Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final
| Javob uchrashuv. 13 mart, soat 00:45 | ||
PSJMarkinyos (13)
Lavessi (53) |
2 : 1 |
BAYERSem (6)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
30.Salvatore Sirigu 02.Tyago Silva 05.Markinyos 21.Lyuka Din 26.Kristof Jalle 25.Adriyen Rabiot 27.Xavyer Pastore 04.Yoan Kabay 22.Esekyel Lavessi 09.Edinson Kavani 10.Zlatan Ibrohimovich |
01.Bernd Leno 04.Filipp Vollshayd 21.Omer Toprak 26.Julio Donati 27.Gonsalo Kastro 03.Shtefan Raynars 06.Simon Rolfes 20.Xose Guardado 10.Emre Kan 18.Sidney Sam 09.Eren Derdiyok |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI. "PSJ" - "Bayer" - 2:1. Umumiy hisob - 5:1 |
| 90+3' | ![]() |
Hakam bugun sariq kartochkalarni ko‘paytirib yubordi. Zaxiradan tushgan Vagener ham ogohlantirish oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Mehmonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Darvozagacha 25 metrlar masofa bor |
| 85' | ![]() |
Kavani o‘rniga Kamara tushirildi |
| 84' | ![]() |
Ohohoho!!! Pastore birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. Joyida qimirlamagan darvozabon to‘pni qaytardi! |
| 82' | ![]() |
Loran Blan shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. Jamoalar o‘yin tugashini kutishmoqda ochig‘i |
| 79' | ![]() |
"PSJ" futbolchisi Rabiot ogohlantirish oldi. |
| 79' | Qizil kartochkagacha leverkuzenliklar chiroyli o‘ynashayotgandi. Endi esa o‘yin tempi tushdi | |
| 77' | ![]() |
Nemislar so‘nggi o‘zgarishni qilishdi. Raynars maydondan chiqib ketdi, o‘rniga Maksimilian Vagener tushirildi |
| 75' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligicha mezbonlar tomoniga o‘tdi. Bugun ham yirik hisob qayd etilsa ajab emas |
| 72' | ![]() |
Ibrohimovich maydonni tark etdi. Jeremi Menez o‘yinni davom ettiradi |
| 71' | ![]() |
Edison Kavani jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib oldi, ammo zarba berishda biroz kech qoldi. HImoyachi zarba yo‘liga oyoq qo‘yishga ulgurdi |
| 68' | ![]() |
"Bayer" maydonda bir kishi kam bo‘lib qolmoqda. Emre Jan ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi |
| 67' | ![]() |
"Bayer" birdaniga ikkita o‘zgarish qildi. Maydonga koreyalik Son Xeung Min ham tushdi |
| 64' | ![]() |
ohhooooo!!!! Zlatandek futbolchi bunday vaziyatni golga aylantirishi shart! Ibra darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda 11 metrli nuqta atrofidan to‘pni balandlatib tepib yubordi |
| 63' | ![]() |
"PSJ"da o‘yinchi almashtirildi. Lavessi maydonni tark etdi, Lukas tushirildi. |
| 62' | ![]() |
Ohoohoho!!! Bu safar ham mezbonlar tomonida bo‘ldi. "Bayer" hujumchisi Eren Derdiyo‘q jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib oldi va o‘tkir burchak ostida bo‘lgani uchun to‘pni darvozabon yonidan o‘tkazib sherigiga uzatayotganida parijlik himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 58' | ![]() |
Mehmonlarning yana bir hujumi bu safar zarba bilan yakunlandi. Darvozabon to‘pni qaytardi va takroriy zarbani ham egallab oldi. To‘g‘ri, takroriy zarba o‘tkir burchak ostida kuchsizroq berilgandi |
| 57' | ![]() |
Leverkuzenliklar chiroyli o‘ynashmoqda. Ularda ortiqcha bosim yo‘q, nazarimizda, ular muxlislar uchun o‘ynashmoqda |
| 55' | ![]() |
Vuuuhhhhhhh! "Bayer"ning yana bir "barselonacha" hujumidan keyin omad mezbonlarga kulib boqdi. To‘p shundoqqina darvoza ustunini "yalab" o‘tib ketdi. Chiroyli gol bo‘lardi... |
| 53' | ![]() |
"PSJ" o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va Pastore yetkazib bergan to‘pni Lavessi darvozaning yaqin burchagiga joylab qo‘ydi. Leno to‘pga reaksiya ko‘rsata olmadi |
| 53' | ![]() |
Goooooollllll!!!! |
| 52' | ![]() |
Germaniyaliklarning yana bir hujumchisi Jan ogohlantirildi |
| 51' | ![]() |
"Bayer" "barselonacha" hujum tashkil qildi - jarima maydonchasi tashqarisida va ichida qisqa paslar orqali zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqishga harakat qildi, ammo parijliklar bunga imkon berishmadi |
| 49' | ![]() |
Derdiyo‘qqa ogohlantirish berildi, qo‘pol o‘yin uchun |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Tanaffus | |
| ' | Penaltidan gol urilganida hisob 1:2 yoki yanada yirikroq ham bo‘lishi mumkin edi | |
