Osiyo chempionlar ligasi
| «B» guruhi, 2-tur. 11 mart, soat 17:00 | ||
BUNYODKORB.Pardayev (90+4)
|
1 : 2 |
AL-JAIShNilmar (34, 69)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.M.Zuhurov 2.A.Shorahmedov 4. X.Karimov 8.J.Ibrohimov 11.A.Pishur 14.V.Shodiyev 16.Karles Koto 21.S.Rashidov 23.S.Jo‘rayev 33.O.Zoteev 40.S.Simonenko |
33.A.Sufyon 5.M.al-Jabriy 7.V.Riziq 8.YU.Muftah 9.Nilmar 10.J.Kembo 12.M.Muhammad 14.M.Metnaniy 17.Ko Seul Ki 19.A.Abkar 21.A.Sanad |
|
| ZAHIRA | ||
|
5.D.Jo‘rayev 6.A.G‘ofurov 7.A.Rahmatullayev 18.B.Akbarov 24.B.Pardayev 27.S.Sobirxo‘jayev 45.A.To‘rayev |
3.A.Aish 6.R.Fayoz 11.D.Hassan 15.A.Adam 18.M.as-Sayid 20.V.Renan 91.S.al-Xatir |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. | |
| ' | Qosimov shogirdlarining Toshkentdagi g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi davom etdi. Endi "Qaldirg‘ochlar" ketma-ket 4ta durangdan keyin, o‘z maydonlarida yutqazishdi. | |
| ' | "Al-Jaish" g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi va "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi. Qatarliklar Toshkentdan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi. | |
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+4' | ![]() |
Gooooooolll! Hisob bittaga qisqarti. Pardayev bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi |
| 90+4' | ![]() |
Gol urish uchun eng so‘nggi imkoniyat. |
| 90+3' | Ikkinchi goldan keyin masala hal bo‘lib ulgurgandi. Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz bosim uyushtirishdi, ammo ikkinchi goldan keyin ular sustlashib ketishdi | |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Maydonda mezbonlardan faqatgina Rashidov faol o‘ynamoqda. Unda kuch bor. Hozir u raqib jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi, ammo penalti yo‘q |
| 88' | ![]() |
Zuhurovning oldinga chiqib ketganini ko‘rgan dohaliklar uning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘lishdi. Murod o‘z o‘rniga qaytishga ulgurdi va to‘pni egalladi |
| 87' | ![]() |
Bugun qatarliklar Pishurga hech qanday imkoniyat berishmayapti. Rashidov tomonidan qanotdan uzatilgan to‘pni Pishur darvozaga bura olmadi |
| 86' | ![]() |
Rami Fayoz maydonda paydo bo‘ldi. Jires Kembo maydonni tark etdi |
| 84' | Mehmonlar to‘pni qanday nazorat qilish kerakligini Qosimov shogirdlariga namuna ko‘rsatishmoqda | |
| 83' | "Al-Jaish" o‘yinni "o‘ldirish"ga, tempni tushirishga harakat qilmoqda va buni uddalamoqda | |
| 81' | ![]() |
Sardor Sobirxo‘jayev "sariq", to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 81' | ![]() |
Nilmar maydonni tark etdi. Abdulqodir Adam tushirildi. |
| 79' | ![]() |
Burchak to‘pini Bobur Akbarov bosh bilan Shodiyev tashlab berdi. Vohid esa 15 metrdan darvozaga to‘g‘ri zarba bera olmadi |
| 78' | ![]() |
Nihoyat Rashidov ijrosida darvoza tomon to‘g‘ri berilgan kuchli zarba guvohi bo‘ldik. Ahmad Sufyon to‘pni maydon tashqarisiiga chiqarib yubordi |
| 77' | ![]() |
Rashidov chap qanotdan hujumga o‘tdiyu, ammo to‘p yon chiziqni kesib o‘tdi |
| 76' | Simonenko to‘pni olis masoafaga yetkazib bera olar ekan... | |
| 75' | ![]() |
Muhammad as-Sayid maydonga tushdi, maydonni Majid Muhammad tark etdi |
| 74' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritildi, ammo hujumchilarimiz bo‘sh o‘ynashmoqda |
| 73' | "Bunyodkor" nimadir qilishga harakat qilmoqda. Hozircha hech narsa o‘xshamayapti | |
| 70' | ![]() |
Bugun Zuhurov juda bo‘sh o‘ynamoqda |
