Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

U23 Osiyo kubogi. Final.

19.06.2022. soat 18:00. «Bunyodkor» stadioni. Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahiy (Qatar)

O‘zbekiston

0 : 2

S.Arabistoni

Ahmad Mazen al-G‘amdiy (49)
Firas al-Braykan (74)
JAMOALAR TARKIBI
12.Vladimir Nazarov
02.Saidazamat Mirsaidov
03.Dostonbek Tursunov
05.Muhammadqodir Hamroaliyev
07.Hojimat Erkinov
09.Ulug‘bek Hoshimov
10.Jasurbek Jaloliddinov (S)
17.Diyor Xolmatov
18.Alibek Davronov
19.Husayn Norchayev
23.Abdurauf Bo‘riyev
  01.Navof Dahiy Al-Aqidiy
05.Hassan Tambaktiy
06.Ibrohim Mahnashiy
07.Ayman Yahyo
08.Hamid al-G‘amdiy
09.Firas al-Braykan
11.Ahmad Mazen al-G‘amdiy
12.Moteb al-Harbiy
13.Hamad al-Yamiy
15.Hussayn Iyso
23.Saud Abdulhamid
ZAHIRA
21.Hamidullo Abdunabiyev
04.Abubaker Rizo Turdaliyev
06.Jaloliddin Sodiqov
11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev
13.Eldorbek Begimov
14.Abbosbek Fayzullayev
15.Odilbek Abdumajidov
16.Shahzod Toirov
20.Ruslanbek Jiyanov
22.Alisher Odilov
  21.Abdulrahmon as-Sanbiy
22.Abdulrahmon Anvar ash-Shammariy
02.Saad Yaslam Baolbayd
03.Volid al-Ahmad
04.Xalifa ad-Davsariy
10.Turkiy al-Ammar
14.Avad an-Nashriy
16.Ziyod al-Jahoniy
18.Meshal Sibyaniy
19.Abdulloh Hodiy Radif
20.Muhammad Marron
SARIQ KARTOCHKA
Saidazamat Mirsaidov (52)
 
Ayman Yahyo (45+2)
Hamad al-Yamiy (68)

