Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston Superligasi 14-tur

Superliga-2022

So‘g‘diyona

Javohir Qahramonov (17)

1 : 0

Bunyodkor

JAMOALAR TARKIBI
27. Milan Mitrovich
2. Sardor Qulmatov
6. Iskandar Shoyqulov
7. Shahboz Jo‘rabekov
11. Jasur Hasanov (sardor)
12. Xislat Halilov
17. Husniddin G‘ofurov
19. Javohir Qahramonov
31. Luka Chermel
77. Daniel Nasriddinov
93. Marko Kolakovich
  91. Zafar Safayev
4. Davronjon Ergashev (sardor)
6. Avazbek O‘lmasaliyev
8. Fransis Narx
15. Jasur Hakimov
17. Farhod Mirahmatov
18. Pavel Mogileves
22. Usmonali Ismonaliyev
25. Muhammadsafo Fozilov
29. Muzaffar Olimjonov
33. Umarali Rahmonaliyev
ZAHIRA
1. Shirinboy Abdullayev
3. Dian Talxatov
5. Ayubxon No‘’monov
9. Shavkat Salomov
20. Bahodir Nasimov
21. Abdujalil Manazarov
26. Vitaliy Denisov
28. Samandarjon Mavlonqulov
44. Yure Obsivas
  32. Suhrob Sultonov
3. Mahmudjon Mahamadjonov
5. Jasurbek Yoqubov
10. Rasul Yo‘ldoshev
11. Dmitriye Pobulich
14. Husayn Ergashboyev
19. Bilol Tupliyev
21. G‘ayrat Azizxo‘jayev
37. Muhammadodil Qahramonov

