Italiya A seriyasi, 26-tur
| 3 mart, soat 00:45 | ||
MILAN |
0 : 2 |
YUVENTUSLyorente (44)
Teves (68) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Abbyati, Bonera, Poli, Rami, Abate, Kaka, Taarabt, Montolivo, N.de Yong, Emanuelson, Passini. | Buffon, Bonuchchi, Bardzali, M.Kaseres, Lixtshtayner, Markizio, Pogba, Pirlo, Asamoa, Lyorente, Teves. | |
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Lyorente o‘rniga Osvaldo tushmoqda. |
| 85' | ![]() |
Pirloning zarbasi juda chiroyli chiqdi, lekin ozgina noaniq. |
| 83' | ![]() |
Jarima maydoniga yaqin joyda Tevesga nisbatan qoida buzildi. Juda qulay jarima zarbasi bo‘lishi mumkin. |
| 81' | ![]() |
Qanotga yaqin joyda yana Pirlo qoida buzmoqda. Jarima zarbasini Xonda amlaga oshirdi va himoyachilaga tekkan to‘p Emanuyelsonga borib tushdi. Uning ajoyib zarbasini Buffon qaytardi. |
| 78' | ![]() |
Ikkinchi goldan keyin «Yuventus» to‘pni nazorat qilmoqda. |
| 75' | ![]() |
Taarabt o‘rniga Robinyo tushdi. |
| 73' | ![]() |
Bu Tevesning 15 goli bo‘ldi va u to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oldi. |
| 71' | ![]() |
Rikardo Montolivo o‘rniga Keysuke Xonda tushmoqda. |
| 69' | ![]() |
TEVEEEEES. Fantastik gol. Teves 30 metrlarda to‘pni qabul qilib oldi va zarbaga shaylanib juda kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tebib, keyin yerga tegdi va golllll. |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL |
| 65' | ![]() |
Lyorente jarima maydonida o‘zi bilganicha harakat qilmoqchi bo‘lganida Odil Rami unga bu yerning xo‘jayini kim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi va to‘pni egallab oldi. |
| 63' | ![]() |
Pirloga sariq katochka ko‘rsatildi. U kelasi o‘yinda maydonga tushmaydi. |
| 62' | ![]() |
Pirlo Sapunaroga qarshi juda qo‘pol o‘ynadi. |
| 60' | ![]() |
«Milan» futbolchilari zarbani kim berishini rosa tortishishdi, lekin Montolivoning zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 58' | ![]() |
Jarima zarbasini Odil Rami amalga oshirdi. To‘pga hushtakdan oldin chiqqan Markizio sariq kartochka oldi. |
| 58' | ![]() |
Jarima maydoniga yaqin joyda Pogba Taarabtga qarshi qoida buzdi. |
| 56' | ![]() |
Martin Kaseras ham jarohat oldi, lekin uning boshini bog‘lashdi va maydonga qaytdi. |
| 54' | ![]() |
Poli maydonga qaytmaydi(((((. Sabunara uning o‘rniga maydonga tushadi. |
| 52' | ![]() |
Kaka qanotdan oldinga birdi va Poliga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Poli Kaseras bilan havodagi kurashda ustun keldi va bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq. Poliga juda noqulay tarzda maydonga yiqildi. |
| 50' | ![]() |
Pirlo jarima maydoni oldida to‘pni olob qo‘ydi va uni katta tezlikda oldinga borayotgan Tevesga uzatdi. Karlitos Taarabtdan kurashda ustun keldi hamda zarba berdi. Darvozabon o‘z o‘rnida. |
| 48' | ![]() |
Urdi Emanuyelson qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga yetkazib bermoqchi edi, lekin bu zarbaga aylandi va Buffon to‘pni egallab oldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. |
| 45' | ![]() |
Mana buning nomini aqlli futbol deyishadi. «Yuve» butun o‘yin ustunlikni berib qo‘ydi va gol urdi. Lixshtayner to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilardan o‘tib, to‘pni darvoza yaqinidagi Lyorentega uzatdi. Ispan esa bo‘sh darvozaga gol kiritdi. |
| 44' | ![]() |
Gooooooooooool |
| 43' | ![]() |
