Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2022. Chorak final
| 09.12.2022. soat 20:00. Bosh hakam: Maykl Oliver (Angliya) | ||
XORVATIYaBruno Petkovich (117)
|
1 : 1 |
BRAZILIYaNeymar (105+1)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Dominik Livakovich 06.Deyan Lovren 20.Yoshko Gvardiol 19.Borna Sosa 22.Yosip Yuranovich 08.Mateo Kovachich 10.Luka Modrich 15.Mario Pashalich 11.Marselo Brozovich 04.Ivan Perishich 09.Andrey Kramarich |
01. Alisson Bekker 04.Markinyos 03.Tiago Silva 14.Eder Militao 02.Danilo 05.Kazemiro 07.Lukas Paketa 10.Neymar 09.Risharlison 11.Rafinya 20.Vinisius Junior |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Brozovich (31)
Petkovich (118) |
Danilo (25)
Kazemiro (68) Markinyos (77) |
|
Matn
| ' | ![]() |
Markinyos, ustunni poyladi! Xorvatiya - Braziliya - 4:2! Xorvatlar yarim finalga chiqishdi. Braziliya esa JChni tark etmoqda! |
| ' | ![]() |
Orshich, gol! Alisson yo‘nalishni topdi, ammo to‘p burchakka kirib ketdi. Xorvatiya - Braziliya - 4:2! |
| ' | ![]() |
Pedro, gol! Xorvatiya - Braziliya - 3:2! |
| ' | ![]() |
Luka Modrich, gol! Xorvatiya - Braziliya - 3:1! |
| ' | ![]() |
Kazemiro, kuchli zarba va gol! Xorvatiya - Braziliya - 2:1! |
| ' | ![]() |
Mayer, gol! Xorvatiya - Braziliya - 2:0! Xorvatlar dastlabki ikki zarbani markaz bo‘ylab yo‘llab, gol urishmoqda |
| ' | ![]() |
Rodrigo! Livakovich qaytardi! Xorvatiya - Braziliya - 1:0! |
| ' | ![]() |
Vlashich, gol! Xorvatiya - Braziliya - 1:0! |
| ' | ![]() |
Penaltilar seriyasi. Dastlabki zarbani Xorvatiya tepadigan bo‘ldi |
| 120+2' | ![]() |
Hakamning hushatiga yangradi. Qo‘shimcha bo‘limlar ham yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga |
| 120+1' | ![]() |
Vuuuh! Yana Livakovich qutqardi. Aleks Sandro tomonidan berilgan zarbani xorvatiyalik posbon bartaraf etdi. Dominik bugun 10ta seyv namoyish etdi. |
| 120+1' | ![]() |
Braziliya o‘ng qanotdan jarima zarbasi tepadi |
| 120' | ![]() |
Ikkinchi qo‘shimcha bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 118' | ![]() |
Petkovich sariq kartochka oldi, golni futbolkani yechib nishonlagani uchun |
| 117' | ![]() |
GOOOOOOOL! Hisob tenglashdi. Bruno Petkovich — 1:1. Xorvatlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Jarima maydoniga yetkazilganu uzatmaga Petkovich 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi, ammo burchakka borgan zarbani Alisson qaytara olmadi |
| 116' | ![]() |
Xorvatiya ixtiyorida besh daqiqa vaqt qoldi |
| 114' | ![]() |
Antoni burchak zarbasi ishladi |
| 113' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Brozovich o‘rniga Orshich tushirildi |
| 111' | ![]() |
Braziliya to‘liq himoyaga o‘tib oldi |
| 110' | ![]() |
Modrich burchakdan uzatmani amalga oshirdi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 110' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Sosa o‘rniga Ante Budimir tushdi |
| 109' | ![]() |
Xorvatiyaning hujumi. Qanotdan uzatma berildi. To‘pga hujumchi yeta olmadi |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlanib ketdi. |
| 106' | ![]() |
Braziliyada ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Militao o‘rniga Aleks Sandro, Lukas Paketa o‘rniga Fred tushirildi |
| 105+3' | ![]() |
Birinchi qo‘shimcha bo‘lim yakunlandi. Jamoalar darvozalarni almashishadi |
| 105+1' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymar! Nihoyat hisob ochildi. Neymar hujumni o‘zi boshladi. U yo‘l-yo‘lakay jamoadoshlari bilan ikki marta "devor" o‘ynadi va jarima maydoniga kirib, darvozabonni ham aldba o‘tdi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 105' | ![]() |
Birinchi ekstra-taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 105' | ![]() |
Danilo olis masofadan juda noaniq zarba berdi |
| 103' | ![]() |
Vuuuh! Xorvatiya juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi! Petkovich 14 metrlardan to‘pni yuqoriga tepib yubordi |
| 101' | ![]() |
Pedro chalqancha uslubda zarba berishga urindi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi. To‘pni Livakovich egallab oldi |
| 99' | ![]() |
Rodrigo chap qanotdan raqb darvozasi yaqinga uzatma berdi. Pedro to‘pga biroz yeta olmadi |
| 97' | ![]() |
Braziliyaliklar qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirishga urinishdi. So‘nggi pallada xorvatlar to‘pni qaytarib qolishdi |
| 95' | ![]() |
Braziliya terma jamoasi a’zolarida asabiylik kuzatila boshlandi |
| 92' | ![]() |
Neymardan burchak zarbasini tepdi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 91' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi. To‘pni o‘yinga braziliyaliklar kiritib berishdi |
| 90+5' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim tugadi. O‘yinda hamon hisob ochilmadi. 30 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlarga navbat beriladi |
| 90+4' | ![]() |
Antoni tomonidan 24 metrdan yo‘llangan zarba xavfli chiqmadi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90+1' | ![]() |
Neymar burchak yetkazgan uzatmani yevropaliklar qaytarishdi |
| 86' | ![]() |
Braziliya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi |
| 84' | ![]() |
