Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final
| Javob uchrashuv. 12 mart, soat 00:45 | ||
ATLETIKODiyego Kosta (3, 85)
Arda Turon (40) Raul Garsiya (71) |
4 : 1 |
MILANKaka (27)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Kurtua 2.Godin 3.Filipe Luis 20.Xuanfran 23.Miranda 4.Mario Suares 6.Koke 8.Raul Garsiya 10.Arda Turon 14.Gabi (S) 19.Diyego Kosta |
32.Abbyati 13.Rami 20.Abate 25.Bonera 15.Essyen 16.Poli 28.Emanuelson 34.N.de Yong 22.Kaka (S) 27.Taarabt 45.Balotelli |
|
Matn
| ' | Italiyaning YECHLdagi yagona vakili esa o‘z yurishini nimchorak finalda to‘xtatdi. Buyog‘iga musobaqa italyanlarsiz davom etadi. | |
| 90+3' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! "Atletiko" chorak finalga yo‘l oldi. |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi, xolos |
| 90' | ![]() |
Kaka 20-22 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p esa darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
Madridliklar o‘z baxtlarini hujumdan izlashdi va Diyego Kosta jamoadoshining oyog‘idan to‘pni olib qo‘ydiyu, o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, olis ustunni nishonga oldi. To‘p esa ustun orqali to‘rga borib tushdi. |
| 85' | ![]() |
Goooooooooooooooooolllll!!! |
| 83' | ![]() |
Balotelli jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, to‘pni Passini yetkazdi. Ammo u himoyachini aldab o‘tish chog‘ida to‘pni yo‘qotdi |
| 81' | Siyeone shogirdlari maydinning raqib tomonida "Milan"ga pressing uyushtirmoqda. Ular ortga qaytishni o‘ylashmayapti | |
| 79' | ![]() |
Charchagan De Yong maydonni tark etdi. Muntariy o‘yinni davom ettiradi |
| 78' | ![]() |
Mezbonlar safida o‘zgarish. Arda Turon maydonni tark etdi. Kristian Rodriges tushirildi |
| 74' | ![]() |
Robinyo ogohlantirish oldi. U Gabining orqasida tepdi. 70-daqiqada esa "Milan"ning boshqa futbolchisi Bonera ham ogohlantirish olgandi |
| 73' | ![]() |
"Milan" darhol xavfli hujum bilan zarba berdi. Mehmonlar Kakaga jarima maydonchasining burchagidan zarba yo‘llash imkonini berishdi. Barchadan ilgari harakat qilgan Robinyo to‘pni darvoza tomon burdi. Ammo to‘p Kurtua qo‘riqlayotgan darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 72' | ![]() |
Raul Garsiya maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Sosa tushirildi |
| 71' | ![]() |
Bu safar standart vaziyat mezbonlarga qo‘l keldi. Raul Garsiya jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni bosh bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. |
| 71' | ![]() |
Goooooolllll! Bo‘ldi, "Atletiko" - chorak finalda! |
| 67' | ![]() |
Robinyo qanotda Xuanfranni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozaning yaiqn burchagi tomon kuchli zarba berdi. Kurtua bir qo‘li bilan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 64' | ![]() |
Raul Garsiya mehmonlar jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llashga qaror qildi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 62' | ![]() |
Endi "Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Madridlik hujumchilarga nisbatan chaqqonroq o‘ynashdi bu safar mezbonlar |
| 61' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘p esa Kurtuaga nasib qildi |
| 60' | ![]() |
Mehmonlar jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. 25-30 metrlar masofa. Balotellining zarbasi jonli devorga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 57' | Maydon tashqarisida Suarezning boshiga bint o‘rashmoqda | |
