Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 30-tur.

15 mart, soat 22:30

ASTON VILLA

1 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
Guzan
Bakuna
Olbrayton
Vlaar
Bakir
Bennat
Vestvud
Delf
Al Ahmadiy
Benteke
Agbonlaxor
  Chex
Ivanovich
Terri
Keyxill
Ramires
Aspilikuyeta
Villian
Matich
Oskar
Azar
Torres

Matn

90+4'
Mourinyo hakam bilan urishmoqda, lekin foydasi yo‘q Jamoasi mag‘lubiyatga uchradi
90+4'
!!!!! Ramiresga qizil kartochka ko‘rsatildi
90+4'
O‘yin tugadi
90'
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi
84'
Olbrayton katta tezlikda jarima maydoniga yaqinlashib keldi va to‘pni darvoza yaqinidagi Delfga uzatdi. Delfning zarbasini hech kim qaytara olmadi 1:0. «Villa» oldina!!!!!!!!!!!!
82'
Delf «Aston Villa»ni hisobda oldinga olib chiqdi!!!!!!!!!!!!!
81'
Goooooooooooooooool
80'
O‘yinda voqealar juda ko‘p, lekin futbol kam. Vlaar Shyurlega qarshi qo‘pollik uchun sariq kartochka oldi.
76'
Oskar o‘rnida Shyurle harakat qiladi
73'
Torres o‘rbiga Demba Ba tushdi
70'
Uxxxxxxxxxxx Delfga qarshi qo‘pollik uchun Villianga ikkinchi sariq va qizil kartochka ko‘rsarildi.
66'
Bentekega qarshi qo‘pollik uchun Ramiresga sariq kartochka ko‘rsatildi.
61'
«Chelsi» oxirgi uchta o‘yinda faqat ikkinchi bo‘limda gol urmoqda. Hozircha bu an’ana buzilmaydi agar jamoa gol ursa.
58'
Maydon egalarining kam sonli hujumlaridan biri. Benteke ofsaydda qoldi.
55'
!!!!!!!!!!! «Chelsi» haqiqiy shturmni amalga oshirdi. Ivanovichning qanotdan uzatgan to‘pini Azar egallab oldi va uni Ramiresga tashlab berdi. U to‘pni egallay olmadi va Oskarga kelgan to‘p maydondan chiqib ketdi. Oskarning zarbasi noaniq.
52'
Maydon markaziga yaqin joyda Bentekega qarshi qo‘pollik ishlatildi. Jarima zarbasidan keyin Chex to‘pni egallab oldi.
49'
«Chelsi» burchakdan to‘p tepdi. Darvozabon hammadan baland sakrab to‘pni egallab oldi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
43'
Matichning golini hakam inobatga olmadi. U jarima maydoni ichida qo‘l bilan o‘ynadi deb topishdi.
40'
O‘yinda xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘lmayapti.
36'
Azar hamda Torres yaxshi hujum uyushtirishlari mumkin edi, lekin Torres sherigini tushunmadi va hujum uzilib qoldi.
33'
Maydon markazida to‘pni egallab olgan Ramires uni Azrga uzatdi. Lekin Bennat Azarni to‘xtatib qoldi.
30'
«Aston Villa» jarima zarbasini amalga oshirdi. «Chelsi» himoyachilari to‘pni qaytarishdi.
27'
!!!!!!!!!!!! Uxxxxxx Villi. Villian Al Ahmadiga oyog‘ining tagi bilan podkat tashladi. Juda qo‘pol o‘yin. Sariq kartochka.
24'
Matich har doimgidek maydon markazida ustunlik qilmoqda. «Chelsi»ning deyarli barcha markazdan amalga oshirayotgan hujumlari Matich orqali rivojlanmoqda.
21'
Kristian Benteke jarima maydoniga kirmay kuchli zarba yo‘lladi, lekin uning yo‘liga Keyxil to‘g‘anoq bo‘ldi.
18'
))) Fernando Torres maydon markazida nimagadir to‘pni oldirib qo‘ydi. Uning oldida hech kim yo‘q edi.
15'
Birmengemiliklarning navbatdagi hujumidan keyin Al Ahmadi uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Ozgina noaniq.
12'
!!!!!!!!!! Bentekeeee. Agbonlaxorning qanotdan uzatgan to‘pini hujumchi bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Noaniq. APLda bosh bilan eng ko‘p gol urgan yigitga bunday imkoniyat berish kerak emas demoqda Mourinyo.
9'
Maydonga qaytgan Villian 30 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘lladi, lekin noaniq.
7'
«Chelsi»ning qarshi hujumini Ivanovich rivojlantirdi. Uning to‘p uzatishidan keyin oldinga borayotgan Torresni Notan to‘xtatib qoldi. Sariq kartochka.
4'
O‘yin juda tez boshlandi. Maydon markaziga raqib bilan to‘qnashib ketgan Villian yotibdi.
1'
O‘yin boshlandi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Aston Villa» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.