Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Dubai Match World Cup 2012

Uchrashuv nihoyasiga yetdi

«Bunyodkor» (O‘zbekiston)

B.Pardayev (73)

1 : 0

«Ksamaks» (Shveysariya)

JAMOALAR TARKIBI
1 Ignatiy Nesterov
2 Akmal Shorahmedov
4 Xayrulla Karimov
9 Anvar Rajabov
13 Lutfulla To‘rayev
14 Artis Lazgins
17 Kamoliddin Murzoyev
18 Slavolyub Jorjevich
21 Danilo Belich
22 Viktor Karpenko
23 Sahob Jo‘rayev
  12 Jan-Fran Bedenik (S)
3 Mixael Fachchinetti
4 Timoti Ngarudendamvo
5 Mukuana Payto
6 Abdu Damfa
11 Jeffri Trend
13 Bastian Geyger
16 Nabil Souni
20 Maks Velozo
21 Tibault de Koulon
23 Mayk Gomes

Matn

90'
Uchrashuv tugadi. "Kaldirgoch"lar turnirda birinchi galabasiga erishishdi.
81'
Qosimov shogirdlari chiroyli kombinasiya uyushtirishdi. Ammo yakuniy zarba kuchsiz chiqdi.
79'
Salomov standartni noaniq amalga oshirdi.
79'
Karimov o‘rniga Filiposyan maydonga tushdi.
78'
Pardayevga qarshi qo‘pollik uchun 17 metrdan (L6) jarima to‘pi belgilandi!
75'
Murzoyev ofsaydda qoldi. Aks holda birgi bir vaziyatga chiqardi
74'
Murzoyev jarima maydoncha ichida yiqitilgandi, ammo to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Pardayev 16 metrdan zarba yo‘llab hisobni ochdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay darvozabonning qo‘liga tegdi
73'
Bahodir Pardayev gol urdi!
72'
Karpenko! Birga bir vaziyatda 6-7 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi!
71'
"Bunyodkor" yaxshi qarshi hujumni yo‘qqa chiqardi. noaniq paslar orqali
69'
D6 zonadan raqiblarimiz jarima to‘pini tepishadi
68'
Sahob Jo‘rayev o‘rniga Javlon Mirabdullayev maydonga tushirildi
67'
Darvozaga zarba berish bo‘yicha statistika - 21:9, vakillarimiz foydasiga
66'
Karpenko raqib jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchakdan (M4 zona) zarba berdi. To‘p darvozabon oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
66'
Kamoliddin MUrzoyevning kuchli zarbasi to‘ppa to‘ppa-to‘ri raqib darvozboni qo‘liga borib tushdi
65'
Jorjevich jarima maydonchasi ichida to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Lekin gol emas
64'
Shavkat Salomov ogohlantirildi. Hakamga e’tiroz bildirgani uchun
62'
Bahodir Pardayev raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda yiqilib tushdi. HAkamning hushtagi jim. Bahodir yiqilmaganda yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgandi!
60'
Tashabbus vakillarimiz tomoniga o‘tdi. Burchak to‘pidan so‘ng Jojevich bosh bilan zarba berdi. Darvozabon ushlab oldi to‘pni
59'
Pardayevning yana bir pasi noaniq bo‘ldi
59'
"Bunyodkor" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Pardayev o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni sheriklariga aniq yetkazib bera olmadi!
54'
O‘ying tengma-teng kechmoqda. JAmoalar tashabbus uchun kurashishmoqda
51'
Vadim Abramov va Bahrom Davlatov stadionda yonma-yon o‘tirib, o‘yinni tomosha qilishmoqda
49'
"Ksamaks" D5 zonadan jarima to‘pini tepdi. To‘p darvoza to‘sini yonidan o‘tib ketdi.
48'
SHAvkat Salomov o‘yinga faol qo‘shildi. Bir himoyachini aldab o‘tib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqayotgandi, darvozabon chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz boshlab berishdi
46'
"Bunyodkor"da 3ta o‘yinchi almashmoqda. Maydonga Anvar G‘ofurov, Shavkat Salomov va Yuriy Yevdokimov tushirildi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Birinchi bo‘lim tugadi. Qo‘shimcha vaqt belgilanmadi
44'
Belich darvozabonni aldab o‘tdiyu, ammo o‘tkir burchak ostidan bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni aniq yo‘llay olmadi!!!
43'
Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni S6 zonaga yetkazib berdi. Karpenko to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. Ozgina noaniq
42'