| 56' | ![]() |
"Atletiko" himoyachisi Suarez Essyen bilan havodagi to‘p uchun kurashda jarohat oldi. Kurtua to‘pni ataylab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 53' | "Milan" hujum tashkil qilishga qiynalmoqda. Mezbonlar vaziyatni yaxshi nazorat qilishmoqda | |
| 48' | ![]() |
... va tezkor qarshi uyushtirishdi. Xuanfran jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib maydonni tark etdi! |
| 47' | ![]() |
"Milan" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi va ... |
| 46' | ![]() |
Diyego Kosta o‘tkir burchak ostidan darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. Bugun "Al-Jaish" hujumchisi Nilmar shunga o‘xshash vaziyatda Zuhurovni dog‘da qoldira oldi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' | Arda Turonning goli "Milan" uchun kutilmagan bo‘ldi. Rekoshet mezbonlar joniga oro kirdi, deyish mumkin. | |
| 45+4' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI |
| 45+3' | ![]() |
"Milan" qarshi hujum uyushtirishga muvaffaq bo‘ldi. Balotelli jarima maydonchasi yaqinida to‘pni qabul qilib olgandi, ammo raqib hududiga kirish unga nasib qilmadi. Himoyachiga to‘pni oldirdi |
| 45+2' | ![]() |
Hakam keskin e’tiroz bildirgani uchun Balotelli ogohlantirish oldi. "Milan" chorak finalga chiqsa, Mario maydonga tusha olmaydi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Arda Turon yana bir zarba berdi. Bu safar Abbyati ishonchli o‘ynadi |
| 43' | ![]() |
Raul Garsiiiiyayaya!!!! Vuh, juda chiroyli gol muallifiga aylanishiga sal qoldi! O‘ng qanotdan yumshoqqina yetkazib berilgan to‘pni yarim himoyachi 11 metrli nuqta atrofida chalqancha uslubda darvozag yo‘lladi. Uning zarbasi birozgina noaniq bo‘ldi. |
| 41' | ![]() |
Arda Turonning 19 metrlardan yo‘lagan zarbasi Odil Ramining oyog‘iga tegdi va Abbyati uchun noqulay trayektoriya bilan darvozaning yuqori burchagiga borib tushdi |
| 40' | ![]() |
Arda Turon madridliklarni hisobda oldinga olib chiqmoqda!!! |
| 40' | ![]() |
GOooooooooooooooooooooooollll!!! |
| 38' | ![]() |
Hakam Mark Klatenburg "Milan" himoyachisi Nayjl de Yongni kechirdi. U o‘ta qo‘pol harakat qilgandi |
| 38' | ![]() |
"Milan" navbatdagi hujumini tezlikda amalga oshirdi. Ammo jarima maydonchasi tomon yerlatib uzatilgan to‘p o‘tmay qoldi. Aks holda milanliklar bir necha nafar futbolchi to‘pni egallashga tayyor edi |
| 36' | ![]() |
Vuuuhhhhh! Kaka yana bir gol urishi mumkin edi. U bu safar ham bosh bilan zarba bera oldi! 5-6 metrlardan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
"Milan" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 33' | ![]() |
Mehmonlar o‘zlarini ancha yaxshi his qila boshladilar |
| 28' | ![]() |
Hisob - 1:1. Yana bitta gol milanliklarni chorak finalga olib chiqadi. O‘yinga intriga qaytdi. Italiyaliklar o‘z vaqtida noqulay ahvoldan chiqib keta olishdi |
| 27' | ![]() |
Nazarimizda, mezbonlar o‘zlarining g‘alabalariga erta ishonib yuborishdi! Yayarim himoyachi Poli to‘pni o‘ng qanotda qabul qilib oldi va chiroyli tarzda uni olis ustun tomonga uzatdi. Kaka esa hech qanday muammosiz bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Kurtua ushbu zarba oldida ojiz edi. |
| 27' | ![]() |
Gooooooooooooollll!!!!! |
