Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2022. 3-o‘rin uchun o‘yin

17.12.2022. soat 20:00. Bosh hakam: Abdulrahman al-Jassim (Qatar)

XORVATIYa

Yoshko Gvardiol (7)
Mislav Orshich (43)

2 : 1

MAROKASh

Ashraf Doriy (7)
JAMOALAR TARKIBI
01.Dominik Livakovich
02.Yosip Stanishich
04.Yoshko Gvardiol
24.Yosip Shutalo
07.Lovro Mayer
08.Mateo Kovachich
10.Luka Modrich
04.Ivan Perishich
18.Mislav Orshich
14.Marko Livaya
09.Andrey Kramarich
  01.Yassin Bunu
02.Ashraf Hakimiy
20.Ashraf Doriy
18.Javad el-Yamiq
25.Yahyo Attiatulloh
04.Sofyan Amrabat
23.Bilol el-Xannus
17.Sofyan Bufal
07.Hakim Ziyesh
11.Abdulhamid Sabiriy
19.Yussuf en-Nesiriy
ZAHIRA
12.Ivo Grbich
23.Ivisa Ivushich
21.Domagoy Vida
06.Deyan Lovren
05.Martin Erlich
19.Borna Sosa
22.Yosip Yuranovich
25.Luka Suchich
15.Mario Pashalich
26.Kristian Yakich
13.Nikola Vlashich
16.Bruno Petkovich
17.Ante Budimir
  12.Munir Muhammadiy
22.Ahmad Tagnautiy
06.Romen Saiss
05.Nayif Agerd
24.Badr Banun
26.Yahyo Jabran
14.Zakariya Abuxlal
15.Salim Amalloh
10.Anass Zaruriy
08.Azzedin Unahiy
13.Ilyos Shoir
21.Valid Sheddira
09.Abdurrazzoq Hamdalloh
16.Ez Abde
SARIQ KARTOCHKA
 
