Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Superliga 3-tur
PaxtakorSayfiyev (2)
Cheran (68) |
2 : 1 |
NavbahorAbduxoliqov (22)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Quvvatov Alijonov Hamraliyev Azmiddinov Sayfiyev Hamrobekov Sobirxo‘jayev Xolmatov Turg‘unboyev Cheran |
Yusupov Milovich Urunov Yaxshiboyev Iskanderov Boltaboyev Abduxoliqov Golban Jokich Xoshimov Chermel |
|
| ZAHIRA | ||
|
Suyunov O‘rinboyev Rashidov Papava Hamdamov Banashak Usmonov Saidov |
Xo‘jayev Yo‘ldoshev Ikromov Norxonov Ismoilov Mo‘minov Jo‘rabekov Sobirjonov Olimjonov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Sayfiyev (22)
Xamrobekov (40) |
Urunov (28)
Jokich (32) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Xoshimov (80)
|
||
Matn
| 90+7' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi, «Paxtakor» bir amallab «Navbahor»ni o‘z uyida 2:1 hisobida mag‘lub etdi. |
| 90+6' | ![]() |
Mezbonlar darvoboni yana bir seyv amalga oshirdi, hozircha namanganliklar hisobni tenglashtira olmayapti. |
| 90+4' | ![]() |
Sanjar Quvvatov penaltini qaytardi! Jokich imkoniyatdan foydalana olmadi. |
| 90+3' | ![]() |
Penalti belgilandi! Mezbonlar himoyachisi o‘z jarima maydonchasida qo‘l bilan o‘ynadi. |
| 90' | ![]() |
Bosh hakam tomonidan 6 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 87' | ![]() |
Zahirdan maydonga tushgan Farruh Ikromov burchak zarbasi ishladi, mehmonlar yana bir imkoniyatga ega bo‘lishyapti. |
| 85' | ![]() |
«Paxtakor»da o‘zgarish: Aziz Turg‘unboyev o‘rnini Dostonbek Hamdamov to‘ldirdi. |
| 80' | ![]() |
Qizil kartochka ko‘rsatildi! Davron Xoshimovni hakam kechirmadi, referi dastlab VAR ko‘rdi va ushbu qarorga keldi. |
| 78' | ![]() |
Davron Xoshimov asablarini jilovlay olmadi va Sayfiyevga tirsak bilan zarba berdi. Hozircha hakam jim. |
| 74' | ![]() |
«Navbahor»da o‘zgarish: Urunov hamda Abduxoliqov o‘rnini Sobirjonov hamda Norxonov to‘ldirdi. Shuningdek, Yaxshiboyev o‘rniga Ismoilov tushirildi. |
| 71' | ![]() |
Azmuddinov to‘pni egallab olib kutilmaganda zarba yo‘lladi, ammo Yusupov o‘z o‘rnida. |
| 68' | ![]() |
Gooooool! Dragan Cheran jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. |
| 66' | ![]() |
Banashakdan uzatma qaul qilib olgan to‘pga Cheran zarba berdi, lekin Yusupov o‘z o‘rnida. |
| 63' | ![]() |
Mezbonlarda o‘zgarish: Diyor Xolmatov o‘rniga Banashak tushirildi. |
| 61' | ![]() |
Jasur Yaxshiboyev o‘ng qanotdan oldinga borayotgandi Sobirxo‘jayev unga nisbatdan qoida buzdi. |
| 55' | ![]() |
Sardor Sobirxo‘jayev o‘ng qanotdan oldinga borib zarba berdi, to‘p himoyachiga tegib chiqib ketdi. |
| 53' | ![]() |
Jamshid Iskanderov markazdan oldinga borib zarba berdi, biroz noaniq chiqdi. |
| 49' | ![]() |
Temurxo‘ja ikkinchi golini urgandi, lekin hujumda fol ishlatgani uchun inobatga olinmadi. |
| 45' | ![]() |
Bosh hakam hushtagini chaldi va ikkinchi taym boshlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Bosh hakam hushtagini chaldi va dastlabki taym tugadi. |
| 45' | ![]() |
Temurxo‘ja mezbonar jarima maydonchasi ichida ancha faol harakatlarni amalga oshirdi, ammo hujumni so‘nggiga yetkaza olmadi. |
| 40' | ![]() |
Oston Urunov qanotdan oldinga borayotgan paytda Odil Xamrobekov uni «chopdi» va sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 35' | ![]() |
Bu safar Alijonov o‘ng qanotdan oldinga bordi va zarba berdi, biroq ancha noaniq chiqdi, hozircha mezbonlarning himoyachilari hujumchilardan ko‘ra yaxshiroq o‘ynamoqda. |
| 32' | ![]() |
Yovan Jokich ham Odil Xamrobekovga qarshi qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi. |
| 28' | ![]() |
Penalti berilgan vaziyatda Farrux Sayfiyev va hozir maydon markazida qo‘pollik ishlatgan Oston Urunov sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 27' | ![]() |
Farrux Sayfiyev qanotdan uzatib berilgan to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi, ammo biroz noaniq chiqdi. |
| 25' | ![]() |
Mehmonlar gol qabul qilib olganidan so‘ng darhol hujumga o‘tishdi va jarima zarbasiga ega chiqishdi, Dragan Cheran ushbu imkoniyatdan foydalana olmadi, zarba ancha noaniq chiqdi. |
| 22' | ![]() |
Gooooooool! Temurxo‘ja Abduxoliqov 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi, hisob tenglashdi. |
| 20' | ![]() |
«Paxtakor» darvozasi tomon enalti belgilandi! Hamraliyev hujumchiga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatdi. Hozircha hakam VARdagilarni eshityapti. |
| 17' | ![]() |
Diyorbek Holmatov Alijonovning uzatmasidan so‘ng birga-bir vaziyatga chiqib zarba berdi, ammo ofsayd holatida qolib ketdi. |
| 13' | ![]() |
Hozir mehmonlar himoyachisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. |
| 7' | ![]() |
Maydon egalari goldan so‘ng ham ancha muncha hujum tashkil etyapti, Cheran himoyachilarni shoshirib qo‘yapti. |
| 2' | ![]() |
Gooooool! Farrux Sayfiyev Alijonovning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi! |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Super liga 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Navbahor» o‘rtasidagi o‘yin boshlandi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|