Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2022 final
| Jahon chempionati final | ||
ArgentinaMessi (23)
Di Mariya (36) Messi (108) |
3 : 3 |
FransiyaMbappe (80)
Mbappe (81) Mbappe (118) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Martines, Molina, Romero, Otamendi, Akunya, Di Mariya, de Paul, Enso Fernandes, Mak Allister, Messi, Alvares |
Lyoris, Varan, Upamekano, Teo Ernandes, Grizmann, Chuameni, Rabyo, Dembele, Jiru, Mbappe. |
|
Matn
| 120+' | ![]() |
Qadrli do‘stlar! Keyingi bahslarda uchrashguncha xayr! Salomat bo‘ling |
| 120+' | ![]() |
Ana o‘yin!!!!! Argentina penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lub etdi va JAHON CHEMPIONIGA AYNLANDI |
| 124' | ![]() |
Tugadi. Endi navbat penaltilar seriyasiga! |
| 123' | ![]() |
Zarbalarrrrrrrr! Ikkala jamoa ham qulay imkoniyatlarni yo‘qqa chiqardi. Dastlab Kolomuani xato zarba bergan bo‘lsa, keyinchalik Lautaro uzatma berishga ulgurmadi |
| 122' | ![]() |
Vuuuuuuuuuy. Lautaro birga bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq ofsayd bilan tugallandi |
| 121' | ![]() |
Penalti kerakmidi jamoalarga?! Endi buyog‘i omadga bog‘liq |
| 121' | ![]() |
Fransiyayayayayayaya! Muani to‘pga teginganda gol urishi mumkin edi. Mbappening uzatmasi juda xavfli chiqdi |
| 120' | ![]() |
Zarbaaaaa! Argentina burchak zarbasini golga aylantira olmadi |
| 118' | ![]() |
Gooooooool! Mbappe xet trikka erishib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi |
| 117' | ![]() |
Penaltiiiiiii! To‘p qo‘lga tegdi. Mbappe 11 metrlik nuqta yoniga yaqinlashdi |
| 116' | ![]() |
Argentinada o‘zgarish! Makkalister o‘rniga Pesella tushirildi. |
| 114' | ![]() |
Buni qarang!!! Paredes raqibini chopib tashladi. Unga sariq kartochka ko‘rsatildi. Qizil olmaganiga shukr qilishi kerak |
| 113' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish! Varan o‘rniga Konate maydonga tushdi |
| 111' | ![]() |
Argentina Fransiyadan g‘alabani yulqib olishga yaqin. Endi ular ancha bosiq o‘ynashyapti |
| 108' | ![]() |
Goooooooooooool! Messi muhim pallada jamoasini qutqarib ketmoqda. U ajoyib kombinasiyani gol bilan yakunladi. Lautaroning kuchli zarbasini Lyoris shundoqqina Leoning qo‘liga tutqazdi. Endi Fransiyaga qiyin bo‘ladi |
| 105' | ![]() |
Ekstra taymning so‘nggisi boshlandi. Buyog‘i hammaga qiziq! |
| 106' | ![]() |
3-bo‘lim yakunlandi. Futbolchilar biroz tanaffus qilib olishadi |
| 106' | ![]() |
Zarbaaaaaaa! Lautaro birga bir vaziyatni ko‘kka sovurdi. Esiz. Endi u hali buning uchun afsuslanmasa bo‘lgani |
| 105' | ![]() |
Argentina burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi. Bu taymning so‘nggi imkoniyatlaridan biri edi |
| 103' | ![]() |
Alvares va De Paul maydonni tark etdi. Ularning o‘rniga Lautaro va Paredes qo‘shildi |
| 100' | ![]() |
Kunde to‘pni uzatayotgan vaziyatda Varan sun’iy ofsaydda qolib ketdi. Bu borada janubiy amerikaliklarga qoyil. Ular hozircha adashishmayapti |
| 99' | ![]() |
Muani hammani aldamoqchi bo‘ldi. Lekin bu imkonsiz edi. Himoyachilar to‘pni undan yechib oldi |
| 96' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish. Rabyo o‘rniga Fofana maydonga tushdi |
| 90+' | ![]() |
