Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

24.07.2022. soat 08:00

REAL MADRID

0 : 1

BARSELONA

Rafinya (27)
JAMOALAR TARKIBI
Tibo Kurtua
Antonio Ryudiger
Eder Militao
David Alaba
Federiko Valverde
Orelyen Tchuameni
Eduardu Kamavinga
Lukas Vaskes
Eden Azar
Vinisius Junior
Rodrigo
  Mark-Andre ter Shtegen
Ronald Arauxo
Andreas Kristensen
Erik Garsiya
Jordi Alba
Serxio Buskets
Pedri
Gavi
Robert Levandovski
Rafinya Dias
Ansu Fati
SARIQ KARTOCHKA
Lukas Vaskes (65)
 
Kristiansen (34)
Alba (43)
Buskets (52)

Matn

'
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
90+3'
O‘yin yakunlandi. Bu galgi klasiko ham "Barsa"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
90+2'
Dembele 18 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib,m maydonni tark etdi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Oho! Asensio chap qanotdan uzatma berdi. Dias bosh bilan to‘pni darvozaga aniq zarba bera olmadi
86'
Vuuuh! "Barsa" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Kessiening uzatmasidan keyin Dembele jarima maydoniga kirib zarba berdi. Kurtuadan seyv!
84'
Dembele qulay vaziyatga qochib ketishi mumkin edi, ammo Nacho unga imkoniyat bermadi
81'
O‘yin tempi biroz tushdi. Tomonlar hujum paytida ko‘p xato qilishmoqda
76'
"Barsa" jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘pni darvozabon egallab oldi
73'
"Real"da hujum. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Mariano darvozaga bura olmadi
70'
"Real"da o‘zgarish: Vinisius o‘rniga maydonga Mariano Dias, Lukas Vaskes o‘rniga Odriosola tushdi
70'
O‘yin nazorati yana "Ko‘k-anorranglilar" tomoniga o‘tmoqda
66'
Depay burchakdan uzatma berdi. Serji Roberto bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
66'
"Barsa" jarima zarbasini tepdi va burchak zarbasi ishladi
62'
"Barsa" ham birdaniga 5ta o‘zgarish qildi: Ter Shtegen o‘rniga Penya, Buskets o‘rniga Niko, Pedri o‘rniga Serji Roberto, Arauxo o‘rniga Dest, Erik Garsiya o‘rniga Pike tushirildi.
61'
"Real"da majburiy o‘zgarish: Jarohatlangan Mendi o‘rniga Valyexo tushirildi
60'
"Real" safida tajribali futbolchilar paydo bo‘lgach, jamoa o‘z o‘yinini kuchaytirdi
59'
Vuuuuuh! "Real" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Madridliklar chiroyli kombinasiya orqali jarima maydoniga kirib borishdi. Vaskesning uzatmasidan keyin Asensio yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi
52'
Shuningdek, "Madrid" safida Modrich va Nacho ham paydo bo‘lganini aytib o‘tish lozim
53'
Buskets sariq kartochka oldi. U Modrichga nisbatan xavfli o‘ynadi
52'
"Barsa" o‘z jarima maydoni atrofida qoida buzdi. Kroos ijrosidagi jarima zarbasi noaniq bo‘ldi
46'
"Real"da ham o‘zgarishlar bo‘ldi: Ryudiger o‘rniga Mendi, Kamavinga o‘rniga Toni Kroos, Valverde o‘rniga Kazemiro, Rodriigo o‘rniga Asensio tushirildi
46'
Ikkinchi taym start oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Jamoalar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. "Barselona"da Fati o‘rniga Usmon Dembele, Pedri o‘rniga Frenki de Yong, Gavi o‘rniga Frank Kessie tushirildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Barsa" - 0:1.
45+1'
David Alaba jarimadan zarbani juda noaniq yo‘lladi
44'
Ushbu qoidabuzarlik natijasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal boshlanib ketdi. Vaziyat bir amallab bosti-bosti qilindi
43'
Alba sariq kartochka oldi. U oldinga intilayotgan Vinisiusni ochiqchasiga yiqitdi
42'
Rodrigo o‘ng tomondan yorib kirib, darvoza yaqiniga pas berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
42'
"Real"dan qarshi hujum. Valverde 16 metrdan aniq zarba bera olmadi
40'
Rafinya o‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatma berdi. Tibo to‘pni egallab oldi
38'
Vinisius o‘z qanotida himoyachini aldab o‘tib ketdi va jarima maydoniga kirdi. Ammo so‘nggi pas yoki zarbani qoyillata olmadi
34'
Levandovski 17 metrdan zarba berdi. To‘p Ryudigerga tegib yuqoriga ko‘tarildi. Ter Shtegenni to‘pni egallab oldi
32'
Vuuuuh! Levandovski darvozani ishg‘ol qilishga yaqin keldi. Rafinyannig uzatmasidan keyin Robert 8 metrdan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
31'
Albaning uzatmasidan keyin Fati bosh bilan aniq zarba bera olmadi
27'
GOOOOOOOL! Rafinya Dias, 0:1! Kataloniyaliklar raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtirishdi. Natijada Militao xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni egallagan Rafinya 18 metrlardan kuchli zarba berib, to‘pni "to‘qqizlik"ga joylab qo‘ydi
26'
Ryudiger 20 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo noaniq
25'
Rafinya burchakka yaqin joyda ishlatilgan fol uchun jarima zarbasini amalga oshirdi. "Real" himoyachilari to‘pni bosh bilan qaytarishdi
20'
Ehhhhh, Ansu Fati! Qanday qilib 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi?! Kamavinga qo‘pol xato qo‘yib o‘z jarima maydoni ichida to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi. Alba darvoza oldida turgan Fatini to‘p bilan ta’minladi. Kurtua oldinga yugurib chiqdi. Fatining olis masofaga bergan zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
19'
"Madrid" raqibning dastlabki daqiqalardagi bosimidan chiqib, o‘zi ham hujumga o‘tmoqda
18'
Vuuuuuh! Valverde kutilmaganda uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Ter Shtegen to‘pga tashlandi-yu, ammo yeta olmasdi
13'
"Real"dan ilk xavfliroq hujum. Azar chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, kataloniyaliklar xavfni bartaraf etishdi.
11'
"Barsa"dan ajoyib hujum. Levandovski maydon markazida himoyachidan qochib ketib, jarima maydoniga keldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Kurtua to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
10'
Rafinya va Ryudiger o‘rtasidagi yakkama-yakka kurashda Antonio ustun keldi
8'
"Qirollik klubi" maydon markazida to‘pni raqibga berib qo‘yishdi. Ammo Fati imkoniyatdan foydalana olmadi. U raqib jarima maydoni atrofida to‘pni yo‘qotdi
6'
To‘p nazorati ko‘proq kataloniyaliklar tomonida bo‘lmoqda
4'
Bu safar Fati chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirdi, ammo uzatmasi aniq bo‘lmadi
3'
"Barsa" o‘ng qanotdan xavfli hujum tashkil qildi: Rafinya himoyachini aldab o‘tib jarima maydoniga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Madridliklar qiyinchilik bilan to‘pni maydon markaziga tepib yuborishdi
2'
Levandovski maydon markazida Kamavinga nisbatan fol ishlatdi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni "Madrid" o‘yinga kiritib berdi.
'
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Real» va «Barselona» klublari bugun o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishmoqda. O‘yinga qiziqish yuqori
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! AQShning Las-Vegas shahrida el-klasiko boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.