Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Dastlabki uchrashuv. 27 fevral, soat 00:45

GALATASAROY

1 : 1

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
25.Muslera
15.Aleks Telles
21.Sheju
22.Hoqon Bolta
27.Ebue
3.Felipe Melo
8.Selchuk Inan (S)
10.Sneyder
14.I.Xayrovich
11.Drogba
17.Burak Yilmaz
  1.Chex
2.Ivanovich
24.Kexill
26.Terri (S)
28.Aspilikueta
7.Ramires
8.Lempard
17.Azar
22.Villian
9.Torres
14.Shyurrle

Matn

90+3'
O‘yin tugadi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
86'
Nihoyat uzoq davom etgan hujumdan keyin Sneyder zarba yo‘lladi, kuchsiz va noaniq.
84'
O‘yin maydon markazida kechmoqda. Har ikki jamoa ham oxirgi shturmni qilishga shoshmayapti.
82'
Dide Drogba o‘rniga Umid Bulut tushmoqda.
80'
Qiziq holat. Jamoa sardori Selchuk Inanga murabbiy emas Dide Drogba nimalarnidir tushuntirmoqda. Gap bo‘lishi mumkin emas. Jamoa ichidagi murabbiy!
78'
Ohoooooooo «Chelsi» qamalda! Selchuk Inan to‘pni Drogba yo‘nalishida uzatgan edi Terri unga ulgurdi
76'
!!!!!!!!!!!!!!!!! Ebuye jarima maydoniga kirib keldi va to‘p darvoza yaqiniga uzatdi. Cheeeeeeeeeeeeeex o‘z o‘rnida.
73'
Torres o‘rniga Eto'O tushdi
70'
Shyurle o‘rniga Jon Obi Mikel tushdi.
67'
«Galatasaroy» burchak to‘pini amlaga oshirdi va bo‘sh qolgan Shenju hisobni tenglashtirdi.
66'
Goooooooooooooooooooooool
63'
Chex vaqtni cho‘zgani uchun sariq kartochka oldi.
60'
«Galatasaroy» juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan edi. Lekin jarima zarbasi amalga oshirilgan vaziyatda hujumchilar qo‘pollik qilishdi.
56'
Selchuk Inan to‘pni Burakka uzatgandi, lekin Keyxil to‘pni qaytaraman deb darvozabonga qiyinchlik tug‘dirdi. Chex katta qiyinchilik bilan to‘pni chiqarib yubordi.
52'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Azar maydon markazida Melodan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonigacha oz’i kelib, to‘pni ofsady chizig‘idagi Torresga uzatdi. Fernandoning zarbasini esa Muslera qaytardi.
50'
!!!!!!!!!!!!! Burak Aspilikuyetaga qarshi juda qo‘pol o‘ynadi. Orqadan podkat tashladi, Hakam uni ayadi.
48'
Ikkinchi bo‘limni turklar faol boshlashdi. Sneyderning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi
44'
Mezbonlar autdan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Burak to‘pni qabul qilib oldi va o‘tkir burchakdan juda kuchli zarba yo‘lladi. Chex yaqin burchakni yopa olmadi va gol. lekin Terri o‘sha vaziyatda ikkinchi to‘pni o‘yinga olib kirgani uchun sariq kartochka oldi va hisob o‘zgarmadi.
42'
Hakam fantastik golni hisobga olmadi!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
40'
!!!!!!!!!!!! Burak va Bolta jarima maydoni yaqinida juda yaxshi hujumni amalga oshirdi. Tevesning zarbasini esa Chex qaytardi. Yaxshi zarba bo‘lgandi.
37'
Azar o‘z uslubida markazda himoyachilarni aldab o‘tib Torresni yaxshi vaziyatga olib chiqishi mumkin edi, lekin Melo hujumni o‘qidi.
35'
Izzat Xayrovich o‘rniga 14-raqamli futbolchi tushdi.
32'
Xayrovich juda yaxshi harakat qildi va jarima maydniga kirmay zarba berdi. Chex o‘z o‘rnida.
30'
«Chelsi» qarshi hujumda juda yaxshi o‘ynamoqda. Ramires maydon markazidan to‘pni qabul qilib oldi va uni qanotdagi Shyurlega uzatdi. Shyurle bitta himoyachini aldab to‘pni Ramiresga qaytardi. Uning zarbasi esa oozgina noaniq bo‘ldi.
27'
Felipo Melo Drogba bilan devor uslulida juda yaxshi o‘ynadi va jarima maydoniga kirib bordi. u yerda Lempard ishonchli o‘ynadi.
25'
Burak bilan to‘qnashib, Ramires burnidan jarohat oldi. U maydonni vaqtincha tark etadi. Qon bilan o‘ynash mumkin emas.
23'
«Chelsi» 30 metrlardan jarima zarbasi berish imkoniga ega bo‘ldi. Lempardning zarbasi esa noaniq bo‘ldi.
21'
!!!!!!! Villiannnnn. Xayrovich jarima maydonida himoyachilarni aldab o‘tayotganida Villian juda yaxshi harakat qildi va podkatda to‘pni olib qo‘ydi.
19'
!!!!!!!! «Galatasaroy»ning navbatdagi hujumi xavfli bo‘ldi. Burak qanotdan to‘pni jarima maydoniga yaqin joydagi Xayrovichga uzatdi, lekin uning zarbasi kuchli va noaniq bo‘ldi.
16'
Jon Terri Drogbaga hech qanday imkoniyat qoldirmayapti.
14'
«Chelsi» juda yaxshi qarshi hujumni amalga oshirgan edi. Azar katta masofani bosib o‘tdi va to‘pni Shyurlega uzatdi. Lekin nemis qoqilib tushdi.
12'
«Galatasaroy» markazdan hujumga o‘tdi. Sneyder Drogbaga juda yaxshi pasni amalga oshirgandi. Lekin Dide ofsaydda.
10'
Ispancha gol. Azardan to‘pni qabul qilib olgan Aspilikuyetta himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni darvoza yaqinidagi Torresga uzatdi. Elninyo esa juda aniq o‘ynadi.
9'
Gooooooooooooool Torres.
7'
To‘qnashuvlardan birida Villian maydonga quladi. Melo uni yiqitdi.
5'
«Galatasaroy»ning ilk hujumini Burak amaga oshirdi. U jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni qabul qilib oldi va himoyachidan o‘tib zarba berdi, lekin zarba kuchsiz chiqdi.
3'
O‘yinni «Chelsi» ancha faol boshladi. Torres jarima maydoniga kirib borayotgan Azarga to‘pni tashlab berdi. To‘p himoyachidan o‘tdi, lekin darvozabon uni egallab oldi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Galatasaroy» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.