Osiyo chempionlar ligasi, «V» guruhi
| 3-tur, 19 mart, soat 18:00 | ||
BUNYODKORV.Shodiyev (90+2)
|
1 : 1 |
FULADKaramiy (74)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Pavel Bugalo 2.Akmal Shorahmedov 4.Xayrulla Karimov 5.Dilshod Jo‘rayev 6.Anvar G‘ofurov 11.Aleksandr Pishur 14.Vohid Shodiyev 16.Karles Koto 21.Sardor Rashidov 24.Bahodir Pardayev 40.Sergey Simonenko |
55.Susha Makaniy 2.Leandro Padovani 5.Mehdi Badrlu 7.Surush RafiYE 8.Ismoil Sharifat 10.Abdulloh Karamiy 11.Baxtiyor Rahmoniy 14.Shahob Karimiy 21.Umid Xolidiy 37.G‘ulomrizo Rizoiy 55.Said Salarzoda |
|
| ZAHIRA | ||
|
45.Akbar To‘rayev 7.Alibobo Rahmatullayev 10.Anvar Berdiyev 18.Boburjon Akbarov 30.Hasan Asqarov 33.Oleg Zoteev 44.Mirjamol Qosimov |
1.Alirizo Salimiy 4.Ayub Vali 6.Mehdi Nuriy 15.Leandro Chaves 20.Ayub Kalantariy 23.Sasan Ansariy 27.Surush Saidiy |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | "Bunyodkor" darvoza tomon berilgan birinchi to‘g‘ri zarba evaziga sharmandalikdan qutulib qoldi. Shuningdek, "qaldirg‘ochlar" guruhdan chiqish uchun nazariy imkoniyatni saqlab qoldi | |
| 90+5' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! |
| 90+5' | ![]() |
Mezbonlar shoshilishmoqda! |
| 90+2' | ![]() |
Aleksandr Pishur chap qanotdan to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Vohid Shodiyev ikki himoyachidan ildamroq harakat qildi va bosh bilan zarba berdi! Darvozabon Makaniy to‘pni qaytara olmadi! |
| 90+2' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooollll!!!!! Gooooooooooooollll!!!! Goooooooooooooooooooooooollll! |
| 90+2' | ![]() |
O‘yinning so‘nggi daqiqalari bo‘lishiga qaramay, "Fulad" futbolchilari maydonda uchib harakat qilishmoqda |
| 90+1' | ![]() |
"Fulad" futbolchisi jarohat olib, maydonda yotibdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Savol! Sardor Rashidov burchak to‘pidan to‘pni faqat darvoza tomon to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantiraverishi shartmi? |
| 89' | ![]() |
Burchak to‘pi. So‘nggi ilinj degimiz keladi, ammo bu - burchak to‘pi |
| 87' | ![]() |
Baxtiyor Rahmoniy o‘rniga Ayub Qalantariy tushdi |
| 87' | ![]() |
Mehmonlarning to‘pni nazorat qilishini futbolchilarimiz tomosha qilishmoqda |
| 85' | ![]() |
Burchak to‘plari esa, bilasiz, bu - nol! |
| 84' | ![]() |
Ehhhh! Rashidov chiroyli pas bilan Pishurni deyarli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Ammo Aleksandr darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 83' | ![]() |
Raqib kechirmoqda, kechirmoqda hozircha... |
| 83' | ![]() |
Ismoil Sharifat - aut, Sesan Ansariy - in. |
| 81' | ![]() |
Buyog‘iga hammasi "Fulad"ni qo‘lida. Xohlasa, hisobni shunday qoldiradi, xohlasa yana uradi |
| 80' | ![]() |
Sardor Rashidov chiroyli zarba yo‘lladi. Ammo noaniq |
| 79' | ![]() |
Shahob Karimiy Shodiyevning yuziga tepib yubordi. Jarima zarbasi |
| 78' | ![]() |
Mehmonlar ruhlanib ketishdi va juda erkin o‘ynamoqda. "Bunyodkor"ning o‘yini esa sochilib ketdi |
| 75' | ![]() |
Pardayev o‘rniga Anvar Berdiyev tushirildi |
| 74' | ![]() |
