Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

18-tur. 22.01.2023. soat 22:30. Bosh hakam: Iglesias Vilyanueva

BARSELONA

Pedri (35)

1 : 0

XETAFE

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Stegen
20.Serxi Roberto
23.Jyul Kunde
15.Andreas Kristensen
28.Alexandro Balde
05.Serxio Buskets
08.Pedri
30.Gavi
22.Rafinya
07.Usmon Dembele
10.Ansu Fati
  13.David Soriya
22.Damian Suares
02.Jene Dakonam
06.Domingush Duarte
15.Omar Alderete
21.Xuan Iglesias
05.Luis Milya
11.Karles Alenya
16.Anxel Algobia
19.Borxa Mayoral
10.Enes Unal
ZAHIRA
13.Inyaki Penya
36.Arnau Tenas
17.Markos Alonso
18.Jordi Alba
04.Ronald Arauxo
24.Erik Garsiya
02.Ektor Belyerin
21.Frenki de Yong
19.Frank KessYE
32.Pablo Torre
38.Anxel Alarkon
  01.Kiko Kasilya
27.Diyego Konde
12.Jordan Amavi
23.Stefan Mitrovich
04.Gaston Alvares
24.Gonsalo Vilyar
08.Xayme Seoane
20.Nemanya Maksimovich
14.Xuanmi Latasa
07.Xayme Mata
09.Portu

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" kichik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 44 taga yetkazib oldi
90+3'
Xavfli vaziyat! "Xetafe" jarimadan to‘pni o‘yinga kiritdi. Latasa yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
90'
Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Fatining zarbasi juda noaniq bo‘ldi
85'
"Barsa"dan xavfli hujum. Dembele ajoyib reyd uyushtirib, Kessieni to‘p bilan ta’minladi. Frank 10-11 metrdan yo‘llagan zarbani darvozabon qaytardi
84'
"Xetafe"da birdaniga 3 o‘zgarish bo‘ldi
82'
Enes Unal sariq kartochka oldi
81'
Oho! Albaning uzatmasidan keyin Fati darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Posbon qutqardi. Boz ustiga, Fati ofsaydda qolgandi
77'
"Barsa"da o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Markos Alonso tushdi
77'
"Xetafe"da o‘zgarish: Mayoral o‘rniga Portu tushirildi
74'
Mehmonlardan yaxshi hujum. Mayoral bosh bilan aniq zarba bera olmadi
72'
"Xetafe" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mezbonlar to‘pni egallashdi, ammo qarshi hujumga o‘tib keta olishmadi
68'
Vaziyatni VAR ko‘rib chiqayotgan bo‘lishi mumkin. Qaror sariq bo‘yicha qoldi. Qizil kartochka berilmadi
67'
Usmon Dembele sariq kartochka oldi
62'
"Xetafe"da o‘zgarish: Algobiya o‘rniga Stefan Mitrovich tushdi
62'
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Kessie tushirildi
60'
"Barsa" yana bir yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Albaning uzatmasidan keyin Fati to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda texnik xatoga yo‘l qo‘ydi va himoyachi to‘pni qaytardi. Usmon to‘pni egalladiyu, noaniq zarba yo‘lladi
57'
Rafinya "Xetafe" darvozasi oldiga yaxshi pas berdi. Himoyachi qiyinchilik bilan to‘pni qaytarmaganida Fati darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi
53'
Pedri chiroyli pas bilan Fatini hujumga boshladi. Ammo Ansu to‘pni oldinga o‘tib keta olmadi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi
48'
"Xetafe" burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Barselona"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Balde o‘rniga Jordi Alba va Kristensen o‘rniga Erik Garsiya tushirildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Xetafe" - 1:0. Tanaffus
45+2'
"Barsa" ketma-ket 2 marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Samarasiz
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Alderete sariq kartochka oldi. Dembelega nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun
43'
"Xetafe" yana bir o‘ta xavfli hujum tashkil qildi: tiki-taka uslubida. O‘ng qanotdan berilgan uzatmaga olis ustun tomondagi futbolchi yeta olmay qoldi. Uzatma tezroq bo‘lib ketdi
41'
VUUUUUH! Pedri qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi: u darvozabon tomon bergan pasini hujumchi egallab oldi va Ter Shtegen bilan yakkma-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Mark-Andre yana qutqarmoqda!
40'
Dembele o‘ng qanotga o‘tib o‘ynay boshladi va u burchak zarbasi ishladi
35'
GOOOOOL! Pedri, 1:0! "Barselona" markazda to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga asos soldi. Rafinya chap qanotdan jarima maydoni markaziga yetkazgan to‘pga Pedri birinchi bo‘lib yetib keldi va darvozani ishg‘ol qildi.
32'
VUUUUH! "Xetafe" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Mark-Andre ter Shtegen yakkama-yakka vaziyatda jamoasini qutqardi!
30'
Gavi 20 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon David Soriya to‘pni egallab oldi
29'
Bugungi o‘yinda to‘pni eng ko‘p yo‘qotayotgan futbolchi bu — Usmon Dembele
23'
Fati yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. U raqib darvozasi yaqinida to‘pni qabul qildi, ammo to‘pni o‘zidan biroz uzoqlashtirib yuborgani uchun zarba berishga ulgurmadi
21'
Balde ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib, mehmonlar jarima maydoniga kirib bordi va Dembelega pas berdi. Hujum yakuniga yetmay qoldi
20'
Rafinya o‘ng qanotdan raqib darvozasi yaqiniga yaxshi uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
15'
Dembelening qanotdan uzatmasi noaniq bo‘ldi
10'
To‘p nazorati to‘laligacha kataloniyaliklar tomonida
7'
"Barsa" ijrosidagi dastlabki zarba. Dembelening zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
5'
Mehmonlar jarima maydoniga uzatma berilgan paytda "Xetafe" sakrab to‘pni urib yubordi. So‘ngra o‘z himoyachisiga urilib ketdi. Ikkisi ham jarohat oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
4'
Vuuuuh! "Xetafe" gol urd! Ammo uzatma berilayotganida ofsayd bo‘lgan ekan. Gol bekor qilindi.
3'
Olis masofadan "Xetafe" jarima maydoniga uzatma berildi. Xvi to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
1'
Uchrashuvni "Xetafe" boshlab berdi
'
Levandovski 3ta o‘yindan iborat diskvalifikasiyani o‘tashni boshladi. Shu bois, bugun u maydonga tushmaydi
'
O‘yin boshlanish arafasida. Futbolchilar esdalik uchun rasmga tushib olishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Barselona" 18-tur doirasida o‘z maydonida "Xetafe"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.