Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final
| Javob uchrashuv. 19 mart, soat 00:45 | ||
REAL MADRIDRonaldu (21, 73)
Morato (75) |
3 : 1 |
SHALKE-04Xoogland (31)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Kasilyas Ramos Nacho Varan Koentrau Isko Alonso Ilyarramendi Xese Morata Ronaldu |
Fermann Ayxan Kolashinas Xevedes Matip Draksler Maks Mayer Noyshtedter Xoogland Xuntelar Obasi |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! Sog‘lik tilab qolamiz! | |
| ' | "Real" - "Shalke 04" - 3:1. Umumiy natija esa - 6:1. "Madrid" rasman chorak finalda! | |
| 90+3' | ![]() |
Rossiyalik hakam Korosyovning final xushtagi yangradi. |
| 90+2' | ![]() |
Xooglandga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 90+1' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo Fermann to‘pni egallab oldi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga ham 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
BUrchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustidan turgan Xooglandga kelib tushdi. Ammo u 17 metrdan darvoza tomon to‘g‘ri zarba bera olmadi |
| 90' | ![]() |
"Shalke" burchak to‘pi ishladi |
| 88' | O‘yin yakunlanib bormoqda. Ikki o‘yin natijasi bo‘yicha hisob 9-2ga yetdi. Ammo "Real" 10-golni urish niyatida | |
| 87' | ![]() |
Isko hammasini to‘g‘ri bajardi. Bir himoyachini aldab o‘tgan holda darvozabon maydonchasiga (o‘tkir burchak ostida) yaqinlashdi va zarbani judayam noaniq berdi |
| 84' | Ronalduning 2013-2014 mavsumda urgan gollari soni 51tani tashkil etmoqda | |
| 83' | ![]() |
Vuuuuhhhhh!!! Ronaldudan omad yuz o‘girmoqda!!! U to‘pni egallab olib, ikki himoyachi orasidan o‘tib, darvoza tomon zarba berdi. Barchasini juda tez va to‘g‘ri bajardi. Ammo to‘p olis ustunga tegib qaytdi! Krishtianu boshini changallamoqda! |
| 81' | ![]() |
O‘yinni yaxshi o‘tkazayotgan Beyl ham o‘z hisobiga gol yozishi mumkin edi. Bu safar Morato chap qanotdan to‘pni unga yetkazdi. Garetning oyog‘iga to‘p yaxshi tegmay qoldi. Aks holda 5-6 metrlardan darvozani ishg‘ol qilish muammo emasdi |
| 80' | ![]() |
Kan Ayxan o‘rniga Entoni Annan maydonga tushdi |
| 79' | ![]() |
Jarima zarbasini esa himoyachilar qaytarishdi |
| 78' | ![]() |
O‘sha zahoti uyushtirilgan qarshi hujum paytida Beylni Popadopulos qoidagi xilof tarzda to‘xtatdi va ogohlantirish oldi |
| 78' | ![]() |
Germaniyaliklar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. O‘tkir burchak ostida berilgan zarbani Kasilyas oyog‘i bilan qaytarib qoldi. |
| 75' | ![]() |
Dastlab Morato darvozabon bilan birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi - darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi. To‘pga Ronaldu yetib keldi va bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘lladi. BIroq to‘p darvoza to‘siniga tegib, nariga qanotdagi Beylga bordi. Uning o‘zi zarba bersa ham bo‘lardi, ammo uelslik futbolchini to‘pni yanada qulayroq vaziyatda turgan Moratoga uzatdi. Alvaro esa nihoyat yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 75' | ![]() |
Goooooolllll!!!! |
| 74' | Bu Ronalduning YECHLdagi 13-goli! | |
| 74' | ![]() |
Ronalduning bir o‘zi maydon markazida to‘pni egallab oldi, jarima maydonchasiga himoyachilarni dog‘da qoldirgan holda yaqinlashbhib keldi va kuchli zarba bilan masalani hal qildi! |
| 73' | ![]() |
Goooooolll!!!! |
| 70' | ![]() |
Beyl o‘zining chap qanotidan nozik pas orqali Ronalduga to‘pni uzatdi. KriRo jarima maydonchasi ichida sirpanib yiqilib tushdi |
| 70' | Demak, bugun Ronaldu o‘yin oxirigacha o‘ynadi. "El-Klassiko" oldidan unga dam berilmaydi | |
| 69' | ![]() |
Ramos maydonni tark etdi. Daniyel Karvaxal o‘yinni davom ettiradi |
| 65' | ![]() |
Ronalduning "standart"dan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 64' | ![]() |
Vuuuuhhh! "Real" nimalar qilib tashlamoqda, qanday hujumlar tashkil qilmoqda! Jarima maydonchasining o‘ng va chap tomonlaridan! HImoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishmoqda. Hozir esa ular qoida buzgan holda madridlik futbolchilarni to‘xtatishdi. Jarima zarbasi |
