Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Javob uchrashuv. 19 mart, soat 00:45

CHELSI

Eto'O (4)
Kexill (43)

2 : 0

GALATASAROY

JAMOALAR TARKIBI
Chex
Ivanovich
Keyxill
Terri
Aspilikueta
Ramires
Lempard
Villian
E.Azar
Oskar
Eto′O
  Muslera
Ebue
Sheju
Kayya
Aleks Telles
Kurtulush
Melo
B.Yilmaz
Inan
Sneyder
Drogba

Matn

90+2'
O‘yin tugadi
90'
Villian o‘rniga Tomash Kalas tushdi
85'
Eto'O o‘rniga Torrec tushdi
82'
Oskar o‘rniga Shyurle tushmoqda
80'
Jarima maydoniga yaqin joyda Azarga qarshi qo‘pollik ishlatildi. Jarimani Azarning o‘zi amalga oshirdiva Muslera juda aniq o‘ynadi
77'
Ebuye o‘rniga Xayrovich tushdi
75'
O‘yin ancha sokinlashib qoldi
70'
Eto'O maydonda yotibdi. Unga qarshi qo‘pollik ishlatildi
66'
Yana Villian qanotdan oldinga bordi Bu gal himoyachilar undan to‘pni olib qo‘yishdi
63'
Azar o‘z uslubida qanotdan oldinga bordi va kutilmaganda markazga yo‘l olmay o‘tkir burchakka o‘tib zarba berdi. Muslera bu gal ham aniq o‘ynadi
60'
Villian qanotdan odlinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi. Muslera o‘z o‘rnida
57'
Bupak Yilmaz o‘rniga Umid Bulut tushdi
55'
Darvozabon to‘pni tashlashda xatoga yo‘l qo‘ydi va maydon markazida Lempard to‘pni egallab olib, uni Villianga tashlab berdi. Villianning jarima maydoniga kirmay bergan zarbasini Muslera ushlab oldi
52'
!!!!!!!!!!!!!! Azaaaaaaar. Azar endi o‘ng qanotdan paydo bo‘ldi va himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni Eto'Oga uzatdi. Samuel to‘pni Oskarga tashlab berdi, lekin himoyachilar yetib kelishdi
49'
Hozircha «Galatasaroy» o‘z jarima tomonidan to‘pni nazorat qilmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
birinchi bo‘lim tugadi
43'
«Chelsi» burchakdan to‘p tepdi. Terri bosh bilan zarba berdi. Muslersadan berilgan to‘pni Keyxil darvozaga joylab qo‘ydi
43'
Goooooooooooool
42'
Oskarga sariq kartochka ko‘rsatildi
39'
Azar jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni ajoyib tarzda Villianga tashlab berdi. Uning zarbasini Muslera qaytardi
37'
«Chelsi» to‘pni egallab turishga harakat qilmoqda
34'
Mehmonlar jarima zarbasi tepish imkoniga ega bo‘lishgandi. Drogbaning 35 metrlardan bergan arbasiga aniqlik yetishmadi
30'
!!!!!!!!!!!! Yana Eto'O. Xuddi o‘shanday holat. Raqibga insonga xos bo‘lmagan harakat bilan tashlangan hujumchining qo‘liga raqibning oyog‘i tegib ketdi va Eto'O jabrlanuvchi niqobida maydonda yotibdi
28'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Eto'O juda juda juda xunuk harakat qildi!!!!!!!!!!!!!!! Bynday harakatlar futbolchining hurmatini tushirib yuboradi. Hujumchi raqibga haddan tashqari qo‘pol harakat bilan tashlandi va sariq kartochka
26'
Oskar katta tezlikda oldinga borayotganda to‘p bilan o‘ralashib qoldi. U to‘pni Azarga uzatdi. Azarning 25 metrlardan yo‘llagan zarbasi aniq chiqdi, lekin darvozabon o‘z o‘rnida
24'
Azaaaaaar. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Azar himoyachilarni ko‘rmaganday ulardan o‘zib ketdi va darvozaga zarba yo‘lladi. Muslera o‘z o‘rnida
22'
«Chelsi»ning qanotdan uyushtirgan hujumi juda yaxshi chiqdi. Aspi to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Azar uni o‘tkazib yubordi, lekin Lempardning zarbasi noaniq
20'
Villianga qarshi qo‘pollik uchun Meloga sariq kartochka ko‘rsatildi
18'
!!!!!!!!!!!!!! Maydon markazida Felipe Melo hamda Aspilikuyeta to‘p uchun kurashda juda qaltis to‘qnashib ketishdi va har ikkisi ham maydonda yotishibdi
16'
Mag‘lubiyatga uchrayotgan bo‘lishiga qaramay Londonda turk muxlislarining ovozlari balandroq chiqmoqda
14'
Qanotdan to‘p Drogbaga uzatildi. Didye jarima maydoniga kirmay to‘pga Popen uslubida zarba berdi, lekin noaniq
11'
OOOOO Yana «Chelsi» hujumda. Eto'O jarima maydoniga kirib keldi va to‘pni chiziq ustida to‘xtatib Villianga uzatdi, lekin himoyachilar buni o‘qishdi
8'
Maydon markazida raqib bilan to‘qnashgan Ramiresga shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda8
5'
Qarimaydigan Eto'O Oskardan to‘pni qabul qilib oldi va himoyachini aldab darvozabonning uzoq burchagini aniq nishonga oldi
4'
Gooooooooooooooooooooooooooooooool
1'
o‘yin boshlandi
'
«Stemford Burdj»da Drogba yozilgan bannerlarni ko‘plab uchpatish mumkin. Uni Londonda juda hurmat qilishadi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari sizlarni «Chelsi» hamda «Galatasaroy» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.