Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

APL

. Bosh hakam: Pol Tirni

Liverpul

Saloh (41)
Firmino (87)

2 : 2

Arsenal

Martinelli (8)
Jezus (28)
JAMOALAR TARKIBI
Alisson
Aleksandr-Arnold
Konate
Van Deyk
Robertson
Xenderson
Fabinyo
Jons
Saloh
Gakpo
Jota
  Remsdeyl
Uayt
Xolding
Gabriyeel
Zinchenko
Edegor
Parti
Jaka
Saka
Jezus
Martinelli
SARIQ KARTOCHKA
Van Deyk (31)
Aleksandr-Arnold (40)
Robertson (45+2)
Fabinyo (55)
 
Uayt (24)
Jaka (40)
Saka (84)

Matn

90+6'
Uchrashuv yakunlandi, «Enfild»da kechgan otishmada g‘olib aniqlanmadi.
90+5'
Salohdan yana bir aylanma zarba, Ramsdeyldan yana bir super seyv!
90+4'
Bugun Salohning omadi kelmaydigan kun shekilli, bu safar u Robertsonning uzatmasini golga aylantira olmadi.
90+2'
Salohning uzatmasidan so‘ng Trent uzoqdan zarba yo‘lladi, zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.
90'
Pol Tirni o‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berdi.
89'
Mehmonlarda o‘zgarish: Zinchenko o‘rniga Tirni tushirildi.
87'
Gooooool! Trentning ajoyib uzatmasidan so‘ng Firmino hisobni tenglashtirdi.
84'
Trossardning qanotdan uzatmasini Van Deyk bartaraf etdi, burchak zarbasi. Vaqtni cho‘zgani uchun Sakaga sariq kartochka ko‘rsatildi.
81'
Darvin Nunes birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, uning bergan zarbasini Ramsdeyl qaytardi.
80'
Mehmonlarda ham o‘zgarish: Jezus hamda Edegorning o‘rnini Trossard va Kivior egallaydi.
78'
Maydon egalarida o‘zgarish: Fabinyoning o‘rniga Firmino tushirildi.
77'
Mezbonlarning hujumlari hozircha oxirigacha yetmayapti, Gakpo hamda Nunes qanchalik faollik ko‘rsatishmasin befoyda.
74'
Martinelli qanotdan to‘pni jarima maydinchasi markaziga tashlab bergandi, lekin to‘pga Saka yetib kelmadi.
72'
Jaka Nunyesga nisbatdan qoida buzdi, mezbonlar xavfli jarima zarbasiga ega chiqishyapti.
69'
Maydon egalari ketma-ket hujumlar tashkil etib, himoyachilarni shoshirib qo‘ymoqda.
66'
Jezus maydon markazida Tyagoni ajoyib tarzda dog‘da qoldirdi.
63'
Parti Gakpoga nisbatdan qoida buzdi, mezbonlar jarima zarbasiga ega chiqmoqda.
60'
Mezbonlarda o‘zgarish: Jouns hamda Jota o‘rniga Tyago va Nunyes tushdi.
57'
Saloh yana bir marta darvoza tomon zarba berdi, ammo Ramsdeyl ajoyib seyv namoyish etdi.
55'
Maydon markazida Sakaga qarshi qoida buzgan Fabinyo ham sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
53'
Muhammad Saloh penaltidan foydalana olmadi!
52'
Penalti belgilandi! Jotaga nisbatdan jarima maydonchasi ichida qoida buzildi. Ramsdeyl sariq kartochka bilan jazolandi.
49'
Mezbonlar ham qarshi hujumga o‘tishdi, Saloh o‘tkir burchakdan zarba berdi, lekin noaniq
47'
Taymni mehmonlar hujum bilan boshladi, Jezusga bo‘lgan uzatma noaniq chiqdi.
45'
Bosh hakam Pol Tirni hushtagini chaldi hamda ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+4'
Bosh hakam hushtagini chaldi hamda birinchi taymga yakun yasadi.
45+3'
Jota darvozabon bilan birga-bir chiqib zarba yo‘lladi, Ramsdeyl to‘pni qaytardi.
45'
Bosh hakam birichi taymga 4 daqiqa qo;shib berdi.
44'
Boya Jaka bilan tortishgan Trent ham sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
41'
Gooool! Muhammad Saloh hisobni qisqartirdi.
40'
Jaka Trentga nisbatdan qoida buzdi, asablarini jilovlay olmay sariq kartochka oldi.
39'
Sakaga nisbatdan yana qoida buzildi, follar bo‘yicha 7:4 mezbonlar oldinda.
37'
Burchakka yaqin joyda Jezusga nisbatdan qoida buzildi, mehmonlar jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.
34'
Muhammad Saloh darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib zarba berdi, lekin ancha noaniq chiqdi.
31'
Van Deyk autga yaqin joyda Jezusga qarshi qo‘pollik ishlatdi hamda sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
28'
Goooool! Martinellining qulay uzatmasidan so‘ng Jezus hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
26'
Trent qanotdan to‘pni uzatib bergandi, lekin Xolding xavfni bartaraf etdi.
24'
Ben Uayt maydon markazida qoida buzdi hamda sariq kartochka bilan jazolandi.
22'
Endryu Robertson qanotdan yorib kirib zarbaq bergandi, biroq salgina noaniq chiqdi.
19'
To‘p nazorati bo‘yicha ham tenglik, 50% ga 50%.
14'
Hisobni ochib olgan mehmonlar ketma-ket hujumlar tashkil etishda davom etyapti.
8'
Gooool! Gabriyel Martinelli hisobni ochdi.
5'
Uchrashuv boshidanoq mehmonlar tashabbus ko‘rsatishga harakat qilyapti.
1'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! APL 30-turidan o‘rin olgan «Liverpul» hamda «Arsenal» o‘rtasidagi o‘yin boshlandi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.