| 45+1' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. Hozircha hisob - 1:1. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. Ortiqcha pressingga duch kelishmayapti hozircha |
| 42' | ![]() |
Mehmonlar ikkita hujum tashkil etishdi. Ammo parijliklar xushyorlik bilan o‘ynashmoqda |
| 38' | ![]() |
Eh Kavani! U raqib jarima maydonchasi ichida ochildi va chiroyli tarzda bir himoyachini aldab o‘tib, zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi va yerlatib zarba berdi. Leno jamoasini goldan qutqardi. Zarba ham u qadar kuchli chiqmaganini ta’kidlash lozim. |
| 35' | ![]() |
Donati o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Ammo to‘pni qabul qilishi kerak bo‘lgan Derdiyo‘qni ikki nafar himoyachi qo‘riqlashayotgandi. |
| 33' | ![]() |
Darvozabon Leno jarima maydonchasini tashlab chiqib, Ibrohimovichga nisbatan to‘pga ertaroq yetib keldi, ammo to‘pni bosh bilan muvaffaqiyatsiz tarzda uzoqlashtirdi. Germaniyaliklarga omad kulib boqmaganda, "Bayer" o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishi mumkin edi. |
| 28' | ![]() |
Rolfesning penaltidan bergan kuchli zarbasini SIRIGU qaytarib qoldi! Eh, Bayer! |
| 28' | ![]() |
O‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi! |
| 27' | ![]() |
Xavyer Pastore hujumchini tortib yiqitgani uchun ogohlantirildi |
| 27' | ![]() |
Hakam PSJ darvozasi tomon penalti belgilamoqda!!! |
| ' | ![]() |
O‘yinning 25 daqiqasi ortda qolgan vaziyatda to‘p bilan muomala qilish ko‘rsatkichi - 55/45%. mezbonlar foydasga |
| 25' | ![]() |
Parijliklar ham to‘pni egallab olishganidan keyin keskin hujum tashkil qilishga shoshilishmayapti. |
| 23' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq qizil formadagi mehmonlar nazorat qilishmoqda, mezbonlar mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilishmoqda |
| 20' | ![]() |
Mezbonlar hujumni o‘ng qanotdan tashkil etishdi va to‘pni jarima maydonchasida ochilgan Ibrohimovichga to‘p yetkazildi. Shvesiyalik bir himoyachi ta’qibi ostida zarba berishga urindi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 15' | Mezbonlar hisobni tezda tenglashtirishdi va kichik bo‘lsa ham o‘zlarini ortiqcha bosimdan xalos qilishdi | |
| 13' | ![]() |
Zlatanning zarbasidan keyin "Bayer" posboni Leno to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan keyin esa barchadan baland sakragan Markinyos bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 13' | ![]() |
Gooooollll! PSJ hisobni tenglashtirmoqda!!! |
| 11' | ![]() |
Goldan ruhlangan nemislar yana va yana oldinga o‘tishmoqda. Yana o‘sha Sem bu safar jarima maydonchasi doirasi ichidan to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p ancha balanddan o‘tib ketdi. |
| 9' | Parijliklarda esa ruhiy tomondan muammo bor. Endi mehmonda 0:4 hisobida g‘alaba qozongan har qanday jamoa xotirjamlikka berilishini kutish mumkin | |
| 8' | Tezkor gol o‘yinga qiziqish uyg‘otgandek nazarimizda. Kim biladi deysiz, leverkuzenliklar yana 3ta gol ura olishar? | |
| 6' | ![]() |
Sidney Sem gol muallifi! 0:1! Donati o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Sidney esa qarshiliksiz bosh bilan to‘pni darvozaning yaqin burchagiga yo‘lladi. |
| 6' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooollll1!!! Mehmonlar hisobni ochishmoqda!! |
| 3' | ![]() |
Zarba! Emre Jan markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi va 25 metrlardan zarba berdi! Darvozabon Sirigu to‘p maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 2' | ![]() |
Bugun PSJning shoshadigan joyi yo‘q. Ular to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda. Mehmonlar esa pressing uyushtirib, to‘pga ilk marta tekkancha, uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. |
| 2' | Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda parijliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgan | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Tun yarmidan oqqan bo‘lsa-da, bizni kuzatib borayotganingiz uchun tashakkur bildirgan holda, "PSJ" va "Bayer" jamoalari o‘rtasidagi yevrofutbolni birgalikda kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, biz uchun qadrli bo‘lgan futbol ishqibozlari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|