Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Italiya A Seriyasi

21-tur. 05.02.2023. soat 16:30

SPESIYa

0 : 3

NAPOLI

47-Kvarasxeliya (penaltidan)
68 - Osimxen
73 - Osimxen
JAMOALAR TARKIBI
69. Drangovski
4. Ampadu
6. Burabiya
10. Verde (Sipot - 76)
13. Reks
14. Eldor Shomurodov (Krollis - 76)
25. Esposito (Visnevski - 86)
27. Amyan
29. Kaldara (Maldini - 76)
33. Agudelo
43. Nikolau
  1. Meret
22. Di Lorenso
13. Rraxmani
3. Min Chje
6. Mario Rui (Oliveyra - 74)
99. Anguissa
68. Lobotka
20. Zelinski (Elmas - 63)
11. Lozano (Politano - 46)
9. Osimxen (Simeone - 82)
77. Kvarasxeliya (Ndombele - 74)
SARIQ KARTOCHKA
16 - Ampadu
51 - Kaldara
 
19 - Lozano
53 - Zelinski

Matn

93'
Uchrashuv yakunlandi. "Napoli" "Spesiya" maydonidan yirik hisobdagi g‘alaba bilan uyiga qaytadigan bo‘ldi. E’tiboringiz uchun rahmat.
92'
"Napoli" to‘pni o‘zida saqlab turibdi
90'
Hakam o‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berdi
90'
Mezbonlar hujumchisi Krollis jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi. Meret o‘z o‘rnida
88'
Hakam o‘yinni to‘xtatdi. "Spesiya" sardori Nikolau shifokorlar yordamiga muhtoj.
85'
"Spesiya" ximoyachisi Reka hujumda ishlatgan fol evaziga ogohlantirish ishlab oldi
82'
O‘yin qahramoni Viktor Osimxen zaxiraga olindi, uning o‘rniga Jovanni Simeone maydonga tushirildi
80'
Shu daqiqalarga kelib o‘yin tempi ancha pastladi. To‘p asosan maydon markazida aylanmoqda
76'
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxiraga olindi, uning o‘rniga Daniel Maldini bahsni davom ettiradi
73'
Gooool! "Spesiya" futbolchisi himoyada to‘pni uzoqlashtirishda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni egallab olgan Kvarasxeliya ochiq davroza oldidagi Osimxenga pas berdi, Viktor qiyinchiliksiz dublni rasmiylashtirdi
68'
Gooool! "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Spesiya" darvozaboni va ximoyachisining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi
68'
Shomurodov tezlikda himoyachini ortda qoldirib ketgan edi, yakunda to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi
63'
"Napoli"da navbatdagi o‘zgarish Piotr Zelinski o‘rniga Elif Elmas o‘yinni davom ettiradi
62'
Osimxen himoyachini tezlikda ortda qoldirib gol urgan edi, ammo u qo‘li orqali raqib futbolchisini ushlab qolgani sabab hakam golni inobatga olmadi
60'
Shomurodov bilan tandemda o‘ynayetgan Simone Verde qarshi hujumni zarba bilan yakunladi. Ancha noaniq
57'
"Napoli" safida 2-bo‘lim boshida o‘zgarish yuz bergan edi. Irving Lozano o‘rniga Matteo Politano o‘yinga qo‘shildi
54'
"Spesiya" hujumlarni faollashtirdi, ammo "Napoli" deyarli qiyinchiliksiz ularni bartaraf etmoqda
50'
Mezbonlar goldan so‘ng tezkorlik bilan hujum uyushtirdi, ammo zarba juda noaniq yo‘nalish oldi
47'
Xvicha Kvarasxeliya ishonchli zarba bilan hisobni ochdi - 1:0.
46'
Mezbonlar ximoyachisi o‘z jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun penalti belgilandi
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Xakam tomonidan qo‘shib berilgan 1 daqiqa yakunlandi. Hozircha hisob - 0:0. Tanaffus
45'
Taym so‘nggida yuzaga kelgan standartdan "Napoli" foyda chiqara olmadi. Hujumda fol
43'
"Napoli"ning ketma-ket hujumlari burchak zarbasi bilan yakunlanmoqda. Hozircha neapolliklar ulardan foydalana olmayapti
40'
Ampaduning qo‘pol xatosi tufayli qarshi hujum yuzaga kelishi mumkin edi, Kvarasxeliya Osimxenga to‘pni aniq yetkaza olmadi
37'
Kvarasxeliya faolligini ishga solgan holda qanotdan kirib zarba yo‘lladi, noaniq
37'
"Napoli" ikkala qanotdan faol hujumlar uyushtirmoqda. Ammo 5 ta futbolchi bilan himoyalanayotgan mezbonlar ularni bartaraf etmoqda
33'
Di Lorenso hujumda fol ishlatdi
32'
"Napoli"ning hujumlari ancha sustlashdi, "Spesiya" ularni maydon markazidayoq kutib olishmoqda
29'
Maydon egalarining kam sonli hujumlaridan biri oxiriga yetmay qoldi
27'
"Spesiya" "Napoli" tashkil etgan hujumlarni bir amallab bartaraf etishmoqda
24'
Qanotdan uzatib berilgan to‘pga Osimxen zarba berdi, to‘p himoyachiga tekkan holda maydonni tark etdi
21'
Napoli navbatdagi burchak zarbasidan xam foydalana olmadi. Eldor Shomurodov qarshi hujumga chiqayotgan vaqtda Rraxmani unga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
19'
"Napoli" hujumchisi Lozano maydon markazida qarshi hujumni to‘xtatgani uchun sariq kartochka oldi
17'
Zelinski uzoq masofadan zarba yo‘llab ko‘rdi. Darvozabon o‘z o‘rnida
16'
Pressing orqali hujumda to‘pni olib qo‘ygan Kvarasxeliyaga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan Ampadu ogohlantirish oldi
13'
Hozircha "Spesiya" vakillari hamyurtimiz Eldor Shomurodovga to‘pni yetkazib bera olishmayapti
11'
Sal qolganda mezbonlar himoyachisi Kaldara o‘z darvozasiga to‘p kiritib yuborishi mumkin edi. Ammo to‘p maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan "Napoli" foydalana olmadi
10'
"Napoli" o‘yin tizginini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Mezbonlar birin-ketin maydon markazida fol ishlatishdi
6'
Mezbonlar faollikni oshirdi va pressing orqali burchak to‘pi ishlab oldi. Vaziyat zarbagacha yetib bormadi
5'
Uchrashuvdagi ilk zarba "Spesiya" vakillari tomonidan yo‘llandi. Noaniq
2'
"Napoli" ilk daqiqalardan ustunlikni o‘z qoliga olishga harakat qilmoqda
0'
O‘yin boshlandi! Uchrashuvni mezbonlar boshlab berdi.
0'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Italiya A Seriyasi 21-turidan o‘rin olgan "Spesiya" - "Napoli" uchrashuvi birozdan so‘ng start oladi. Bahsdan matnli onlayn translyasiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.