Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final
| Javob uchrashuv. 12 mart, soat 00:45 | ||
BAVARIYaShvaynshtayger (52)
|
1 : 1 |
ARSENALPodolski (57)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Noyer 4.Dante 21.Lam (S) 6.Alkantara 7.Riberi 8.Xavi Martines 10.Robben 19.Gyotse 27.Alaba 31.Shvaynshtayger 9.Manjukich |
21.Fabyanski 3.Sanya 4.Mertecaker (S) 5.Vermalen 6.Kosyelni 8.Arteta 11.O‘zil 15.Oksleyd-Chemberlen 19.Santi Kasorla 9.Podolski 12.Jiru |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. «Bavariya» keyngi bosqichda |
| 90' | ![]() |
FABIANSKI!!!!!!!! Darvozabon to‘pni qaytardi. |
| 89' | ![]() |
Loran Kosyelni Robbenni jarima maydoni ichida to‘xtatib qoldi. Penalti. |
| 87' | ![]() |
Tomas Myuller Riberining o‘rniga maydonga tushdi |
| 86' | ![]() |
Okslan Chemberlen o‘rniga Flamini tushdi |
| 84' | ![]() |
Riberiga qarshi qo‘pollik uchun Vermalenga sariq kartochka |
| 82' | ![]() |
Podolski juda yaxshi harakat qildi va jarima maydoniga kirmay zarba berdi. Noyer o‘z o‘rnida. |
| 80' | ![]() |
Podolskiga qarshi qo‘pollik uchun Xavi Martinesga sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 79' | ![]() |
Arteta o‘rniga Nabri tushdi. |
| 76' | ![]() |
Robben o‘z odatiga ko‘ra qanotda to‘pni egallab oldi va markazga o‘tgan holda zarba berdi, biroq zarbasi kuchsiz chiqdi. |
| 73' | ![]() |
Hozirgacha «Bavariya» 10ta zarba berdi, «Arsenal» esa 4ta. |
| 70' | ![]() |
!!!!!!!!!!! Noyer juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U to‘pni himoyachiga uzatib bermoqchi bo‘ldi, lekin «Arsenal» futbolchisi to‘pni egallab oldi. Yaxshiyam Martines to‘pni maydondan chiqarib yubordi. |
| 66' | ![]() |
«Bavariya» yana to‘pni nazorat qilishni boshladi. |
| 63' | ![]() |
Podolski bugun o‘zini jentelmenlarcha tutmayapti. Endi u Mandjukichga qarshi qo‘pol o‘ynadi. |
| 60' | ![]() |
Mario Gyotse o‘rniga Tomas Myuller tushdi. |
| 58' | ![]() |
Lukas Podolski Filip Lamni yiqitib yaqin burchakni aniq nishonga oldi. Hakamlarga qoyil qolmadim. Buni gol deyishga ham til bormaydi. Bu halol o‘yin emas LUKAS!!!! |
| 56' | ![]() |
Goooooooool Goooooooool Gooooooooooooool |
| 53' | ![]() |
O‘tgan mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Frank Riberi juda yaxshi harakat qildi va qanotdan himoyachilarni ortda qoldirgan holda to‘pni darvoza yaqinidagi Shvaynshtaygerga uzatdi. Shvayni esa darvozabonni bir tomonga qulatib, o‘zi bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi. |
| 52' | ![]() |
Goooooooooooool |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim avvalida ketma-ket ikkita qo‘pol podkatga guvoh bo‘ldik. Hakam Danteni ayadi, U Jiruga nisbatan juda qo‘pol o‘ynagan edi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga hech qancha qo‘shib berilmadi. Tanaffus. |
| 43' | ![]() |
«Arsenal» uch kun oldin «Everton»ga qarshi o‘yinda O‘zilsiz ham juda yaxshi harakat qildi. Bugun O‘zil safda, lekin «Arsenal»ning o‘yini o‘xshamaypti. Temp juda sust. Bu holat «Bavariya»ni qoniqtirishi aniq. |
| 40' | ![]() |
Mario Gyotse qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydonidagi Mario Mandjukichga havolatib uzatdi. Hujumchining boshi bilan berga zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 37' | ![]() |
Davi Alava jarima maydoniga kirmay zarba yo‘lladi, lekin zarba juda kuchsiz chiqdi. Bu holatdan Gvardiolaning jahli chiqdi va boshini changallab qoldi. |
| 34' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha 67:33 «Bavariya» foydasiga. |
