Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa Ligasi 1/8 final bosqichi
| . Bosh hakam: Denis Shibert | ||
Manchester YunaytedReshford (6)
Antoni (52) Fernandesh (57) Vegxorst (83) |
4 : 1 |
BetisAyose Perez (32)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
De Xea Martinez Fernandesh Reshford Fred Kazemiro Varan Dalot Antoni Shou Vegxorst |
Bravo Sabali Peseliya Luiz Felipe Abner Rodrigez Uillyam Luiz Enrike Xuanmi Xoakin Ayose Perez |
|
| ZAHIRA | ||
|
Batlend Xiton Lindelyof Maguayr Malasiya Van-Bissaka Maktominey Pellistri Elanga Garnacho Sancho |
Kanales Gonsales Guardado Iglesias Martin Miranda Gerrero Rodri Ruiz Silva Villian Joze |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Vut Vegxorst (55)
Fernandesh (68) |
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
"Old Trafford"da "Manchester Yunayted" «Betis»ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. |
| 90+2' | ![]() |
Agarda Bravo bo‘lmaganida «Betis» kamida 8 ta gol o‘tkazib yuborar edi, bu safar darvozabon Pellistrining zarbasini ham bartaraf etdi. |
| 90' | ![]() |
Hakam tomonidan o‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 88' | ![]() |
Kazemiro kutilmaganda zarba aralash uzatma amalga oshirgandi, biroz noaniq chiqdi. |
| 83' | ![]() |
Gooooool! Vanihoyat Vegxorst «Betis» darvozasini ishg‘ol qildi. Hisob yiriklashdi, 4:1. |
| 80' | ![]() |
Ikki jamoa tarkibida navbatdagi o‘zgarishlar: Xuanmi o‘rnini Villian Jozega, Antoni va Fred esa Maktominey hamda Pellistri tushdi. |
| 79' | ![]() |
Klaudio Bravodan super seyv, bu safar ham Antoni yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. |
| 76' | ![]() |
Bruno Fernandesh birga-bir vaziyatga chiqqan edi, lekin Bravo reaksiyasini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 72' | ![]() |
Antoni o‘z qanotidan oldinga o‘tib bergan zarbasi noaniq chiqdi. |
| 68' | ![]() |
Bruno darvozabonga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 64' | ![]() |
Jamoalar tarkibida o‘zgarishlar: Rodrigez, Ayose o‘rniga Guardado va Iglesias tushdi. Mezbonlarda: Reshford va Shouning o‘rnini Sancho va Tayrel Malasiya egalladi. |
| 61' | ![]() |
Maydon egalarining ishtahasi ochilib ketdi, Antoni dubl qayt etishiga bir bahiya qoldi. |
| 57' | ![]() |
Goooooool! Bruno Fernandesh hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ymoqda. |
| 55' | ![]() |
Vut Vegxorst sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 52' | ![]() |
Gooooooool! Antoni shedevr gol urmoqda. |
| 49' | ![]() |
Bo‘lim boshidanoq mezbonlar tarkibida o‘zgarish: Dalot o‘rnini Van Bissakaga bo‘shatib berdi. |
| 45' | ![]() |
Ikkisnhi taym boshlandi, mehmonlar to‘pni o‘yinga kiritib berishdi. |
| 45+1' | ![]() |
Bo‘ldi, dastlabki bo‘lim 1:1 hisobida tugadi. Tanaffus.. |
| 45' | ![]() |
Hakam tomonidan birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 44' | ![]() |
De Xea qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygandi, ammo mehmonlar sovg‘adan unumli foydalana olmadi. |
| 40' | ![]() |
Markus Reshford qanotdan reyd uyushtirib Antoniga pas bergan edi, ammo braziliyalikka to‘p yetib kelmadi. |
| 36' | ![]() |
Andalusiyaliklar hisobni tenglashtirganidan so‘ng bir qancha xavfli hujumlar tashkil etyapti. Endi mezbonlar himoyalanishga o‘tdi. |
| 32' | ![]() |
Gooooooooooooool! Ayose Perez hisobni tenglashtirdi. |
| 27' | ![]() |
Omadsiz Vegxorst yana bir vaziyatdan foydalana olmadi, bu safar unga Antoni aniq uzatma bergan edi. |
| 24' | ![]() |
Mehmonlar pressing tashkil etib himoyachilarni shoshirib qo‘yapti. |
| 17' | ![]() |
Shou chap qanotdan Vegxorstga uzatma berdi, niderlandiyalik esa navbatdagi imkoniyatni ko‘kka sovurdi. |
| 14' | ![]() |
Dastlabki 10 daqiqada to‘p nazorati mezbonlar tasarrufida. |
| 9' | ![]() |
Mezbonlar yana bir xavfli hujum tashkil etishdi, Brunoning uzatmasidan so‘ng Vegxorst bosh bilan zarba yo‘lladi, ammo Bravo o‘z o‘rnida. |
| 6' | ![]() |
Gooooool! Markus Reshford hisobi ochdi. |
| 4' | ![]() |
Vut Vegrxorst 4-daqiqadayoq gol urgandi, lekin offsayd sabab gol bekor qilindi. |
| 1' | ![]() |
Denis Shibert hushtagini chaldi va uchrashuvga start berdi. |
| 0' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" va «Betis» o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|