Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa Ligasi, pley-off

. Bosh hakam: Klemen Tyurpen

"Manchester Yunayted"

Fred (47)
Antoni (73)

2 : 1

«Barselona»

Levandovski (18 P)
JAMOALAR TARKIBI
De Xeya

Martinez

Fernandesh

Reshford

Fred

Kazemiro

Varan

Shou

Sancho

Vegxorst

Van Bissaka
  Ter Shtegen

Kristensen

Arauxo

Kunde

Balde

De Yong

Buskets

Roberto

KessiYE

Rafinya

Levandovski
ZAHIRA
Xiton

Dalot

Lindelyof

Maguayr

Malasiya

Mainoo

Maktonimey

Pellistri

Zabiser

Antoni

Elanga

Garnacho
  Fati

Ferran

Alonso

Alba

Erik Garsiya

Inyaki Penya

Kasado

Pablo Torre

Arnau Tenas
SARIQ KARTOCHKA
Fernandesh (60)
Garnacho (77)
Kazemiro (86)
 
Roberto (60)
Levandovski (71)
Buskets (83)

Matn

90+5'
"Manchester Yunayted" keyingi bosqichda! "Qizil iblislar" iroda ko‘rsatib 2-1 hisobida g‘alaba qozondi.
90+3'
Varan so‘nggi daqiqalarda naqd goldan jamoasini saqlab qoldi.
90'
O‘yinga hakam tomonidan 5 daqiqa qo‘shib berildi.
88'
O‘yini uncha chiqmagan Reshfordning o‘rniga Maktominey tushdi.
86'
Levandovski Kazemironi xato qilishga majbur qildi va braziliyalikka ham sariq kartochka ko‘rsatildi.
83'
Serxio Buskets Garnachoni ushlab qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.
81'
Mehmonlar tarkibida yana bir o‘zgarish: kutilmaganda Arauxoning o‘rniga Markos Alonso tushdi. Demak buyog‘i vabank.
79'
Markus Reshford o‘ta xavfli zarba berdi, to‘p darvoza to‘rining tashqi tarafiga tegdi.
77'
Garnacho Kundega qarshi qo‘pol o‘ynab sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
75'
«Barselona» tarkibida yana bir o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Fati tushdi.
73'
Goooooool! Antoni hisobni mezbonlar foydasiga o‘zgartirmoqda.
71'
Robert Levandovski ham sariq kartochka bilan jazolandi.
70'
"Barselona" tarkibida o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Ferrran Torres tushdi. Buyog‘iga mehmonlar hujum chizig‘ini kuchaytiradi.
66'
Mezbonlar tarkibida navbatdagi o‘zgarish: Van Bissaka o‘rniga Dalot, Sancho o‘riniga esa Garnacho tushirildi.
64'
David De Xeya super seyv amalga oshirdi. Jyul Kunde kutilmaganda bosh bilan zarba yo‘llab qoldi.
60'
Brunu Frenkiga qarshi qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi, shuningdek, Serxi Robertoga ham sariq ko‘rsatildi.
56'
Ser Aleks Fergyuson ham o‘yinga tashrif buyurgan.
50'
"Manchester Yunayted" ikkinchi bo‘limni o‘zgacha boshladi. O‘zgarish o‘z foydasini berdi.
47'
Goooool! Fred hisobni tenglashtirdi!!!! Golga Brunu Fernandesh assist qildi.
45'
Ikkinchi taym staritda mezbonlar tarkibida o‘zgarish: Vegxorst o‘rniga Antoni tushdi.
45'
Ikkinchi taym boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga qaytmoqda.
45+2'
Klemen Tyurpen dastlabki taymga yakun yasab berdi. Hozircha 0-1 mehmonlar foydasiga.
45+1'
Birinchi bo‘lim oxirida «Barselona» tayyor sovg‘adan unumli foydalana olmadi. Hali bunday vaziyatlarni qadri o‘tmasa bo‘ldi.
42'
Taym so‘nggida mehmonlar xavfli jarima zarbasiga ega bo‘lmoqda.
40'
Rafinya "Old Trafford"dda ham gol urishga harakatni boshladi.
36'
Fredning uzatmasi g‘aroyib traektoriya bilan zarbaga aylanib ketdi sal qoldi darvoza to‘ridan joy olishiga.
34'
To‘p nazorati ham tabiiyki mehmonlar tarafiga o‘tdi.
30'
Xavi shogirdlari birnchi taym yarmidan tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirdi.
26'
Kutilmaganda Kessiye deyarli birga bir vaziyatga chiqgan edi, lekin hujumda fol ishlatdi.
23'
Fernandesh xatosini to‘g‘rilashi mumkin edi, ammo Ter Shtegen o‘z joyida.
21'
O‘yinda to‘xtalish, Ronald Arauxo jarohat oganga o‘xshaydi.
17'
Gooooooool! Robert Levandovski penaltini golga aylatirdi. Mehmonlar hisobni ochdi. Jang boshlandi.
15'
Penaltiiiii. Balde Brununi xato qilishga majbur qildi.
10'
Balde kutilmaganda reyd uyushtirdi va Fredni qoida buzishga majbur qildi. Jarima zabrasi.
6'
O‘yin mezbonlarning xavfli zarbasidan boshlandi, hozircha "qizil iblislar" tashabbusni qo‘liga olgan.
2'
Mark Andre Ter Shtegendan super seyv. Brunu Fernandesh birga bir vaziyatdan foydalana olmadi.
1'
Bosh hakam Klemen Tyurpen hushtagini chaldi, o‘yinni mezbonlar boshlab berdi.
0'
Hammasi "orzular teatri"da hal bo‘ladi. Stadionda atmosfera shunchaki dahshat.
0'
Assalom alaykum futbol ishqibozlari. UYEFA yevropa ligasi pley-offidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv, "MYu" "Barselona" qarama-qarshiligi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.