Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

U-23 Osiyo kubogi saralash

Mintaqaviy saralash

Gong Kong U23

0 : 10

O‘zbekiston U-23

Norchayev (7)
Fayzullayev (25)
Odilov (28)
Raxmonaliyev (57)
Norchayev (59)
Norchayev (69)
Yip Cheuk (75) – avtogol
Ulug‘bek Hoshimov (83)
Ulug‘bek Hoshimov (88)
Ulug‘bek Hoshimov (90+3)
JAMOALAR TARKIBI
 

Matn

90+'
Uchrashuvni saytimiz orqali vaqtingizni ayamay kuzatib borganingiz uchun rahmat. Kelgusi bahslarda uchrashguncha omon bo‘ling
90+'
Uchrashuv yakunlandi. Yigitlar gol urib charchadi. Endi guruhda to‘plar orasidagi farqqa ko‘ra peshqadam bo‘lib oldik. Eronga qarshi hal qiluvchi bahs bizni kutmoqda
90+'
Muxlislar gollardan zerikib maydonni tark eta boshladi. Yoqimli onlar
90+'
Gooooooool! Hoshimov hisobni 10 taga yetkazdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Zarbaaaaaa! Erkinovning yaqin masofadan zarbasini kiper qaytarib qoldi. Burchak zarbasi tepamiz.
88'
Gooooool! Odilovning uzatmasini Hoshimov boshi bilan o‘ng burchakning pastki qismiga joylab qo‘ydi. Olg‘a!
87'
Zarbaaaaaa! Jasur Jaloliddinov jarima zarbasini ijro etdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.
86'
Hozircha vakillarimiz raqibni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Gong Kong umuman imkoniyatga ega bo‘lmayapti
85'
Zarbaaaaaa! Jaloliddinovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Afsus
83'
Gooooooool! Ulug‘bek Hoshimov raqib himoyachilarining jarima maydoni ichidagi xatosidan unumli foydalandi va darvozaning yaqin burchagiga to‘pni joylab qo‘ydi
80'
Eslatma! Gong Kongni katta ehtimol 4 ta to‘p farqidan katta hisobda yenggamiz. Eronga qarshi o‘yindagi durang ham bizni qoniqtiradi. Chunki forslar ushbu raqibni 3 ta to‘p farqi bilan yutgan
79'
Xavfliiiii! Erkinovning chap qanotdan uyushtirgan hujumini Hoshimov gol bilan yakunlay olmadi. U oyog‘ini tekkazib qo‘ysa bo‘ldi edi
78'
Gong Kongda navbatdagi imkoniyat. Havolatib oshirib berilgan to‘pni Ne’matov ushlab oldi. Yana pozision hujum boshlaymiz.
75'
Gooooool! Gong Kong futbolchisi Yip Cheuk o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi
71'
Tarkibimizda o‘zgarish. Norchayev o‘rniga Hoshimov, Fayzullayev o‘rniga Erkinov o‘yinni davom ettiradi
69'
Goooool! Norchayevdan xet-trik! jarima maydoni ichiga uzatilgan to‘pga yana futbolchimiz birinchi bo‘lib yetib keldi
65'
O‘ng qanotdan xavfli hujum!!!
Hamraliyev bu safar himochilarni yorib o‘ta olmadi
59'
Yana bosim va gol. Norchayev xisobni 5 taga yetkazib qo‘ydi
57'
Gooool! Raxmonaliyev hisobni 4:0ga keltirdi.
46'
O‘zbekiston tarkibida 2 ta o‘zgarish: Jo‘raqo‘ziyev o‘rniga Jiyanov, Ibragimov o‘rniga Jaloliddinov o‘yinga qo‘shildi
45'
Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz katta ustunlikda boshladi
45+'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hisob 3:0 – bizning foydamizga
45+'
Raqib bo‘lim so‘ngida ilk jarima zarbasiga ega bo‘ldi. Biroq gong konglik futbolchi darvozamizni ishg‘ol qilishda adashdi
45+'
Taym so‘nggidagi faollik foyda bermadi. Tanaffusgacha bundan ham yirik hisob bo‘lishi mumkin edi.
45+'
Zarbaaaa! Husanov darvozaga yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi. Yaqqol vaziyatni yo‘qqa chiqardik.
45+'
Xavfliiii! bo‘lim so‘nggida standart vaziyat berildi. Fayzullayevning zarbasi ustunni silab maydonni tark etdi
45+'