Matn

90+'
Kelgusi bahslarga qadar uchrashguncha xayr! Sog‘-salomat bo‘ling
90+'
Uchrashuv yakunlandi, So‘g‘diyona o‘z maydonida Bunyodkorni jazoladi, ishonchli hisobda taslim etdi.
90+'
Ikkinchi bo‘lim so‘nggini Bunyodkor hujumda o‘tkazmoqda. Lekin ulardan hozircha bir naf chiqqanicha yo‘q
90+'
Ikkinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shib berildi
88'
Mehmonlardan xavfli hujum! Bilol Tupliyev raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq hujumni oxirigacha yetkazishga unda kuch topilmadi
87'
Denisov yoshligini yodga oldi hamda aqlli uzatmani amalga oshirdi, biroq uning sherigi vaziyatni gol bilan yakunlay olmadi
86'
Mezbonlar hakamga e’tiroz bildirishmoqda. To‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tganligi borasida bahs yuzaga kelgan
83'
Jizzaxlik muxlislar allaqachon bayramni boshlab yuborishgan. Stadionni tark etganlar ham talaygina. So‘g‘diyona ancha ishonch bilan harakat qilmoqda
82'
Yo‘ldoshev Denisov bilan dahanaki jangga kirishdi. mehmonlarda xavfli standart yuzaga keldi
79'
Bizda to‘xtalish! Iskandar Shoyqulovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
76'
O‘zgarishlar. Muhammadsafo Fozilov - Rasul Yo‘ldoshev, Usmonali Ismonaliyev - Bilol Tupliyev.
73'
Gooool! So‘g‘diyona hisobni ikkitaga oshirdi. Avazbek O‘lmasaliyev Safayevni tushunmadi va avtogol muallifiga aylandi
72'
Bunyodkor bir kishi kam bo‘lib ham imkon qadar hujumlarda ishtirok etib turibdi. Biroq jamoa har tomonlama toliqib qolgan
70'
Salomov burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq to‘p ancha xato yo‘nalish oldi. Ikkinchi uzatmadan so‘ng darvozabon to‘pni egallab oldi
67'
Zarbaaaa! Bunyodkorning ketma ket zarbalari darvoza yonidan o‘tib ketmoqda.
65'
O‘zgarishlar. Jasur Hasanov - Vitaliy Denisov, Husniddin G‘ofurov - Samandar Mavlonqulov, Xislat Halilov - Shavkat Salomov
64'
Muxlislar Baqoyevdan Denisovni maydonga tushirishni so‘ramoqda. Terma jamoa yulduzi o‘zbek maydonlarida qayta ko‘rinish berishi barchani qiziqtirmoqda
63'
Xavfliii! Hasanovning qanotdan uzatib bergan to‘pi o‘z manziliga yetib bormadi. So‘g‘diyona hujumlarni uyushtirishda davom etadi
62'
Muzaffar Olimjonov raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi
60'
O‘zgarish. Pavel Mogileves - Dmitriye Pobulich
56'
Bunyodkor hujumlarni ko‘paytirdi, qizil kartochka jamoaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda
51'
Qizil kartochka! Davron Ergashev o‘z jamoasini bir kishi kam holatga tashlab ketdi, Bunyodkor bir kishi kam bo‘lib o‘ynaydi
50'
Zarbaaaa! Rahmonaliyev chamasi 30 metrchadan to‘pni darvozaga yo‘lladi, biroq to‘p darvoza to‘sinini silab o‘tdi, mehmonlarga omad yetishmadi
48'
Xalilovga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuv davom etadi
45'
Uchrashuv ikkinchi bo‘limi boshlandi
45+'
Birinchi bo‘limga yakun yasaldi, futbolchilar tanaffusga yo‘l olishdi. Birozdan so‘ng bahsga qaytamiz
45+'
Qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada Bunyodkor vaqtini hujumda o‘tkazdi, biroq xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
45+'
Bunyodkor burchak zarbasidan unumli foydalanishga harakat qildi, biroq himoyachilar to‘pni uzoqlashtirdi
45'
Birinchi bo‘limga bosh hakam ikki daqiqa vaqt qo‘shib berdi
43'
Chermel aut yonida raqibiga qarshi ancha qo‘pol o‘ynadi va o‘sha zahoti bosh hakam tomonidan ogohlantirildi
42'
Birinchi bo‘lim oxirida jamoalarda charchoq alomatlari kuzatilmoqda. O‘yin tempi tushib ketgan, to‘p maydon markazidan siljimayapti
41'
Qahramonovning burchakdan uzatgan to‘pi manziliga yetib bormadi. So‘g‘diyona hujumlarni davom ettiradi
37'
xavfliiii! Hakimov long boldan so‘ng deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi, Ikki himoyachi xavodan kelgan to‘pni o‘tkazib yubordi, biroq Hakimov ancha bo‘shlik qilib, vaziyatni yo‘qqa chiqardi
32'
Xavflii! Jasur Hasanov raqib himoyachisi va posboni yo‘l qo‘ygan xatodan unumli foydalanish uchun bosim o‘tkazdi biroq uning maqsadi amalga oshmadi
32'
Bekor qilingan goldan so‘ng mehmonlar a’zolarida biroz tushkunlik bor, hujumlar ancha zaif kechyapti
30'
Shoshilishga hali erta! goldan avvalgi vaziyatda Bunyodkor a’zosi ofsaydda qolgan ekan! Gol bekor qilindi
28'
Goooool!!! mehmonlarda standart vaziyat, burchakdan uzatilgan to‘pni Davronjon Ergashev boshi bilan darvozaga yo‘llab qo‘ydi. Himoyachilar to‘p yoniga to‘g‘anoq bo‘lishni uddalay olmadi
25'
Bunyodkor o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng hujumlar sonini ancha oshirdi, So‘g‘diyona biroz muddat himoyaga qamaldi
17'
Goooool! So‘g‘diyona Hasanovning uzatmasidan so‘ng Javohir Qahramonov hisobni ochdi. Javohir kuchli zarbasini darvozabon va himoyachilar bartaraf eta olmadi
15'
So‘g‘diyona o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga olishga harakat qilmoqda, Baqoyev shogirdlari mehmonlar darvozasi yonida hujumlar yomg‘irini uyushtirmoqda
13'
Xavfliiiiii! Shaxboz Jo‘rabekov himoyachilar orasidagi bo‘shliqni topib, darvoza olis burchagiga to‘pni yo‘lladi, biroq zarba ancha kuchli bo‘lgani bilan darvoza to‘riga borib tushmadi
10'
O‘yin tempi sekin asta ko‘tarilib bormoqda. Ikkala jamoa ham jonlanib, hujumlarni ko‘paytirmoqda
07'
Mezbonlarda navbatdagi standart vaziyat besamar yakunlandi. Jaur Hasanovning jarima zarbasidan uzatib bergan to‘pi o‘z manziliga yetib bormadi
03'
So‘g‘diyonada ilk burchak zarbasi! Chermelning bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini yonginasidan o‘tib maydonni tark etdi
02'
Ilk hujum mehmonlar ijrosida sodir etildi, biroq himoyachilar Mirahmadovni zararsizlantirdi
01'
Uchrashuvga start berildi
01'
Diqqat! Futbolchilar pfl madhiyasi sadosi ortida maydonga chiqib kelishmoqda
00'
Bugun jizzaxlik muxlislar yangi kelgan futbolchilar o‘yiniga baho berib olishadi. Vitaliy Denisov harakatlari barchaga qiziq bo‘lishi turgan gap
00'
O‘yinga barcha narsa shay holatda, futbolchilar maydonga chiqib kelishga tayyor!
00'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Superliga 14-tur bahslariga bugundan start berildi. Turning markaziy bahsi birozdan so‘ng Jizzaxda boshlanadi. Unda So‘g‘diyona Bunyodkorni qabul qiladi. Quyida ushbu o‘yindan matnli translyasiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.