Ispaniya La-ligasi, 28-tur
| 16 mart, soat 21:00 | ||
BARSELONAMessi (18, 64, 88)
A.Sanches (23) Inyesta (34) Telyo (78) Pedro (90) |
7 : 0 |
OSASUNA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Valdes 14.Maskerano 18.Alba 22.Alves 3.Pike 16.Buskets 6.Xavi 8.Inyesta 9.Sanches 10.Messi 11.Neymar |
12.Dos Santos 13.Fernandes 14.Arribas 2.Bertran 22.LotYE 24.Abelya 10.Punyal 16.Sexudo 20.Silva 21.Torres 9.Armenteros 7.Akunya |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | "Klassiko"ga tayyorlanish uchun "Barsa" ixtiyorida 1 hafta vaqt bor. "Real" esa hafta o‘rtasida "Shalke" bilan YECHL bahsini o‘tkazadi. | |
| ' | Ushbu turda barcha yetakchilar 3 ochkoni o‘zlariniki qilib olishdi. Endi esa navbat "EL-KLASSIKO"ga! | |
| 90+1' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI. "BARSELONA" - "OSASUNA" - 7:0! |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Messining uzatmasini Pedro 5-6 metrlardan muammosiz darvozaga yo‘lladi! |
| 90' | ![]() |
"Osasuna" butunlay nokautga uchradi, o‘rtoqlar!!! 7:0!!! |
| 88' | ![]() |
Alves o‘ng qanotda to‘pni jarima maydonchasidagi Messiga uzatdi. U esa kichik pauza orqali raqibni ortda qoldirdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 88' | ![]() |
Oh-hoho-hoooo! 6:0! Messi!!! |
| 83' | ![]() |
"Osasuna"da so‘nggi o‘zgarish: Oriol Riyera o‘rniga Xavyer Auknya tushirildi |
| 82' | ![]() |
Maskerano maydonni tark etdi. Adriano Korreyya o‘yinni davom ettiradi |
| 81' | ![]() |
Sexudoga ogohlantirish - maydon markazidagi qo‘pol o‘yini uchun |
| 78' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasining chap qanotida ochilayotgan Kristianga to‘pni uzatdi. Telyo biroz markazga surildi va ikki himoyachini aldab o‘tib, olis burchakni aniq nishonga oldi. To‘p yuqori "to‘qqizlik"ka kirib ketdi. Chiroyli gol. |
| 78' | ![]() |
Gooooolll!!!! "Barsa" gol urishdan, hujum tashkil qilishdan charchamadi bugun! |
| 73' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini amalga oshirishdi, ammo bundan hech qanday naf chiqmadi. Aksincha, mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Yakuny pallada darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan Messi to‘pni Andres Fernandes ustidan oshira olmadi. |
| 70' | ![]() |
"Osasuna"da ikkinchi o‘zgarish: Punal maydonga tushdi, Roberto Torres tark etdi |
| 68' | ![]() |
Lionel Messi xet-trik qilishiga bir bahya qoldi! Yana o‘sha Inyesta uzatgan to‘pga bu safar Messi birozgina yetolmay qoldi. Aks holda o‘zining uchinchi, jamoasining beshinchi golini urardi. |
| 64' | ![]() |
"Osasuna"da ham o‘zgarish bo‘ldi. Armenteros maydonni tark etdi, Lobato tushirildi |
| 64' | ![]() |
Inyesta va Messi - bu golni birgalikda yuzaga keltirishdi. Dastlab Inyesta to‘pni Messiga yetkazdi. U jarima maydonchasida himoyachilarni chalg‘itdi-chalg‘itdi va to‘pni yana Andresga qaytarib berdi. Ispan yarim himoyachisi o‘ylanib o‘tirmasdan to‘pni darvozabon maydonchasiga sari yo‘lladi va argentinalik hujumchi muammosiz darvozani ishg‘ol qildi! |
| 64' | ![]() |
Mana nihoyat to‘rtinchi goooooolll!!! MEssiga dublga erishmoqda |
| 62' | ![]() |
Xavi o‘rniga Aleksandr Song tushirildi. |
| 60' | ![]() |
Oho! Mehmonlarning jarima to‘pi xavfli chiqdi. Roberto Torres to‘pni jarima maydonchasi markaziga yetkazib berdi. To‘p hech kimga tegmadi, ammo darvozaga kirib ketishiga ham sal qoldi. |
| 59' | ![]() |
Kerak bo‘lmagan vaziyatda Xavyer Maskerano sariq kartochka olmoqda. U podkat ishlatib, Sexudoga nisbatan xavfli o‘ynadi. |
| 55' | ![]() |
