Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘zbekiston Superligasi 2-tur
| . Bosh hakam: Aziz Asimov | ||
"Quqon-1912"Javohir Sidiqov (63)
|
1 : 0 |
"Olimpik" |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Muzaffar Abdullayev 77.Murod Xolmuxamedov 15.Oybek Rustamov 14.Avazxon Mamatxo‘jayev 33.Ivan Yosovich 23.Aleksandr Merzlyakov 13.Sardor Azimov 70.Bilolxon Toshmirzayev 10.Javohir Sidiqov 17.Quvondiq Ro‘ziyev 11.Mo‘min Meliyev |
12.Vladimir Nazarov 2.Saidazamat Mirsaidov 70.Abubakr Rizo Turdaliyev 5.Muhammadqodir Hamraliyev 44.Shahzod Toirov 21.Muhammadaziz Ibrohimov 77.Davron Anvarov 7.Ruslanbek Jiyanov 9.Temur Mamasidiqov 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev 19. Doston Tursunov |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Islom Abdullayev 21.Nodir Ashurmatov 4.Ilhom Vahobov 5.Slavko Lukich 6.Dilshod Raxmatullayev 7.Jamshid Hasanov 8.San’at Shixov 27.Anvar Xojimirzayev 18.Shaxzod Nurmatov |
13.Xamidullo Abdunabiyev, 4.Eldorbek Begimov, 6.Behzod Shamsiyev, 17.Jaloliddin Sodiqov, 10.Farruh Muxtorov, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 22.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 37.Alisher Odilov, 99.Muhammadali G‘iyosov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
(42) Oybek Rustamov
(50) Bilolxon Toshmirzayev 89 Anvar Xojimirzayev |
(22)Muhammadaziz Ibrohimov
(53)Saidazamat Mirsaidov |
|
Matn
| 90' | ![]() |
O‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Javohir Sidiqovning yagona goli mezbonlarga g‘alaba keltirdi. |
| 90+4' | ![]() |
Shaxzod Nurmatov o‘yinga qo‘shilmoqda. U Quvondiq Ro‘ziyevning o‘rniga maydonga tushdi. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 4 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. |
| 89' | ![]() |
Anvar Xojimirzayev o‘rniga Dilshod Raxmatullayev maydonga tushdi. |
| 89' | ![]() |
Anvar Xojimirzayevga vaqtni cho‘zganligi uchun sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 86' | ![]() |
Qo‘qonliklar jarima maydonchasi ichida sarosima yuzaga keldi. Buyog‘i "o‘zbekcha" futbol bo‘lib ketdi. Topni bu vaziyatda ko‘rib bo‘lmay qoldi. |
| 84' | ![]() |
Behzod Shamsiyev Muhammadaziz Ibrohimovning o‘rniga o‘yinga qo‘shildi. |
| 83' | ![]() |
"Olimpik 18 metrlardan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. |
| 80' | ![]() |
Sidiqov uzoq masofadan darvozani nishonga olib ko‘rdi. Ammo darvozabon o‘z o‘rnida. |
| 77' | ![]() |
Qo‘qonliklar o‘yin tempini pasaytirishga harakat qilmoqda. |
| 74' | ![]() |
Davron Anvarov o‘rniga Farruh Muxtorov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev o‘rniga Po‘latxo‘ja Xoldorxonov maydonga tushdi. |
| 73' | ![]() |
"Olimpik" tinimsiz hujumlar uyishtirmoqda. Jamoaga gol zarur! |
| 70' | ![]() |
"Olimpik" burchak to‘pi tepmoqda. |
| 68' | ![]() |
Maydon markazi uchun jiddiy kurash kechmoqda. |
| 59' | ![]() |
Sal oldin Doston Tursunov O‘rniga Jaloliddin Sodiqov maydonga tushgan ekan. |
| 65' | ![]() |
"Olimpik" darhol hisobni tenglashtirishga urinmoqda. POytaxtliklar endi o‘z omadini hujumdan izlashsa ajab emas. |
| 63' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Javohir Sidiqovdan zarbaaaaaaaa va ajoyib gol! Nazarov Javohirning zarbasi oldida ojiz qoldi. Sidiqovning goli tur goli bo‘lishga nomzod bo‘la oladi. |
| 59' | ![]() |
Alisher Odilov Temur Mamasidiqovni o‘rniga maydonga tushirildi. |
| 58' | ![]() |
Mezbonlar o‘yinida pasayish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. "Olimpik" esa bundan foydalanishga urunmoqda. |
| 54' | ![]() |