| 25' | Balotelli "Atletiko" himoyachisi bilan to‘qnashuvdan keyin tezda o‘rnidan tura olmadi. Hozircha unga nisbatan xushyor o‘ynashmoqda madridliklar. | |
| 20' | ![]() |
O‘yindagi tashabbus to‘laligicha mezbonlar tomonida. Italiyaliklar hozircha hech narsa qila olishmayapti |
| 17' | ![]() |
Balotelli chap qanotga yaqin joyda standart ishladi va uni o‘zi amalga oshirdi. Hujumchining zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. To‘pni o‘ziga qabul qilgan Diyego Kosta yengil nokdaun holatiga tushdi. |
| 13' | ![]() |
"Milan" o‘ziga kela boshlayapti. Taarabt o‘z texnikasini namoyish qilib, mezbonlar himoya chizig‘iga bosim o‘tkazmoqda. Hozircha "matraschilar" mudofaa chizig‘i ishonchli o‘ynamoqda. |
| 9' | ![]() |
Zeedorf shogirdlari raqibdan to‘pni olib qo‘yishning uddasidan chiqa olishmayapti. Ular faqat qoida buzishga majbur bo‘lishmoqda. "Atletiko" yana bir jarima to‘pini bu safar o‘ng qanotdan o‘yinga kiritishdi. Koke yetkazib bergan to‘pni Godin darvoza tomon burishga harakat qildi. Noaniq. |
| 8' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan standartni amalga oshirishdi. To‘p o‘ngroqqa yetkazildi. Xuanfran bosh bilan to‘pni jarima maydonchasiga yo‘naltirgan edi, "Milan" darvozaboni to‘pni egallab oldi. |
| 7' | ![]() |
Bu safar "Milan" himoyachisi Odil Rami hujumchi Diyego Kostaga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun ogohlantirish oldi. |
| 5' | ![]() |
Raul Garsiya Balotelliga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Bunday holatda raqibiga jarohat yetkazishi hech gap emas. Hakam "Atletiko" futbolchisiga ogohlantirish berdi. U endi jamoasining keyingi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. |
| 5' | Ko‘ramiz, italiyaliklar bunday zarbadan o‘zlariga kela olishni uddalay olarmikinlar | |
| 4' | ![]() |
Koke o‘ng qanotda to‘ni qabul qilib olib, jarima maydonchasi tomon yaqinlashib bordi va to‘pni yumshoq tarzda darvozaning olis ustuni tomon uzatdi. "Milan" himoyachilari Diyego Kostani yolg‘iz qoldirishdi. U esa yiqilayotib Abbyati darvozasini ishg‘ol qildi. |
| 3' | ![]() |
Madridliklar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishmoqda. Diyego Kosta "Milan" darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinda intrigina ancha erta o‘ldirmoqda... |
| 3' | ![]() |
Goooooooooooooooooooolll!!! |
| 1' | Zeedorf "Real"da o‘ynayotgan pastda "Visente Kalderon" stadionida o‘ynagan. Bu stadion "Milan" ustoziga begona emas. Jamoalar shoshmasdan o‘yinni boshlashdi. | |
| 1' | ![]() |
BOSHLADIK! |
| ' | Jamoalar maydonda saf tortishdi | |
| ' | Tan olish kerak, Milanda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuv biroz zerikarli bo‘lgandi. Bugun esa bunday bo‘lmasligi aniq. Boisi, milanliklar oldinga borishga, tavakkal qilishga majburlar | |
| ' | Lekin har ikkala jamoa bu o‘yinlarda o‘zlarining asosiy o‘yinchilariga dam berishga qaror qilishdi. | |
| ' | "Atletiko" La-liganing navbatdagi turida 3 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Milan" yana yutqazdi. Shu bois jamoalarning hozirgi holati va kayfiyati turlicha | |
| ' | Dastlabki o‘yinda "Atletiko" Milandan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi. Zeedorf hali hech narsa yo‘qotilmanini, jamoa oxirigacha kurishishini ma’lum qildi | |
| ' | Barchangizni yevrofutbolga taklif qilamiz | |
| ' | Yana bir bor assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|