Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston Superliga, 2-tur

. Bosh hakam: Rustam Lutfulin

"Paxtakor"

Cheran (52)

1 : 0

"Neftchi"

JAMOALAR TARKIBI
Quvvatov
Alijonov
Larin
Xadjiyev
Sayfiyev
Hamrobekov
Sobirxo‘jayev
Aliboyev
Turg‘unboyev
Erkinov
Cheran (C).
  To‘rayev
Ubaydullayev
A. G‘ofurov
Stoykovich
M.G‘ofurov
To‘rayev
Qilichev
Ismoilov
Esich
G‘ulomov
Hoshimov
ZAHIRA
Suyunov
Rashidov
Sharkich
Roziyev
A’zamov
Xolmatov
Yoqubov
Fayzullayev
Mirahmadov
  Muhammadjonov
Qo‘ziyev
Karimov
Abdullajonov
H.G‘ofurov
Abdullayev
Olimov
Sarich
Stanoyevich.
SARIQ KARTOCHKA
Larin (82)
 
A. G‘ofurov (28)
Ubaydullayev (52)
Qilichev (56)
H. G‘ofurov (74)
To‘rayev (88)
QIZIL KARTOCHKA
 
Ismoilov (21)

Matn

90+3'
Uchrashuv yakunlandi
90+1'
"Neftchi"da G‘ulomov o‘rniga Abdullajonov tushirildi
90'
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Lutfulla To‘rayev ogohlantirildi
87'
"Neftchi"da standart vaziyat. Husniddin G‘ofurov uzatib bergan to‘pni toshkentlik futbolchilar qiyinchilik bilan qaytardi
85'
Husniddin G‘ofurov uzoqdan kuchli zarba yo‘lladi. Ammo Quvvatov to‘pni xotirjamlik bilan ushlab oldi
82 '
"Paxtakor" futbolchisi Larin ogohlantirildi
80'
"Neftchi" ham o‘z omadini raqib jarima maydonidan qidirmoqda. Lekin hozircha xavfli hujumlar kuzatilmayapti
74'
"Neftchi" a’zosi Husniddin G‘ofurov ogohlantirildi.
74'
"Neftchi"da o‘zgarish. Ubaydullayev o‘rniga Sarich, Yesich o‘rniga Qo‘ziyev maydonga tushirildi
70'
Hojimat Erkinov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi
69'
Sardor Rashidov maydonga tugan zahoti xavfli hujumda qatnashdi va u tepgan to‘pni Akbar To‘rayev qiyinchilik bilan qaytarib qoldi
67'
"Paxtakor"da birdaniga ikkita o‘zgarish. Turg‘unboyev o‘rniga Rashidov, Sobirxo‘jayev o‘rniga Sharkich tushirildi
65'
"Paxtakor" o‘yinda to‘lig‘icha ustunlik qilmoqda. "Neftchi" darvozaboni To‘rayev yaqqol goldan jamoasini saqlab qoldi
61'
"Neftchi" tarkibida o‘zgarish. Ulug‘bek Xoshimov o‘rniga Izzatilla Abdullayev, Oybek Qilichev o‘rniga Husniddin G‘ofurov maydonga tushirildi.
59'
Cheranning ajoyib uzatmasidan keyin Sayfiyev zarba berdi, to‘pni To‘rayev egallab oldi
56'
"Neftchi"da ikki futbolchi ogohlantirildi. Ubaydullayev va Qilichev hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi
52'
Goooooooooool. Dragan Cheran.

Alijonov o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni Draganga aniq oshirdi. Cheran esa to‘pni darvozaga shunchaki kiritib qo‘ydi
48'
Dastlabki daqiqalardan "Paxtakor" hujumkor o‘yin namoyish etmoqda
45'
Qadrli do‘stlar, "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvi ikkinchi bo‘limi boshlanmoqda
45+2'
Qadrli do‘stlar, uchrashuvningbirinchi taymi yakunlandi. "Paxtakor" - "Neftchi" hozircha - 0:0
45'
Birinchi taymga ikki daqiqa qo‘shib berildi
44'
Farg‘ona klubining jarimadan yo‘llagan zarbasi o‘z manziliga yetib bormadi
43'
Aliboyev "Neftchi" futbolchisiga nisbatan qoida buzdi
41'
"Neftchi" Akbar To‘rayev kichik jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam berdi
39'
Ikrom Aliboyevning jarimadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng himoyachi to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi
36'
Erkinov darvozabonni aldab o‘tib, to‘pni tepdi, biroq zarba kuchsiz chiqqani sababli himoyachi to‘pni qaytarishga ulgurdi
33'
"Paxtakor" har ikki qanotdan faol tarzda hujum qilmoqda. Ammo mezbonlar safida vaziyatni yakunlaydigan futbolchi yetishmayapti
30'
"Paxtakor" jarima zarbasi ijro etdi. Ikrom Aliboyev tepgan to‘p jonli devorga tegdi. Qaytgan to‘pga Alijonov zarba berdi, ammo u tepgan to‘p ancha noaniq
28'
"Neftchi" a’zosi Abror G‘ofurov ogohlantirildi
25'
"Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin biroz himoyaviy o‘yin ko‘rsatmoqda. Ular endi o‘z omadini qarshi hujumda sinab ko‘radi
21'
Ismoilov vaziyati VARda ko‘rib chiqildi va hakam futbolchini maydondan chelatildi
19'
"Neftchi" futbolchisi Abror Ismoilov ogohlantirildi. U to‘p uchun kurashda "Paxtakor" futbolchisi oyog‘iga jiddiy zarba berib yubordi
17'
Aziz Turg‘unboyev "Paxtakor"ning hujumini rivojlantirishga harakat qildi, lekin "Neftchi" himoyachilari uni vaqtida zararlantira oldi
15'
"Neftchi" ham qarshi hujumda omadini sinab ko‘rdi. Farg‘onaliklar hujumchisi tepgan to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
13'
"Paxtakor" o‘ng qanot bo‘ylab hujum uyushtirdi. Lekin "sherlar"ning hujumi uzilib qoldi
10'
Superliganing 1-turida har ikki jamoa ham g‘alabani tantana qilgan. "Neftchi" "Vodiy derbisi"da "Qo‘qoon-1912"ni minimal hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Paxtakor" safarda "Dinamo"dan ustun kelgan. Bugungi bahsda qaysidir yoki har ikki klub ham ochko yo‘qotishi aniq!
07'
To‘p nazoratida biroz ustunlik "Paxtakor" tomonda, lekin "Neftchi"ning qarshi hujumlari xafli bo‘lmoqda
05'
"Neftchi" gol urgan edi, ammo hakam hujumda fol qayd etildi deb, golni inobatga olmadi
03'
"Paxtakor" pozision hujumga o‘tishga urinib ko‘rmoqda.
01'
Uchrashuv boshlandi
00'
Qadrli do‘stlar,jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
00'
Assalom-u alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. Bugun O‘zbekiston Superligasi 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Toshkentdagi "Markaziy" stadionida "Paxtakor" Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Quyidagi uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyasiya shaklida kuzatib borishingiz mumkin
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.