Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Dastlabki uchrashuv. 27 fevral, soat 00:45

SHALKE-04

Xuntelaar (90)

1 : 6

REAL MADRID

Benzeme (13, 57)
Beyl (21, 69)
Ronaldu (57, 89)
JAMOALAR TARKIBI
1.Fermann
4.Xevedes (S)
5.Felipe Santana
32.Matip
6.Kolacinas
7.Mayer
9.Boateng
10.Draksler
33.Noyshtedter
17.Farfan
25.Xuntelaar
  1.Kasilyas (S)
3.Pepe
4.Ramos
12.Marselo
15.Karvaxal
11.Beyl
14.Xabi Alonso
19.Modrich
22.Di Mariya
7.Ronaldu
9.Benzema

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Tan olish kerak, YECHLning 1/8 final bahslari bitta o‘yindan keyin hal bo‘lib qoldi. Javob o‘yinlarini o‘tkazishga deyarli hojat qolmadi. Faqatgina "Chelsi" - "Galatasaroy" va "MYu" - "Olimpiakos" o‘yinlaridan qandaydir intriga qoldi
90+3'
UCHRASHUV YAKUNLANDI
90+2'
Iker Kasilyasning "quruq" seriyasiga Klass Yan Xuntelaarning to‘pni yerga tushirmasdan bergan chiroyli zarbasi orqali barham berildi
90+1'
Gol muallifi - Xuntelaar
90'
Yo‘q! "Shalke" hali batamom o‘lmadi! Tirikligini isbotlash uchun ham bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi maydon egalari!
89'
Benzema va Beyldan keyin Ronaldu ham o‘z dublini nishonlamoqda.
89'
Ronaldu va Ko butunlay "Shalke"ni ko‘mib qo‘ya qolishdi
89'
Gooooooooooooooolllll!!!!
85'
Qiziq fakt: Bugun mezbon futbolchilari "Real" futbolchilariga nisbatan qo‘proq yugurishibdi...
83'
Xese... Qanotda jamoadoshi bilan "devor" uslubida o‘ynadi va jarima maydonchasiga kirib bordi. Santana uni itarib yuborganidan keyin yiqildi. Bunday qoida buzarlik uchun penalti belgilasa ham bo‘lardi, ammo hakam maydon egalarini ayadi.
81'
Ronaldu! Jarima maydonchasi ostonasida darvozaga zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo uning zarbasi to‘ppa-to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borib tushdi.
80'
Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Xese maydonga tushirildi. O‘yinni Beyl tark etdi.
79'
Mezbonlar asta-sekin o‘zlariga kelishga va qandaydir hujumlar tashkil etishga urinishmoqda
74'
Xabi Alonso maydonni tark etdi. Asiyer Illyarramendi maydonga tushdi
72'
Farfan o‘rniga Chinedu Obasi o‘yinni davom ettiradi
71'
Xuntelar ogohlantirish oldi, Modrichning oyog‘iga tepgani uchun
70'
Ha, bu juftlikda favorit aniq edi. Ammo birinchi o‘yinning o‘zidayoq, boz ustiga, Germaniyadagi o‘yinda bunday yirik hisobni "Real"ning uncha-muncha muxlisi ham kutmagan bo‘lsa kerak
70'
Beshinchi goldan bir daqiqa avval Di Mariya o‘rniga Isko tushgandi
69'
Ramos maydon markazida to‘pni egallab oldi va biroz oldinga yurib, ajoyib pas bilan Beyni birga-bir vaziyatga chiqadi. Garet esa Farmann yonidan to‘pni o‘tkazgancha darvozani ishg‘ol qildi.
67'
Burchak to‘pi amalga oshirilgandan keyin Pepe to‘pga bosh bilan zarba berdi va u Ronalduga borib tushdi. Roniga zarba berish imkonini berishmadi.
69'
Goooooooooooooooollll! 0-5!!!
64'
Xyovedes Marseloga qarshi qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka oldi.
61'
Jarima maydoni ichida «Shalke» muxlislari xafa bo‘lishmasin, lekin «Real» futbolchilari ularning ustidan kulishdi. Ronaldu Benzema «devor»idan keyin hisob 4:0ga yetdi. Gol muallifi Benzema.
58'
Gooooooooooooool
55'
Benzema qanotda to‘pni egallab oldi va markazga o‘tib zarba yo‘lladi, lekin noaniq.
52'
Daxshatli gol. Jarima maydoniga yaqin joyda Beyl to‘pni Ronalduga uzatdi. Krishtianu bitta himloyachini aldab juda kuchli zarba yo‘lladi va darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
49'
Goooooooooooooool