Braziliyada uchinchi o‘zgarish: Risharlison o‘rniga Pedro tushirildi |
| 82' | ![]() |
Risharlison 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 80' | ![]() |
Vuh! Braziliyaning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Neymar olis ustun tomonda o‘ziga bo‘ysundirdi va orqadan yetib kelgan Paketaga yetkazdi. Lukasning zarbasidan so‘ng to‘pni Livakovich egallab oldi |
| 77' | ![]() |
Markinyos sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Modrichni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuh! Dominik Livakovich! Neymar bilan yuzma-yuz vaziyatda xavfni bartaraf etdi |
| 72' | ![]() |
Xorvatiyada dastlabki o‘zgarishlar: Pashalich va Kramarich maydonni tark etishdi. Ularning o‘rniga Nikola Vlashich va Bruno Petkovich tushirildi. |
| 68' | ![]() |
Kazemiro ogohlantirish oldi. Raqib oyog‘iga tepgani uchun |
| 66' | ![]() |
Vuuuh! Livakovich muqarrar goldan qutqarib qoldi. Himoyachilar raqib fubolchining zarbasini qaytargandek bo‘lishdi. Ammo to‘pga Lukas Paketa yetib bordi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Dominik yana qahramonlik ko‘rsatdi |
| 64' | ![]() |
Braziliyada ikkinchi o‘zgarish: Vinisius o‘rniga Rodrigo tushirildi |
| 64' | ![]() |
Militao o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga uzatma berdi. Gvardiol to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 61' | ![]() |
Hech bir jamoa ustunlikka ega bo‘layotgani yo‘q. To‘p nazorati bo‘yicha ko‘rsatkich — 50/50 |
| 59' | ![]() |
Tomonlarning bir martadan uyushtirgan hujumi oxiriga yetmay qoldi |
| 56' | ![]() |
Braziliyada o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Antoni tushirildi |
| 55' | ![]() |
Vuuuuh! Risharlisonning uzatmasidan keyin Neymar raqib jarima maydoniga chap qanotdan kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Livakovich oyog‘i bilan to‘pni qaytarib yubordi |
| 53' | ![]() |
Xorvatlarning qarshi hujumi. Perishichning so‘nggi uzatmasiga jamoadoshi yeta olmadi |
| 50' | ![]() |
Modrich burchak zarbasini amalga oshirdi. Xorvatiyalik futbolchi bosh bilan to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p esa ofsaydda turgan Kramarichga kelib tushdi va o‘yin to‘xtatildi |
| 48' | ![]() |
Braziliyaning yana bir hujumi. Neymar jarima maydoni ichida to‘pni qabul qildi va 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. To‘p himoyachiga tegdi va ikkinchi futbolchi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 47' | ![]() |
Vuuuh! Braziliya golga juda yaqin keldi. O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida to‘p jarima maydoni ichidagi Risharlisonga bordi. Uning zarbasini Xorvatiya posboni oyog‘i bilan qaytarib qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha Xorvatiya - Braziliya - 0:0 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Perishich ofsaydda qoldi |
| 42' | ![]() |
Neymar jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p jonli devordagi futbolchiga tegib, rekoshetga uchragan bo‘lsa-da, Livakovich to‘pni egallab oldi |
| 36' | ![]() |
To‘p nazorati braziliyaliklar tomonida. Ammo golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelayotgani yo‘q. |
| 31' | ![]() |
Neymarga nisbatan ishlatilgan fol uchun Brozovichga ogohlantirish berildi |
| 30' | ![]() |
Xorvatiya qarshi hujum tashkil qildi. Perishich jarima maydoni tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 26' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 25' | ![]() |
Danilo sariq kartochka oldi. U Yuranovichga nisbatan juda xavfli o‘yin namoyish etdi |
| 24' | ![]() |
Kazemironing olis masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng burchak zarbasi ishlandi |
| 20' | ![]() |
Vuh! Vinisius! "Real" futbolchisi jarima maydoniga yaqinlashdi va ichkaridagi Risharlison bilan "devor" o‘ynab, darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 18' | O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. | |
| 16' | ![]() |
Kazemiro noaniq uzatma berishi natijasida pentakampeonlarning hujumi uzilib qoldi |
| 14' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar bosh bilan maydonm arkaziga qaytarishdi |
| 14' | ![]() |
Braziliyaliklar himoyada xato yo‘l qo‘yishdi. Perishich esa burchak zarbasi ishladi |
| 13' | ![]() |
Vuh! Xorvatlar xavfli hujum tashkil etishdi. O‘ng qanotdan uzatilgan to‘p Braziliya jarima maydoni ichidagi Perishichga aniq bordi. Ammo Ivan to‘pni darvoza tomon aniq bura olmadi |
| 11' | ![]() |
Olis masofadan uzatma berildi. Ammo Risharlison ofsaydda qoldi |
| 7' | ![]() |
Xorvatiyaliklar to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazishdi. Perishich havodagi to‘p uchun kurashda himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 6' | ![]() |
Xorvatlarning hujumi oxiriga yetmay qoldi |
| 4' | ![]() |
Vinisius olis masofadan zarba yo‘lladi. Livakovich to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi |
| ' | ![]() |
Qatardagi jahon chempionati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yaqinlashmoqda. Chorak finalning ilk bahs. Xorvatiya Braziliya bilan to‘qnash kelmoqda. O‘yin boshlanishiga 7-8 daqiqa vqat qoldi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|