Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

UYEFA Chempionlar ligasi pley off

. Bosh hakam: Serdar Gozubuyuk

Leypsig

Yoshko Gvardiol (70)

1 : 1

Manchester Siti

Riyad Mahrez (27)
JAMOALAR TARKIBI
Blasvich

Orban

Forsberg

Verner

Klosterman

Soboslay

Silva

Halstenberg

Shlager

Laymer

Gvardiol
  Ederson

Uoker

Akanji

Diash

Ake

Rodrigo

Gyundogan

Bernardu

Mahrez

Grilish

Xoland
ZAHIRA
Aydara

Enrich

Kampl

Nkunku

Nayland

Poulsen

Raum

Simakan
  Ortega

Karson

Filips

Alvarez

Gomez

Perrone

Foden

Charlz

Palmer

Lyuis

Robertson
QIZIL KARTOCHKA
Enrich (90)
 

Matn

90+2'
Hammasi «Etihad»da hal bo‘ladi. Uchrashuv yakunlandi. Hisob 1-1.
90'
O‘yinga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka zahiradan tushirilgan Enrichga ko‘rsatildi.
88'
Golga assistentlik qilgan Xalstenberg o‘rniga David Raum tushdi.
85'
O‘yinning so‘nggi 5 daqiqasi ammo «shaharliklar» murabbiyi Gvardiola birorta ham o‘zgarish amalga oshirmadi.
82'
Mezbonlar buyog‘iga vabankka o‘tdi, Shlager hamda Silvaning o‘rniga Aydara va Poulsen tushirildi.
80'
O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasi. "Manchester Siti" hisobni o‘z foydasiga hal qilishga urinib ko‘radi.
75'
Hisobni tenglashtirgan mezbonlar xavfli hujumlar sonini ko‘paytirdi. Marko Rozening rejasi ish berdi.
70'
Goooool! O‘yinda hisob tenglashdi. Yoshko Gvardiol uzatmani golga aylantirdi,
68'
Erling Xoland o‘zining ilk imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo zarbasiga aniqlik yetishmadi.
66'
O‘yinda ko‘rinmagan Emil Forsberg o‘rniga Kristofer Nkunku tushirildi. Demak mezbonlar hujumni kuchaytirish payida.
62'
Dominik Soboslai himoyachilarni aldab zarba berdi, Ederson esa reaksiyasini namoyish etdi.
59'
«Shaharliklar» esa o‘yin tempini tushirishga harakat qilib, e’tiborni to‘p nazoratiga qaratyapti.
55'
Hisobdan norozi mezbonlar ikkita o‘ta xavfli hujum yaratdi, ammo aniqlik yetishmadi.
51'
"Manchester Siti" pressingda o‘ynashni boshladi.
46'
Ikkinchi taym startidan-oq mezbonlar tarkibida o‘zgarish: Klosterman o‘rniga Enrich tushirildi.
45'
Birinchi taym yakunida Verner xavfli zarba yo‘lladi, lekin minimal hisobda mehmonlar foydasiga yakunlandi.
43'
"Manchester Siti" ham birinchi bo‘limni minimal hisobdagi ustunlikda yakunlash niyatida hujumlar sonini birmuncha kamaytirdi.
38'
Taym so‘nggida mezbonlar tamoman himoyaga yotib olgan va ikkinchi golni o‘tkazib yubormaslik payida.
32'
Gol urib olgan mehmonlar yana bir necha xavfli hujumlar tashkil etyapti.
27'
Gooooool! Riyad Mahrez o‘yinda hisobni ochdi. Mehmonlar himoyada xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Grilishning ayyorona pasini jazoirlik futbolchi golga aylantirdi.
19'
«Leypsig» xavfli hujumga o‘tgan edi, ammo Timo Verner offsaydda qolib ketdi.v
17'
Mehmonlar xavfli jarima zarbasiga ega chiqishdi. Hozircha to‘p oldida Mahrez va Gyundogan.
14'
Kayl Uokerning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, darvozabon to‘pni chiqarib yubordi. Mehmonlar burchak zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni egallab oldi.
10'
«Shaharliklar» qanotlardan tezkor hujumlarni tashkil etmoqda, lekin oxirgi nuqtada «Leypsig» himoyachilari vaziyatni bartaraf etishyapti.
4'
O‘yin boshidan mezbon jamoa vakillari tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda.
1'
Bosh hakam Serdar Gozubuyuk o‘yinga start berdi. Uchrashuvni mehmonlar «Man.Siti» futbolchilari boshlab berishdi.
0'
"Red Bull" arenada atmosfera shunchaki dahshat. Jamoalar stadionga chiqib kelishdi.
0'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Chempionlar ligasi pley-off bosqchidan o‘rin olgan «Leypsig» hamda "Manchester Siti" klublari o‘rtasida uchrashuv boshlanish arafasida.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.