| 63' | ![]() |
"Shalke" futbolchilari maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor hujum uyushtirishlari mumkin edi. Biroq Mayer qanotda to‘pga yeta olmadi. To‘p qanotdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 61' | ![]() |
BUrchak to‘pini himoyachilardan biri bosh bilan jarima maydonchasi tashqarisiga qaytardi. Koentrau to‘pni yerga tushirmasdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozabongacha yetib bormadi - yana himoyachilar qaytarishdi |
| 60' | ![]() |
Beyl burchak zarbasini ishladi |
| 57' | ![]() |
Asyer Ilyaramendi ogohlantirish oldi. O‘zidan o‘tib ketgan Drakslerni qo‘llari bilan tortib qolgani uchun |
| 56' | ![]() |
"Madrid" futbolchilari o‘z texnika va fintlari evaziga gelzenkirxenlik himoyachilarni qiyin ahvolga solib qo‘yishmoqda. Ronaldu tezlik evaziga jarima maydonchasiga yetib keldi va himoyachini chalg‘itib, to‘pni markazdan jarima maydonchasiga kirib kelayotgan Iskoga uzatdi. Isko 2 nafar himoyachini aldab o‘tdi, ammo uchinchi himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 54' | ![]() |
"Real"ning bu galgi hujumi xavfli bo‘ldi. Ronalda jarima maydonchasi ichida fint orqali bir himoyachini yerga yiqitdi va to‘pni darvozabon maydonchasining narigi qanotiga yetkazdi. Biroq darvozaga zarba yo‘llaydigan futbolchi topilmadi. Beyl to‘pni yana jarima maydonchasiga uzatdi, Morato to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, darvozaga zarba bermoqchi bo‘lganida, himoyachilardan biri ham to‘pga oyoq cho‘zdi. Natijada Morato jarima maydonchasi ichida yiqildi va to‘pni Fermenn egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Ronalduuuuuu! Bosh bilan bergan zarbasi yerga tekkan holda darvozaga kirib borayotgandi. Fermann oyoqlari bilan to‘pni qaytarib qoldi! |
| 50' | ![]() |
Isko o‘zining faolligi evaziga burchak to‘pi ishladi |
| 49' | ![]() |
Morato bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 48' | Koentrau qoida buzdi va "Shalke" jarima zarbasini amalga oshiradi | |
| 47' | ![]() |
"Real" jarima zarbasini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| 46' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish yuz berdi. Xabi Alonso o‘rniga yosh Kazemiro tushirildi. Ronaldu unga kerakli o‘gitlarni berdi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda | |
| 45+3' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim so‘ngida "Shalke" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Jarima maydonchasi ichida Drakslerga himoyachi zarba berish imkonini bermadi. U to‘pni Xuntelaarga yetkazdi, ammo u zarbani o‘ta noaniq yo‘lladi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qolib ketdi |
| 41' | ![]() |
Xuntelaar bu safar 30 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. Kuchli, ammo noaniq |
| 40' | ![]() |
Vuuhhhh!!! "Shalke" oldinga chiqib olishi mumkin edi. Meyer chiroyli pas bilan Xuntelaarni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Klaas barchasini to‘g‘ri bajardi - to‘pni Kasilyas yonidan o‘tkazib, darvabon tomon yo‘llad. Biroq to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. |
| 38' | ![]() |
"Real"ning hujumi bu safar ham chap qanotdan tashkil etildi va hujum o‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Nachoga keldi. Fernandesning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasini posbon egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Oh-oh,oxh! Shunday chiroyli kombinasiya golga aylanmadi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Ronaldu o‘ziga yerlatib uzatilgan to‘pni butsasining yon tomoni bilan Moratoga uzatdi. Alvaro esa birga-bir vaziyatda Fermannni alday olmadi. Ralf oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi |
| 33' | ![]() |
Morato bu safar jarima maydonchasi burchagidan darvozaning olis yuqori burchagini nishonga olishga harakat qildi. Davrozabon Ralf Fermann to‘pni mushtlari bilan urib yubordi |
