Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Italiya A Seria 26-tur

. Bosh hakam: Livio Marinelli

Spesiya

Maldini (53)
Nzola (87)p

2 : 1

Inter

Lukaku (83)p
JAMOALAR TARKIBI
Dragovski

Ampadu

Burabiya

Gyasi

Shomurodov

Nzola

Amiyan

Kaldara

Aguedolo

Nikolau

Zurkovski
  Handanovich

Dambrozio

Acherbi

Bastoi

Darmian

Barella

Brozovich

Mxitariyan

Gozens

Lukaku

Lautaro
ZAHIRA
Sipot

Ekdal

Esposito

Ferrer

Giorgeski

Kovalenko

Krollis

Maldini

Sala

Verde

Visinevski

Zoyet
  Asslani

Bellanova

Chalxanog‘lu

Karboni

Kordaz

De Vrey

Dimarko

Dyumfris

Jeko

Galyardini

Onana

Zanotti
SARIQ KARTOCHKA
Gyasi (6)
Kaldara (12)
Nikolau (71)
 

Matn

90+6'
O‘yin nihoyasiga yetdi. «Spesiya» kutilmaganda o‘z uyida «Inter»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
90+5'
Lukaku dublga erishishi mumkin edi, lekin u zarba bergan paytda offsayd qayd etildi.
90+5'
Uchrashuv omadsizi Lautaro yana bir zarba yo‘lladi, bu safar ancha noaniq.c
90+4'
Dyumfris markaziy hujumda paydo bo‘ldi va bosh bilan zarba yo‘lladi, zarba kuchsiz chiqdi.
90+2'
Edin Jeko zarba berdi biroz noaniq chiqdi.
90'
Hakam tomonida o‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berildi.
89'
Maydon egalari tarkibida so‘nggi o‘zgarish: 1-gol muallifi Maldini o‘rniga Visniyevski tushdi.
87'
Gooooool! Nzola 11 metrlik zarbadan adashmadi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqyapti.
85'
Yana bir penalti! Bu safar «Spesiya» foydasiga.
83'
Gooooooool! Lukaku penaltidan unumli foydalandi.
82'
Hozirgina maydonga tushdan Ferre Dyumfrisga qarshi jarima maydonchasi ichida qo‘pol o‘ynadi, penalti.
81'
Jamoalar tarkibida o‘zgarishlar: Darmian o‘rnini Karboni, Gyasi o‘rnini esa Ferrer egalladi.
78'
«Spesiya» himoyachilari ikkinchi qavatda raqib hujumchilariga imkoniyat qoldirmayapti.
75'
Agar uchrashuv mana shu hisobda tugasa katta ehtimol o‘yin qahramoni Dragovski bo‘ladi.
71'
Nikolau Dyumfrisga qarshi qo‘polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
69'
Biroz oldin maydonga tushgan Chalxano‘g‘lu uzoqdan o‘z uslubida zarba yo‘lladi, ammo noaniq chiqdi.
67'
Maydon egalari hozircha himoyalanishda bexato o‘ynashmoqda.
63'
«Inter» safida o‘zgarishlar: Gozens, Barella, Dambrozio va Mxitaryan o‘rniga Dimarko Chalxano‘g‘lu, Dyumfris hamda Jeko tushdi.

Mezbonlarda ham o‘zgarish: Aguedelo o‘rnini Kovalenko egalladi.
58'
Mehmonlar gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng bir qancha hujumlar tashkil etdi, ammo samarasiz.
53'
Gooooool! Shomurodov o‘rniga tushgan Maldini «Spesiya»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
48'
Taym boshidanoq «Inter» gol urgandi, lekin offsayd sabab hisobga olinmadi.
45'
Ikkinchi taym boshlandi, Shomurodov o‘rniga Maldini, Jurkovski o‘rniga Ekdal tushirildi.
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi, hozircha 0-0. Tanaffus
45'
Bosh hakam birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
42'
Dragovskiy yana bir super seyvni amalga oshirdi! Lautaro birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.
37'
Taym so‘nggida mezbonlar ham qarshi hujum;arga o‘tib vaziyatlar yaratishyapti.
33'
Maydon egalarida ham yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi, Aguedelo darvozabon chiqib ketganidan foydalanib zarba yo‘llagan edi, to‘p to‘singa tegib qaytdi.
29'
«Inter» ketma-ket hujum tashkil etyapti, Mxitariyan uzoqdan zarba berdi, biroz noaniq chiqdi.
27'
Lukaku ham raqiblar darvozasiga zarba yo‘llagan edi, bu safar himoyachilar bartaraf etishdi.
24'
Hozircha maydon egalari butun jamoa bo‘lib himoyalanayapti, Shomurodov ham pastroqdan tushib harakat qilishga majbur bo‘lyapti.
20'
Dragovskiydan yana bir seyv! Bu safar ham Lautaro mezbonlar darvozasiga gol urolmadi.
17'
Imkoniyatni qo‘ldan boy bergan «Inter» yana hujumlar tashkil etyapti. Hozircha total ustunlik mehmonlarda.
13'
Dragovskiy penaltini qaytardi! Lautaro imkoniyatdan foydalana olmadi.
12'
Penalti! Hakam VARdan ko‘rib bu qarorga keldi, mehmonlar 11 metrlik zarbaga ega bo‘lishdi.
10'
«Spesiya» himoyachilari o‘z jarima maydonlarida Darmiyanga nisbatan qo‘pol o‘ynashdi, penalti belgilanishi mumkin.
7'
Dastlabki daqiqalardan mehmonlar hujumga o‘tishdi, Lautaroning zarbasini darvozabon qaytardi.
4'
Bugun mezbonlar safida Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
1'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Italiya chempionati 26-turidan o‘rin olgan «Spesiya» - «Inter» o‘rtasidagi o‘yin boshlandi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.