Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo Kubogi U20

. Bosh hakam: Muhammad Nazmi

O‘zbekiston

Abbosbek Fayzullayev (37)
Zakariya Al Ramadan (68 a.g)

2 : 0

Suriya

JAMOALAR TARKIBI

Boymurodov
Husanov
O‘rozov
Holdorxonov
Asqarov
Rahmonaliyev
Abdirahmatov
Fayzullayev
Ortiqboyev
Abdurazzoqov
Mahammadjonov
 
Maksim Sarraf
Holid Alhejjeh
Amir Al Fayad
Malik Janeer
Hozan Ravan Osman
Mahmud Nayif
Zakariya Al Ramadan
Mahmud Al Asvad
Mahmud Mhanna
Almekdad Ahmad
Mohamad Otman
ZAHIRA
Nemanov
Po‘latov
Ashurov
Otamurodov
Ne’matjonov
Jabborov
Kenjayev
Rahmatullayev
Ahrorov
Akramov
Esonov
Jo‘raboyev
  Ammar Alma
Elias Safar
Annas Al Hardan
Abdullah Zakreet
Mustafo Hamo
Hasan Dahhan
Muhannad Fadel
Mustafo Abdullatif
Mohamad Asad
Mohamad Hassuni
Ali Holou
SARIQ KARTOCHKA
Abdurazzoqov (31)
Asqarov (45)















 
Ahmad Al Hajjeh (83)

Matn

90+6'
Bosh hakam hushtagini chaldi va uchrashuvda O‘zbekiston yoshlari suriyalik yoshlarni 2-0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv yakunlandi.
90+4'
Qo‘shib berilgan daqiqada suriyaliklar xavfli zarba berdi lekin darvozabon o‘z o‘rnida.
90+2'
Hakam tomonidan uchrashuvga 6 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Mezbonlar tarkibida navbatdagi o‘zgarishlar: Asqarov va Xoldorxonov o‘rniga Ashurov va Akramov tushirildi.
87'
Suriya tarkibida o‘zgarish: Hozan Osman o‘rniga Mohanad Assad tushirildi.
83'
Suriya himoyachisi Ahmad Al Hajjeh sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
81'
Mezbonlar tarkibida o‘zgarish: Abbosbek Fayzullayev o‘rniga Shahzodbek Rahmatullayev tushirildi.
79'
Mezbonlar yana bir gol urishdi, ammo ofsayd sabab hisobga olinmadi.
76'
Mehmonlar tarkibida o‘zgarish: Al Ramadan o‘rniga Abdullatif maydonga tushdi.
72'
Ikkinchi to‘pni o‘tkazib yuborgan suriyaliklar qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilishmoqda.
68'
Gooool! Abbosbek Fayzullayev burchak zarbasidan uzatib bergan to‘pni Zakariya Al Ramadan o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
66'
Mehmmonlar tarkibida ham o‘zgarish: mohanad o‘rniga Safar tushirildi.
62'
Mehmmonlar tarkibida ham o‘zgarish: mohanad o‘rniga Safar tushirildi.
60'
Mezbonlar tarkibida o‘zgarish: Nodirbek Abdurazzoqov o‘rniga Shahzodbek Akramov tushirildi.
59'
Xoldorxonov chap qanotdan reyd uyushtirib darvoza tomon zarba berdi ammo noaniq chiqdi.
55'
Mehmonlar asta-sekin hujumkorlikni ishga solyapti, qanotlardan xavfli hujumlar tashkil etishyapti.
51'
Suriya futbokchilari hozircha himoyani yaxshi ushlab turibdi, ora-orada qarshi hujumga o‘tmoqda.
48'
Ikkinchi bo‘lim boshida ham mezbolar hujum bilan boshladi.
45'
Muhammad Nazmi hushtagini chaldi, ikkinchi taym boshlandi.
45+3'
Dastlabki taymni mezbonlar minimal hisobda o‘z foyasiga hal qilgan holda tanaffusga chiqishdi. Birinchi taym tugadi.
45+3'
Bo‘lim so‘nggida mezbolar ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qilolmadi, Abdurazzoqov noaniq zarba berdi.
45+1'
Bosh hakam Muhammad Nazmi 1-taymga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
45'
Abbosbek boshlab bergan hujumni Xusanov noaniq zarba bilan yakunladi.
42'
Mezbonlardan yana bir xavfli hujum, Rahmonaliyevning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
40'
Follar bo‘yicha ham Ravshan Haydarov shogirdlari oldinda 8-7.
37'
Gooooooool! Abbosbek Fayzullayev jarima zarbasidan unumli foydalandi, super gol.
35'
Hozircha mehmonlar chuqur himoyaga o‘tishgan, raqib bxatosini kutishmoqda.
31'
Abdurazzoqov raqibiga qarshi qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.
28'
Mezbonlar ajoyib kombinasiya tashkil etishdi, lekin Abdurazzoqov uzatilgan to‘pga yetib kelolmadi.
24'
O‘ng qanotdan Fayzullayev va chapdan Rahmonaliyev reydlar amalga oshirib o‘yinga rang-baranglik baxsh etyapti
19'
Mezbonlardan dastlab Ramonaliyevning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pni esa Fayzullayev egallab olib zarba berdi himoyachi tomonidan qaytarildi. Burchak zarbasi.
16'
To‘p nazoarti bo‘yicha 53% ga 47% mezbonlar foydasiga. Hujumlar borasida ham Rasshan Haydarov shogirdlarida ustunlik bor.
13'
Suriyaliklar ham xavli zarba yo‘llashdi, 7-raqamli futbolchi tomonidan yo‘llangan zarba biroz noaniq chiqdi.
11'
Ravshan Haydarovning sxemasi hozircha aldamchiga o‘xshayapti, chunki hujum qilayotganda 4-5-1, himoyalanganda esa 5-4-1 aylanyapti.
9'
Mezbon jamoa vakillari qanotlardan rang-barang hujumlarni tashkil etyapti. Hozircha Abbosbek Fayzullayev maydonda eng faol futbolchi bo‘lib turibdi.
5'
Yoshlarimiz yaxshi imkoniyatni qo‘ldan boy berishdi, Xoldorxonov bergan zarba himoyachi tomonidan qaytarildi.
3'
O‘zbekiston yoshlar termasi ustozi Ravshan Haydarov bugun o‘zgacharoq sxemada, ya’ni 5-4-1 sxemasida shogirdlarini maydonga boshlab chiqqan.
1'
Dastlabki soniyalardan mezbonlar hujumga o‘tishdi va burchak zarbasiga ega bo‘lishdi.
1'
Bosh hakam Muhammad Nazmi hushtagini chaldi va o‘yinga start berdi.
0'
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogi dastlabki turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Suriya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanish arafasida.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.