O‘zbekiston Superkubogi
| 7 mart, soat 15:00. «Jar» stadioni | ||
BUNYODKORA.Pishur (27)
V.Shodiyev (67) |
2 : 1 |
LOKOMOTIVV.Shevchenko (80)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Murod Zuhurov 2.Akmal Shorahmedov 4.Xayrulla Karimov 6.Anvar G‘ofurov, 8. Javlon Ibrohimov 11. Aleksandr Pishur 16. Karles Koto 24. Bahodir Pardayev 27. Sardor Sobirxo‘jav 33. Oleg Zoteev, 40. Sergey Simonenko |
1.Ignatiy Nesterov 22.Viktor Karpenko 19.Islom Inomov 4.Bobur Yo‘ldoshev 3.Evgeniy Gogol 16.Jasur Hasanov (kich) 88.Lutfulla To‘rayev 30.Dilshod Jabborov 8.Akmal Xolmatov 10.Farhod Tojiyev 99.Vyacheslav Shevchenko |
|
| ZAHIRA | ||
|
Pavel Bugalo Dilshod Jo‘rayev Alibobo Rahmatullayev Vohid Shodiyev Bobur Akbarov Sardor Rashidov Sahob Jo‘rayev |
Temur Jo‘rayev Islom To‘xtaxo‘jayev Ibrohim Rahimov Fozil Musayev Jasur Hasanov (kat.) Ivan Nagayev Sardor Mirzayev |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
O‘FF vise-prezidenti Sardor Rahmatullayev va O‘zPFL bosh direktori Farhod Magometov Superkubok va 50 mln.li chekni "Bunyodkor" sardori Xayrulla Karimovga topshirishdi |
| ' | Hozir maydonda taqdirlash marosimi o‘tkaziladi | |
| ' | "Bunyodkor" futbolchilari o‘z fan-klubiga minnatdorchilik bildirishdi | |
| ' | "Bunyodkor" - O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi! Shuningdek, O‘zPFL tomonidan "qaldirg‘ochlar" hisobiga 50 mln. so‘m miqdorida mukofot jamg‘armasi o‘tkazib beriladi | |
| 90+5' | ![]() |
Ana shu vaziyatda Ermatov o‘yinni yakunladi. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" - 1:2. |
| 90+5' | Jarima zarbasini himoyachilar qaytarishdi | |
| 90+4' | ![]() |
Xayrulla Karimovga sariq kartochka. Jarima zarbasi |
| 90+4' | ![]() |
So‘nggi 30 soniya |
| 90+3' | ![]() |
Jasur Hasanovning kattasi bu safar to‘pni o‘ng burchakdan o‘yin kiritdi. Shevchenko o‘tkir burchak ostida bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq |
| 90+2' | ![]() |
Katta Hasanov jarima maydonchasi ichida turgan Nagayevga to‘pni aniq uzatdi. Himoyachilar Vanyaga erkin o‘ynash imkonini berishmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | Kichik Hasanov o‘ng qanotdan jarima maydonchasi tomon yaqinlashib bordi va to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida turgan futbolchilarga yetkazdi. Ammo u joyda "Bunyodkor" vakillarini futbolchilani yopishga ulgurishgandi | |
| 88' | ![]() |
Karpenko 25 metrlardan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon zarba bergandi. To‘p himoyachilardan biriga tegib qaytdi |
| 88' | ![]() |
Vohid Shodiyev ogohlantirildi. Tezkor Hasanovni to‘xtatgani uchun |
| 87' | ![]() |
Shodiyeeeev!!! O‘yinga taqdirini hal qilishi mumkin edi. Darvozabon maydonchasi ichida to‘pni darvozaga bura olmadi |
| 86' | ![]() |
"Loko"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Nagayev shundoqqina 11 metrli nuqta atrofida to‘pni chap qanotda ochiq turgan katta HAsanovga uzatdi. Shorahmedov esa to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 85' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin esa to‘p darvozaga aniq yo‘llanmadi |
| 84' | ![]() |
Xayrullla Karimov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubormaganida, qanotdan uzatilgan to‘pni Nagayev darvozaga yo‘llashi mumkin edi |
| 83' | Eslatib o‘tamiz, mabodo o‘yinning asosiy vaqtida hisob tenglashadigan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt belgilanmaydi. Jamoalar darhol penaltilar seriyasida g‘olibni aniqlashadi! | |
| 82' | O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolmoqda. O‘yinga intriga qaytdi. | |
