Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Chempionlar ligasi, Pley-off, 1/8 final
| . Bosh hakam: Daniyele Orsato | ||
BavariyaChupo-Moting (60)
Serj Gnabri (88) |
2 : 0 |
PSJ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Zommer Upamekano De Ligt Kimmix Goreska Koman Chupo-Moting Devis Myuller Muciala Stanishich |
Donnarumma Markinyos Ramos Danilo Hakimi Vininya Verratti Fabian Ruiz Nuno Mendesh Messi Mbappe |
|
| ZAHIRA | ||
|
Ulreyx Gnabri Sane Vanner Mane Sarr Kanselo Blind Gravenberx Tel Mazraoui Ibragimovich |
Bernat Bitshiabu Ekitike Harbi LetelYE Mukiyele Pembele Riko Sanchesh Soler Zair-Emeri |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
«Bavariya» o‘z uyida 2:0, umumiy hisobda 3:0 hisobida PSJ ustidan g‘alaba qozonib keyingin bosqichga yo‘l oldi. |
| 90+4' | ![]() |
Sadio Mane ham gol urgandi, lekin offsayd qayd etildi. |
| 90' | ![]() |
Hakam tomonidan o‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 88' | ![]() |
Gooooool! Serj Gnabri hisobni 2 taga oshirdi. |
| 86' | ![]() |
Koman va Myuller ham Gnabri hamda Kanselo bilan almashtirildi. |
| 81' | ![]() |
Jamoalar tarkibida navbatdagi o‘zgarishlar: Viniya o‘rniga Ekitike, Mendesh o‘rniga Bernat. «Bavariya»da esa Musialaning o‘rniga Mane tushdi. |
| 76' | ![]() |
Mehmonlar tarkibida o‘zgarish: Fabian Ruiz o‘rniga Zoir-Emeri tushdi. |
| 72' | ![]() |
Maydon egalari mehmonlarni shoshirib qo‘yapti, parijliklar nima qilishayotganini o‘zlari ham bilishmayapti. |
| 68' | ![]() |
«Bavariya» tarkibida o‘zgarish bo‘ladi: gol muallifi Chupo-Moting o‘rniga Leroy Sane tushdi. |
| 64' | ![]() |
Serxio Ramos bosh bilan zarba yo‘lladi va darvozabon bazo‘r to‘pni qaytardi. |
| 60' | ![]() |
Goooooool! Chupo-Moting Goreskaning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. |
| 56' | ![]() |
Nuno Mendesh kamerunlik futbolchi bilan to‘qnashuvda jarohat oldi, hozircha uning ahvoli yaxshi. |
| 53' | ![]() |
Chupo-Moting bu safar gol urgandi, lekin ofsayd sabab gol bekor qilindi. |
| 49' | ![]() |
Bugun Chupo-Moting maydondagi o‘rnini topa olmayapti, mezbonlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshidan parijliklar safida o‘zgarish: dastlabki taymda maydonga tushgan Mukiyele o‘rnini Bitshiabuga bo‘shatib berdi. |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi, to‘pni maydon egalari o‘yinga kiritib berdi. |
| 45+2' | ![]() |
Teng kurashlar ostida kechgan dastlabki bo‘lim 0-0 hisobida yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Hakam tomonidan birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 41' | ![]() |
Alfonso Devis qanotdan yorib kirib zarba berdi va darvozabon to‘pni qaytardi. |
| 38' | ![]() |
De Ligt darvozaga kirib ketayotgan to‘pni olib chiqdi va jamoasining joniga oro kirdi. |
| 35' | ![]() |
Parijliklar sardori Markinyos jarohat olib maydonni tark etdi va o‘rniga Mukiyele tushdi. |
| 31' | ![]() |
Maydon egalari chap qanotdan hujum uyushtirdi, Devis Musialani to‘p bilan ta’minladi, Jamalning zarbasini darvozabon qaytardi. |
| 27' | ![]() |
Mezbonlar qanotlardan uzatmalar amalga oshiryapti, lekin to‘p Chupo-Motinggacha yetib kelmayapti. |
| 24' | ![]() |
Leo Messi yarim metr masofadan darvozani ishg‘ol qilolmadi. |
| 20' | ![]() |
Mbappe yana bir bor deyarli yakkama-yakka holatga chiqqan edi, lekin bu safar u to‘pni uzoqlashtirib yubordi. |
| 17' | ![]() |
Leon Goreska uzoqdan zarba yo‘lladi. Dastlab Donnarumma to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborgan edi, ikkinchi urinishda egallab oldi. |
| 15' | ![]() |
Mbappe darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan edi, lekin qoida buzishga majbur bo‘ldi. |
| 11' | ![]() |
Parijliklar pressing bilan hujumga o‘tdi va Ashraf zarba aralash uzatma amalga oshirdi, ammo noaniq. |
| 7' | ![]() |
Maydon egalari ham tezkor hujumlarni tashkil etishyapti, Musiala ham so‘nggi pasda aniqlik bilan o‘ynamadi. |
| 3' | ![]() |
Uchrashuv boshlanishi bilanoq parijliklar bosim bilan hujumga o‘tdi, Mbappening uzatmasi Messiga qadar yetib bormadi. |
| 1' | ![]() |
Bosh hakam hushtagini chaldi va o‘yinni mehmonlar boshlab berdi. |
| 0' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvidan o‘rin olgan «Bavariya» hamda PSJ klublari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|