Vakillarimiz raqibini qaytarib, qarshi hujum uyushtirmoqchi bo‘lganida Abdulloh Karamiy deyarli maydon markazida to‘pni egallab oldi, yo‘lida uchragan oq rangli futbolkada o‘ynayotgan futbolchilarning barchasidan o‘tib ketdi va 12-13 metrlardan Bugaloni ham kuchli zarba bilan dog‘da qoldirdi! |
| 74' | ![]() |
Goooollll!!! Eronliklarning bir nafar futbolchisi osonlik bilan gol urib ketmoqda |
| 73' | ![]() |
Said Salarzoda maydonda paydo bo‘ldi |
| 73' | ![]() |
Bahodir Pardayev jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olayotganda, himoyachi bilan to‘qnashdi va yiqildi. Ammo hakam penalti bermadi! |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar katta kuch bilan oldinga borishmayapti |
| 70' | ![]() |
Yanabir o‘zgarish. Xayrulla Karimov maydonni tark etdi. Oleg Zoteev hujumga tashlandi. Va-bank! |
| 70' | ![]() |
Hayron qolasan kishi. Qanotlardan balandlatib uzatilayotgan to‘plar hech qanday naf bermayotgan bo‘lsa-da, shu o‘yin uslubi davom ettirilaveradi, ettirilaveradi... |
| 67' | ![]() |
Mehmonlar hujumi besamar ketdi |
| 66' | ![]() |
Karles Koto maydonni tark etdi. Alibobo Rahmatullayev o‘ng qanotda o‘ynash uchun maydonga tushirildi. |
| 65' | ![]() |
Vuuuhhh!! Omad biz tomon bo‘ldi! Maydon markazida to‘pni oddiy joyda yo‘qotdik. Chiroyli pasdan keyin eronlik hujumchi darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Baxtimizga u to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi. |
| 64' | Qosimov Aliboboni o‘z o‘gitlari bilan o‘yinga tayyorlamoqda. | |
| 62' | ![]() |
Jamoamiz o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Rashidov Pishur manzili bo‘ylab to‘pni yetkazgandi. Yana o‘sha Makaniy to‘pga chiqishda ibrat ko‘rsatmoqda |
| 62' | ![]() |
Chap qanotdan "Fulad" hujumga o‘tdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘p darvozaning nasibasiga aylandi |
| 60' | ![]() |
15 daqiqa davom etgan bosimdan keyin "Fulad" vaziyatdan chiqib ketib, hujumga o‘ta boshladi |
| 58' | ![]() |
Akmal Shorahmedov o‘ng qanotda hujumga faol qo‘shildi. Ammo u jarima maydonchasi ichida to‘pni sheriklariga yetkaza olmadi. Bor-yo‘g‘i burchak to‘pi. BUrchak to‘pi esa "hech narsa" bilan aksioma bo‘lib qoldi |
| 57' | ![]() |
Karles Koto ikkinchi bo‘limda chap qanotda o‘ynamoqda. Faol o‘ynamoqda. U burchak to‘pi ishladi, uni o‘zi amalga oshirdi. Lekin, to‘p uzatilayotganda kim qayerda turishi kerakligini hech kim bilmaydi |
| 55' | ![]() |
Ehhhh! "Bunyodkor" markazdan uyushtirgan nostandart hujumi, aniqrog‘i Pishurning nostandart qarori evaziga ikki nafar hujumchimiz bir nafar himoyachiga qarshi qolishgandi. Ammo Shodiyev to‘pni o‘sha himoyachidan o‘tkazib, Pardayevga yetkaza olmadi! |
| 54' | ![]() |
Bahodir Pardayev jarima maydonchasi burchagida to‘pni egallab, zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 54' | ![]() |
"Bunyodkor" bosimni oshirayotgandek. Mehmonlar himoyada zich o‘ynashmoqda |
| 53' | ![]() |
Eronliklar to‘pni qanotdan uzatayotganda, to‘p qabul qiluvchiga aniq bormoqda. Hozir fors hujumchisi Karimovdan o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida darvoza tomon kuchli zarba berdi. Biroz noaniq |
| 52' | ![]() |
