Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

19-tur. 28.01.2023. soat 20:18

JIRONA

0 : 1

BARSELONA

Pedri (61)
JAMOALAR TARKIBI
13.Paulo Gassaniga
03.Migel Gutyerres
02.Bernardo Espinosa
15.Xuanpe
04.Arnau Martines
18.Oriol Romeu
20.Yan Kouto
17.Rodrigo Rikelme
14.Aleish Garsiya
21.Yanxel Errera
09.Valentin Kastelyanos
  01.Mark-Andre ter Stegen
17.Markos Alonso
24.Erik Garsiya
04.Ronald Arauxo
23.Jyul Kunde
21.Frenki de Yong
05.Serji Buskets
30.Gavi
07.Usman Dembele
10.Ansu Fati
22.Rafinya

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
90+7'
O‘yin yakunlandi. Kataloniya derbisida "Barselona" juda qiyin g‘alabaga erishdi
90+6'
Vuuuuh! Ter Shtegen qutqardi!
90+5'
Mezbonlarda yaxshi imkoniyat! Valeriy 11 metrli nuqta ustidan aniq zarba yo‘llay olmadi
90+4'
"Jirona" bosh murabbiyi maydondan chetlatildi. O‘Yin asabiy davom etmoqda
90+2'
Mezbonlar himoyachisi Martines raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba yo‘lladi. Mark-Andre zarbani oyog‘i bilan qaytardi. Boz ustiga, "Jirona" a’zosi ofsaydda qolgan ekan
90'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Mezbonlarda xavfli vaziyat. Rokka to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
87'
"Barselona"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Frank Kessie tushirildi
86'
Vuuuuuh! Stuani 5 metrdan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi. Unga hech kim xalal bermayotgandi
85'
"Jirona"dan hujum. Toni Bilye 17 metrdan aniq zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni osonlik bilan egallab oldi
83'
"Barsa" yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Gavining uzatmasini Rafinya 11 metrli nuqta ustida qabul qildiyu, ammo sirpanib ketib yiqildi va to‘pni yo‘qotdi
81'
"Barselona"da o‘zgarish: FAti o‘rniga Balde tushirildi
80'
"Barsa" ijrosida xavfli hujum. Pedrining uzatmasidan keyin raqib jarima maydoniga kirib borgan Alba ofsaydda deb topildi
75'
Mezbonlar o‘ng qanotdan yerlatib "Barselona" darvozasi oldiga uzatma berdi. Kunde xavfni bartaraf etdi
74'
Arnau Martines ogohlantirish oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
73'
"Jirona" xavfli hujum tashkil qildi va burchak zarbasi ishladi.
70'
"Jirona"da o‘zgarish: jarohat olgan Kastilyanos o‘rniga Stuani tushirildi
65'
"Jirona" to‘pni mehmonlar darvozasiga kiritdi. Ammo Arnau Martines yaqqol ofsaydda edi
61'
GOOOOOOL! Pedri, 0:1! "Barsa" raqibni xato qilishga majbur etdi va buning uchun jazoladi
59'
"Jirona"da o‘zgarish: Errera o‘rniga Valeri Fernandes tushirildi
55'
"Barsa" qanotlardan birin-ketin uzatmalar bera boshladi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishmoqda.
53'
Kunde o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo uzatma berishni qoyillatmadi
49'
Gavi ogohlantirish oldi. U raqib oyog‘iga xavfli tashlandi
48'
"Barsa"ning hujumi. Rafinya sakrab kelgan to‘pga darvozagacha 14 metr masofadan zarba berdi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hisob ochilmadi hozircha
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Kastelyanos ogohlantirildi. Busketsga nisbatan tirsak ishlatgani uchun
43'
Ansu Fati sariq kartochka oldi. U Rafinyaning uzatmasidan keyin raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborgani uchun to‘pni Gassaniga egallab oldi. Fati posbonga urilish chog‘ida oyoqlarini yig‘ishtirib oldi. Paulo esa o‘zini jarohat olgan qilib ko‘rsatishi oqibatida hakam Ansu sariq kartochka ko‘rsatdi
40'
"Barsa" nihoyat raqib jarima maydoniga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Pedrining zarbasini egallab olish Gassanigaga qiyinchilik tug‘dirmadi
38'
"Jirona" ikki qavatli himoya bilan raqibni o‘tkazmayapti
37'
"Jirona" o‘yinni maydon markaziga ko‘chirdi. Navbatdagi hujum paytida mezbonlar futbolchisi ofsaydda qoldi
29'
"Jirona" himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng Ansu Fati to‘pni egallab oldi va 17 metrdan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
26'
Majburiy almashtirish amalga oshdi. Dembele o‘rniga Pedri tushirildi
24'
Dembele jarohat oldi shekilli. Uning o‘rniga tushish uchun Pedri tayyorgarlik ko‘rmoqda
22'
Dembele chap qanotda bir himoyachidan o‘tdiyu, ikkinchisi to‘pni egallab oldi
16'
Vuuuuh! !Jirona" posbonining xatosidan so‘ng "Barsa" imkoniyatdan foydalana olmadi. Darvozabonning o‘zi zarbani qaytardi
13'
"Barsa"ning to‘p nazorati bo‘yicha ustunlikka erishishi hozircha hech qanday samara bermayapti
9'
Rafinyaning uzatmasidan keyin himoyachi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi
8'
O‘ng burchakka yaqin joyda Rafinyaga nisbatan fol ishlatildi
6'
"Barselona" tashabbusni qo‘lga olishni boshlamoqda
3'
Burchak zarbasi samarasiz yakunlandi
2'
"Jirona" ijrosida xavfli hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan «Jirona» - «Barselona» uchrashuvidan matnli onlayn translyasiyani boshladik.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.