Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

U-23 Osiyo kubogi saralash

. Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

O‘zbekiston U-23

Fayzullayev (47)

1 : 0

Eron U-23

JAMOALAR TARKIBI
12.Vladimir Nazarov
3.Abduqodir Husanov
5.Muhammadqodir Hamraliyev
6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
9.Ulug‘bek Hoshimov
10.Jasur Jaloliddinov (s)
14.Abbosbek Fayzullayev
15.Umarali Rahmonaliyev
18.Alibek Davronov
19.Husayn Norchayev
23.Abdurauf Bo‘riyev
  1.Muhammadrizo Halidabadi 2.Saman Turaniyan
3.Husayn Goodarzi
5.Muhammad Amin
8.Javad Hussaynezhad 9.Saidallohyor Sayyadmanesh
10.Yasin Salmoni (s)
14.Amir Jafari
16.Muhammad Gorbani
19.Ali Pur Dara
23.Muhammadrizo Bordbar.
ZAHIRA
1.Abduvohid Ne’matov 21.Hamidullo Abdunabiyev 2.Saidazamat Mirsaidov
4.Odil Abdumajidov
7.Hojimat Erkinov
8.Ibrohim Ibragimov
11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev
13.Mahmud Mahamadjonov
16.Asadbek Rahimjonov
17.Diyor Xolmatov
20.Ruslan Jiyanov
22.Alisher Odilov.
  12.Sina Saidifar
22.Payam Parsa
4.Danial Iri
6.Alirizo Bavieh 7.Muhammadhussayn Islomi
11.Seyedaria Barzegar
13.Aria Yusufi
15.Said Muhammad Taha 17.Muhammadmahdi Ahmadi 18.Aliasgar Sadeghinasab 20.Mahdi Hoshimnazhad
21.Sina Gasemi