| 31' | ![]() |
«Arsenal»ning burchak zarbasi xavfli bo‘ldi. Kasorlaning to‘p uzatishidan keyin futbolchilardan biri bosh bilan zarba berdi, lekin Noyer o‘z o‘rnida. |
| 30' | ![]() |
4 daqiqa ichida «Arsenal» futbolchilari uchta sariq kartochka olishdi. |
| 29' | ![]() |
Maydon markazida Mikel Arteta Tiagoga qarshi qo‘pol o‘ynadi va yana bir sariq kartochka. |
| 28' | ![]() |
Vaziyatlardan birida odobsizlarcha harakat qilgan Lukas Podolskiga sariq kartochka ko‘rsarsatildi. |
| 27' | ![]() |
Jarima zarbasi amalga oshirilgandan keyin Xavi Martines bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi, lekin hakam ofsaydni qayd etdi. |
| 26' | ![]() |
Lamga qarshi qo‘pollik uchun Vermallenga sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 24' | ![]() |
«Arsenal»ga gol kerak, lekin jamoa hujumga borishga shoshmayapti. Oldinga faqat Jiru havodan kelayotgan to‘plar bilan ovora. |
| 21' | ![]() |
«Arsenal» burchakdan to‘p tepdi, lekin hech qanday samara bo‘lmadi. Qarshi hujumda esa Robben faol harakat qildi va jarima maydoniga kirmay zarba berdi. Ozgina noaniq. |
| 18' | ![]() |
Maydonda aytarli hech qanday voqea sodir bo‘lgani yo‘q. «Bavariya» katta ustunlik bilan to‘pni o‘zida ushlab turibdi. |
| 15' | ![]() |
Raqib hujumini qaytarish chog‘ida Pyer Mertazaker juda xavfli harakat qildi. U chalqancha uslubda to‘pni tepib yubordi va yerga qo‘li bilan noqulay yiqildi. |
| 13' | ![]() |
«Bavariya» to‘pni nazorat qilishni boshlab yubordi. Shu o‘rinda bir fakt. Gvardiola murabbiylik faoliyatida 16ta sovrinni qo‘lga kiritigan ekan. Arsen Venger esa 15ta. |
| 11' | ![]() |
Dante agar jamoasi chorak finalga chiqsa, birinchi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. |
| 9' | ![]() |
Oksland Chemberlenga qarshi juda qo‘pol o‘ynagan Bomfis Dante sariq kartochka oldi. |
| 7' | ![]() |
O‘tgan yilgi «Arsenal»ning g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda Jiru 3-daqiqada gol urgan va tez gol o‘yinga jiddiy ta’sir qilgan edi, lekin bu safar tez gol bo‘lmadi. O‘yinning dastlabki qismi juda xotirjam tarzda o‘tmoqda. «Bavariya» ikki marta burchakdan to‘p tepdi va har gal samarasiz. |
| 5' | ![]() |
Shvaynshtayger maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoniga yaqinlashib juda kuchli zarba yo‘lladi. Fabianski o‘z o‘rnida. |
| 3' | ![]() |
«Bavariya» ilk daqiqalardanoq hujumga o‘tdi. Mario Mandjukich jarima maydoniga kirib borayotganida uni to‘xtatib qolishdi. |
| 1' | ![]() |
«Arsenal» futbolchilari o‘yinni boshlab berishdi. |
| ' | ![]() |
Har ikki jamoadagi bitta terma jamoada o‘ynovchi futbolchilar bir-birlarini o‘yin bilan qutlashdi. |
| ' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | ![]() |
Londondagi birinchi o‘yinda «Bavariya» Toni Kroos hamda Tomas Myullerlarning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Lekin bu bilan hamma masala hal bo‘lgan deya olmaymiz. Chunki o‘tgan mavsumda ham jamoalar chempionlar ligasida to‘qnash kelishgan va Lodnonda «Bavariya» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi, lekin Myunxenda «Arsenal» juda zo‘r o‘yin ko‘rsatib, 2:0 hisobida zafar quchgandi. Shunday ekan bugun ham Arsen Venger jamoasidan nimadir kutishga haqqimiz bor. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislarni sizlarni «Bavariya» hamda «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi chemoionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinini onlayn kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|