Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2022. Chorak final

10.12.2022. soat 20:00. Bosh hakam: Fakundo Telyo (Argentina)

MAROKASh

Yussuf en-Nesiriy (42)

1 : 0

PORTUGALIYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Yassin Bunu
02.Ashraf Hakimiy
18.Javad el-Yamik
06.Romen Saiss
25.Yahyo Attiatulloh
04.Sufyon Amrabat
08.Azzedin Unahiy
15.Salim Amalloh
17.Sufyon Bufal
07.Hakim Ziyesh
19.Yussuf en-Nesiriy
  22.Diogu Koshta
03.Pepe
04.Ruben Diash
02.Diogu Dalot
05.Rafael Gerreyru
18.Ruben Nevesh
25.Otavio
08.Brunu Fernandesh
10.Bernardu Silva
11.Joau Feliks
26.Gonsalu Ramush
SARIQ KARTOCHKA
Ashraf Dariy (70)
Sheddira (90+1)
 
Vitinya (87)
QIZIL KARTOCHKA
Sheddira (90+1, ikkinchi ogohlantirish)
 

Matn

'
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
90+8'
O‘YIN TUGADI! Marokash yarim finalda!!! Portugaliya va Ronaldu uyga qaytadi.
90+7'
Vuh! Pepe hisobni tenglashtirishi mumki edi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Pepe bosh bilan zarba berdi. Noaniq
90+6'
VUUUUUUUUH! Zakariya Abuxlal o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. U darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni posbonni ustidan oshirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo Koshta to‘pni egallab oldi
90+5'
Kanselu yetkazgan uzatmaga Ruben Diash yeta olmadi
90+4'
Feliks burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. BU safar aut
90+3'
Iya, Shedira ikki daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etmoqda!
90'
Darvoqe, ikkinchi bo‘limga naq 8 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Sheddira sariq kartochka oldi
90+1'
Vuuuh! Ronalduda imkoniyat! Krishtianu zarba yo‘llashga ulgurdi. Yassin o‘z o‘rnida!
90'
Marokash xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Amrabat ofsadda qoldi
90'
Asosiy vaqtning eng so‘nggi daqiqasi boshlandi. Ikkinchi bo‘limga kamida 4 daqiqa qo‘shilsa kerak
87'
Portugaliya burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Marokashliklar to‘pni qaytarib, hujumga o‘tishayotganida Vitinya qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
86'
Mag‘rib matonat bilan himoyalanmoqda
84'
Brunu ayyorona uslubda jarima zarbasini amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Ammo to‘p jonli devordagi futbolchidan o‘tmadi
82'
Vuuuuuh! Ronaldu jarima maydoni ichida darvozaga teskari turgan holda Feliksga to‘pni qoldirdi. Joau juda xavfli va aniq zarba berdi. Yassin Bunudan ajoyib seyv!
81'
Marokashda o‘zgarish: Ziyesh va Bufal maydonni tark etishdi. Ularning o‘rniga Zakariya Abuxlal va Yahyo Jabroniy tushirildi
81'
Pepe xavfni bartaraf etmaganida marokashlik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi
79'
Portugaliyada o‘zagrish bo‘ldi: Dalot o‘rniga Rikardo Orta tushirildi
78'
Marokashlik futbolchi jarohat oldi. Maydonga yana zambil chiqdi
75'
Vuuh! Marokash o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. ular raqib darvozasi oldida ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Ammo so‘nggi himoyachi xavfni bartaraf etdi
74'
Portugaliya ketma-ket 2ta burchak zarbasini amalga oshirdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
71'
Portugallar kombinasiya uslubida standartdan foydalanishga urindi. Bernardu Silva to‘pni raqib jarima maydoni ichida to‘xtata olmadi. Aks holda zarba uchun zo‘r imkoniyat edi
70'
Ashraf Dani sariq kartochka oldi. Leauga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun. Portugaliya burchakka yaqin joyda jarima zarbasi tepadi
69'
Portugaliyada ikki o‘zgarish bo‘ldi: Ramush o‘rniga Rafael Leau, Otavio o‘rniga Vitinya tushirildi. Tepm oshib bormoqda
68'
Fernandeshning aylanma uzatma-zarbasini Yassin egalladi. Ronaldu to‘pga yeta olmadi
68'
Kanselu qanotdan yetkazgan to‘pni himoyachi bosh bilan qaytardi
65'
Marokashda ikki o‘zgarish: EN-Nesiriy va Amalloh maydonni tark etdi. Badr Banun va Volid Sheddira tushirildi
64'
Vuuuuuh! Portugaliyada ajoyib imkoniyat. Marokashning 3 futbolchi o‘ng qanotdan hujumga o‘tayotganida to‘pni portugaliyaliklar egallab olishdi va hujum tashkil qilishdi. Brunu Fernandesh 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi
52'
Fernandesh o‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatma berdi. Ramush to‘pga yeta olmadi
61'
Portugaliya hujumda bosimni oshirdi. Hattoki Pepe ham hujumga yaqin joyda o‘ynamoqda
59'
Ronaldu jarima maydoni chizig‘i oldida to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Undan to‘pni olib qo‘yishdi
58'
