Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati

Yarim final, 08.02.2023, 23:59

AL-AHLI

64 - Maalul (penaltidan)

1 : 4

REAL

42 - Vinisius
46 - Valverde
93 - Rodrigo
99 - Arribas
JAMOALAR TARKIBI
El-Shenavi,
Maalul,
Abdelmonem,
Hany,
Abdel Kader Radwan,
Magdi Kafsha,
El-Sulayya,
El-Shaxat,
Dyeng,
Metuali,
Sherif.
  Lunin,
Nacho,
Alaba,
Ryudiger,
Kamavinga,
Modrich,
Kroos,
Tchuameni,
Valverde,
Vinisius Junior,
Rodrigo.

Matn

100'
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi
99'
Goool Arribas. Hozirgina zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi hisobni yiriklashtirdi - 4:1.
98'
Vinisius ham o‘yin so‘nggida almashtirildi. Arribas bahsni yakunlab qo‘yadi.
95'
Modrich va Rodrigo o‘rniga Mariano va Odriosola maydonga tushdi.
93'
Goool. "Real" o‘yin taqdirini hal etdi. Sebalyos - Rodrigo kombinasiyasini braziliyalik forvard gol bilan yakunladi.
91'
Hakam o‘yinga 8 daqiqa qo‘shib berdi.
87'
Modrich penaltidan foydalana olmadi. El-Shenavi to‘pni qaytardi.
87'
Penalti belgilandi. Jarima maydoni ichida El-Sulayya Vinisiusni chalib yiqitdi.
84'
Tchuameni va Abdelmonem o‘zaro janjallashib ketishi natijasida ikkala futbolchiga ham sariq kartochka ko‘rsatildi.
79'
Luninnnn! Burchak zarbasidan so‘ng yana o‘sha Maalul boshi bilan yaqin burchakka zarba yo‘lladi. Ukrain uni qaytardi.
77'
Kroos maydonni tark etdi. Dani Sebalyos uning o‘rniga bahsni yakunlab qo‘yadi.
74'
Nacho himoyada hujumni bartaraf etish vaqtida jarohat oldi. Radvan uning oyog‘ini ezib oldi. Jarohat jiddiy emas, ispaniyalik o‘rnidan turdi.
72'
Valverde markazdan reyd amalga oshirib, jarima maydoni tashqarsidan zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi. So‘nggi pallada himoyachi "podkat" orqali vaziyatni bartaraf etdi
69'
Vuuuhh!!! Misr klubi hisobni tenglashtirishga bir bahya qoldi. Yana Kamavinga qanotidan amalga oshirilgan hujum zarbagacha yetib bordi, ammo hal qiluvchi pallada hujumchi xatoga yo‘l qo‘ydi.
67'
O‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan "Real" yana raqib jarima maydonchasi atrofida faollikni oshirdi.
64'
Gooool!!! Maalul penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Lunin to‘p yo‘nalishini topa olmadi.
64'
Penalti. Kamavinga El-Shaxatga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Hakam ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi
63'
Vinisius yana "Al-Ahli" darvozaboni bilan yakkama-yakka holatga chiqib ketgan edi, biroq o‘tkir burchakdan yo‘llangan zarbani posbon qaytardi.
60'
Maalul uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p kichik rekoshetdan so‘ng Lunin qo‘liga borib tushdi.
58'
Yo‘q, penalti belgilanmadi. Himoyachi toza tashlangan holda to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yuborgan ekan. Burchak zarbasi samarasiz yakunlandi.
57'
Vinisius o‘z qanotidan faollik ko‘rsatib jarima maydoniga yorib kirdi. Himoyachi uni yiqitdi, hakam VAR qarorini kutmoqda
55'
"Real" maydon markazida to‘pni saqlash orqali tempni pasaytirmoqchi.
52'
"Al-Ahli" yarim himoyachisi Xani uzun pas bilan hujumchisini ta’milamoqchi edi, Lunin o‘z o‘rnida.
47'
Misrliklar ikkinchi goldan so‘ng darhol oldinga o‘tishdi. Qanotga yaqin joydan El-Shaxat yo‘llagan zarba noaniq chiqdi.
46'
Modrich birgina pas bilan Rodrigoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik hujumchining zarbasini El-Shenavi bir amallab qaytardi, ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Valverde hisobni oshirdi - 2:0.
46'
Goool. Federiko Valverde
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Tanaffus. "Al-Ahli" autsayder sifatida juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda, lekin birgina xato jamoani hisobda ortda qolishiga sababchi bo‘ldi.
45'
Nachoning uzoq masofdan o‘z omadini sinab ko‘rdi, noaniq.
42'
Gooool! Vinisius hisobni ochdi. Himoyachining qo‘pol xatosidan so‘ng Vinisius darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. U to‘pni kiper ustidan oshirib darvozaga chiroyli tarzda joylab qo‘ydi.
38'
Valverde o‘z qanotidan faollik ko‘rsatib Kamavinganing uzatmasidan so‘ng to‘pni to‘xtatmay darvozaga yo‘llab ko‘rdi. El-Shenavi vaziyatni qiyinchiliksiz bartaraf etildi.
36'
"Al-Ahli" safida El-Shaxat eng faol o‘yinchi bo‘lib turibdi. U Kamavinga harakat qilayotgan chap qanotdan tinimsiz faollik ko‘rsatmoqda.
33'
O‘yin tempi anchagina oshdi. Jamoalar bir-birini to‘liq o‘rganib olgan ko‘rinadi.
31'
Vuuuhh! Lunin "Real"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi. El-Shaxat
qanotdan o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi, Lunin yaqin burchagidan to‘pni olib chiqdi
29'
Rodrigo pressingda misrliklar himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, qanotdan reyd amalga oshirdi. Zarba bilan yakunlangan hujum darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.
26'
Al-Ahli Lunin darvozasi oldida faollikni oshirdi. Birin-ketin imkoniyatlar noaniq zarbalar bilan yakunlandi.
23'
"Qirollik klubi" navbatdagi burchak zarbasidan ham foyda chiqara olmadi. Hujumda fol qayd etildi.
22'
O‘ng qanotdan Valverde jarima maydoniga uzatib bergan to‘pni Rodrigo to‘xtata olmadi.
17'
Ryudiger Rodrigo ishlagan burchak zarbasidan so‘ng boshi bilan darvozaga zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi.
15'
Rodrigo jarima maydonchasi yaqinida fol ishlab oldi,Kroosning uzatmasi esa to‘g‘ri darvozabonga borib tushdi.
10'
10-daqiqaga kelib "Al-Ahli" to‘p nazoratini biroz qo‘liga oldi va pozision hujumni shaklllantirishga harakat qilmoqda. Hozircha samarasiz.
6'
"Real" ikkala qanotlardan faol tarzda foydalanmoqda, o‘ngda Nacho, chapda esa Vinisius dastlabki daqiqalardan misrliklarga xavf tug‘dirmoqda.
3'
Madridliklar dastlabki daqiqalardan faol hujumlar bilan o‘yin nazoratini o‘z ko‘liga olishga harakat qilmoqda.
0'
Uchrashuvga start berildi. "Real" boshlab berdi
'
Kecha bo‘lib o‘tgan yarim finalning ilk uchrashuvida Saudiyaning "Al-Hilol" jamoasi Braziliyaning "Flamengo" klubini taslim etdi - 3:2. Bugungi bahs g‘olibi finalda saudiyaliklarga raqib bo‘ladi.
'
Marokashda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida “Al-Ahli” – “Real” to‘qnash keladi. 00:00 da start oladigan bahs matnli translyasiyasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.