| 80' | ![]() |
Jasur Hasanov burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Vyacheslav Shevchenko bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 80' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooollll!!!!! |
| 79' | ![]() |
Shorahmedov o‘ng qanotdan hujumga o‘tib, qarama-qarshi qanotda Rashidov ochiq turganini ko‘rdi. Fikr yaxshi ediyu, ammo ijro yaxshi chiqmadi. To‘p maydonni tark etdi |
| 78' | ![]() |
Ivan Nagayev jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda zarba yo‘llashni maqsad qilib, Anvar G‘ofurovning yuziga tepib yubordi. Anvar o‘yinni davom ettirmoqda |
| 77' | ![]() |
"Loko" xavfli hujum tashkil etdi. Nagayev to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib, o‘ng qanotda ochilayotgan Karpenkoga uzatdi. Viktoring darvozabon maydonchasi tomon yo‘llagan to‘pini Karimov qaytarib qoldi |
| 75' | ![]() |
Alibobo maydonga tushgan zahoti to‘p bilan "Loko" jarima maydonchasiga yorib kirdi. Himoyachilar bir amallab undan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 75' | ![]() |
Pardayev o‘rniga o‘yinni Alibobo Rahmatullayev davom ettiradi |
| 72' | ![]() |
"Bunyodkor" futbolchisi Bahodir Pardayev jarohat olib maydonda yotgani uchun Karpenko to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 71' | ![]() |
Abramov va-bankka qo‘l urmoqda. Markaziy himoyachi Islom Inomov o‘rniga Fozil Musayev maydonga tushdi |
| 71' | ![]() |
Sardor Rashidov ijrosida chiroyli - qaychi uslubida zarba! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 68' | Zaxiradan maydonga tushgan Rashidov va Shodiyev jamoasining o‘yinini jonlantirishdi | |
| 67' | ![]() |
Sardor Rashidov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Shodiyev yengil tarzda uzatdi. To‘p esa Vohidning chap oyog‘iga "o‘tirdi" va Nesterov qo‘riqlayotgan darvoza to‘rini titradi! |
| 67' | ![]() |
Goooooooooooooooooollll!!!! Vohid Shodiyevdan supergol!!!! |
| 67' | ![]() |
Bobur Yo‘ldoshev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 66' | ![]() |
Qosimov ikkinchi o‘zgarishni amalga oshirdi. Oleg Zoteev maydonni tark etdi, Vohid Shodiyev maydonga tushirildi |
| 65' | ![]() |
Jasur Hasanov (kattasi) to‘pni jarima maydonchasiga yetkazayotganida to‘p Shorahmedovning qo‘liga tekkanini Ermatovga tushuntirishga harakat qildi |
| 62' | ![]() |
Shevchenkkkoooo!!! 4 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi!!! Chapaqay Hasanov chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. To‘p sakrab borgani uchun Zuhurov uni qaytara olmadi. Vyacheslav esa Zuhurov qarshisida turib, to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi |
| 61' | ![]() |
Nesterov jamoasini goldan qutqarmoqda. "Loko" maydonning o‘zlariga tegishli qismida to‘pni yo‘qotishdi va Sobirxo‘jayev o‘ng tomonda ochiq turgan Pishurga to‘pni yetkazdi. Aleksandrnign zarbasini Ignatiy egallab oldi |
| 60' | ![]() |
Karles Kotoni maydonni tark etdi. Sardor Rashidov o‘yinni davom ettiradi |
| 59' | ![]() |
Katta HAsanov burchak to‘pini amalga oshirdi. Zoteev to‘npni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi |
| 58' | ![]() |
O‘yinda qo‘polliklar oshmoqda. Islom Inomov Karles Kotoni "blokirovka" qilgani uchun ogohlantirildi. |
| 57' | ![]() |
Anvar G‘ofurov hujumchi Shevchenkoni to‘xtatgani uchun jarima to‘pi belgilandi. Anvarga bosh hakam og‘zaki ogohlantirish berdi. G‘ofurov hisobida sariq kartochka bor |
| 55' | ![]() |