Ekstra taymlar boshlandi. Uni Argentina juda ham faol tarzda boshladi. Hujumlar yomg‘iri boshlanib ketdi. Kuzatamiz |
| 98' | ![]() |
Tugadi. Jamoalar ekstra taymlarga chiqib ketdi |
| 97' | ![]() |
Zarbaaaaaa! Messining zarbasini Lyoris qaytarib yubordi. Final yonyapti. Ikkala jamoa ham asosiy vaqtning o‘zida masalani hal etmoqchi |
| 95' | ![]() |
Mbappeeeeeeeee! argentinaliklar uni to‘xtatib qolisha olmayapti. Kolomuani uning uzatmasini yo‘qqa chiqardi |
| 94' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni fransuzlar foydalana olmadi. Argentinaning jarima maydonida pala partishlik vujudga keldi |
| 93' | ![]() |
Zarbaaaaa! Qo‘shib berilgan daqiqalarni fransuzlar faolroq o‘tkazmoqda |
| 87' | ![]() |
Tyuramga simulyasiya uchun sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 85' | ![]() |
Xavfliiiii! Mbappening uzatmasiga Kolomuani bosh bilan zarba berishda ulgurib qola olmadi |
| 81' | ![]() |
Goooooooool! Mbappe dubl qayd etdi. Tyuram ajoyib uzatma berdi va Kilian o‘yin qahramoni bo‘lishga yaqin. Fransiya kech bo‘lsa ham uyg‘ondi |
| 80' | ![]() |
Goooooll! Mbappe Emilianoni zarbada aldadi va gol urib ketyapti. |
| 79' | ![]() |
Xavliiiiiii! Otamendi Muanini yiqitdi. Penaltiiii! |
| 72' | ![]() |
Zarbaaaa! Ensoning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to‘pini Lyoris ushlab oldi |
| 71' | ![]() |
Grizmann va Teo almashtirildi. Ularning o‘rniga Kamavinga va Koman maydonga tushdi |
| 69' | ![]() |
Messi JChning har bir bosqichida gol urgan tarixdagi yagona o‘yinchiga aylandi. |
| 66' | ![]() |
Fransuzlar oldinga intilishyapti, biroq o‘zgacha ishtiyoq yetishmayapti. Finalga yarasha o‘yin ko‘rsatolmayapti fransuzlar |
| 60' | ![]() |
Zarbaaaaa! Messi va Di Mariya bir birlarini juda yaxshi tushunib o‘ynashmoqda. Bu safargi uzatmani Leo noaniq zarba bilan yakunladi |
| 58' | ![]() |
Mbappe raqibiga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka bilan "siylandi" |
| 56' | ![]() |
Fransiya tepm qo‘shmoqda. Desham shogirdlari endi o‘yg‘onishyapti. Biroq hozircha himoyachilardan o‘tishning iloji bo‘lmayapti |
| 55' | ![]() |
Sariq kartochkalar borasida hisob tenglashdi. Rabyo Otamendiga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi |
| 52' | ![]() |
Fransiya burchakdan oshirib berilgan imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Endi himoyalanish kerak |
| 49' | ![]() |
Xavfliiiii! Otamendi Di Mariyaning uzatmasiga biroz qulay tarzda zarba yo‘llay olmadi. Lyoris o‘z o‘rnida |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi, Fransiya chuqur nokdaun holatidan so‘ng o‘ziga kelib olishi kerak |
| 52' | ![]() |
Taym yakunlandi. Hozircha argentinaliklar ishonchli hisobda oldinda bormoqda |
| 52' | ![]() |
Ensoga sariq kartochka ko‘rsatildi. U katta tezlikda kelayotgan Kolomuanini ancha xavfli to‘xtatib qoldi. Uzatib berilgan jarima zarbasidan esa fransuzlar unumli foydalana olmadi |
| 50' | ![]() |
Qo‘shib berilgan daqiqalarni har ikkala jamoa ham u qadar faol o‘tkazishmayapti. Tanaffus oldidan biroz qo‘rquv bor |
| 45+' | ![]() |
Teo Ernandes raqibining oyog‘iga kuchli zarba yo‘lladi. U hakam bilan tortishishni ko‘paytiryapti |