| 31' | ![]() |
Tim Xoogland 22 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi, to‘p esa Serxio Ramosning oyog‘iga tegib, rekoshet holatida Kasilyas qo‘riqlayotgan darvozaning burchagiga borib tushdi |
| 31' | ![]() |
Goooooooooooooooooooolllll!!!! Hisob tenglashmoqda! |
| 30' | ![]() |
"Real"ning qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda. Yana Morato jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab oldi. To‘pni qanotlarda ochilayotgan Ronaldu yoki Beylga uzatishi mumkin edi. Ammo ular yopiq turgani uchun o‘zi zarba berishga qaror qildi. Himoyachilardan biri uning zarbasi yo‘liga g‘oq bo‘ldi |
| 27' | ![]() |
Ehhhhhh, Morato!!!! Gol bo‘lgan vaziyatning kopiyasi! Beyl chap qanot himoyachidan tezlikda o‘tib ketib, to‘pni bo‘sh turgan Moratoga uzatdi. Ammo Alvaro darvozabon bilan yuzma-yuzma holatni darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p uning oyog‘ia yaxshi o‘tirmadi, ochig‘i |
| 25' | ![]() |
Anchelotti jamoasi bu safar chap qanotdan hujum tashkil qildi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni nemis himoyachisi egallab olib, xavfni bartaraf qildi |
| 23' | "Real Madrid"ning ilk xavfli hujumi gol bilan yakunladi | |
| 21' | ![]() |
Alvaro Morato jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va o‘ng qanotda ochilgan Beylni oldinga boshladi. Garet jarima maydonchasining chap qanotida ochilgan Ronalduni o‘z vaqtida to‘p bilan ta’minladi. Krishtianu esa yaqin masofadan muammosiz darvozani ishg‘ol qildi! |
| 21' | ![]() |
Goooooolllll!!!! |
| 20' | ![]() |
Chap qanotdan Koentrau hujumga qo‘shildi. To‘pni esa darvozabon egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Madridliklar bosimni uyushtirishmoqda. Hozircha hujumlar qanotlardan tashkil etilib, to‘p balandlatib jarima maydonchasiga yetkazilmoqda. Ammo bosh bilan hozircha darvoza tomon xavf solinmadi |
| 16' | ![]() |
"Real" burchak to‘pi ishladi. Moratoning qanotidan |
| 14' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Davrozabon maydonchasi tomon uzatilgan to‘pga Serxio Ramos barchadan baland sakradi, ammo to‘pni darvoza tomon bura olmadi |
| 13' | ![]() |
"Shalke" yaxshi hujum tashkil qilgandi, Xuntelaar tomon uzatilgan to‘pni gollandiyalik futbolchi jarima maydonchasi ichida to‘xtata olmadi |
| 11' | Tomonlar himoyada yaxshi o‘ynashmoqda | |
| 8' | ![]() |
Xese Rodrigev o‘rniga Garet Beyl o‘yinni davom ettiradigan bo‘ldi |
| 8' | ![]() |
Darvoza tomon ilk to‘g‘ri zarba "Real" darvozasi tomon berildi. Madridlik himoyachilar o‘z jarima maydonchalari yonida to‘pni oldirib qo‘yishdi va Xuntelaar zarba berdi. Kasilyas to‘pni egallab oldi |
| 7' | Xese Rodriges maydonga qayta olmaydigan ko‘rinadi. | |
| 5' | ![]() |
Mezbonlar 10 kishi bo‘lib o‘ynashmoqda. Ular to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 4' | Xesega nisbatan qoida buzilgan joydan amalga oshirilgan jarima zarbasi esa xavfli bo‘lib chiqmadi | |
| 4' | Xeseni zambilda maydon tashqarisiga olib chiqib ketishmoqda. Beyl esa tayyogarlikni boshlab yubordi | |
| 3' | ![]() |
Xese Rodgriges burchakdagi bayroqcha oldida jarohat oldi. U o‘rnidan tura olmayapti |
| 2' | Eslatib o‘tamiz, Gelzenkirxenda bo‘lib birinchi o‘yinda "Madrid" 6:1 hisobida g‘alaba qozongan. Chorak final masalasi har bo‘lgan. Shuning uchun jamoalar bosimdan xoli bo‘lgan. Bugun ular o‘z muxlislari uchun chiroyli o‘yin namoyish qilishga harakat qilishadi | |
| 1' | "Real" oq, "Shalke" - ko‘k-qora" rangli formada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
BOSHLADIK! |
| ' | O‘yinni "Real" boshlab beradi | |
| ' | Jamoalar "Santyago Bernabeu" maydonida saf tortishdi. YECHL madhiyasi. Yoqimli a? | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. "Real Madrid" va Shalke" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan uyushtiradigan matnli translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|