Azzedin Unahiy (69)
Salim Amalloh (84)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+6'
O‘yin tugadi. Xorvatiya terma jamoasi Qatardagi Mundialdan bronza medali bilan qaytadigan bo‘lishdi.
90+6'
VUUUUH! En-Neseriy! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘rga yuqoridan tegdi
90+5'
Xorvatiyada o‘zgarish: Orshich o‘rniga Kristian Yakich tushirildi
94'
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Livakovich egallab oldi
90+3'
Afrikaliklar so‘nggi daqiqalarda bosim uyushtirishmoqda
90+2'
En-Nesiriy ofsaydda qoldi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shildi
90'
Marokash jarima zarbalari ishlay boshladi. To‘p xorvatiyalik himoyachining qo‘liga tekkandek bo‘ldi. Vaziyatni VAR ko‘rdi: to‘pga boshga tegibdi. Penalti yo‘q
88'
Anass Zaruriy ofsadda qoldi
87'
Vuuuuuuh! Kovachich o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi. U jarima maydoni ichida himoyachini aldab o‘tdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
84'
Salim Amalloh sariq kartochka oldi. Marokashliklar hakamga e’tiroz bildirishmoqda
82'
Xorvatiya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
80'
Ziyeshning uzatmasi kuchli chiqdi. Shoir to‘pga yeta olmadi
75'
Hakam Marokash foydasiga penalti belgilashi mumkin edi. Qoidabuzarlik jarima maydoni tashqarisida bo‘lgani uchun VAR ham penaltini tasdiqlamadi
75'
VUUUUH! En-Nesiriy hisobni tenglashtirishi shart edi! Yaqin masofadan yakkama-yakka vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Livakovich qutqarmoqda!
74'
Vuh! Xorvatiyaning qarshi hujumi xavfli bo‘ldi. Markaziy himoyachi hujumga o‘tib ketdi va yiqildi. Ammo hakam penalti belgilamadi. Vaziyatni VAR chiqqan bo‘lishi kerakki, keyinchalik ham penalti belgilanmadi
74'
Marokashliklar qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishdi. Ammo Ziyeshning kesma pasini himoyachi to‘xtatib qoldi
74'
Marokashliklar qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishdi. Ammo Ziyeshning kesma pasini himoyachi to‘xtatib qoldi
71'
Marokashdan yana bir xato va Vlashich olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
69'
Azzedin Unahiy ogohlantirish oldi — hakamga e’tiroxz bildirgani uchun
69'
Maydon markaziga yaqin joyda Modrichga nisbatan fol ishlatildi
67'
Marokashda majburiy o‘zgarish: Javad el-Yamiq jarohat oldi. Uning o‘rniga Salim Amalloh tushirildi
66'
Xorvatiyada ikki o‘zgarish: Livaya va Lovro Mayer o‘rniga Bruno Petkovich va Mario Pashalich tushirildi.
66'
Hakimiy o‘ng qanotdan uzatma berdi. HImoyachi bosh bilan qaytarib qoldi
64'
Marokashda ikkita o‘zgarish: Bufal va Doriy o‘rniga Badr Banun va Anass Zaruriy tushirildi
61'
Kramarich ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Nikola Vlashich maydonga tushirildi
59'
Kramarich jarohat oldi shekilli. U maydonda yotibdi. Zixiraga olinishi mumkin
56'
Marokashda ikkinchi o‘zgarish: El-Xannus o‘rniga Azzedin Unahiy tushirildi
55'
Xorvatiya burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Zarba noaniq bo‘ldi
52'
Evropaliklar jarima maydoni ichida Perishich va En-Nesiriy o‘rtasidagi to‘p uchun kurashda Ivan g‘olib chiqdi
51'
Xorvatlar chap qanotdan uzatma berishdi. To‘p Doriyning tizzasiga tegib, maydonni tark etdi.
48'
Afrikaliklardan hujumi. Yahyo Attiatulloh jarima maydoni ichida to‘pni o‘zida uzoqlashtirib yubordi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi
48'
Xorvatiya ketma-ket ikkita burchak zarbasini amalga oshirdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
47'
Vuuuh! Orshich dublga erishishi mumkin edi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p El-Yaiqnig beliga tekkancha shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi taym boshlandi
'
Marokash ustozi ikkinchi bo‘lim oldidan o‘zgarish tayyorlamoqda. Abdulhamid Sobiriy o‘rniga Ilyos Shoir tushirildi
'
Darvoqe Xorvatiya va Marokash terma jamoalari musobaqani "E" guruhida boshlashgan bo‘lib, o‘zaro o‘yinda hisob ochilmagandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Xorvatiya - Marokash - 2:1. Tanaffus
45+2'
Livaya olis masofadan zarba berdi. To‘p rekoshet orqali yuqoriga ko‘tarildi. Bunu to‘pni egalladi
45+1'
Xorvatiya darvozasi oldida taxlikali vaziyat. Livakovich chaqqonroq harakat qilib, to‘pni egallab oldi. En-Nesiriy to‘pga yeta olmadi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
GOOOOOOL! Mislav Orshich! 2:1! Marokashliklar raqibning xavfli hujumini bartaraf etgandek bo‘lishgandi, ammo futbolchi o‘z jarima maydoni tashqarisida to‘pni xorvatiyalik futbolchiga berib qo‘ydi. Jarima maydoniga o‘ng qanotdan kirgan Orshich uzatma berildi. Mislav esa "parashyut" zarba berishga qaror qildi. To‘p darvozabonning ustidan oshib o‘tib, ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi. Chiroyli gol!
40'
Hakim Ziyesh kutilmaganda olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
39'
Xorvatiyadan yaxshi kombinasiya. Modrich jarima maydoniga kirib, sherigiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
37'
Marokashliklar ketma-ket ikki marta "korner"ni amalga oshirishdi. En-Nesiriy bosh bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
36'
Marokash burchak zarbasi ishladi
36'
Marokash jarima zarbasini tepdi. Perishich to‘pni bosh bilan yon tomonga chiqarib yubordi
34'
Mana endi mag‘ribliklarning qarshi hujumlari xavfli tus ola boshladi
33'
Marokash qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib keldi. Bufal aniq zarba bera olmadi
29'
Vuuuuuuuh! Marokashda superimkoniyat! Ziyesh va Hakimiy o‘ng qanotda ajoyib kombinasiya uyushtirishdi va Ashraf raqib jarima maydoniga kirib borib, darvoza yonida En-Nesiriyga uzatma berdi. Uzatma orqaroqqa bo‘lgani uchun Yussuf to‘pni darvoza tomon bura olmay qoldi
26'
"Standart"dan so‘ng Perishich bosh bilan noaniq zarba berdi
26'
Marokashdan yana bir xato. Futbolchilarning o‘zlari xatoni to‘g‘irlashdi. Boshqa tomondan — Xorvatiya ijrosidagi presssing ham naf keltirmoqda
24'
Vuuuuuh! Bugun Marokash terma jamoasi futbolchilari juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishmoqda. Modrich himoyadagi shunday xatolardan birini jazolashi mumkin edi. Luka 17 metrlardan zarba yo‘lladi va Bunu to‘pni dastlab qaytardi va ikkinchi urinishdi raqib futbolchisi oyog‘i ostidan to‘pni urib yubordi. Keyin esa himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
19'
Bufal o‘ng qanotdan bergan uzatma ancha noaniq bo‘ldi
18'
Xorvatiyaning qarshi hujumlari esa yaxshi chiqmoqda. Kramarich bosh bilan aniq zarba berdi. Bunu to‘pni egallab oldi
17'
Hozircha Mag‘ribning qarshi hujumlari o‘xshamayapti
15'
Xorvatlar qarshi hujum uyushtirib, burchak zarbasi ishlashdi
14'
Xorvatiyaning hujumi zarba bilan yakunlandi. 18 metrlardan berilgan zarbadan so‘ng to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
11'
Gollardan so‘ng tomonlar bir martadan hujum tashkil etishdi. Samarasiz
9'
GOOOOOOOOL! Ashraf Doriy, 1:1! Marokashliklar ham "standart"dan hisobni tenglashtirishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatma Mayerning boshiga tegib yuqoriga ko‘tarildi. Doriy esa darvozaga yaqin masofadan bosh bilan darvozani zabt etdi! Super start!
7'
GOOOOOOL! Xorvatiya hisobni ochmoqda! Modrich "standart"ni kombinasiya shaklida amalga oshirdi. Modrich tomonidan yetkazilgan uzatmani Perishich 11 metrli nuqta ustiga yetkazdi. Yoshko Gvardiol esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p to‘sinni silab to‘rga borib tushdi
6'
Marokash maydonning o‘z yarim maydonida to‘pni nazorat qilib, raqib shashtini pasaytirishga urinmoqda
3'
Xorvatlar o‘yinni ancha faol boshlashdi. Birinchi burchak zarbasi marokashliklar uchun taxlikali bo‘ldi. Yevropaliklar hisobni ochib olishni strategik reja qilib olishgan shekilli
2'
Iya, Bunu! Qovun tushirishiga sal qoldiku. O‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga bir baxya qoldi!
1'
BRONZA MEDAL UCHUN O‘YIN BOSHLANDI.
'
Maydon markazida hakamlar va jamoalar sardorlari qur’a orqali hal qilishdi: O‘yinni Xorvatiya boshlab beradigan bo‘ldi
'
Hozirgina har ikki davlat madhiyalari yangradi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionatida bugun bronza medali uchun o‘yin boshlanmoqda. Xorvatiya va Marokash terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.