«Milan» raqib jarima maydoni ichid xohlaganini qilmoqda. Kaka himoyachilardan o‘tub, to‘pni qanotdan olginga borgan Poliga uzatdi. Uning zarbasi esa noaniq bo‘ldi. |
| 41' | ![]() |
Jarima maydoni ichida Passinini yolg‘iz qoldirishdi va hujumchi to‘pni qabul qilib olib, ta’qibda bo‘lishiga qaramay, zarba berdi, lekin Buffon o‘z o‘rnida. |
| 39' | ![]() |
O‘yinni kuzatish uchun Kevin-Prins Boateng yetib kelgan. |
| 37' | ![]() |
«Milan» burchakdan to‘p tepmoqda. Montolivo to‘p oldida. Uning to‘p uzatishidan keyin Odil Rami qoida buzdi. |
| 35' | ![]() |
Ohhooooooo. Kaka deyishadi bu yigitni. Kaka qanotdan to‘p qabul qilib oldi va ajoyib tazrda himoyachilarni chalg‘itgan holda to‘pni Montolivoga tashlab berdi. Rikardoning zarbasini Buffon qaytardi. |
| 33' | ![]() |
Emanuyelsonning zarbasidan keyin himoyachilarga tekkan to‘p jarima maydonidagi Poliga kelib tushdi. Polining zarbasiga esa aniqlik yetishmadi. |
| 30' | ![]() |
Odatda «Yuventus» to‘pni nazorat qilardi, lekin bugun «Milan» to‘pni egallab turibdi. |
| 27' | ![]() |
Nimalar bo‘lib ketdi????? Passini to‘pni egallab oldi va jarima maydoniga kirib bordi. U to‘pni Taarabtga tashlab berdi, uning zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga ikki marta Kaka zarba berdi. Himoyachilarga qoyil to‘pni qaytarishdi. |
| 25' | ![]() |
Madon markazida Bonera Tevesga nisbatan qoida buzdi.25 |
| 23' | ![]() |
Adel Taarabt ajoyib dribling bilan himoyachilarni aldab o‘tdi va to‘pni Abatega tashladi. Himoyachi to‘pni darvoza yaqiniga uzatgandi Buffon ishonchli o‘ynadi. |
| 21' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! «Milan» qamalda. «Yuve»ning navbatdagi hujumidan keyin darvoza yaqinidagi Bardzalli 2 metrdan to‘pga zarba berdi. Ishonish qiyin qanday qaytardi Abbyatti? Fantastik harakat. |
| 19' | ![]() |
Aytancha Teves o‘yindan oldin o‘g‘illik bo‘lganini e’lon qildi va gol ursa, o‘g‘li va ayoliga bag‘ishlar ekan. |
| 17' | ![]() |
Lyorente hamda Teves juda yaxshi o‘ynashmoqda. Havolatib uzatilgan to‘pni Lyorente egallab oldi va uni Tevesga tashlab berdi. Karlitosning zarbasini darvozabon ushlab oldi. |
| 15' | ![]() |
Hozircha o‘yin ancha xotirjam kechmoqda. Maydon markazi egallangani yo‘q. |
| 13' | ![]() |
«Milan»ning navbatdagi hujumi o‘ng qanotdan rivojlandi. Hujumchilar to‘pga yetmagacha to‘p qarama-qarshi qanotdagi Emanuyelsonga kelib tushdi, lekin Urdining zarbasi noaniq. |
| 11' | ![]() |
!!!!!!!!!!!! Uxxxxxxxx Passiniiiiiiii. To‘p havolatib darvoza yaqiniga uzatilgan edi. Passini bosh bilan uni Kakaga tashlab berdi. Kakaning zarbasini Buffon bartaraf etdi. |
| 9' | ![]() |
Yana Taarabt. «Milan»ga yangi kelib qo‘shilgan yarim himoyachi yana bir bor o‘z omadini darvoza yaqinidan izladi va Buffonni sinovdan o‘tkazdi. Lekin zarbaga aniqlik yetishmadi. |
| 7' | ![]() |
Lixshtayner qanotdan oldinga bordi va o‘z uslubida o‘tkir burchakda turishiga qaramay zarba berdi. Yaqin burchakka yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi. |
| 5' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!! Adel Taarabt juda yaxshi harakat qildi. Jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib oldi va darvozaga zarba yo‘lladi. Buffon o‘z o‘rnida. |
| 3' | ![]() |
Birinchi hujumni «Yuventus» amalga oshirdi. Teves maydon markazida to‘pni egallab oldi va to‘pni Assamoaga uzatdi. Lekin Assamoa to‘pni to‘xtata olmadi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Milan» hamda «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|