Mehmonlar kam sonli hujumlaridan birini uyushtirishdi. Oriol Riyera to‘pga moslasha olmadi va vaziyatni yo‘qotdi |
| 53' | ![]() |
Ohhh, qanday vaziyat! Pedro to‘pni qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Inyesti to‘pni darvoza tomon burdi, ammo u shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 51' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki sariq kartochka. Alexandro Arribas to‘p uchun kurashdan oyog‘ini haddan tashqari baland ko‘tardi va Sanchesning qorniga jarohat yetkazdi. |
| 51' | ![]() |
Kataloniyaliklar raqibga hech qanday imkoniyat berishmayapti. Hisobning shunday qolishiga ham rozi "Osasuna" |
| 49' | ![]() |
Sanchesning zarbasi "Barsa" futbolchilaridan biriga tegdi va maydonni tark etdi |
| 48' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida ham ssenariy o‘zgarmadi. "Barsa" maydonning ikkinchi yarmida hujum tashkil qilmoqda |
| 47' | Ikkinchi bo‘limni jamoalar bosh murabbiylari o‘zgarishlarsiz boshlashga qaror qilishdi | |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | Tanaffus, biroz dam olamiz | |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga hechvaqo qo‘shmadi. Birinchi bo‘limdan keyin "Barsa" 3:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda |
| 44' | ![]() |
Mehmonlar darvozasi oldida yana bir xavf yuzaga kelishi mumkin edi. Pedro Messiga to‘pni aniq yetkazib bera olmadi. |
| 42' | Zerikib ketgan Valdes maydon markaziga keldi, o‘z himoyachilari bilan to‘pni 1-2 marta o‘zaro bir-birlariga uzatishdi va shundan keyin yana o‘z darvozasiga qaytib ketdi. Choy-poy damlab berish kerak unga :). Biroz sabr qilsa, kiyinish xonasida issiq choy ichib oladi | |
| 41' | "Osasuna" qanday himoyalanishni ham bilmayapti hattoki | |
| 40' | ![]() |
YANA BIR VAZIYAT! Pedro! Odatda bunday vaziyatlar gol bilan yakunlanadi! Inyesta to‘pni balandlatib Alvesga uzatdi. Danni bosh bilan uni jarima maydonchasi markaziga qaytardi. Pedro esa 3 metrdan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qila olmadi! Hayron qolasan kishi! |
| 39' | ![]() |
XAAAAVI! Inyesta darvozaning olis ustuni tomon to‘pni uzatdi. Xavi esa to‘pni yerga tushirmasdan yaqin burchakni nishonga olishga harakat qildi. Yana Fernandes ajoyib seyv namoyish qildi! |
| 37' | ![]() |
DANI ALVES! 25-30 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi braziliyalik himoyachi. Darvozabon Adres Fernandes katta qiyinchilik bilan to‘pni burchak to‘pi tomonga burib yubordi. |
| 36' | ![]() |
"Barsa" esa 3ta gol bilan cheklanmaydi shekilli |
| 35' | O‘yinning endigina 3dan 1 qismi ortda qoldi, ammo o‘yin taqdiri hal. | |
| 34' | ![]() |
Andreas Inyestaning golidan keyin hisob yirik ko‘rinish olmoqda! Buskets to‘pni Inyestaga yetkazdi. Andres esa oldinga intildi va 22-23 metrlardan darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi! |
| 34' | ![]() |
Gooooolllll!!! |
| 29' | Pamplonaliklar taslim bo‘lishgandek go‘yo. O‘yin boshida "Osasuna" futbolchilarining ko‘zida uchqun ko‘rinayotandi. Hozir esa ushbu cho‘g‘ so‘nib qolgandek. | |
| 27' | ![]() |
PEDRO! Gol urishi mumkin edi! U yana chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darhol darvoza maydonchasi tomon to‘pni yetkazdi. Bu safar u yerda Messi ham, Sanches ham yo‘q edi. |
| 26' | ![]() |
"Barsa" 5 daqiqaga tempni oshirdi va 2ta gol urib oldi. Endi esa xotirjamlik bilan vaziyatni nazorat qilishmoqda. Mehmonlar esa kichik "nokdaun" holatiga tushishdi va faqat himoyalanishmoqda. |
| 24' | ![]() |