Ruslan Jiyanov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi. Ammo uning zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 53' | ![]() |
Saidazamat Mirsaidov ham sariq kartochka oldi. O‘yin asabiy o‘tmoqda. |
| 50' | ![]() |
Bilolxon Toshmirzayev sariq kartochka bilan jazolandi. U raqiblari hujumini qo‘pollik bilan uzib qo‘ydi. |
| 47' | ![]() |
Qo‘qonliklar taymni hujumkor ruhda boshlashdi. |
| 46' | ![]() |
Mo‘min Meliyev o‘rniga Anvar Xojimirzayev maydonga tushirildi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taymga start berildi. |
| 45+2' | ![]() |
1-bo‘lim 0-0 hisobida yakunlandi. Tanaffus! |
| 45' | ![]() |
Bosh hakam 1-taymga 2 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. |
| 42' | ![]() |
Oybek Rustamov Vladimir Nazarovga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 40' | ![]() |
Sidiqovga nisbatan maydon markazida qo‘pollik ishlatildi. |
| 36' | Ikki jamoa ham to‘p nazoratiga jiddiy e’tibor bermoqda. Taymning so‘nggi daqiqalari kutilganidek vaziyatlarni taqdim etmayapti. | |
| 32' | ![]() |
Sekin uzatilgan to‘p maydonda yumalashi qiyin bo‘lyapti. Yomg‘irning o‘yinga ta’sirini shundan ham sezib olsak bo‘ladi. |
| 29' | ![]() |
O‘yinda biroz temp pasaydi. Jamoalar startdagi hujumkorligini taktik o‘yinga almashtirishdi. |
| 26' | ![]() |
Javohir Sidiqov qo‘qonliklar o‘yinini boshqarmoqda. Uning paslari ancha havfli ko‘rinish olmoqda. |
| 24' | ![]() |
"Olimpik" o‘yin tizginini o‘z tomoniga og‘dirib olishga intilmoqda. Mezbonlar esa birozgina tin olishmoqda. |
| 22' | ![]() |
Muhammadaziz Ibrohimov hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq deb topildi. |
| 20' | ![]() |
"Olimpik" hujumga o‘tmoqda va ular so‘nggi uzatmalarda xato qilishmoqda. Vaziyat zarbagacha yetib bormayapti. |
| 17' | ![]() |
Darhaqiqat "Olimpik" darvozaboni penaltini oyog‘i bilan qaytardi va bu seyv tahsinga sazavor. |
| 17' | ![]() |
O‘yin juda ham shiddatli o‘tmoqda. Ikki jamoa ham bo‘sh kelishmayapti. |
| 16' | ![]() |
Murod Xolmuxamedov penltidan foydalana olmadi. Nazarov to‘pni qaytarib yubordi |
| 14' | ![]() |
Sidiqov va Mirzayev qo‘qonliklarning navbatdagi xavfli hujumini tashkil etdi va Sidiqovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik sababli mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. |
| 11' | ![]() |
Jiyanov havfli zarba yo‘lladi va uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. "Olimpik" ham sekinlik bilan o‘ziga kelmoqda. |
| 10' | ![]() |
Zarbaaaaa! Bilolxon Toshmirzayev darvoza to‘sinini nishonga oldi. Javoxir Sidiqovdan javoxir pas! |
| 7' | ![]() |
Mezbonlar asta-sekinlik bilan ustunlikka ega bo‘lmoqda |
| 6' | ![]() |
Sardor Azimov birma-bir vaziyatdan foydalana olmadi. "Olimpik" darvozaboni bu vaziyatda yaxshi o‘ynadi. |
| 3' | Jmoalar asosan markazda to‘p nazoratini qo‘lga olishga intilmoqda. | |
| 1' | ![]() |
O‘yinga start berildi. Mezbonlar o‘yinni hujumkor tarzda boshladi. |
| 0' | ![]() |
Yaypanda kuchli yomg‘ir yog‘gan va bu stadion holatiga biroz bo‘lsa-da ta’sir o‘tkazishi mumkin. |
| 0' | ![]() |
Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Mezbonlar ko‘k, poytaxtliklar esa oq rangli libosda maydonda harakatlanishadi. |
| 0' | ![]() |
Assalom-u aylaykum, qadrli futbol ihlosmadlari. Bugun O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi uchrashuvlarga start beriladi. "Qo‘qon-1912" va "Olimpik" o‘rtasidagi bahs boshlanishiga bir-necha daqiqa vaqt qolmoqda. Ushbu bellashuvni saytimiz orqali matnli translyasiya ko‘rinishida o‘qib borishingiz mumkin. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|