| 69' | ![]() |
GOooooooooooooooooooooolll! Sahobning qanotida yana o‘sha Nilmar o‘tkir burchak ostida gol urib ketmoqda! |
| 69' | ![]() |
Qosimov so‘nggi o‘zgarishni amalga oshirdi. Sahob Jo‘rayev maydonni tark etdi va Sardor Sobirxo‘jayev o‘yinni davom ettiradi |
| 67' | ![]() |
Karles Koto o‘ng qanotda to‘pni qabul qilib, ikki nafar himoyachi orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgandi. Ammo unga biroz tezlik yetishmadi |
| 66' | ![]() |
Ahmad Sufyon vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirish oldi |
| 64' | ![]() |
Karles Koto o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatgandi. Ammo Pishur bu uzatmani kutmagani uchun to‘pni yonidan o‘tkazib yubordi |
| 63' | ![]() |
Rashidov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi, ammo to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 62' | ![]() |
"Bunyodkor" chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshiradi |
| 59' | ![]() |
Pishur o‘ta noaniq zarba berdi... |
| 59' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini ishlashdi. Davrozagacha 35-37 metrlar bor.... |
| 58' | ![]() |
Oleg Zoteev maydonni tark etdi va Bahodir Pardayev o‘yinni davom ettiradi |
| 57' | ![]() |
Majid Muhammad chap qanotdan Shorahmedovdan o‘tib ketdi va to‘pni Nilmarga uzatdi. Braziliyalikning zarbasiga himoyachilarimiz "blok" qo‘yishdi |
| 56' | ![]() |
"Al-Jaish" to‘laligicha hujumga yotdi. Mudofaa qo‘rg‘onini yorib o‘tish qiyin bo‘lmoqda |
| 53' | "Bunyodkor"ning markaz bo‘ylab uyushtirgan hujumi so‘nggi damda markaziy himoyachilar o‘tmay qoldi. Aks holda hujumchilarimiz Sufyon biln randevuga chiqib borishardi | |
| 52' | ![]() |
Jamoa sardori vazifasini Pishur bajarmoqda |
| 46' | ![]() |
Demak, ikkinchi bo‘lim boshida Xayrulla Karimov o‘rniga Bobur Akbarov tushirilgan. To‘g‘ri qaror. |
| 51' | ![]() |
Bobur Akbarov burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan darvoza tomon burdi. Biroz noaniq. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
Oleg Zoteev o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatgandi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 49' | ![]() |
Juda zarur endi bo‘lim boshidagi tezkor gol! |
| 48' | ![]() |
Pishur chiroyli pas bilan Karlesni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Koto to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkaza olmadi. UStidan oshirish kerak edi! |
| 47' | ![]() |
To‘p "Bunyodkor" nazoratida bo‘lmoqda. Ibrohimovning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. "BUNYODKOR" - "AL-JAISh" - 0:1. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Bo‘lim so‘ngida mezbonlar tomonidan tashkil etilgan hujumni qatarliklarm muammosiz qaytarishdi |
| 44' | ![]() |
Ekoko va Nilmar jarima maydonchamiz ichida to‘pni bir-birlariga uzatib, kombinasiya tashkil qilishdi. Yaxshiyamki, vaziyat darvoza tomon zarba berishgacha yetib bormadi |
| 42' | ![]() |
Ekoko tomonidan 20 metrdan yo‘llagan zarbaga Zuhurov ega chiqdi |
| 41' | Xayrulla Karimovni hakam kechirdi ochiqchasiga. Bunaqada jamoa sardori o‘yinni oxirigacha yetkaza olmaydi. U jarima maydonchasi ostonasida Vesam Riziqni qo‘pol tarzda to‘xtatdi. Tan olish kerak, bu vaziyat "sariq"qa tortardi. Karimovni zudlik bilan almashtirish kerak! | |
| 40' | ![]() |
Simonenko deyarli maydon markazidan zarba berishga qaror qildi. Ammo to‘p regbi darvozasi tomon yo‘l oldi... |
| 38' | ![]() |
