Angliya Premyer-ligasi, 28-tur.
| 1 mart, soat 22:30 | ||
SAUTGEMPTON |
0 : 3 |
LIVERPULSuares (16)
Sterling (58) Jerrard (pen.90+4) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Borus Chembers Fonte Lovren Shou Kork Shnayderlin Jey Rodriges S.Devis Lallana Lambert |
Minyole Flanagan Shkrtel Agger Jonson Xenderson Jerrard Allen Koutinyo Suares Starrij |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90+1' | ![]() |
Jerrard penaltidan hisobni 3:0ga yetkazdi |
| 90' | ![]() |
90. Ikkinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shib berildi. |
| 86' | ![]() |
86. Jerrard ogohlantirildi. |
| 85' | ![]() |
85. Starrij maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Aspas o‘yinni yakunlaydi. |
| 83' | ![]() |
83. Viktor Vanyamaga sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 77' | ![]() |
77. Mezbonlar safida ikki o‘zgarish: Lambert o‘rnida Gallaxer, Kork o‘rnida Vanyama o‘ynaydi. |
| 73' | ![]() |
72. Jerrardning chamasi 20 metrlar bergan zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi. Burchak to‘pidan so‘ng Suaresning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. |
| 70' | ![]() |
Xavfli! Suares jarima maydoniga yorib kirib to‘pni Starrijga uzatdi. To‘p yo‘liga raqib himoyachisi g‘ov bo‘lgach, Xenderson ijrosidagi takroriy zarba juda noaniq ketdi. |
| ' | ![]() |
Darvoqe, ikkinchi taym boshidan mehmonlar safida o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Sterling tushdi. |
| 58' | ![]() |
58-daqiqada hisobdagi farq ikkitaga oshdi. Maydonga tushganiga bir daqiqa bo‘lgan Rahim Sterling Suapresning to‘p oshirishidan so‘ng darvozani ishg‘ol etdi. |
| ' | Kechikish uchun uzr so‘raymiz (texnik nosozlik). | |
| 45' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI |
| 43' | ![]() |
!!! Endi Minyole o‘z darvozasini goldan qutqardi! Rodriges o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pdan so‘ng posbon bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi. Hujumchi 7 metrdan zarba berdi. Simon g‘aroyib reaksiya ko‘rsatib, to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi. |
| 38' | ![]() |
"Liverpul" mudofaasida parokandalik! Bu safar jarima maydonchasi ichida Shnayderlen yolg‘iz qoldi. Uning 10 metrdan yo‘llagan zarbasi Minyole baxtiga to‘sini ustidan o‘tib ketdi. |
| 30' | ![]() |
!!! O-xo-xo... Hozir omad mersesaydliklar tomonida bo‘ldi! Chambers o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Lambert bosh bilan to‘pni o‘ngroqda turgan Lallanga uzatdi. U Miyole bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Ammo Adamning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. |
| 22' | ![]() |
Jerrard, Agger hamda Suares ajoyib hujumni tashkillashtirishdi. Himoyachilarni shoshirib qo‘ygan Luis juda kuchli zarba berdi, lekin himoyachilar ulgurishdi, |
| 19' | ![]() |
Suares hujumni o‘zi boshladi. U qanotdan oldinga bordi va himoyachini aldab to‘pni Starridjga tashlab berdi. Deni to‘pni Luisga qaytarmoqchi edi, lekin to‘p homoyachilarga tegdi. Baribir to‘p Luisga kelib tushdi va 12 metrlardan Suares ajoyib golga mualliflik qildi. |
| 18' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooool |
| 14' | ![]() |
Adam Lallana juda ajoyib tarzda jarim maydoniga kirib bordi va Agger uni yiqitdi. Lekin hakam penalti bermadi. |
| 10' | ![]() |
Futbolchilar ancha vaqt maydonga qayta olishmadi. Hammasida joyida ikkisi ham safga qaytishdi. |
| 7' | ![]() |
Maydon markazida Flanakan hamda Shou to‘qnashib ketishdi. Futbolchilar maydonga yotishibdi. |
| 5' | ![]() |
Bugun «Liverpul» ko‘k-qora kiyimda maydonga tushgan. Hozircha Rodjers shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. |
| 3' | ![]() |
Bugungi o‘yinni kuzatish uchun Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson tashrif buyurgan. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|