Karles chap qanotda o‘ziga yetkazilgan to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi. Ammo uning uzatmasiga "alik" oladigan futbolchi topilmadi |
| 50' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni G‘ofurov bosh bilan darvozaga yo‘llashni uddalay olmadi |
| 50' | ![]() |
Vakillarimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 49' | ![]() |
Karles Koto chap qanotdagi faol o‘ynadi, ammo to‘pni jarima maydonchasiga aniq yetkaza olmadi |
| 48' | ![]() |
Shodiyev uzatgan to‘pga chap qanotda Rashidov yetib bora olmadi |
| 46' | ![]() |
Eronliklar jarima maydonchasi tomon uzatilgan to‘pga Shodiyev yugurdi. Markaziy himoyachilarning o‘zaro tushunmovchiligidan Vohid foydalanishiga sal qoldi |
| 46' | To‘pni o‘yinga xuzistonliklar kiritib berishdi. | |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' | Tahlilni to‘xtatamiz. Jamoalar maydonga qaytishdi | |
| ' | Muxlislarning kamligiga esa, nazarimizda, "BUnyodkor"ning avvalgi o‘yinda yutqazgani va chiroyli o‘yin namoyish qila olmayotgani sabab bo‘lsa kerak. | |
| ' | "Sport" kanalida mehmon bo‘layotgan Ulug‘bek Ro‘zimovning fikricha, stadionda muxlislarning yo‘qligi - bu Eron jamoasi foydasiga ishlayotgan ekan. "Agar 50 ming muxlis kelib, muxlislar baqir-chaqir qilib turishsa, bu holat raqibga bosim o‘tkazib, mezbonlarni ruhlantirgan bo‘lardi", deydi mutaxassis. | |
| ' | Darvoqe, yakka kurashlarda "Fulad" futbolchilar yengib chiqishmoqda. Buni sezgan bo‘lsangiz kerak | |
| ' | Ikkinchi bo‘limda omad kelib, "Bunyodkor" bitta gol ursa, keyin himoyada balki mustahkamroq o‘ynash mumkindir | |
| ' | Darvozaga berilgan zarbalar - 3-5. Aniq zarbalar - 0-1 | |
| ' | To‘p nazoratini 15 daqiqalarga bo‘lini o‘rganadigan bo‘lsak: 0-15 daqiqalar - 40-60%, 15-30 daqiqalar - 59-41%, 30-45 daqiqalar - 39-61%. | |
| ' | Statistikaga ahamiyat qarating: To‘p nazorati: 46-54% | |
| ' | Zamonaviy futbolda faqat xohish, faqat qanotlardan uzatiladigan tavakaal uzatmalar bilan biror narsaga erishish qiyin ochig‘i | |
| ' | Hech bo‘lmaganda "standart" vaziyatlardan qandaydir ayyorliklar, yangiliklar kiritishga nima xalal berayotganini tushunish qiyin ochig‘i | |
| ' | "Bunyodkor" birinchi bo‘limda nafaqat xavfli vaziyatlarni yarata olmadi, balki darvoza tomon ham zarba bera olmadi. Bu yomon, juda yomon | |
| ' | Shunday tasavvur uyg‘onyaptiki, raqiblar Qosimov jamoalarini raqiblar to‘la o‘rganib bo‘lishgan. Ammo ushbu murabbiy o‘z jamoasi o‘yinlariga hech qanday o‘zgarish kiritmayapti | |
| ' | Bugungi o‘yindagi durang natija "Bunyodkor" uchun mag‘lubiyat bilan teng. Jamoa ikkinchi davradagi o‘yinlarning ikkitasini safarda o‘tkazadi | |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI. Hisob ochilmadi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Koto o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi uzatdi. MAkaniy oldinga chiqib, to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Davroza bo‘sh qoldi. Amm har safar mana shunday vaziyatlarda to‘p eronlik himoyachilarga nasib qilmoqda |
| 44' | ![]() |
Bahodir Pardayev jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab olib, darvoza tomon zarba berdi. Noaniq. Pardayev himoyachilar ta’qibi ostida va o‘tkir burchakdan zarba berganini ta’kidlash lozim |