Qosimov shogirdlari endi bosimni oshirib borishayotgandi. Gol ularning shashtini pasaytirib, qatarliklarning ruhini ko‘tarib yubordi |
| 35' | Kutilmagan gol bo‘ldi. Nilmar to‘pni qabul qilib olayotganida Xayrulla Karimov noto‘g‘ri qarorga keldi. U pozisiya tanlab, Nilmarning qarorini kutmasdan, unga tashlanishga qaror qildi va braziliyalik futbolchi undan osonlik bilan qochib ketdi. Zuhurov ham bo‘sh harakat qilganini ta’kidlash lozim | |
| 34' | ![]() |
Nilmar o‘zining individual mahoratini namoyish qildi. U o‘zi tomon balandlatib uzatilgan to‘pni bosh bilan qaytardi va avval Karimovdan, keyin esa Simonenkodan osonlik bilan o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida Zuhurovning oyoqlari orasidan o‘tkazib, hisobni ochdi! |
| 34' | ![]() |
Gooooolllll!!!! |
| 31' | ![]() |
Mohd Metnaniy Ibrohimovning yuziga tirsagi bilan urgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi" |
| 31' | Rashidovning bu galgi zarbasiga sal kuch oshirib yuborildi. Davrozaning narigi tomoniga o‘tib ketdi | |
| 30' | ![]() |
Shorahmedov burchak to‘pi ishladi. |
| 29' | ![]() |
Xayrulla Karimov maydon markazidan to‘pni jarima maydonchasi atrofida turgan Pishurga to‘pni yetkazdi. Ukrainalik hujumchi to‘pni o‘z oldida turgan Shodiyevga ko‘kragi bilan uzatdi. Vohidning zarbasi unchalik kuchli chiqmadi. Sufyon egallab oldi to‘pni |
| 28' | ![]() |
Ana endi to‘p haqiqatan ham "qaldirg‘ochlar" ixtiyorida bo‘lmoqda |
| 26' | ![]() |
Mana shu ikki xavfli vaziyat mehmonlarning shashtini pasaytirishik kerak |
| 23' | ![]() |
Rashidooovv!!!! To‘pni burchak to‘pidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon aylantirdi. To‘p darvozabon qo‘llari ustidan o‘tib, darvozaga kirdi. To‘pni darvoza chizig‘i ichkarisida turgan himoyachi qaytardi. Takroriy lavha ko‘rsatdiki, to‘p ichkarida edi, ammo chiziqn to‘liq kesib o‘tdimi yoki yo‘qmi, buni payqash qiyin edi |
| 22' | ![]() |
Tanqidimizga javoban "Buyondkor" tezkor hujum tashkil qildi. Zoteev o‘ziga uzatilgan to‘pni bitta urinish bilan ikki himoyachining orasidan o‘tkazib, Shodiyevni jarima maydonchasiga boshladi. Vohid to‘pni darvozabon maydonchasidagi Pishurga uzatdi. Ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 21' | ![]() |
Hozircha Qosimovning o‘yindan oldin aytib o‘tgan "to‘pni nazorat qilish" haqidagi rejasi amalga oshmayapti. Hujum ham yaxshi tashkil qilinmayapti. |
| 19' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev jarima maydonchasi ichida Nilmardan to‘pni podkat uslubida olib qo‘ydi. Aks holda braziliyalik Zuhurov qarshisida yolg‘iz qolardi |
| 18' | ![]() |
Mohd Metnaniy jarima zarbasini amalga oshirishda, asosiy e’tiborni aniqlikka qaratdi. U maqsadiga yetdi - zarba aniq bo‘ldi (yuqori burchakka bordi), to‘pni esa Zuhurov egallab oldi! |
| 17' | ![]() |
Ibrohimov qoida buzdi. Buning uchun hakamdan og‘zaki ogohlantirish oldi. Darvozagacha 25 metr masofa bor. Suratda L3 zonasi |
| 16' | ![]() |
Xayrulla Karimov maydon markazida o‘zidan o‘tib ketayotgan raqibni yiqitgani uchun ogohlantirildi. Bizningcha, bu kerakmasdi, bu vaziyatda Akmal Shorahmedov "straxovka"da turgandi |
| 15' | Qatarliklar yaxshi formada ekani sezilib turibdi. Hozircha ular vakillarimizni o‘z taktikalariga bo‘ysindirishmoqda | |
| 14' | ![]() |
Majid Muhammad himoyachilarimiz orasida paydo bo‘lgan kichik yoriqdan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida jarima maydonchasida darvoza tomon zarba berdi. Murod to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Murod Zuxurov tepib yuborgan to‘p Pishurga kelib tushdi. Ammo ikki markaziy himoyachi birgalikda undan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 11' | ![]() |