Matn

'
O‘zbekiston terma jamoasini esa kumush medal bilan tabriklagan holda, Kapadze jamoasiga Parij-2024 yo‘llanmasi uchun kurashda omad tilab qolamiz
90+6'
O‘yin tugadi. Saudiya Arabistoni Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Haqli ravishda
90+5'
VUUUUH! Qanotdan yetkazilgan uzatmani Jo‘raqo‘ziyev darvoza tomon burdi. To‘p esa to‘rga yuqoridan kelib tushdi
90+2'
Ehhh! Juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Norchayev to‘pni raqib jarima maydoni ichida qabul qilib, orqaroqqa pas berdi. Ammo futbolchimizning 18 metrdan yo‘llagan zarbasi yuqoriga ko‘tarilib ketdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jaloliddinov o‘rniga Abubakr Rizo Turdaliyev tushirildi
90'
VUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Jiyanov o‘tkir burchak ostida darvoza tomon burdi. Darvozabon to‘pni ikkinchi urinishda egallab oldi
90'
Burchak zarbasi tepamiz. Raqib jarima maydoniga kirib boryapmiz
88'
Saudiyalik futbolchilardan biri sariq kartochka oldi. Burchakka yaqin joyda talatop boshlandi
87'
Saudiyalik futbolchi jarohat olib maydonda yotibdi. Vaqtni cho‘zmoqda
86'
Jarima zarbasidan naf chiqara olmadik
85'
Jaloliddinov sariq kartochka oldi. Ammo biz jarima to‘pini tepamiz
74'
Gol Firas al-Braykan darvozamizga ikkinchi to‘pni kiritdi. Saudiyalik hujumchi jarima maydoni chizig‘i ustidan olis ustunni aniq nishonga oldi
73'
Ahmad Mazen al-G‘amdiy o‘rniga Turkiy al-Ammar maydonga tushirildi.
71'
Ruslanbek Jiyanov hisobni tenglashtirgandek ko‘rindi. Ammo unda o‘yindan tashqari holat bor edi.
68'
Hamad al-Yamiy Ruslan Jiyanovni ushlab qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
63'
Jasurdan fantastik zarba. Afsuski bir oz noaniq.
61'
O‘yin hisobi raqiblarimizni qoniqtiradi va ular tempni belgilab bermoqda.
57'
Ulug‘bek Hoshimov o‘rniga Ruslanbek Jiyanov, Saidazamat Mirsaidov o‘rniga Odilbek Abdumajidov maydonga tushdi.
55'
Mehmonlar yana hujum yaratishdi. Ularning zarbasini himoya chizig‘imiz amallab bartaraf etishdi.
52'
Saidazamat Mirsaidov raqibining oyog‘ini bosgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
49'
Ahmad Mazen al-G‘amdiy o‘yinda hisobni ochdi. Uning chap oyoqda yo‘llagan zarbasini to‘xtatib qolish imkoni topilmadi.
45'
2-bo‘limga start berildi.
45+3'
Birinchi bo‘lim o‘z nihoyasiga yetdi 0-0.
45+1'
Ayman Yahyo sariq kartochka bilan jazolandi.
45'
Taymga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
44'
Penaltidan qutilib qoldik. Vaziyat boshida raqib futbolchisi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan ekan.
43'
Diqqat penalti bekor qilinishga yaqin.
39'
Darvozamiz tomon penalti belgilandi. Alibek Davronov raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.
35'
Nazarovdan ajoyib seyv. Raqiblarimiz juda havfli vaziyat yaratishdi. Uzoqdan yshllangan zarbani darvozabonimiz bartaraf etdi.
33'
Hojimat ajoyib vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo uning zarbasi o‘xshamadi.
29'
Diyor Holmatov uzoqdan zarba yo‘lladi. Bu termamizning o‘yindagi ilk aniq zarbasi.
24'
Uxxxxx. Saudiya vakillari juda xavfli vaziyat yaratishdi. Alibek Davronov bizni goldan qutqarib qoldi.
22'
Jamoalar navbatiga ustunlik qilmoqda. Saudiya ham bekorga finalga yetib kelmaganini ko‘rsatmoqda.
20'
Mehmonlar kam sonli hujumlaridan birini yaratishdi. Ammo Vladimir Nazarov o‘z o‘rnida.
14'
Uxxxxxx. Yaxshi uzatma Jasurdan. Ammo zarba beradigan futbolchi topilmadi.
13'
Termamizda burchak to‘pi yaqinidan jarima zarbasi amalga oshirish imkoni bor.
12'
Maydondagi har bir qarich uchun kurash kechmoqda. Raqibni ham o‘zini ham ayamaslik boshlandi.
9'
Termamiz yaxshi hujum yartdi. Ammo Hojimat raqibini aldab o‘ta olmadi.
7'
Husayn Norchayev jarohat olgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
6'
Jamoamiz to‘p nazoratiga e’tibor qaratmoqda.
2'
Raqiblarimiz o‘yinni hujumkor ruhda boshlashdi. Startda himoyamiz yaxshi boshladi.
0'
Hakam hushtagi chalindi va finalga start berildi. To‘pni saudiyaliklar o‘yinga kiritib berishdi.
0'
Maydon bo‘ylab jamoalar madhiyalari yangramoqda. Madhiyani O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov jonli ovozda ijro etdi
0'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Hamyurtlarimiz ko‘k, mehmonlar esa oq-yashil libosda maydonda harakat qilishadi.
'
Stadiondagi muhit juda ajoyib. Muxlislar oqimi davom etmoqda. Bugun albatta "Bunyodkor" maydoni futbol ishqibozlari bilan to‘lib toshadi.
'
Jamoalar ayni paytda "Bunyodkor" stadionida maydonda mashg‘ulot o‘tkazishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yurtimizda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bugun yakuniga yetmoqda. Bugun final. O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqmoqda. O‘yin boshlanishiga 40 daqiqa qoldi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.