Vux!!! "Bunyodkor"ga omad kulib boqdi. BUrchak to‘pidan keyin Gogol bosh bilan zarba berdi. To‘p esa avval yerga tegib, keyin darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
Shoahmedov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi |
| 53' | ![]() |
Chapaqay Hasanovni qo‘li bilan to‘xtatgani uchun Javlon Ibrohimov ogohlantirish oldi |
| 53' | ![]() |
Jasur Hasanov chap qanotdan oldingi o‘tdi va Shorahmedov bilan yelkama-elka kurash olib borib, jarima maydonchasi ichida yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan Ermatov penalti yo‘qligiga ishora qildi |
| 52' | Nesterov to‘p o‘ziga uzatilganidan keyin biroz qaltis harakat qildi. U jarima maydonchasi ichida Pishurni aldab o‘tdi. | |
| 52' | ![]() |
G‘ofurov ancha olis masofadan (boz ustiga qanotdan) zarba yo‘llashga qaror qildi. Noaniq |
| 50' | ![]() |
"Lokomotiv"ning bosimi ortib bormoqda. Karpenko to‘pni balandlatib jarima maydonchasiga uzatdi, qaytgan to‘pni esa Jabborov kuchli tarzda darvoza tomon yo‘naltirgandi. To‘p Simonenkoga tegib qaytdi |
| 49' | ![]() |
Jasur Hasanovlarning kattasi chap qanotda Shorahmedovning aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 49' | ![]() |
Pishurning zarbasiga Ignatiy ega chiqdi |
| 48' | ![]() |
"Temiryo‘lchilar"ning ikkinchi bo‘limdagi ilk zarbasi noaniq bo‘ldi. Jabborov 20 metrlardan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| 46' | ![]() |
"Loko"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Akmal Xolmatov o‘rniga katta Jasur Hasanov, Farhod Tojiyev o‘rniga Ivan Nagayev maydonga tushirildi |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limdagi so‘nggi hujumni "Loko" tashkil etdi. Xolmatov 20 metrlardan darvozaga aniq zarba bera olmadi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | "Bunyodkor"ning navbatdagi qarshi hujumi Sobirxo‘jayevning olis masofadan yo‘llagan zarbasi bilan yakunlandi. Nesterov to‘pni egallab oldi | |
| 43' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Viktor Karpenko to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi! |
| 42' | ![]() |
G‘ofurov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasida turgan Pishur tomon uzatgandi. Yo‘ldoshev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 41' | ![]() |
"Loko" maydon markazida to‘pni yo‘qotdi va Karles tezlik bilan jarima maydonchasi yaqinigacha kelib, darvoza tomon zarba bergandi, Yo‘ldoshev to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurdi. |
| 37' | ![]() |
Lutfulla To‘rayev ogohlantirish oldi. U "Bunyodkor"ning qarshi hujumini qoidaga xilof ravishda to‘xtatdi. Taktik fol |
| 35' | ![]() |
"Bunyodkor" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Zoteev to‘pni jarima maydonchasining o‘ng qanotida ochilgan Kotoga uzatdi. Karles uzatgan to‘pga esa "Loko" himoyachilar ega chiqishdi |
| 33' | ![]() |
"Lokomotiv" bir daqiqa ichida 2ta o‘ta xavfli hujum uyushtirdi. Avvaliga Tojiyev chiroyli pas bilan Shevchenkoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Biroq jarima maydonchasi ostonasida Xayrulla Karimov chiroyli tarzda to‘pni to‘xtatib qoldi. Ikkinchi vaziyatda esa o‘ng qanotdan yuqorilatib uzatilgan to‘pni Xolmatov qulay vaziyatdan darvozaga to‘g‘rilay olmadi |
| 32' | ![]() |
Jasur Hasanov tomonidan uzitilgan to‘pga Abramov shogirdlari zarba bera olishmadi |
| 31' | ![]() |
"Loko" burchak to‘pi ishladi |
| 30' | ![]() |
"Lokomotiv" a’zolari to‘pni yaxshi nazorat qilib, qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasi yaqinigacha kelishdi. Vyacheslav Shevchenkoning zarbasiga esa aniqlik yetishmadi |
| 27' | ![]() |
