Ispaniya La-ligasi, 26-tur
| 2 mart, soat 21:00 | ||
ATLETIKOKoke (28), Gabi (45)
|
2 : 2 |
REAL MADRIDBenzema (3), Ronaldu(82)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| 13.Tibo Kurtua, 2.Diyego Godin, 20.Xuanfran, 23.Miranda, 3.Filipe Luis, 10.Arda Turan, 14.Gabi Fernandes, 4.Mario Suares, 6.Koke, 19.Diyego Kosta, 9.David Vilya | 25.Diyego Lopes, 12.Marselo, 15.Daniel Karvaxal, 3.Pepe, 4.Serxio Ramos, 11.Garet Beyl, 14.Xabi Alonso, 19.Luka Modrich, 22.Anxel Di Mariya, 7.Krishtianu Ronaldu, 9.Karim Benzema | |
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Yana 2 soatdan keyin boshlanadigan "Barselona" - "Almeriya" o‘yinida yana ko‘rishamiz. | |
| ' | Har ikkala jamoa 2 ochkodan mahrum bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Boisi, bugun "Barselona" g‘alabaga erishsa, "Atletiko"dan 2 ochkoga o‘tib ketadi va "Real" bilan oradagi ochkolar farqini 1taga yetkazadi | |
| ' | Har ikkala jamoa g‘alaba qozonishni juda istadi. "Atletiko" bunga yaqin edi. Ammo o‘yin tugashiga 8 daqiqa qolgan paytdagi kichkina e’tiborsizlik tufayli g‘alabani qo‘ldan boy berdi. | |
| ' | O‘YIN TUGADI! "ATLETIKO" - "REAL" - 2:2. Jangovar durang! O‘yinga mos natija. | |
| ' | O‘YIN TUGADI! "ATLETIKO" - "REAL" - 2:2. Jangovar durang! O‘yinga mos natija. | |
| 90+4' | ![]() |
"Qirollik klubi" vakillari to‘pni to‘g‘ri-to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazish o‘rniga, o‘sha joydan bir-birlariga oshirib o‘yinni davom ettirishmoqchi bo‘lgandi, hakam final hushtagini chaldi! |
| 90+3' | ![]() |
Kompensasiya vaqti tugishiga 10 soniya qolganida "Real" chap qanotda jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi |
| 90+2' | ![]() |
"Real" so‘nggi 10-15 daqiqani katta tashabbus ostida o‘tkazmoqda. Ularni durang qanoatlantirmaydi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 88' | ![]() |
!!! Ronalduuuu! Hujum chap qanotdan boshlandi. Isko to‘pni jarima maydonchasiga kirib kelgan Marseloga berdi. O‘z navbatida u to‘pni darvozabon qarshisiga chiqib boratgan Krishtianuga uzatdi. Ronaldu yerdan 1 metrlar balandlikda kelayotgan to‘pni darvozaga to‘g‘ri bura olmadi. Noqulay bo‘ldi. |
| 87' | ![]() |
Garet Beyl tavani bilan chiroyli tarzda jarima maydonchasida ochilayotgan Benzemaga to‘pni uzatdi. Laynsmen Karimni ofsaydda qoldi deb topdi. Takroriy lavha ko‘rsatdiki, o‘yindan tashqari holat yo‘q edi... |
| 86' | ![]() |
Modriiiiiich! Uning 20 metrlardan zarba yo‘llashiga xalal berishga "Atletiko" himoyachilari kech qolishdi. Zarba kuchli chiqdi, ammo shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi. |
| 83' | ![]() |
Arda Turon maydonni tark etdi. Kristian Rodriges o‘yinni davom ettiradi |
| 82' | ![]() |
Anchelotti shogirdlarining hujumi o‘ng qanotdan tashkil etildi. Isko va Modrich devor o‘ynayotgan paytda himoyachini to‘pni egallab olgandi, ammo to‘pni tepib yuborish o‘rniga uni yana "Real" himoyachisiga oldirib qo‘ydi va u jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Ronaldu darvozaning burchagini ishg‘ol qildi! |
| 82' | ![]() |
Goooooolllll!!!! Ronaldu!!! |
| 81' | ![]() |
Chap qanotdan (K8) "Real" jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Kurtua sakradi, ammo uni qo‘lidan chiqarib yubordi. Mezbon himoyachilari to‘pni uzoqlashtirishdi |
| 79' | ![]() |
Mehmonlar chap qanot bo‘ylab qisqa paslar orqali tez hujum tashkil qilishdi, ammo jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p hech kimga nasib qilmadi va qarama-qarshi tomondan maydonni tark etdi |
| 78' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 12 daqiqa vaqt qolmoqda. Bundan buyog‘iga Anchelotti shogirdlari ko‘proq hujum tashkil qilishsa kerak... |
| 76' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin "Real" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Ammo Isko hujumda fol ishlatdi va hakam xushtak chaldi |
| 75' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Pepe maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 74' | ![]() |
