Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 27-tur

8 mart, soat 20:00

VALYADOLID

F.Rossi (17)

1 : 0

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
Marinyo, Rukavina, Mitrovich, Valyente, Penya, Rueda, F. Rossi, Bergdish, Rubio, Gerra, Manushu.   Valdes, Dani Alves, Pike, Maskerano, Adriano, Buskets, Xavi, Fabregas, Pedro, Messi, Neymar.

Matn

90+4'
O‘yin tugadi
90'
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
87'
87-daqiqa davom etmoqda. «Barselona» to‘pni nazorat qilmoqda, lekin hamon 1:0.
84'
Messi o‘zi uchun juda qulay joydan jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin zarbani darvozabon egallab oldi.
81'
«Barselona» to‘pni raqib jarima maydoni atrofida aylantirib yuribdi. Hech qanday mantiq yo‘q o‘yinda. Futbolchilarning o‘yinning tezroq tugashini kutishmoqda.
78'
Hujum vaqtida Sanches qoida buzdi.
75'
Neymar o‘rniga Telyo tushdi.
74'
Pike o‘rniga Serxio Roberto tushdi.
73'
«Barselona» bugun juda kayfoyatsiz o‘ynamoqda. Jamoada ruhiyat yo‘q
70'
Maydon markazida Alvesga nisbatan qoida buzildi.
67'
Mezbonlar 22 metrlardan juda qulay jarima zarbasi berish imkoniga ega bo‘lishgani, lekin zarbaga aniqlik yetishmadi.
64'
Pikega sariq kartochka ko‘rsarildi.
61'
Fabregas o‘rniga Sanches tushdi.
58'
Neymar juda yaxshi vaziyatga ega bo‘lgan edi. Qanotdan yetkazib berilgan to‘pni havodan qabul qilib olgan hujumchi noaniq zarba yo‘lladi.
55'
Valente o‘rniga Sastre tushdi. Ikkisi ham «Barselona» tarbiyalanuvchilari.
52'
Navbatdagi hujum vaqtida Adriano to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va jarima zarbasi belgilandi.
49'
Ikkinchi bo‘limni «Barselona» juda faol boshladi. Messi markazdan oldinga bordi va jarima maydoni tashqarisidan juda kuchli zarba yo‘lladi, lekin darvozabon o‘z o‘rnida.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi
43'
«Barselona»ning hujumlariga yakun yetishmayapti.
40'
Neymar qanotdan oldinga bordi va markazga Seskga to‘pni tashlab berdi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi.
37'
Messi maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoniga kirmay juda kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida.
34'
Messi 25 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin o‘tgan galgiday chiqmadi.
31'
«Barselona» nima uchundir tushkun kayfiyatda harakat qilishmoqda. Balki Inyestaning oilasi bilan sodir bo‘lgan voqea shunga sabab bo‘layotgandir.
28'
Rossining zarbasi darvoza tepasidan o‘tib ketdi.
27'
Fabregas jarima maydoni yaqinida qoida buzdi va juda xavfli standart.
24'
«Barselona» yana katta ustunlik bilan to‘pni nazorat qilmoqda, lekin natija yo‘q
21'
Messi juda yaxshi harakat qildi va Neymarni darvozabon bilan birga-bir chiqarib yuborgan edi, lekin ofsayd qayd etildi.
18'
«Barselona» himoyasi SHARMANDALI golni o‘tkazib yubordi. Hech qanday to‘p uzatishlarsiz, rikashetlardan keyin Rossi Valdes qarshisida to‘p bilan qoldi va hisobni ochdi.
17'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
15'
Ortda qolgan vaqt davomida «Valyadolid» ikkinchi marta burchakdan to‘p tepmoqda. Xabaringiz bor, «Barselona» juda ko‘p holatlarda burchak zarbasidan keyin gol o‘tkazib yubormoqda.
12'
Messiiiiiiii. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Messi fantastik tezlik bilan himoyachlarni ortda qoldirdi va jarima maydoniga kirmay zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi.
9'
Mezbonlar qarshi hujumda «Barselona»ni ushlashlari mumkin edi. Hujumchi yolg‘zi o‘zi oldinga borayotganida hakam ofsaydni qayd qildi.
6'
Mezbonlar ilk marta to‘pni egallab olishdi va «Valyadolid»ning eng yaxshi to‘purari Xavi Gera to‘pni qabul qilib oldi va darvozaga yaqinlashib zarba berdi, lekin juda sekin.
3'
O‘yin boshlangandan buyon «Barselona» to‘pni nazorat qilish bilan band.
'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Barselona» hamda «Valyadolid» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.