Birinchi bo‘limga besh daqiqa qo‘shib berildi.
45'
Chap qanotga yetkazib berilgan to‘pga Yo‘ldoshev yeta olmadi. Hujum besamar yakunlandi
43'
Vakillarimiz jarima zarbasi chog‘ida biroz voqealar rivojidan ilgarilab ketdi
43'
Gong Kong yigitlarimizning yengil tin olganidan foydalanishga urinmoqda. Biroq baribir jarima maydonimiz ichiga yorib kira olmayapti
37'
Hamyurtlarimiz sekin astalik bilan kuch tejagan holda pozision hujum uyushtirmoqda. Gong Kong maydon yarmidan oldinga o‘ta olmayapti
35'
Zarbaaaaa! Odilov jarima maydoni ichida reyd uyushtirdi va zarba berdi,biroq darvoza ustuni raqiblarni goldan qutqarib qoldi
33'
Yo‘ldoshevni raqibi ushlab to‘xtatib qoldi
32'
O‘yinda to‘xtalish! Li Lokka yordam ko‘rsatilmoqda
30'
Raqiblarda birinchi imkoniyat. Biroq gongkonglik hujumchi juda sust harakat qilib to‘pni oldirib qo‘ydi
28'
Gooooool! Odilov 11 metrdan adashmadi. Hisob yirik ko‘rinishga keldi
27'
Penaltiiiii! Yo‘ldoshevning uzatgan to‘pini raqib o‘yinchisi qaytarish chog‘ida qo‘li bilan o‘ynab yubordi.
25'
Gooooool! Fayzullayev raqib jarima maydoni ichida yuqori did namoyish etdi va aylanma harakat bilan darvozaning chap burchagiga to‘pni joylab qo‘ydi
23'
Raqib jarima maydoni ichidagi pala partishlikdan unumli foydalana olmadik. Norchayevga biroz omad yetishmadi
22'
Fayzullayevga nisbatan raqiblar ko‘p fol ishlatmoqda. Yana standart
21'
Jo‘raqo‘ziyev o‘ng qanotdan fol ishlab oldi
20'
Zarbaaaa! Davronovning jarima maydoni ichidan bergan zarbasi biroz kuchsiz ketdi
16'
Zarbaaaa! Odilovning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon chiqarib yubordi. Biroq ketma ket berilgan zarbalar biroz noaniq ketmoqda
13'
Xavfliiii! Jo‘raqo‘ziyev jarima maydoni ichiga tashlab bergan to‘piga Norchayev biroz yeta olmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
12'
O‘yinda to‘xtalish. Raqiblar vakili hujum chog‘ida hamyurtimiz bilan to‘qnashib ketdi va unga yordam ko‘rsatilmoqda
10'
Fayzullayev raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. Ammo hakam jim
07'
Gooooooool! Vakillarimiz hisobni ochdi. Norchayev o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga yaqin masofadan zarba berib, gol urdi.
06'
Xavfliii! Hamraliyev uzoq masofadan gongkongliklar kiperini sinab ko‘rdi
05'
Terma jamoamiz o‘ng qanotni juda faol ishlatmoqda. Jo‘raqo‘ziyev ancha faol
03'
Ilk hujumni vakillarimiz o‘ng qanotdan ijro etdi. Husayn Norchayevning faolligi burchak zarbasiga olib keldi. Biroq undan unumli foydalana olmadik.
01'
Xanna Xattab o‘yinga start berdi. Vakillarimiz oq rangli formada harakat qilmoqda
00'
Davlat madhiyalari yangrab ulgurdi. Endi bor diqqatimizni bahsga qaratamiz.
00'
Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda. Bugun Kapadze asosiy tarkibga katta o‘zgarishlar kiritgan
00'
Ayni paytda guruhimizdagi yana bir qarama qarshilik doirasida Eron hamda Afg‘oniston o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. U yerda forslar 4:0 hisobida raqibini mag‘lub etmoqda. Uchrashuv yakunlanish arafasida
00'
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun olimpiya jamoamiz Gong Konglik tengqurlariga qarshi Osiyo kubogi saralashi doirasida maydonga tushadi. Uchrashuvni saytimiz orqali matnli ko‘rinishda kuzatib borishingiz mumkin. Yaqin 90 daqiqa davomida o‘yinni birgalikda tomosha qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.