Matn

90+'
Kelgusi bahslarda uchrashguncha omon bo‘ling
90+'
Uchrashuv yakunlandi. G‘alaba qozondik hamda guruhda birinchi o‘rinni egallab, Osiyo kubogiga yo‘l oldik
90+'
Bo‘lim so‘ngini hujumda o‘tkazyapmiz
90+'
Tarkibimizda o‘zgarish! Fayzullayev o‘rniga Mirsaidov maydonga tushdi. Norchayev o‘rniga Jiyanov bahsni davom ettiradi
90+'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90+'
Zarbaa! Javad Hussaynezhad xavfli jarima zarbasini golga aylantira olmadi
89'
Odilov darvoza yoniga yaqinlashdi, biroq himoyachini aldab o‘ta olmadi
88'
Aria Yusufi uzoqdan Nazarovni sinab ko‘rdi. Biroq zarba aniq bormadi
88'
Fayzullayev burchak zarbasidan darvozani ishg‘ol qilishga harakat qilib ko‘rdi, sal qoldi...
85'
Eron murabbiyi yangi kuchlarni maydonga tashladi. Endi tartibli himoya bizga yordam berishi mumkin
82'
Xavfliii! Raqib juda qulay pas tashladi. Biroq eronliklarga to‘p biroz aniq yetib kelmadi
79'
Mahdi Hoshimnazhad uzoq masofadan zarba berdi, biroq noaniq
77'
Raqibda standart vaziyat...
73'
Zarbaaaa! Norchayev yana bir yakkama yakka vaziyatni yo‘qqa chiqardi. U tepgan to‘p darvozabondan o‘tmadi
66'
Zarbaaaa! Norchayev birga bir imkoniyatni yo‘qqa chiqardi
64'
Xavfliii! Odilov ajoyib reyd uyushtirdi, biroq so‘nggi zarbaga kelganda Muhammad Amin yaxshi blok qo‘ydi
62'
Raqibdan xavfli hujum! Seyedaria Barzegar jarima maydoni ichida bosh bilan zarba yo‘lladi, biroq noaniq
61'
Zarbaaaaa! Fayzullayev raqib xatosidan unumli foydalanishi mumkin edi. Biroq Norchayev kurashib olib bergan to‘pini u darvozaga aniq yo‘llashda biroz adashdi
59'
Tarkibimizda o‘zgarish. Hoshimov o‘rniga Odilov tushdi
57'
Zarbaaaaa! Salmoni tepgan to‘pni Nazarov bir amallab ushlab oldi. Eron ham temp qo‘shyapti
56'
Fayzullayev Salmoniga nisbatan jarima maydoni yaqinida qo‘pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi
54'
Hoshimovga nisbatan raqib fol ishlatdi. O‘yin agressiv tempga kirdi
50'
Futbolchilarga hamohang muxlislar ham faollashdi. Endi ham ortga qaytishga haqqimiz yo‘q
47'
Goooooool! Fayzullayev yakkama yakka vaziyatni golga aylantirdi
45'
Uchrashuv ikkinchi bo‘limiga start berildi.
45+'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+'
Raqiblarda yana standart! Javad Hussaynezhad to‘pni uzatib beradi...Biroq noaniq
45'
Birinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shib berildi
44'
Zarbaaaa! Yo‘ldoshevning uzatmasini Jaloliddinov juda kuchsiz tepdi
42'
Xavfliii! Hoshimovning o‘ng qanotdan uzatmasiga Norchayev yeta olmadi
40'
Raqib yetakchisi Saidallohyor Sayyadmanesh to‘p uchun kurashda jiddiy shikastlandi. Unga yordam ko‘rsatiladi
37'
Yasin Salmoni uzatib bergan to‘pga Muhammad Amin bosh bilan zarba berdi. Biroq noaniq
36'
Jarima maydonimiz yaqinida standart vaziyat...
34'
Zarbaaaa! Norchayev yaqin masofadan darvozaga juda kuchsiz zarba berdi
33'
To‘p nazorati raqibga o‘tdi. Jarima maydonimiz yaqinida ular juda xavfli o‘ynayapti
32'
Raqib tarkibida o‘zgarish. Mahdi Hoshimnazhad Ali Pur Dara o‘rniga maydonga tushdi
28'
Vuuuu! Rahmonaliyev jarima maydoni ichida to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Zo‘r vaziyat yo‘qqa chiqdi.
27'
Xavfliiii! Yana o‘sha Sayyadmanesh bu safar birga bir vaziyatga chiqib borishiga sal qoldi. Nazarov to‘pga vaqtida chiqdi va ushlab oldi
26'
Zarbaaaa! Hoshimov uzoq masofadan tepgan to‘pni raqib posboni arang qaytarib qoldi. Burchak zarbasi esa besamar yakunlandi
22'
Jaloliddinovga burchak yonida yordam ko‘rsatilmoqda
19'
Zarbaaaaa! Davronov raqib jarima maydonida yaqin masofadan zarba berib ko‘rdi. Biroq to‘p oyog‘iga yaxshi tushmagani sababli zarba kuchsiz va noaniq ketdi
16'
Afsus! Fayzullayev boshlagan chiroyli hujumni hujumchilarimiz muvaffaqiyatli yakunlay olishmadi. Yakuniy zarbani beradigan o‘yinchi topilmadi
15'
Xushyorlikni oshirish kerak. Saidallohyor Sayyadmanesh chap qanotdan vakillarimizni ancha qiynamoqda. U Fenerbaxche hujumchisi.
14'
Futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligi ancha pastga o‘xshamoqda. Yo‘ldoshev to‘pni to‘xtatishda oddiy xatoga yo‘l qo‘ydi.
11'
Xavfliiii! Yasin Salmoni burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi
10'
Zarbaaaa! Norchayev havolatib uzatilgan to‘pni oyog‘iga moslashtira olmadi. Zarba ancha noaniq
09'
Eronliklar navbatdagi hujumni samarali yakunlashga harakat qilib ko‘rdi, biroq Saidallohyor Sayyadmanesh ofsaydga tushib qoldi
06'
Afsus! Jaloliddinovning uzatgan to‘piga Alibek Davronov zarba berishda xatoga yo‘l qo‘ydi
06'
Futbolchimizga nisbatan qo‘pollik. Qulay standartga egamiz.
05'
Rahmonaliyev to‘pni jarima maydoniga yetkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Hujum besamar yakunlandi
05'
Eron Afg‘onistonni 4:0, O‘zbekiston esa 8:1 hisobida yengganligini inobatga olsak, forslarni bugun faqat g‘alaba qanoatlantiradi. To‘plar nisbatimiz hozircha +7.
04'
Shu tariqa Gonkong guruhda to‘plar nisbatiga ko‘ra so‘nggi o‘rinni egalladi. Reglamentga ko‘ra, 4-o‘rindagi jamoa bilan natijalar bekor qilinadi.
01'
Eron ilk hujumini uyushtirdi. Biroq jarima maydonimiz ichiga kira olmadi
01'
Bosh hakam uchrashuvga start berdi. Barchamizning diqqatimiz o‘yinga qaratiladi
00'
Bugungi bahsni suriyalik Xanna Xattab boshqarib boradi
00'
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! O‘zbekiston hamda Eron olimpiya jamoalari ishtirokidagi bahsni matnli ko‘rinishda e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.