
32'
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2021 yili 15 oktyabr kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuvda "ajdarlar" minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
28'
"Nasaf" jarima zarbasi ijro etdi. Lekin "Metallurg" futbolchilari bu hujumni ham bartaraf etdi
24'
Uxxxxxx. Qarshiliklar hisobni ochishi mumkin edi. Markazdan uyushtirilgan hujumdan keyin to‘p chap qanotdagi Sherzod Nasrullayevga uzatildi. "Nasaf" klubi himoyachisi esa birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi
22'
"Nasaf"ning har ikki qanoti ham ancha faoli. "Metallurg" asosan qarshi hujumda o‘ynamoqda
20'
Qarshi klubi futbolchilari burchak to‘pi amalga oshirdi, ammo uzatib berilgan to‘p noaniq ketdi
17'
"Metallurg" qarshi hujumga o‘tdi, lekin bekobodlik futbolchilar hujumi yakunlanmay qoldi
15'
Sherzod Nasrullayev uzoqdan kuchli zarba yo‘lladi, Aleksandr Lobanov esa to‘pni xotirjam egallab oldi
11'
"Ajdarlar"ning chap qanoti juda faoli. Bozorov - Nasrullayev juftligi "Metallurg" futbolchilariga biroz qiyinchilik tug‘dirmoqda
09'
"Metallurg" futbolchilari pozision hujum uyushtirishdi. Lekin yakuniy zarbaga biroz kuch yetishmadi
07'
Qarshi klubi futbolchilari to‘p nazoratini qo‘lga olishga urunib ko‘rmoqda
05'
"Nasaf" jarima zarbasini ijro etishdi, ammo qarshilik futbolchilar hujumi omadsiz yakunlandi
02'
Jamoalar bir-birini o‘rganmoqda. O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda
01'
Uchrashuv boshlandi
00'
"Markaziy" stadion uzra mamlakatimiz madhiyasi yangramoqda
00'
Qashqadaryo viloyati hokimi uchrashuvni ochib bermoqda
00'
Qadrli do‘stlar, jamoalar maydonga tushib kelishmoqda
00'
Bir necha daqiqlardan so‘ng uchrashuvga start beriladi
00'
Assalom-u aylaykum, qadrli futbol ihlosmadlari. Bugun O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi uchrashuvlarga start beriladi. Qarshidagi "Markaziy" stadionida "Nasaf" Toshkent viloyatining "Metallurg" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvni saytimiz orqali matnli translyasiya ko‘rinishida o‘qib borishingiz mumkin.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.