Angliya Premyer-ligasi, 29-tur.
| 8 mart, soat 22:30 | ||
CHELSIEto'O (56)
Azar (60) Demba Ba (88, 90) |
4 : 0 |
TOTTENXEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Petr Chex 26.Jon Terri 24.Geri Kexill 02.Branislav Ivanovich 28.Sesar Aspilikueta 08.Frenk Lempard 21.Nemanya Matich 17.Eden Azar 07.Ramires 29.Samuel Eto'O 14.Andre Shyurrle |
25.Ugo Lyoris 05.Yan Vertongen 04.Yunes Kabul 20.Maykl Douson 16.Kayl Noton 02.Kayl Uoker 07.Aaron Lennon 22.Gilfi Sigurdsson 30.Sandro Kordeyro 10.Emmanuel Adebayor 42.Nabil Bentaleb |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90+2' | Ba 2 daqiqada ikkita gol urdi | |
| 90+1' | ![]() |
Jarima maydonida yana Ba faol bo‘ldi va Uokerni chalg‘itib darvozani ishg‘ol qildi. |
| 90' | ![]() |
Goooooooooooooool Yana Demba Ba. |
| 88' | ![]() |
Oskardan to‘pni qabul qilib olgan Ba osongina darvozani ishg‘ol qildi. |
| 87' | ![]() |
Gooooooooooooooooooool |
| 86' | ![]() |
Aspilikuyetta hujumni qaytarish vaqtida qo‘pollik qildi va sariq kartochka oldi. |
| 83' | ![]() |
Villian juda yaxshi o‘ynadi. To‘pni jarima maydoniga yaqin joyda Oskarga uzatdi. Oskarning zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 80' | ![]() |
!!!!!!!! Demba Ba hamda Sandro juda qaltis to‘qnashishdi. Futbolchilar maydonda yotishibdi. Ba o‘rnidan turdi, lekin Sandro hali ham yotibdi. |
| 77' | ![]() |
Samuel Eto'O o‘rniga Demba Ba maydonga tushmoqda. |
| 75' | ![]() |
«Chelsi»ning navbatdagi hujumi Azar orqali amalga oshdi. U to‘pni Villiandan qabul qilib oldi va Eto'Oga uzatdi. Hujumchidan esa to‘pni Sandro olib qo‘ydi. |
| 72' | ![]() |
Maydonda biroz to‘xtalish bo‘lib qoldi. Maykl Douson jarohat oldi va uning o‘rniga Frayers maydonga tushmoqda |
| 69' | ![]() |
Bu Eto'Oning klub doirasidagi 300-goli bo‘ldi. |
| 66' | ![]() |
Shyurle o‘rniga Villian tushdi. |
| 63' | ![]() |
Qobulga qizil kartochka ko‘rsatildi. |
| 62' | ![]() |
Yunus Qobul jarima maydoni ichida Samuel Eto'Oni to‘xtatib qoldi va penalti belgilandi. Penaltidan Azar unumli foydalandi. |
| 60' | ![]() |
Azaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaar 2:0 |
| 60' | ![]() |
Gooooooooooooooool |
| 60' | ![]() |
Kutilmaganda Vertongen yiqilib tushdi va to‘pni Shyurle olib qo‘ydi. U to‘pni Eto'Oga tashlab berildi. Samuel darvozabon bilan birga-bir chiqib, uning oyoqlari orasidan darvozaga yo‘lladi. |
| 58' | ![]() |
Samuel Eto'O o‘yinda hisobni ochdi. |
| 57' | ![]() |
Goooooooooooooooooooool |
| 56' | ![]() |
Douson to‘pni Notanga yetkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni yarim yo‘lda Azar egallab oldi va qarshi hujumga o‘tib ketayotganida Notan unga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Sariq kartochka. |
| 53' | ![]() |
Aspi qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va to‘pni jarima maydoni ichidagi Shyurlega uzatdi. Biroq nemis to‘pga yetolmadi. |
| 50' | ![]() |
Oskar qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi, lekin sheriklaridan hech kim to‘pga yetolmadi. |
| 48' | ![]() |
Lempard o‘rniga Oskar tushgan. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi. |
| 42' | ![]() |
Sandroga qarshi qo‘pollik uchun Lempardga sariq kartochka ko‘rsartildi. |
| 39' | ![]() |
O‘tgan o‘yinda uchta golga mualliflik qilgan Shyurle bugun ham juda katta xohish bilan maydonga tushgan. Barcha vaziyatlarda faol bo‘lishga harakat qilmoqda. |
| 36' | ![]() |
Vertongen qanotdan oldinga bordi va Keyxildan o‘tib, to‘pni Uokerga tashlab berayotganida Chex uni egallab oldi. |
| 33' | ![]() |
!!!!!!!!!!! «Chelsi» juda yaxshi hujumni amalga oshirdi. Eto'O maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va oldinga bordi. Chap qanotdan Shyurle katta tezlikda ochilayotgan edi, lekin Samuel o‘z o‘ng qanotdan olngiga bordi va zarba berdi. Noaniq. |
| 30' | ![]() |
Jarima maydoniga yetkazib berilgan to‘pga Matich bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq. Baribir ofsayd bor edi. |
| 26' | ![]() |
«Tottenhem» yana burchakdan to‘p tepdi. Sigurdsonning to‘p uzatishidan keyin Qobul to‘pga ulgurmadi. |
| 23' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! CHEX. Sandroning juda kuchli zarbasini Chex ajoyib harakat bilan bartaraf qildi. |
| 20' | ![]() |
Maydon markazida Matich Uokerni to‘xtatib qoldi. Sariq kartochkaga tortardi, lekin hakam jarima bilan kifoyalandi. |
| 17' | ![]() |
«Tottenhem» ikkinchi marta burchakdan to‘p tepmoqda. |
| 15' | ![]() |
«Tottenhem» juda yaxshi hujumni tashkillashtirdi. Adi havodan kelayotgan to‘pni bosh bilan Bentolibga tashlab berdi. Uning zarbasiga esa aniqlik yetishmadi. |
| 12' | ![]() |
Azar hamda Lempard juda yaxshi hujumni tashkillashtirishdi. Ularning to‘p uzatishlarini «shporlar» o‘qib qolishdi. |
| 10' | ![]() |
Jarima maydoniga yaqin joyda Bentolib qo‘pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. Ramires maydonda yotibdi. |
| 8' | ![]() |
Lennon qanotdan oldinga bordi va Ramiresni aldashga harakat qilib, burchak zarbasi ishlab oldi. |
| 6' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!! «Chelsi» fantastik tezlikda o‘yinni olib bormoqda. Yana Eto'O jarima maydoni ichida faollik ko‘rsatdi va himoyachilarni aldab to‘pni Azarga tashlab berdi. 10 metrlardan bo‘sh darvozani ishg‘ol qilishda Azarga aniqlik yetishmadi. |
| 3' | ![]() |
«Chelsi» o‘yinni juda katta tezlikda boshladi. Eto'O jarima maydoniga kirib bordi va Lyoris uni chaldi, lekin hakam ofsaydni qayd etdi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Chelsi» hamda «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni kuzatishga takli qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|