Sahob oddiy joyda to‘pni yo‘qotdi. Kembo tomonidan yetkazilgan to‘pga esa legioner futbolchi yetib bora olmadi |
| 8' | ![]() |
Aleksandr Pishur jamooadoshlari yetkazgan to‘pni qabul qildi, oldinga bordi va jarima maydonchasining burchagidan darvoza tomon zarba berdi. Ahmad Sufyon to‘pni mushtlari bilan qaytarib yubordi |
| 7' | ![]() |
"Jaish"ning yana bir xavfli hujumi. BU safar yarim himoyachi chap qanotdan hujumga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Baxtimizga, darvozabon maydonchasidagi hujumchi to‘pga yeta olmadi |
| 6' | ![]() |
Xavfli bo‘ldi jarima zarbasi. Ali Sanad yetkazib bergan to‘pga Yusuf Muftahning boshi yaxshi tegmay qoldi. Darvozaning olis ustuni yonida turgan Shodiyev to‘pni qaytardi |
| 5' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev chap qanotda raqib hujumchisiga nisbatan qoida buzdi. JArima maydonchasi va burchak oralig‘idan jarima zarbasi |
| 2' | ![]() |
"BUnyodkor" ham o‘zining ilk hujumini tashkil etdi. Sardor Rashidov chap qanotda ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Pishur tomon uzatgandi, himoyachi to‘pni qaytarib yubordi. Aks holda Aleksandr darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qolardi |
| 1' | ![]() |
Qatarliklar birinchi hujumni tashkil etishdi. MAjid MUhammad jarima maydonchasiga kirishda Xayrulla Karimovni turtib yiqitdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi!!! |
| ' | O‘yinni "Al-Jaish" boshlab beradigan bo‘ldi | |
| ' | Jamoalar doira hosil qilib, o‘yinni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishmoqda | |
| ' | Birinchi bo‘limda "qaldirg‘ochlar" maydonning o‘ng tomonidagi darvozani qo‘riqlashadi. | |
| ' | "Bunyodkor" bugun oq rangli futbolkada o‘ynasa, "Al-Jaish" esa to‘q qizil rangli formada harakat qilishadi | |
| ' | ![]() |
Diqqat qiling, jamoalar va uchrashuv rasmiylari maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Futbolchilar stadionga chiqishga tayyorlanishmoqda. |
| ' | ![]() |
Futbolchilar oxirgi mashg‘ulotlarni yakunlashdi va oxirgi ko‘rsatmalarni olish uchun kirib ketishdi. |
| ' | "Bunyodkor" ilk marta Qatar jamoasiga qarshi maydonga tusharkan. Qiziq holat | |
| ' | ![]() |
Bugun ham «Paxtakor» stadionida muxlislar juda juda kam. Futbolchilar qizg‘inlik bilan mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Bugun Mirjalol Qosimov Sahob Jo‘rayevni asosiy tarkibda maydonga tushirgan, shuning uchun Sahib hammadan faol shug‘ullanmoqda. |
| ' | Jamoa 2013 yilda o‘z uyidagi barcha 4ta o‘yinda durang o‘ynagan bo‘lsa, 2012 yili yarim finalda "Ulsan Xyonde"ga yutqazgandi | |
| ' | "Bunyodkor" OCHL doirasida 5ta rasmiy o‘yindan beri o‘z uyida g‘alaba qozona olmayotgan ekan | |
| ' | Jamoalar hozir maydonda chigalyozdi mashg‘ulotlarini olib borishmoqda | |
| ' | Boisi, bugungi g‘alaba ularning guruhdan chiqish imkoniyatlarini bir muncha oshiradi. Ikkinchidan esa Qosimov shogirdlari "Nasaf" uchun ham Al-Jaish" alam olishlari lozim | |
| ' | "Qaldirg‘ochlar" dastlabki turda durang bilan qaytishdi. Bugun esa ular g‘alaba qozonishlari shart | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Barchangizni "Bunyodkor" ishtirokidagi xalqaro o‘yinni biz bilan birga kuzatib borishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|