Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi, saralash

. Bosh hakam: Ali Saboh al-Qaysiy

"Baniyas"

0 : 2

"Nasaf"

Sherzod Nasrullayev (27)
Husayn Norchayev (75)
JAMOALAR TARKIBI
55. Fahad Aldhanhani
4. Xolid Alhashimi
7. Favaz Avana (S)
10. Nicolas Gimenez
11. Gaston Suarez
17. Eisa Ali Almazi
18. Suhail Ahmad Said
23. Xamis Solix
31. Sasa Ivkovich
52. Husayn Abbos
70. Muhammad Rashid
  1. Umidjon Ergashev
4. Husniddin Aliqulov
7. Sharof Muhitdinov
8. Dilshod Saitov
9. Ivan Solovev
10. Husayn Norchayev
22. Akmal Mozgovoy
34. Sherzod Nasrullayev
77. Oybek Bozorov
88. Marko Stanoyevich
92. Umarbek Eshmurodov (S)
ZAHIRA
1. Muhammad Xalaf
77. Xalid Albaloshi
8. Muhammad Hamdan
16. Salem Abdulla
20. Muhammad Almenhali
21. Shaxin Surour
35. Hamdan Almahri
38. Abdullah Sultan
42. Ahmad Abunamus
45. Ahmed Rabia
  13. Azamat Soyibov
35. Abduvohid Ne’matov
2. Alibek Davronov
6. Murodbek Rahmatov
17. Suhrob Nurulloyev
18. Bahrom Abdurahimov
20. Shahzod Akramov
23. Sardor Sadullayev
30. Aziz Xolmurodov
99. Semir Smaylagich
SARIQ KARTOCHKA
Favaz Avana (69)
 
Akmal Mozgovoy (34)

Matn

90+3'
Qadrli, futbol muxlislari uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
90+2'
Exxx, "Nasaf" futbolchisi Sherzod Nasrullayev birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi
90'
"Nasaf"da o‘zgarish. Norchayev o‘rniga Smaylagich, Bozorov o‘rniga Davronov maydonga tushdi
88'
"Baniyas" futbolchisining chap qanotdan uzatib bergan to‘pini Ergashev qiyinchiliksiz ushlab oldi
84'
Suhrob Nurulloyev uzoqdan zarba yo‘lladi. Ammo uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
82'
Ikkinchi goldan keyin "Baniyas" futbolchilari biroz tushkunlikka tushib qoldi
75'
Gooooooool. Husayn Norchayev. Vakillarimiz to‘plar farqini ikkitaga oshirdi. Jarima zarbasidan so‘ng Aliqulov to‘pni boshi bilan raqib jarima maydonchasi markaziga oshirib berdi. To‘pni qabul qilib olgan Husayn raqib darvozasini aniq nishonga oldi
72'
"Baniyas"ning navbatdagi hujumi bartaraf etildi. Gimenezning jarima maydonchasi tashqaridan yo‘llagan zarbasini Umidon qaytardi
70'
BAA klubi futbolchisi Favaz Avana ogohlantirildi
67'
"Nasaf"da o‘zgarish. Sharof Muhitdinov o‘rniga Bahrom Abdurahimov maydonga tushdm
65'
Raqibning yana bir hujumi samarasiz yakunlandi. Xamis Solixning bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
62'
"Baniyas" vakillari o‘ng qanotdan navbatlagi hujumni uyushtirdi. To‘p tashqi tomondan to‘rga tegdi
60'
Raqibning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. Umidjon Ergashev xavfni bartaraf etdi
59'
Vakillarimiz ortiqcha bosimsiz o‘ynamoqda.
57'
"Nasaf" futbolchisi Solovevga nisbatan maydon markazida qoidabuzarlik ishlatildi.
48'
Ikkinchi taym dastlabki daqiqalari biroz sokin o‘tmoqda. Jamoalar asosan maydon markazida o‘ynamoqda
45'
Qadrli do‘stlar, "Baniyas" - "Nasaf" o‘rtasidagi uchrashuv ikkinchi bo‘limiga start berildi
45'
Qadrli do‘stlar, OCHL pley-off bosiqichi doirasidagi "Baniyas" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi. Hisob - 0:1. Vakillarimiz foydasiga
45'
Hakam dastlabki bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berdi
42'
o‘yin juda keskin kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda. Har ikki jamoa uyushtirgan hujumlar juda xavfli ko‘rinisholmoqda. Hozircha hech bir jamoaga ustunlik berib bo‘lmaydi
38'
Uxxxx, qanday xavfli hujum. Bugun raqibimizdan omad yuz o‘girmoqda.Raqib futbolchisi "Nasaf" chap qanotidan reyd amalga oshirib, jarima maydonchasi ichiga to‘pni uzatib berdi, lekin yakuniy zarbani yo‘llovchi "Baniyas" futbolchisi topilmadi
32'
Goldan so‘ng raqib ham jonlanib qoldi. Lekin hozircha amirlik futbolchilar hujumini yakunlovchi futbolchi topilmayapti.

Topilmasin ham)
27'
Gooooooooool. "Nasaf" hisobni ochmoqda.

Solovevning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pini egallab olgan Sherzod raqib darvozasini aniq nishonga olib, bellashuvda hisobni ochdi
25'
"Nasaf" raqib jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi tepishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin samarasiz
22'
Vakillarimizdan yana bir hujum. Oybek Bozorovning birinchi zarbasiga raqib himoyachisi to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, Husaynning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon Xolid Muhammad egallab oldi
17'
"Nasaf" gol urishi mumkin edi. Ammo raqib darvozaboni xavfni bartaraf etdi
13'
"Baniyas" klubi hujumi borgan sari xavfliroq chiqmoqda. Amirlik futbolchilar ko‘proq vakillarimiz darvozasi qarshisida omadlarini sinab ko‘rmoqda
11'
Mezbonlar yana xavfli hujum uyushtirdi. Ammo Alhashimining bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tib ketdi
09'
Ma’lumot o‘rnida, Baniyas - Nasaf g‘olibi Osiyo CHL “E” guruhidan joy oladi. Ushbu jamoa Al Sadd (Qatar), Al Faysali (Saudiya A) va Al Vihdad (Iordaniya) jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi
07'
Uchrashuv biroz sokinlashdi. Har ikki jamoa ham ko‘proq to‘pga egalik qilishga harakat qilmoqda
03'
Mezbonlar juda xavfli hujum uyushtirdi. Umidjon Ergashev yaqqol goldan saqlab qoldi
02'
"Nasaf" dastlabki daqiqalardan ustunlikni qo‘lga olishga urunib ko‘rmoqda. Vakillarimiz 3-daqiqadayoq burchak zarbasini amalga oshirdi. Lekin Sharof Muhitdinov uzatib bergan to‘p samarasiz yakunlandi
01'
Uchrashuv boshlandi
00'
Bugungi uchrashuv Abu-Dabidagi "Baniyas sport" stadionida bo‘lib o‘tadi
00'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
00'
Assalom-u alaykum, qadrli futbol muxlislari, yana bir necha daqiqadan so‘ng Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi "Baniyas" "Nasaf" uchrashuvi boshlanadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.