"Bunyodkor" qarshi hujum uyushtirdi va Pishur bir himoyachi qarshisida turib to‘pni chap qanotdan yordamga kelgan Karlesga uzatdi. Koto himoyachilardan birini aldab o‘tmoqchi bo‘lganida, qaytgan to‘pni Pardayev o‘zi bilan olib ketdi va qarama-qarshi qanotga uzatdi. PIshur esa darvozaning bo‘sh qolgan qismini osonlik bilan ishg‘ol qildi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOLLLLLL!!!!! |
| 25' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar"ning yana bir xavfli hujumi jarima maydonchasi ostonasida barham topdi |
| 23' | ![]() |
O‘yindagi tashabbus asta-sekin "Bunyodkor" tomoniga o‘tayotgandek. Ularning hujumlari dadilroq ko‘rinmoqda. Hozircha esa xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q |
| 21' | ![]() |
Simonenkoning kuchli zarba himoyachilardan birga tegib qaytdi |
| 21' | ![]() |
Bugun markaziy himoyachisi pozisiyasida o‘ynayotgan Inomov Pishurga nisbatan qoida buzdi. Darvozagacha 30 metrlar masofa bor |
| 20' | ![]() |
"Bunyodkor" maydon markazida raqibidan to‘pni olib qo‘yib, hujumga o‘tayotganida Bobur Yo‘ldoshev Ibrohimovga nisbatan chaqqonroq harakat qildi va to‘pni qaytardi. |
| 18' | O‘yin asosan maydon markazida. Jamoalar hujum o‘tishayotganidan to‘pni yo‘qotishmoqda | |
| 15' | ![]() |
Evgeniy Gogol darvozabon Nesterov uzatib bergan to‘pni to‘xtatib qola olmadi va natijada to‘pni Karles Kotoga to‘pni oldirdi. U qoida buzish evaziga "Bunyodkor"ning tezkor hujumini qaytardi. Ogohlantirish |
| 14' | Jarima zarbasi juda no‘noqlik bilan amalga oshirildi - ham kuchsiz, ham noaniq | |
| 13' | ![]() |
Xayrulla Karimov to‘pni qaytarishda oyog‘ini baland ko‘tarib, Shevchenkoning boshiga tepib yubordi. Jarima zarbasi. YE4 |
| 11' | ![]() |
Sobirxo‘jayevning noaniq uzatmasi tufayli "Bunyodkor"ning hujumi yakuniga yetmay qoldi |
| 10' | O‘yin tempini yuqori deb ayta olmaymiz hozircha. Futbolchilar ko‘proq aniqlikka e’tibor qaratishmoqda | |
| 8' | ![]() |
Anvar G‘ofurov chan qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga yerlatib uzatganida, Bobur Yo‘ldoshev to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Xolmatov Lutfulla To‘rayev bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq Akmalning so‘nggi uzatmasiga aniqlik yetishmadi |
| 7' | ![]() |
Anvar G‘ofurov asablarini jilolay olmadi va u ochiqchasiga Jasur Hasanov xavfli tashlandi. Dastlabki ogohlantirish |
| 4' | ![]() |
Abramov shogirdlari "qaldirg‘ochlar"ni to‘psiz yugurtirishga majbur qilishmoqda |
| 3' | ![]() |
To‘p bilan "Lokomotiv" muomala qilmoqda. Abramovning "imzo"si sezila boshladi. |
| 1' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar"ning ilk hujumi jarima maydonchasigacha yetib keldi. Chap qanotdan uzatilgan to‘p Pishurgacha yetib kelmadi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | O‘yinni "Lokomotiv" boshlab beradigan bo‘ldi | |
| ' | Jamoalar aylana hosil qilib, so‘nggi ahdlashuvni amalga oshirishdi | |
| ' | Bugun "Lokomotiv" qizil-qora-qizil rangli formada o‘ynasa, "Bunyodkor"ning formasi to‘laligacha oq | |
| ' | Hakamlar va jamoalar sardorlari o‘rtasida mini-qur’a o‘tkazildi. JAmoalar esdalik uchun suratga tushishdi. | |
| ' | O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda | |
| ' | Bugun "temiryo‘lchilar" rasmiy mezbon, shuning uchun "Loko" nomi birinchi bo‘lib tilga olinmoqda | |
| ' | ![]() |
Diqqat kutib olamiz, "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Barchangizni O‘zbekiston chempionatining 23-mavsumi boshlanayotgani bilan tabriklaymiz! | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|