| 43' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar"ning kam sonli hujumlaridan biri. Rashidov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. HImoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 42' | ![]() |
BUrchak to‘pi ham taxlikali bo‘ldi. "Fulad" uyalmasdan, tortinmasdan bemalol o‘ynamoqda, hujumga o‘tmoqda, to‘pni nazorat qilmoqda |
| 41' | ![]() |
Baxtiyor Rahmoniiiiiy!!! Qosimov uslubida to‘pni darvozaning yuqori burchagi tomon aylantirdi. Bugaloga tasanno! |
| 40' | ![]() |
Endi Simonenko jarima maydonchasiga yaqin joyda o‘yin qoidasini buzdi. Davrozagacha 25 metrlar masofa |
| 38' | ![]() |
Xayrulla Karimov maydon markazida o‘ziga xos va mos bo‘lgan qo‘pollikni namoyish qildi va ogohlantirish oldi. Karimov keyingi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi endi |
| 37' | ![]() |
Shorahmedov deyarli maydon markaziga yaqin joydan to‘pni balandlatib oldinga uzatdi. Darvozabon va himoyachining o‘zaro tushunmovchiligi oqibatida ular to‘qnashib ketishdi. To‘p qaytarilgan joyda esa "Fulad"ning boshqa futbolchisi bor edi. |
| 36' | ![]() |
"Fulad" burchak to‘piga ega bo‘ldi. Raqib tashabbusni to‘laligicha o‘z qo‘liga oldi |
| 35' | ![]() |
Bugalo va Karimov qaltis o‘ynashdi. Pavel to‘pni hujumchilar ta’qibi ostida qolgan Xayrullaga uzatgandi. To‘p hujumchining oyog‘ida Bugaloning qo‘liga kelib tushdi |
| 33' | ![]() |
Farakiy jamoani yaxshi shakllantira olgani ko‘zga tashlanmoqda. Futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunishmoqda |
| 32' | ![]() |
"Fulad" to‘pni juda yaxshi nazorat qildi va o‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida ikki nafar eronlik futbolchi biroz oldinga o‘tib ketishgani uchun to‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
"Fulad" hujumchisi ofsaydda |
| 30' | ![]() |
O‘yinning deyarli yarim soati ortda qolmoqda. Ammo "Bunyodkor" hali birorta ham golga tortadigan vaziyat yarata olgani yo‘q. O‘yinni tashkil qilishda muammolar yetarli |
| 27' | ![]() |
Rashidov burchak to‘pini aylantirgan holda darvozaning narigi tomonidan maydondan chiqarib yubordi. Havo uchdi bu burchak to‘pi |
| 25' | ![]() |
Shu ishni Anvar yana bajardi. To‘p bu safar Shodiyevga kelib tushdi. U to‘pni yana G‘ofurovga uzatdi. Anvar bu safar oyoq bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatayotganida, himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 25' | ![]() |
Anvar G‘ofurov to‘pni to‘g‘ri jarima maydonchasiga otib berdi. HImoyachi baland sakrab, to‘pni qaytardi |
| 23' | ![]() |
Eronliklar maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor qarshi hujum tashkil etishdi. Baxtiyor Rahmoniy to‘p bilan jarima maydonchasi yaqinigacha yaqinlashib keldi va darvoza tomon zarba berdi. Zarba kuchli, ammmo noaniq bo‘ldi |
| 21' | ![]() |
Hozircha jarima zarbalari, burchak to‘plari paytida darvozabon Makaniy to‘pga yaxshi chiqmoqda |
| 21' | ![]() |
Karlesga nisbatan o‘ng qanot chizig‘i yonida qoida buzildi |
| 19' | ![]() |
Vohid Shodiyev 25 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. Zarba esa muvaffaqiyatsiz chiqdi - ham kuchsiz, ham noaniq |