| 45+' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 7 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. Fransuzlar biroz oldinga siljishdi |
| 41' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish! Dembele va Jiru maydonni tark etdi, ularning o‘rniga Tyuram va Kolomuani tushirildi |
| 39' | ![]() |
Upamekano Messining yana qarshi hujumga o‘tib ketishiga imkon bermadi. Argentina ajoyib hujumni ijobiy tomonlama yakunlay olmadi |
| 37' | ![]() |
Gooool! Argentina ikkinchi golni urdi. Qarshi hujumga o‘tib ketgan Makkalister Di Mariyani ajoyib uzatma bilan ta’minladi, va u yakuniy zarbada adashmadi |
| 35' | ![]() |
Fransiyada bog‘lamlar yaxshi ishlamayapti, himoyadan hujumga ko‘chishda jamoada kamchiliklar kuzatilyapti. Zaif Fransiya |
| 33' | ![]() |
Ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynashi kutilgan Argentina kutilmagan tarzda Fransiyani o‘z jarima maydoniga qamab tashladi. Desham shogirdlari nima qilishni bilmay qolgan |
| 31' | ![]() |
Argentina to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Di Mariyaning o‘ng qanotga qo‘yilishi Skalonining ajoyib rejasi bo‘lib chiqdi. Bu fransuzlarga kata syurpriz bo‘ldi |
| 29' | ![]() |
Leo bugun juda ham faol o‘ynamoqda. Uning burchakdan uzatib bergan to‘pini sheriklari darvoza tomon noaniq yo‘llashdi |
| 27' | ![]() |
Teo Messiga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi. Argentina tempni yetarlicha pasaytirmoqda |
| 23' | ![]() |
Goooool! Messi penaltidan gol urib hisobni ochdi |
| 16' | ![]() |
Xavliiiiii! Teodan to‘pni olib qo‘ygan Leo Di Mariyani qulay vaziyatga chiqardi, biroq Anxel zarba berishda juda noaniq harakat qildi |
| 13' | ![]() |
Mbappedan ham vaziyat yuzaga keldi, biroq unga himoyachilar yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi |
| 13' | ![]() |
Messi markazdan jarima maydoni ichiga yorib kirdi, biroq sherigiga uzatgan to‘pi ofsaydga sabab bo‘ldi |
| 12' | ![]() |
Argentina raqibga katta bosim ostida o‘ynamoqda. Biroq bu bahs oxirigacha davom etadimi? Fransuzlar o‘z paytlarini kutyapti |
| 10' | ![]() |
Lyorisga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. U raqibga urilib hushini yo‘qotdi, keyinchalik o‘ziga keldi. Hammasi joyida. O‘yin davom etadi |
| 08' | ![]() |
Messining burchakdan uzatgan to‘pini himoyachilar qaytarib yubordi. Biroq ancha xavfliiii! Darvoza yonida pala partishliklar yuzaga keldi |
| 06' | ![]() |
Fransiya biroz sust harakat qilmoqda. Himoyachilar ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishyapti |
| 03' | ![]() |
O‘yinni Argentina faolroq boshladi. Jamoa dastlabki ofsaydni qayd etdi |
| 01' | ![]() |
O‘yinga start berildi. Boshlandi! |
| 01' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, bahsni polshalik Simon Marshinyak boshqarib boradi |
| 00' | ![]() |
Futbolchilar biroz oldin madhiyalarni kuylashdi. Ular uchrashuv uchun shay holatda! |
| 00' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Birozdan so‘ng JCh final bahsi davomida Argentina hamda Fransiya o‘zaro to‘qnash keladi. Quyida ushbu uchrashuvni matnli translyasiya shaklida saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Siz bilan yaqin daqiqalar ichida Yusufbek Saydaliyev bo‘ladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|