Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 28-tur

15 mart, soat 23:55

MALAGA

0 : 1

REAL MADRID

Ronaldu (22)
JAMOALAR TARKIBI
Kabalyero
S.Sanches
Anxeleri
Ferreyra
Antunesh
Samuel
Kamacho
Duda
Tissone
Amrabat
Santa Krus
  Diyego Lopes
Karvaxal
Pepe
Varan
Marselo
Isko
Alonso
Beyl
Modrich
Benzema
Ronaldu

Matn

90+3'
O‘yin tugadi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Krishtianu Ronaldu qanotda to‘pni qabul qilib oldi va o‘z uslubida markazga o‘tib zarba berdi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi.
84'
Burchakdan uzatilgan to‘pga Amrobod bosh bilan zarba berdi. Lopes o‘z o‘rnida.
81'
Mezbonlarning navbatdagi hujumi qanotdan rivojandi. Darvoza yaqiniga uzatilgan to‘pni Marselo maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
78'
Beylning burchakdan uzatgan to‘piga Ronaldu bosh bilan zarba berishi mumkin edi, lekin himoyachilar bunga yo‘l qo‘yishmadi.
75'
!!!!!!!! Serxio Sanchesning zarbasi juda kuchli chiqdi, lekin noaniq. Sant Kruz juda yaxshi harakat qilgan edi.
70'
Samuel o‘rniga Potilo maydonga tushdi
66'
«Malaga» yaxshi hujum uyishtirgan edi, lekin Samuel Karvaxalga nisbatan qoida buzdi
63'
Isko o‘rniga Xese tushdi
60'
!!!!!!!! Samuel jarima maydoniga yaqin joyda Santa Kruzga juda ajoyib pasni amalga oshirgan edi, lekin himoyachilar uni o‘qib qolishdi.
57'
Markaziy hujumchi pozisiyasida yana Isko paydo bo‘ldi, lekin yana noaniq zarba berdi.
54'
«Real» to‘pni nazorat qilmoqda. Di Mariya o‘yinni tezlashtirdi.
51'
Oy Oy oyyyyyyyyyy Isko!!!!!!!!!! Fransisko Rodrigesss. DI MARIYA. Fantastik Di Mariya maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni terib tashlab to‘pni Iskoga tashlb berdi. Isko esa juda noaniq zarba yo‘lladi.
48'
Birinchi bo‘limda yengil jarohat olgan Benzema maydonga qaytmadi. Uning o‘rnida Anxel Di Mariya harakat qiladi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
43'
Uxxxx Krishtianu Ronalduning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi noodatiy trayektoriya oldi, lekin noaniq.
40'
Mezbonlar 4 marta burchakdan to‘p tepishdi, lekin hr safar mehmonlar to‘pni qaytarishmoqda.
36'
O‘yinda aytarli hech qanday voqea yo‘q. Shuning uchun faktlarga to‘xtalsak, «Real» 29 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nima ekanini bilmayapti. Oxirgi marta «Barselona»ga mag‘lub bo‘lishgandi.
33'
«Malaga»da Amrobod juda faol, lekin har safar uning to‘p uzatishlariga sheriklari yeta olishmayapti
30'
Kabalyere Argentina terma jamoasiga nomzod hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, o‘yinni kuzatish uchun Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi ham kelgan.
27'
!!!!!!!!!!! Ronaldu. Xuddi goldagiga o‘xshash vaziyatda Ronaldu o‘tkir burchakda darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va zarba yo‘lladi, lekin Kabalyere o‘z o‘rnida.
24'
Fantastik gol!!!!!!!!!!!!!!!! Krishtianu Ronalduuuuuuuuuuu. Krish qanotga yaqin joyda Beyldan to‘pni qabul qilib oldi va markaz tomon bitta himoyachini aldab uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Ronalduning 25-goli.
22'
Goooooooooooooooooooooooooool
19'
Kassado Beylga qarshi qo‘pollik uchun sariq kartochka oldi.
16'
Operatorlar tez-tez Bern Shusterni ko‘rsatishmoqda. Xabaringiz bor, «Malaga»ning hozirgi murabbiyi bir vaqtlar «Real»da ishlagan edi.
13'
Amrobodning qanotdan yurishi yaxshi chiqgan edi. Darvoza yaqiniga uzatilgan to‘pga Lopes birinchi yetib keldi.
10'
Iskoning to‘p uzatishi juda yaxshi chiqqan edi, lekin Beyl to‘pga yeta olmadi.
7'
«Real» qanotga yaqin joyda jarima zarbasi berish imkoniga ega bo‘ldi. Lekin to‘p uzatishiga hech kim yetolmadi
4'
Bugun «Real»ning sardori Marselo. Hozircha o‘yin maydon markazida kechmoqda.
1'
O‘yin boshlandi
'
O‘yindan oldin bir daqiqa sukut saqlanmoqda
'
Lekin bu Anchelotti uchun jiddiy boshog‘riq emas
'
Bugun "Real"ga sariq kartochkalari sonini 3taga yetkazgan Serxio Ramos yordam bera olmaydi
'
Jamoalar maydonga tushib kelishdi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. "Real Madrid" jamoasining "Malaga"ga qarshi safarda kechadigan o‘yinini onlayn ravishda kuzatib borishga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.