Ispaniya La-ligasi, 26-tur
| 3 mart, soat 01:00 | ||
BARSELONASanches (9)
Messi (24) Puyol (83) Xavi (89) |
4 : 1 |
ALMERIYaTruxilyo (27)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Valdes, Dani Alves, Maskerano, Puyol, Adriano, Xavi, Fabregas, Buskets, Sanches, Neymar, Messi. | Esteban Suares, Marko Torsilyeri, Rafita, Anxel Truxilyo, Ramon Aziz, Sebastyan Dyubarbye, Suso, Jonatan Zongo, Ferran Soriano, Versa, Aleish Vidal | |
Matn
| ' | "BARSELONA" - "ALMERIYa" - 4:1 | |
| 90+3' | ![]() |
UCHRASHUV YAKUNLANDI |
| 90+2' | ![]() |
Esteban o‘z seyvini namoyish qilishga muvaffaq bo‘ldi. U Pedroning zarbasini qaytardi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Barsa" maydondagi juda katta ustunlikni faqat o‘yin so‘ngiga kelib hisobda aks ettirmoqda |
| 89' | ![]() |
Xaviiii! Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba darvozabon Estaben uchun olib bo‘lmas bo‘ldi! |
| 89' | ![]() |
Goooooollll!!! |
| 87' | ![]() |
Neymar maydonni tark etdi. Kristian Telyo maydonda paydo bo‘ldi |
| 83' | ![]() |
Burchakdan yetkazib berilgan to‘pga Messi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi va uni Puyol darvozaga joylab qo‘ydi |
| 83' | ![]() |
Gooooooollll!!!!! Karleeesss Puyol! |
| 82' | ![]() |
Inyesta Pedroni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Pedroning 10 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasini darvozabon mushtlari bilan qaytardi |
| 81' | ![]() |
... qarshi hujumga o‘tishayotganida mehmonlar yarim himoyachilaridan biri maydon markazida Neymarni chalib yiqindi va ogohlanirish oldi |
| 81' | ![]() |
"Almeriya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo mezbonlar to‘pni egallab olib, tezkor hujumga o‘tishayotganida... |
| 80' | ![]() |
Mehmonlar tezqor qarshi uyushtirishdi. O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga hujumchi emas, Valdes ega chiqdi |
| 79' | ![]() |
Fabregas o‘rniga Inyesta tushirildi |
| 79' | ![]() |
"Barsa" ikki daqiqa davomida to‘pni uzluksiz ravishda nazorat qildi va o‘ng qanotda DanniAlsevga nisbatan qoida buzildi |
| 77' | ![]() |
Valdes to‘pga ega chiqdi |
| 76' | ![]() |
Mehmonlar jarima zarbasini qo‘lga kiritishdi. K3 zonadan |
| 75' | ![]() |
Alves qanotidan uyushtirilgan hujumdan keyin burchak to‘pi ishlandi |
| 72' | ![]() |
Aleksis Sanches o‘rniga Pedro Rodriges tushirildi |
| 72' | ![]() |
Korona o‘rniga Markos Tebar tushdi ("Almeriya) |
| 71' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib olib, zarba berishga imkon topdi. To‘p bu safar ham himoyachiga tegdi |
| 67' | ![]() |
Ox-xo-xoooo! "Barsa" 2-bo‘limning ikkinchi yarmida o‘yinni kuchaytirishga qaror qilgan shekilli. Hujum ketida hujum! "Almeriya" jarima maydonchasi ichida kombinasiyalar, uzatmalar amalga oshirildi. Hattoki darvoza tomon zarba berildi. Biroq to‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 66' | ![]() |
"Barsa"ning ikkinchi bo‘limdagi eng xavfli hujumi!!! Messi markazdan jarima maydonchasiga kira solib chap qanotda ochilgan Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik hujum na o‘zi darvozaga to‘g‘ri zarba berdi, na sheriklarini to‘p bilan aniq ta’minladi. Vaziyat ko‘kka sovurildi xullas |
| 63' | ![]() |
Almeriya hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Avvaliga o‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum jarima maydonchasi tashqarisiga ko‘chdi va Aleks Vidal darvozabon tomon kuchli zarba berdi. Valdes to‘pni egallab oldi |