| 17' | ![]() |
Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Makaniy mushtlari bilan urib yubordi. |
| 17' | ![]() |
Uchinchi burchak to‘pi |
| 17' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi |
| 16' | ![]() |
Jarima to‘pini Rashidov jarima maydonchasiga yetkazdi. Darvozabon to‘pga chiqishda xato qildi. To‘p esa himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 15' | ![]() |
Raqib mudofaa vakillari Karles Kotoga jarohat yetkazdi. O‘ng qanotda jarima to‘pini amalga oshiramiz |
| 13' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev chap qanotda Ismoil Sharifatni to‘xtata olmadi va deyarli maydonning yuza chizig‘iga borib to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Yaxshiyam markaziy himoyachilarimiz xushyor o‘ynab, xavfni bartaraf etishdi |
| 12' | ![]() |
Eronliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Fors hujumchisi Bugaloga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi va o‘yin to‘xtatildi |
| 11' | ![]() |
Rashidov bu safar o‘ng qanotda ofsaydda qolib ketdi |
| 10' | ![]() |
"Fulad" to‘pni nazorat qilmoqda. Shu orqali ular toshkentlar shashtini pasaytirishmoqda |
| 9' | ![]() |
Bahodir Pardayev "Fulad" hujumchisiga qoqilib ketgani uchun to‘p maydon tashqarisiga tark etgandi. Shunga qaramay darvozamiz tomon burchak to‘pi belgilangandi. Hakam esa o‘z xatosini to‘g‘riladi - to‘p o‘yin kiritilgan zahoti o‘yinni to‘xtatib, hujumchi himoyachimizni turtganini ta’kidladi |
| 8' | ![]() |
Dastlabki daqiqalardagi mezbonlarning bosimidan eronliklar tezda chiqib ketishdi va endi o‘zlari ham hujumga o‘tishmoqda. Hozircha burchak to‘pi ishlashdi |
| 6' | ![]() |
Bu safar ham hujum Rashidov qanotidan tashkil etildi. Sardor hujumni keskinlashtirimoqchi bo‘lib to‘p bilan oldinga intildi, biroq to‘p maydonni tark etdi |
| 4' | ![]() |
O‘zbekistonliklar bu safar hujumni chap qanotdan tashkil etgandi. Rashidov ofsaydda qolgan ekan |
| 2' | Vakillarimiz maydon markaziga yaqin joyda jarima zarbasini amalga oshirishdi. XAyrulla Karimov to‘pni to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Shodiyev to‘pni darvozabon maydonchasiga bosh bilan uzatdi. U yerda markaziy himoyachilar to‘pniq qaytarishdi | |
| 1' | "Bunyodkor" darhol hujumga o‘tdi. Ilk hujumni fors himoyachilari qaytarishdi. | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Qosimov o‘yinni 3 (uch) nafar hujumchi bilan boshlamoqda! |
| ' | Bugun Sardor Sobirxo‘jayev diskvalifikasiya tufayli maydonga tusha olmaydi | |
| ' | Mini-qur’aga ko‘ra, o‘yinni "Bunyodkor" jamoasi boshlab beradigan bo‘ldi | |
| ' | Esdalik uchun suratga tushildi | |
| ' | JAmoalar maydonga chiqib kelishdi va o‘zaro so‘rashib chiqishdi | |
| ' | Jamoalar o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga kirib ketishdi. Birozdan keyin jangovar holatda maydonga qaytishadi | |
| ' | Mana shu g‘alabaga umid qilinayotgan o‘yinni esa biz bilan birga kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | Bugungi o‘yinda "Bunyodkor"ga omad tilagan holda, "qardirg‘ochlar"dan "Fulad"ga qarshi o‘yinda g‘alaba kutamiz | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|