Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

U23. Osiyo Kubogi.

O‘zbekiston

Ulug‘bek Hoshimov

1 : 0

Turkmaniston

JAMOALAR TARKIBI
1. Abduvohid Ne’matov
3. Doston Tursunov
5. Muhammadqodir Hamraliyev
7. Hojimat Erkinov
10. Jasur Jaloliddinov
11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev
13. Eldor Begimov
16. Alibek Davronov
17. Diyor Xolmatov
20. Husayn Norchayev
23. Abduraf Bo‘riyev
  22.Rasul Chariyev
2.Ixlas Toyjanov
6.Roman Galkin
7.Rahman Miratberdiyev
8.Mirza Beknazarov, 9.Begenchmirat Miradov
10.Meylis Diniyev
11.Shamammet Hadyrov
15.Dovran Berdiyev, 19.Arzuvguli Saparguliyev, 23.Velmirat Ballakov.
ZAHIRA
12.Vladimir Nazarov 21.Hamidullo Abdunabiyev 2.Saidazamat Mirsaidov 4.Abubakr Rizo Turdialiyev 15.Odilbek Abdumajidov
16. Shahzod Toirov
6. Jaloliddin Sodiqov
8.Ibrohim Ibragimov
9.Ulug‘bek Hoshimov
14.Abbosbek Fayzullayev 19.Ruslanbek Jiyanov
22.Alisher Odilov.
  1.Botir Gayliyev
3.Oraz Orazov
4.Vepa Jumayev
5.Ruslan Tadjiyev
12.Ambyar Mahmudov
13.Arslan Saparov
14.Teymur Chariyev
16.Rustem Ahalliyev
17.Dayanch Meredov
18.Rovshen Bayliyev
20.Xodjanazar Gurbanov 21.Begmurad Arbatov
SARIQ KARTOCHKA
Odilbek Abdumajidov
 
Begenchmirat Miradov
Velmirat Ballakov

Matn

90+5 '
Xakam xushagi chalindi. O‘yin 1-0 hisobida yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 75 daqiqada Ulug‘bek Hoshimov tomonidan kiritildi.
90+4'
Velmirat Ballakov xakam tomonidan ogohlantirildi.
90+'
O‘yinga 5 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
90'
Turkmaniston futbolchilari yaqin masofadan jarima zarbasini yo‘llashdi. Abduvoxid Nematov zarbani bartaraf etdi.
88'
Raqiblarimiz juda havfli zarba yo‘llashdi. To‘p darvoza to‘siniga tegdi.
86'
Odilbek Abdumajidov sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi
83'
Raqiblarimiz burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi.
79'
Alibek Davronov o‘rniga Odilbek Abdumajidov maydonga tushirildi
79'
Uchrashuvda to‘htalish yuzaga keldi. Himoyachimizga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
75'
Ulug‘bek Hoshimov penaltidan unumli foydalanib o‘yinda hisobni ochdi.
74'
Hamyurtlarimiz penalti tepish imkoniga ega bo‘lishmoqda.
73'
Termamiz ko‘plab hujumlar uyushtirmoqda ammo zarbalar darvoza tomon yetib borishi ham mushkul bo‘lmoqda.
70'
Ruslan Jiyanov va Abbos Fayzullayev maydoga tushishmoqda. Ular Jasur Jaloliddinov va Husayn Norchayevni almashtirishdi.
65'
Jaloliddinovdan uzoq masofadan zarba yo‘lladi ammo noaniq.
63'
Termamiz tarkibida Diyor Xolmatov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev almashtirildi. Ularning o‘rniga Ibrohim Ibragimov va Ulug‘bek Hoshimov o‘yinga qo‘shildi.
61'
O‘yin tempi ancha pasaydi. Hamyurtlarimiz endi to‘liq hujumga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.
55'
Husayn Norchayevdan bugun omad yaqqol yuz o‘girmoqda. Uning zarbalari darvozaga kirishni istamayapti.
53'
Termamiz raqib darvozasi yonida asosiy vaqtini o‘tkazmoqda. Afsuski yo‘llangan zarbalar darvozaga kirishni istamyapti. Diyor Xolmatovning ajoyib zarbasini darvozabon qayarib yubordi.
50'
Jamoamizda yaxshi vaziyat. Yaqin masofadan jarim tepish imkoniga egamiz.
45'
Ikkinchi taymga bir necha daqiqadan keyin start beriladi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.
Hakam hushtagi chalindi. o‘yinning 2 taymi boshlandi.
45+3 '
Birichi taym o‘z nihoyasiga yetdi. hisob 0-0
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
37'
Raqiblarimiz darvozaboni jiddiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin. U darvoza tomon ketayotgan to‘pni qaytarish chog‘ida ustun bilan to‘qnashdi.
35'
Husayn Norchayev raqib darvozabonidan to‘pni olib qo‘yishiga bir bahiya qoldi.
34'
Husayn Norchayev juda qulay imkoniyatdan foyladana olmadi. Uning yo‘llagan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.
29'
Burchak to‘pidan uzatilgan to‘pni Bo‘riyev darvozaga to‘g‘irlab qo‘yishga harakat qildi, ammo Turkmaniston darvozaboni zarbani bartaraf etdi.
27'
Jasur Jaloliddinov raqib jarima maydonchasi yaqinidan zarba yo‘lladi. Tup rikoshet holatida darvoza to‘sinining yonginasidan o‘tib ketdi.
23'
Begenchmirat Miradov sariq kartochka oldi. U Hojimat Erkinovga nisbatan maydon markazida qo‘pollik ishlatdi.
21'
Raqiblarimiz to‘p nazoratini qo‘lga olishga intilmoqda.
16'
Hojimat Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Ammo unga uzatilayotgan to‘p avval maydon tashqarisiga chiqib ulgurgan ekan.
14'
Alibek Davronov super imkoniyatni ko‘kka sovurdi.
13'
Raqiblarimiz ham faollashib qolishdi. O‘yin biroz markazga ko‘chdi.
10'
Shamammet Hadyrov Turkamnistonning birinchi zarbasiga mualliflik qildi. Darhaqiqat uning yo‘llagan to‘pi darvozamiz yuqorisidan o‘tib ketdi.
7'
Uxxxxxx! Otabek Jo‘raqo‘ziyev birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo u zarba yo‘llashga kechikdi.
5'
Xolmatov burchak to‘p ishlab oldi. Yoshlarimiz o‘yinni yaxshi boshlashdi.
3'
Diyor Xolmatov raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.
2'
Hamyurtlarimiz havfli hujum yaratdi. Ammo Diyor Holmatovning uzatmasini darvozabon bartaraf etdi.
1'
Xakam hushtagi chalindi. O‘yinga start berildi. Hamyurtlarimiz to‘pni o‘yinga kiritishadi.
0'
Terma jamoamiz ko‘k rangli libosda maydonga to‘shishsa, mehmonlar o‘yinni oq rangli libosda o‘tkazishadi.
0'
Jamoalar maydonga olqishlar sadosi ostida chiqib kelishmoqda. Yigitlarimizga omad tilaymiz!
0'
Stadion osmonida mushaklar otilmoqda. Yurtimiz ushbu futbol bayramiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgani sezilib turibdi.
0'
Ochilish marosimidagi atmosfera shunchaki daxshat! Hamyurtlarimiz ham bizni xursand qiladi degan umiddamiz. Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.