| 62' | ![]() |
Mehmonlar dastlabki futbolchini almashtirishmoqda. Barboza maydonga tushdi. Dubarbyer chiqib ketdi |
| 59' | ![]() |
Aleksis Sanches Neymarni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarish maqsadida uzatgan pasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. |
| 56' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga qaror qildi. Himoyachi uning yo‘liga qalqon bo‘ldi |
| 51' | ![]() |
O‘ng qanot tashkil etilgan hujum natijasida to‘p "Almeriya" posboni qo‘liga kelib tushdi |
| 48' | ![]() |
Martino shogirdlari hozircha raqibga yuqori temp taklif etishmayapti |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistika: Gollar (2-1) Darvoza tomon zarbalar (15-5) Darvoza tomon berilgan to‘g‘ri zarbalar (5-2), Burchak to‘plari (5-3), ofsayd (1-0), Qoida buzish (5-7) To‘p bilan muomala, % (76-24). |
| ' | "Barsa" imkoniyat bergan vaziyatlarda "Almeriya" ham hujumga o‘tmoqda. | |
| ' | ![]() |
Translyasiyamizdan ham sezayotgan bo‘lsangiz kerak, "Barselona"ning deyarli har bir hujumi juda xavfli bo‘lmoqda. Faqat mezbonlar imkoniyatlardan foydalana olishmayapti. Aks holdi hisob shu paytgacha ikki xonali raqamga aylanib ketgan bo‘lardi |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga bir soniya ham qo‘shmadi. Tanaffus |
| 43' | ![]() |
Messssiiii! Sanches o‘ng qanotdan to‘ni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p oyoq bilan zarba berish uchun sal balandroq bo‘lgani uchun Leo uni darvozaga to‘g‘rilay olmadi. Uning ortidan kelayotgan Neymar uchun to‘p juda qulay edi. Ammo Messi braziliyalikni ko‘rmay qoldi. |
| 42' | ![]() |
Messi himoyachilar orasini kesib, to‘pni Alvesga yetkazayotgandi. To‘p so‘nggi damda himoyachilarning biriga tegib qoldi. Aks holda Danni darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qolardi |
| 40' | ![]() |
Mehmonlar hujumi xavfli bo‘ldi. Jarima maydonchasi ichida Truxilyo (gol muallifi) to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi, ammo Valdes chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
"Almeriya"ning kam sonli hujumlaridan biri burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 38' | ![]() |
Messsiiii!!!! Balandlatib yetkazilgan to‘pni Sanches jarima maydonchasi ichida bosh bilan qaytari. Qaytgan to‘pga Messi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 37' | ![]() |
Yana Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va himoyachining oyoqlari orasidan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. U yerda esa to‘pga oyoq qo‘yadigan futbolchi topilmadi! |
| 35' | ![]() |
Neymaaar! Burchak to‘pidan keyin Puyol to‘pni Neymarga yetkazdi. Braziliyalik hujumchining zarbasi biroz noaniq bo‘ldi! |
| 35' | ![]() |
Messi o‘ng qanotda ikki nafar himoyachini chiroyli tarzda aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo uchinchi himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 33' | ![]() |
Messi jarima maydonchaning chap burchagidan yorib kirdi va darvoza tomon chap oyoqda zarba yo‘lladi. Kam sodir bo‘ladigan holat - Messining zarbasi darvozaga aniq bormadi |
| 32' | ![]() |
Bugun Alves o‘ng qanotdan hujumga juda ko‘p qo‘shilmoqda. Bu safar ham jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va to‘pni narigi qanotga yetkazdi. U yoqda esa to‘p hech kimga nasib qilmadi |
| 30' | ![]() |
"Barsa"ning raqib jarima maydonchasi ichidagi kombinasiyasi oqibatida Messi o‘tkir burchak ostida davrozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Futbolchi va posbon orasidagi masofa juda qisqa edi. Yana 5 sm masofa bo‘lganida Messi gol urardi:) |