Vuuuuh! Portugaliyada ajoyib imkoniyat! Otavioning uzatmasini Gonsalu Ramush bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. Noaniq
57'
Marokashda majburiy o‘zgarish: Saiss o‘rniga Ashrif Dariy maydonga tushdi
56'
Romen Saiss jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi va futbolchi zambilda maydondan olib chiqib ketildi
56'
Marokashning qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda. Bu futbolchilari yuqori texnikaga ega ekanliklarini namoyish etmoqda. Unahiy jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba bera olmadi
55'
Vuh! Dalot o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Yassin to‘pni egallab oldi
52'
Krishtianu maydonga tushgan zahoti o‘yinga faol qo‘shildi. Uning chap qanotdan yetkazgan to‘pini Yassin Bunu egallab oldi
51'
Portugaliyada o‘zgarish: Diqqat! Ronaldu maydonga tushirildi. Maydonni Rafael Gerreyru va Ruben Nevesh tark etishdi. Shuningdek, Joau Kanselu ham o‘yinga qo‘shildi.
49'
Vuuuuh! Diogu Koshta o‘zi bilmagan holda muqarrar goldan qutqarib qoldi! Jarimadan yetkazilgan uzatmani marokashlik futbolchilardan biri bosh bilan darvoza tomon burgandi. Darvozabon oyog‘i bilan qaytarib qoldi
48'
Pepe qanotda Hakimiyni yiqitdi. Afrikaliklar jarima zarbasi tepishadi
47'
Portugaliya burchak zarbasini amalga oshirdi. Marokash xavfni bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Marokash - Argentina - 1:0. Tanaffus
45+2'
Bungacha portugaliyaliklar ikki marta raqib jarima maydoni ichida yiqilishdi. Ammo penalti belgilanmadi. VARda ishlayotganlar vaziyatni o‘rganib chiqqan bo‘lishi kerak
45+2'
Vuuuuuh! Marokash hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Qarshi hujum natijasida marokashlik futbolchi darvoza tomon aniq zarba yo‘llay olmadi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Vuuuuuuuuuuuuuh! Marokashni darvoza to‘sini goldan qutqarmoqda! Brunu Fernandesh jarima maydoni yon tomondagi chizig‘idan parashyut uslubida zarba berdi. To‘p darvozabonning ustidan oshib o‘tdiyu, to‘singa tegib maydonga qaytdi
42'
GOOOOOOOOL! Yusuf en-Nesiriiiiiyyyy hisobni ochmoqda! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga 3 futbolchi sakradi: Diyego Koshta (darvozabon), Ruben Diash (himoyachi) va Yussuf en-Nesiriy. Hujumchi barchadan baland sakradi va bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
41'
Feliks ofsaydda qoldi
39'
Oho! Qanotdan yetkazilgan uzatmani Joau Feliks jarima maydoni tashqarisida to‘xtatmasdan darvoza tomon burdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
38'
Ziyesh olis masofadan hujumga pas berdi. En-Nesiriy to‘pga biroz yeta olmadi
35'
Marokashdan birinchi aniq zarba. Sufyon Bufalning zarbasini darvozabon osonlik bilan egallab oldi
35'
Marokashdan ajoyib hujum. Salim Amalloh 13 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. To‘p sakrab kelgandi...
33'
Ramush ofsaydda qoldi
31'
Vuuuuh! Joau Feliks shundoqqina jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p Javad Yamiqqa tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘sindan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi
28'
Portugaliya maydon markazida to‘pni nazorat qilmoqda. Santush jamoasi raqib mudofaasini hozircha yorib o‘ta olmayapti
26'
Oho! Jarimadan yetkazilgan to‘pga En-Nesiriy bosh bilan zarba berdi. Noaniq
23'
Qanotdan yetkazilganu uzatmani Yassin Bunu egallab oldi. To‘pga sakragan Brunu Fernandesh esa darvozabonga jarohat yetkazib qo‘yishi mumkin edi
22'
Marokash ketma-ket 2 marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Samarasiz
21'
Ziyesh yana o‘z qanotida faol. BU safar uning uzatmasini Diyego Koshta egallab oldi
18'
Hakim Ziyesh o‘ng qanotdan to‘pni egallab, markaz tomon surildi va 25 metrlardan zarba berdi. Noaniq
15'
To‘p nazorati va hujumlar soni bo‘yicha ustunlik, tabiiyki, Portugaliya tomonida
13'
Portugaliyaliklar ijrosidagi standart xavfli bo‘ldi, hattoki ular zarba berishga ham muvaffaq bo‘lishdi. Himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
12'
Amrabat fol ishlatdi, Otavioga nisbatan. Darvozagacha 30 metr masofa bor
7'
Bahsning 7-daqiqasi o‘tib bormoqda. Yettinchi raqamli Ronaldu esa, kutilganidek, bugun ham zaxirada qoldi. Gonsalu Ramush asosiy tarkibda
3'
Portugaliya hisobni ochishi mumkin edi. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Feliks bosh bilan zarba berdi. Yassin Bunu to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Jahon chempionatining uchinchi chorak finali boshlandi. Marokash va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.