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+2'
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI
45+1'
Krishtianuuuuu!! Yana bir marta yakkama-yakka vaziyatda gol ura olmayapti! Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan ichkariga kirib borayotgan Ronalduga to‘pni yetkazdi. "Oltin to‘p" sohibi juda yaqin masofadan bergan zarbasini darvozabon oyog‘i bilan qaytarib qoldi. Ronaldu gol ura olmayotganidan g‘azablanmoqda
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Vauuuu!!!! Karim Benzema 4-5 metrlardan darvozani ishg‘ol qila olmadi!!! Marselo chap qanotdan hujumga o‘tib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p sakrab kelayotgani uchun Benzema uni darvoza tomon bura olmadi
40'
O‘yin ancha qiziq o‘tmoqda. Ketma-ket hujumlar, ketma-ket xavfli vaziyatlar. Germaniyaliklar Ronalduga nisbatan darvozagacha 25 metrlar masofadan qoida buzishdi. Standartni jabrlanuvchining o‘zi amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi, Krishtianu qaytgan to‘pni yerga tushirmasdan yana yo‘lladi, bu safar ham to‘p futbolchilarga tegib, maydonni tark etdi
37'
Ronaldu!!! Yana bir vaziyatni qo‘ldan chiqarmoqda! Bu safra u chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda bergan zarbasi darvozabon Farmann oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi.
34'
Xavfli vaziyat! Mezbonlar hujumni o‘ng qanotdan tashkil etishdi va Xyovedes to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p esa Farfanga kelib tushdi, ammo u 10 metrlardan darvozaga to‘g‘ri zarba bera olmadi. Aks holda Kasilyasga oson bo‘lmasdi.
32'
DARVOZA USTUNI!!!! Ronaldu to‘pni qabul qilib olib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozaning olis burchagini nishonga oldi. Ammo to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi va uni darvozabon egallab oldi. Krishtianu to‘qnashuv taqdirini butunlay hal qilib qo‘yishi mumkin edi!
29'
Di Mariyaga sariq kartochka.
28'
Darvoqe, "Shalke" birinchi golni o‘tkazib yuborganidan keyin hisobni tenglashtirishi mumkin edi! O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Draksler darvoza tomon yo‘lladi. Ammo Kasilyas seyv namoyish qilib, to‘pni qaytardi. Qaytgna to‘pni esa Meyer darvozaga yo‘llay olmadi. Uning zarbasi davroza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
27'
O‘yinning 21-daqiqasida Beyl hisobni 0:2ga yetkazdi. Bu safar Benzema himoyachi Santanadan to‘pni olib qo‘ydi va uni Garetga uzatdi. Uelslik futbolchi jarima maydonchasi ichida ikki nafar himoyachini chalg‘itgan holda darvozaning yaqin burchagiga to‘pni yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tekkan holda to‘rga borib tushdi.
26'
O‘yinning 13-daqiqasida Benzema hisobni ochdi. Beyl o‘ng qanotdan markaz tomon ko‘chdi va to‘pni jarima maydonchasi yoyi ichida turgan Ronalduga uzatdi. Portugaliyalik futbolchi to‘pni yana Garetga qaytarmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p Santananing oyog‘iga tegib, Benzemaga kelib tushdi. Karim esa 10 metlardan darvozani aniq nishonga oldi.
25'
Uchrashuvning 13 va 21-daqiqalarida "Madrid" 2ta gol urib, 2ta to‘p farqi bilan "Shalke"ni mag‘lubiyatga uchratmoqda
24'
Qadrli, futbol muxlislari. Kichik texnik nosozlik uchun uzr so‘raymiz. Translyasiyamizni davom ettiramiz!
'
Translyasiyamizda kichik pauza qilamiz va 5 daqiqadan keyin davom ettiramiz
4'
O‘yinning dastlabki daqiqalarida tomonlar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda
1'
"Shalke" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.