!!! Ronaldudan omad yuz o‘girdi! Modrich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Barchadan baland sakragan Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
Anchelotti uchinchi almashtirishni ham amalga oshirdi. Di Mariya o‘rniga Isko tushirildi |
| 71' | ![]() |
"Real"da ikkinchi o‘zgarish. Arbeloa o‘rniga Karvaxal tushdi |
| 71' | ![]() |
Bugun Ronalduning jarima zarbalari jonli devordan o‘tmayapti. Takroriy zarba ham futbolchilarga tegib qaytdi |
| 70' | "Real" 18 metrlardan jarima to‘pini ishladi. Di Mariyaga nisbatan qo‘pollik | |
| 68' | ![]() |
Endi esa Diyego Lopes mahorat namoyish qildi. "Real" jarima maydonchasining u qanotidan bu qanotiga o‘tkazilib tashkil etilgan kombinasiyasi oqibatida Lopes darvozasining yuqori burchagi tomon bosh bilan zarba berildi. Diyego to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 66' | ![]() |
Tibo Kurtua hozirgi vaziyat qahramoni! Jarima zarbasidan Modrich tomonidan yetkazib berilgan to‘p yo‘nalishini Beyl bosh bilan o‘zgartirdi. Kurtuv kuchli reaksiya ko‘rsatib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| ' | Yordamchi murabbiylardan biri zaxira hakamiga o‘ta jahldorlik bilan o‘z noroziligini izhor qildi | |
| 65' | ![]() |
"Atletiko" zaxira o‘rindig‘ida ehtiroslar junbushga kelmoqda! |
| 63' | ![]() |
Vux, Benzema! Modrich jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima maydonchasining narigi tomoni - ichida turgan Benzemaga to‘pni yetkazdi. Karim to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga yo‘lladi. To‘r darvoza ustunida 1 metrlar masofadan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Diyego Kosta to‘pni egallab olib, jarima maydonchasiga kirib bordi. U bitta harakat bilan Pepeni chalg‘itdi, ammo Pepe uni qo‘li bilan tortib yiqitdi. Hakam ushbu vaziyatda qoida buzilmadi deb topdi |
| 59' | ![]() |
"Real"da futbolchi almashtirildi. Kontrau maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Marselo tushirildi |
| 58' | ![]() |
Vuhhh!!! Burchak to‘pi mezbon muxlislari xavfli vaziyatni taqdim etdi. Diyego Kosta bosh bilan to‘pni darvoza tomon yo‘naltirdi. To‘p esa yerga tegib sakrab, darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi. |
| 57' | ![]() |
"Atletiko" to‘pni uzoq nazorat qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 55' | ![]() |
Ronaldu jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p esa jonli devordan futbolchilardan birining qo‘liga tegdi. Futbolchi ikki qo‘lini ko‘kragiga atrofida ko‘targancha sakradi. Ammo hakam bu vaziyatni yo penalti emas deb topdi, yoki to‘p qo‘lga tekkanini ko‘rmadi |
| 54' | ![]() |
Mehmonlar jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Shundoqqina jarima maydonchasi burchagi. L4 zona |
| 51' | ![]() |
Diyego Kosta!!!!! "Real" yana maydon markazida to‘pni yo‘qotdi va mezbonlar Diyego Kostani darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yuborishdi. Kosta jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba yo‘lladi. Uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Sakrayotgan to‘pga berilgan zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 48' | ![]() |
Uh! Diyego Kosta barchani aldadi va jarima to‘pini jonli devorning ostidan yerlatib yo‘lladi. Ammo bunga Diyego Lopes aldanmadi. U to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi. |
| 47' | ![]() |
"Real" darvozasi tomon jarima to‘pi belgilandi. Darvozagacha 25 metr. Surtada D6 zonalar chamasi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | Ikkinchi bo‘lim yanada qizg‘in o‘tishiga aslo shubha yo‘q. Jamoalarning maydonga qaytishini kutamiz. Ko‘p vaqt qolmadi | |
| ' | Bugun "Atletiko" butunlay boshqacha o‘ynamoqda. "Real"dan aslo qolishmayapti. Nastroy va motivasiya - dahshat! | |
| ' | O‘Yin juda chiroyli o‘tmoqda. Aynan muxlislarbop o‘tmoqda. Juda shiddatli, tez va xavfli vaziyatlarga boy | |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI |
| ' | To‘p trayektoriyasi Chalxanogluning zarbasiga o‘xshab ketdi. Juda chiroyli gol! | |
| 45+1' | ![]() |
Mezbonlar markaziy chiziqqa yaqin joyda jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Futbolchilardan biri to‘p yaqin turgan Gabiga uzatdi. Fernandes esa 2-3 qadam yurar-yurmas to‘pni tavakkaliga tepdi (boshqa iloji ham yo‘q edi - 1-bo‘lim tugash arafasida edi). To‘p esa Lopes qo‘riqlayotgan darvozaning yuqori burchagiga borib tushdi. Diyego to‘pga tashlandi, ammo aaaancha kech qolgandi. |
| 45+1' | ![]() |
"Atletiko" hisobda oldinga chiqib olmoqda! Gabi 35-38 metrlardan gol urdi!!!! |
| 45' | ![]() |
Goooooollllll!!!!!! JUda dahshatli gollll!!!! |
| 43' | ![]() |
Mezbonlar tomonidan uyushtirilgan juda kuchli pressing oqibatida "Real" maydonning o‘zi tomonida to‘pni yo‘qotdi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Diyego Kostaga yetkazdi. U esa ikki markaziy himoyachi orasidan o‘tib ketdi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni posbonning ustida o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Lopes to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib qoldi |
| 43' | ![]() |
Diyego Lopes "Real"ni goldan qutqarmoqda!!!!! |
| 40' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Anchelotti shogirdlari xavfni bartaraf etishdi |
| 34' | ![]() |
Pepe o‘z jarima maydonchasi ichida qaltis harakat qildi. "Atletiko"ning ikki nafar huujmchisi undan to‘pni olib qo‘yishiga sal qoldi |
| 33' | ![]() |
Di Mariya raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni Beylga uzatib, o‘zi jarima maydonchasi ichiga kirib bormoqchi bo‘lganida himoyachilardan biriga urilib yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 31' | O‘yin tempi yuqori. To‘p umuman bir joyda to‘xtab turayotgani yo‘q. | |
| 28' | ![]() |
Koke hisobni ochmoqda! U jarima maydonchasi ichida Arda Turon yetkazib bergan to‘pni qabul qildiyu, darhol Lopes qo‘riqlayotgan darvozaning olis burchagini nishonga oldi. |
| 28' | ![]() |
Gooooollllll!!!!! |
| 26' | ![]() |
To‘p o‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasiga balandlatib yetkazib berildi. Koentrau u yerda Diyego Kostani qo‘li bilan tortib qulatdi. Penalti yo‘q. Balki to‘p bu futbochlilar tomonga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydon tashqarisiga chiqib ketayotgani uchun indamagandir |
| 25' | ![]() |
Maydonnning har bir qarichi uchun kurash kechmoqda. Klublar to‘pni yo‘qotgan zahoti pressing qo‘llab, uni qaytarib olish uchun harakat qilishmoqda. |
| 20' | ![]() |
«Atletiko» burchal to‘pi ishlab oldi. Standartdan keyin to‘p Raul Garsiyaga borib tushdi. Uning zarbasi juda kuchli lekin noaniq bo‘ldi. |
| 16' | Xabi Alonso maydon markazida Diyego Kostaga nisbanat qo‘pollik qildi, lekin hakam o‘yin davom etishini ko‘rsatmoqda. Stadion jumbushga keldi. | |
| 13' | ![]() |
Diyego Kosta jarima maydoniga kirib borayotganida Ramos podkatda to‘pni olib qo‘ydi. Penalti yo‘q. Futbolchilar talashib ketishdi va Arda Turon sariq kartochka oldi. |
| 10' | Diyego Lopes vaqtni cho‘zishni boshlab yubordi. Darvozabonlar o‘yin oxirida qiladigan ishni Lopes allaqachon amalga oshirmoqda. | |
| 7' | ![]() |
«Atletiko» juda tez javob qaytardi. Felipe Luis 4 nafar futbolchini ortda qoldirdi va darvza tomon zarba yo‘lladi. Lopes katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi. |
| 5' | ![]() |
«Real» juda katta tezlika oldinga bordi. Anxel Di Mariya to‘pni darvoza yaqinidagi Benzemaga uzatdi. Karim esa bir harakatda to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. |
| 4' | ![]() |
Goooooooooooooooool |
| 3' | ![]() |
O‘yindagi ilk folni ham ko‘rdik. Xuanfran Koentrauga qarshi qo‘pollik ishlatdi va o‘yin qanday kechishi haqida eslatib qo‘ydi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Ispaniya chempionati 25-turining markaziy bahsini kuzatishga taklif qilamiz. Bugun Madridda «Atletiko» hamda «Real» to‘qnash keladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|