Xayrulla Karimov hujumdagi Belichni to‘p bilan juda yaxshi ta’minlagandi. Legioner futbolchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmay, yaxshi vaziyatni ko‘kka sovurdi
40'
Darvoza to‘sini yana bir marta "Ksamaks"ni goldan qutqarib qoldi. Bu safar ham bosh rolda Murzoyev
39'
"Bunyodkor"ning xavfli qarshi hujumi! Belich chap qanotda ochilayotgan Rajabovni to‘p bilan ta’minladi. Anvar to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. HImoyachi to‘pni bir amallab mayon tashqarisiga chiqarib yubordi.
37'
Shveysariyalik futbolchi hakamning hushtagidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi
36'
Evropaliklar hujum uyushtirishga urinishmoqda. Hozircha hech qanday samara berayotgani yo‘q.
34'
Qosimov nimalarnidir qog‘ozga qayd qilib qo‘ymoqda.
32'
"Bunyodkor" hujumdan biroz tin olib, asosan himoyalanmoqda.
27'
O‘yin maydon markazida kechmoqda. Belich o‘yin qoidasini buzdi
24'
Murzoyevning bosh bilan bergan zarbasi avval yerga tegib, keyin darvoza to‘siniga tegdi va maydonni tark etdi. To‘pni Sahob Jo‘rayev yetkazib bergandi
23'
S7 zonasidan standart. Karpenko to‘p oldida
22'
Anvar Rajabov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va noaniq zarba berdi
22'
Shveysariya chempionatining 4-o‘rnida borayotgan "Ksamaks" unchalik kuchli jamoa emaskan. Taxminan O‘zbekistonning "Mash’al" jamoasiga o‘xshab ketadi.
20'
Sahob o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachi uni qaytargandi, darvozabon to‘pni ushlab oldi. Himoyachi to‘pni ataylab yetkazib bermadi.
19'
Danilo Belich ofsaydda qolib ketdi
19'
Hozir "Bunyodkor" darvozasi maydonning o‘ng, raqiblarniki esa chap tomonda.
18'
Yuqoridagi maydon suratiga e’tibor qarating, u yerda maydon shaxmat doskasi tarzida kataklarga bo‘linib, raqam va harflarga bo‘lingan. Sharh davomida ushbu katakchalardan foydalanamiz.
15'
"Ksamaks" futbolchisi Tibault de Koulon 24 metrdan darvozaga aniq zarba yo‘llaydi. Nesterov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
13'
Belich o‘yindan tashqari holatda
12'
Boz ustiga, raqibini chalib yiqitgani uchun Danilo Belich ogohlantirildi.
11'
Karpenko o‘ng qanotda to‘pni qabul qilib olib, Belichni birga bir vaziyatga chiqarayotgandi. Ammo to‘p himoyachidan o‘tmadi
8'
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Ammo himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi. Tashabbus o‘zbekistonliklar tomonida
7'
Qosimov shogirdlari burchak to‘pi tepishadi
6'
Evropaliklar maydon markazidan o‘ta olishmayapti. "Qaldirg‘ochlar" to‘pni ulardan olib qo‘yishyapti
4'
Murzoyev burchak to‘pidan so‘ng bosh bilan zarba berdi. Noaniq.
3'
Viktor Karpenko burchak to‘pi ishladi
2'
"Bunyodkor" o‘zining ilk hujumini uyushtirdi. Darvozabon o‘z o‘rnini tashlab chiqib, to‘pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘ldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Bunyodkor" sardori — Viktor Karpenko
'
Jamoalar FIFA musiqasi sadosi maydonga chikib kelishdi va hozirda jamoa sardorlari va hakamlar mini qur’ada ishtirok etishmoqda
'
"Bunyodkor" bugungi uchrashuvda oq libosda o‘ynasa, raqiblar qizil-qora libosda maydonga tushishadi.
'
Uchrashuvni BAA hakamlar assosiasiyasi a’zolari boshqarib borishadi. Bosh hakam - Badir Abdulla, yon chiziqlarda - Said Sereih va Mas’ud Hasan, to‘rtinchi hakam - Ali Ahmulla.
'
Bugun "Bunyodkor" Dubayda bo‘lib o‘tayotgan musobaqa doirasida Shveysariya jamoasi bilan maydonga tushadi. Birinchi o‘yinda har ikkala jamoa raqiblariga imkoniyatni boy berishganini inobatga olsak, bu jamoalar finalda o‘ynash huquqini mahrum bo‘lib ulgurishdi. Bugungi o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa 2 yoki 3-o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin.
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun saytimiz orqali ilk matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.