Darvoqe, ikkinchi golda 3 daqiqa oldin Aleksis Sanches to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, darvozaga yo‘llamoqchi bo‘lganida, u mo‘ljalda biroz adashgandi. |
| 23' | ![]() |
Yana bir super-kombinasiya! Hujum bu safar ham chap qanotdan tashkillashtirildi. Bu safar u qanotda Inyestaning uzatmasini Xordi Alba qabul qilib oldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Alekssis Sanches muammosiz to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. |
| 23' | ![]() |
Gooooooooooooooooollll! Endi "Barselona"ni to‘xtatish qiyin bo‘ladi! |
| 18' | ![]() |
Pedro darvoza tomon chap qanotdan yaqinlashib bordi. To‘pni jarima maydonchasi chizig‘i yoniga yaqinlashgan Xaviga uzatdi. Ernandes to‘pni o‘zida ushlab turdi va himoyachini ikki marta maydonga yotqizib, o‘ng qanotda jarima maydonchasiga kirib kelgan Sanchesga to‘pni uzatdi. Aleksis kuchli zarba bilan darvozabon maydonchasi tomon tepdi. U yerda Leo Messi paydo bo‘ldi va yengil harakat bilan to‘pni olis burchakka burib yubordi. Juda chiroyli gol! |
| 18' | ![]() |
Leo Messi juda go‘zal kombinasiyani gol bilan yakunlamoqda! |
| 18' | ![]() |
Gooooooooooooooollll! GOOOLLLL! |
| 15' | ![]() |
Alvaro Sexudo! Dahshatli zarba! To‘p burchakdan darvozabon maydonchasining olis qanotiga uzatildi. U yerda futbolchi to‘pni yerga tushirmasdan darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi. To‘p darvozaga aniq bormadi! |
| 12' | ![]() |
Hm... Hakam hozir "Osasuna" darvozasiga bemalol penalti belgilashi mumkin edi. Aleksis Sanches zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi, zarba bermoqchi bo‘lganida himoyachi "podkat" orqali uni yiqitdi. Hakam yelka qisishdan nariga o‘tmadi. |
| 11' | ![]() |
"Barselona" hamon raqib darvozasi oldida golga tortadigan vaziyat sodir eta olmadi. "Osasuna" esa ancha ishonch bilan o‘ynamoqda. |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Mehmonlar gol urishmoqda, ammo haqli ravishda bu gol bekor qilinmoqda. Emiliano Armenteros jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaning olis burchagi tomon zarba berdi. Valdes to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga Riyera birinchi bo‘lib yetib keldi va to‘pni darvozaga yo‘lladi. Biroq darvoza tomon zarba berilayotganda u ofsaydda qolgan ekan! |
| 7' | Ilk daqiqalarda "Barselona" unchalik ishonch bilan o‘ynay olmayapti. Yakkama-yakka kurashlarda mehmonlar g‘alaba qozonishmoqda. | |
| 6' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAT! Xavi to‘pni jarima maydonchasining chaprog‘iga uzatib berdi. Mehmonlar to‘pni uzoqlatirishga urinishdi. Sanches esa to‘pni yerga tushirmasdan, darvoza tomon zarba berdi. Zarbaga birozgina aniqliye yetishmadi. |
| 5' | ![]() |
"Osasuna"ning ikki nafar futbolchisi ofsaydda qolib ketdi. To‘p Oriol Riyeraga uzatilgandi. |
| 4' | ![]() |
"Osasuna" maydonning mezbonlar tomonidayoq pressing uyushtirmoqda. Ammo kataloniyaliklar vaziyatdan osonlik bilan chiqib ketishmoqda. |
| 3' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Alves ofsaydda qolib ketdi |
| 3' | ![]() |
"Barselona" o‘yin boshidan to‘pni nazorat qilib, "qizib olish" mashg‘ulotni o‘tkazishmoqda. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | Jamoalar maydonda saf tortishdi | |
| ' | Yana bir necha daqiqalardan keyin "Barselona" va "Osasuna" jamoalari o‘rtasida "Kamp Nou"da boshlanadigan o‘yinni onlayn tarzda kuzatib borishga taklif qilamiz. | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Barchangizda saytimizda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|