| 27' | ![]() |
Aynan shu burchak to‘pi gol bilan yakunlandi. To‘p balandlatib jarima maydonchasiga yetkazib berildi. Valdes to‘pga chiqishga xatoga yo‘l qo‘ydi. Truxilyo esa juda osonlik bilan, turgan joyida darvozani ishg‘ol qildi! Himoyachilar uni bo‘sh qoldirishgandi |
| 27' | ![]() |
Goooooollllll!!!!! |
| 26' | ![]() |
Mehmonlarning ilk xavfli vaziyati. Dani Alves jarima maydonchasining o‘ng tomonida Ramon Azizga nisbatan qoida buzgani uchun jarima to‘pi belgilandi. Jarima zarbasini Valdes burchak to‘pi tomonga chiqarib yubordi |
| 24' | ![]() |
Messi xuddi penaltidan gol urgandek juda oson gol urdi. Har holda tassurot shunday bo‘ldi |
| 24' | ![]() |
Darvozagacha 25 metrdan belgilangan jarima zarbasini Lionel Messi darvozaning yuqori burchagiga sanchib qo‘ydi! GOoooooooooooooooollll! |
| 23' | ![]() |
Navbatdagi qarshi hujum paytida Korona Messini tortib qoldi va hujumni buzdi. Sariq kartochka albatta |
| 20' | ![]() |
Kataloniya bugun qarshi hujumda ham juda tez va xavfi o‘ynamoqda! Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi. Zarba biroz kuchsiz chiqqandi |
| 19' | ![]() |
Alves Messi bilan "devor" o‘ynadi va darvozabon maydonchasiga juda yaqin keldi. Uning so‘nggi uzatmasini darvozabon maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 17' | ![]() |
... va tezkor hujumni boshlab berdi. MAydon markazida Neymarni yiqitib, hujumni buzgani uchun Ramon Aziz ogohlantirildi. |
| 16' | ![]() |
"Almeriya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Viktor Valdes to‘pni egallab oldi va... |
| 13' | ![]() |
Neymaaaar! Juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadiya! "Barsa" o‘z jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab oldi va Xavi olis masofadan Neymerni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqarib yubordi. Braziliyalik futbolchi esa zarba yo‘llashda biroz sustkashlik qildi va himoyach to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 12' | ![]() |
Maydon markaziga yaqin joyda Messiga nisbatan juda qo‘pol harakat qildi "Almeriya" vakili |
| 9' | ![]() |
Mezbonlar qisqa paslar orqali mehmonlar jarima maydonchasiga yorib kirishdi va to‘p darvozabon maydonchasiga o‘ng qanotdan yaqinlashgan Aleksis Sanchesga kelib tushdi. Chililik hujumchi darvozaning bo‘sh qolgan qismini osonlik bilan ishg‘ol qildi |
| 9' | ![]() |
Gooooolll!!!! gooool! Gool!!! |
| 6' | ![]() |
Danni Alves jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan yorib kirdi va o‘ziga uzatilgan to‘pni ko‘kragi bilan qaytardiyu, ammo darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. Darvozabon ishonchli harakat qildi! |
| 5' | ![]() |
Kataloniyaliklar hujumlari shundoqqina raqib jarima maydonchasi atrofida kechmoqda |
| 4' | ![]() |
"Barsa" shoshilmayapti hozircha |
| 2' | ![]() |
Maydon egalari dastlabki hujumni markaz bo‘ylab uyushtirmoqchi bo‘lishdi. Mayda paslar zich himoyadan o‘tmadi |
| 1' | "Barsa" o‘zining an’anaviy "ko‘k-anorrang" formasida o‘ynayotgan bo‘lsa, mehmonlarning futbolkasi oq, short rangi esa qizil | |
| 1' | ![]() |
"Barselona" va "Almeriya" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlandi! |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari, Ispaniya chempionatidan olib borayotgan translyasiyalarimizni davo ettiramiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|