Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 31-tur.

22 mart, soat 22:30

VEST XEM

0 : 2

MANCHESTER YUNAYTED

Runi (8, 33)
JAMOALAR TARKIBI
Adrian
Demel
Kollinz
Tomkins
Makkartni
Diame
Teylor
Nolan
Nobl
Dauning
Kerroll
  De Xea
Fellayni
Byuttner
Jons
Rafael
Fletcher
Kerrik
Eshli Yang
Kagava
Mata
Runi

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Ueyn Runi tomonidan urilgan ikkita gol "MYu"ga 3 ochkoni taqdim etdi
90+4'
O‘YIN YAKUNLANDI!
90+3'
"MYu" hisobni yiriklashtirishi mumkin edi. To‘p jarima maydonchasi tomon uzatildi. To‘pga darvozabon ham, Chicharito ham yugurishdi. Ammo to‘p hech kimga tegmay o‘tib ketdi. HImoyachi esa to‘pning darvozaga kirishiga yo‘l qo‘ymay, uni egallab oldi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Felayni ikki himoyachidan o‘tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka holatda zarba bermoqchi bo‘lganida himoyachi ham ortdan to‘pga oyoq cho‘zdi. Feleynining oyog‘i esa himoyachining oyog‘i tegib, o‘zi yiqildi. Qulay pozisiya tanlagan hakam penalti bermadi.
89'
Mezbonlar raqiblari mudofaa chizig‘ini yorib o‘tish yo‘lini topa olishmayapti
87'
O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi tomon uzatilgan to‘p De Xeya uchun sovg‘a bo‘ldi
84'
Felayni maydon markazida mezbon futbolchilaridan birining oyog‘iga tepib, unga jarohat yetkazdi
82'
"Vest Xem"da so‘nggi o‘zgarish: Nocherino maydonga tushdi. Teylor o‘yinni tark etdi
80'
De Xeya to‘pga chiqishda no‘noqlik qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Endryu Kerrol darvozaga yo‘llay olmadi. Vaziyatni o‘zgaritirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lgandi mezbonlarda
79'
"MYu" futbolchilari to‘pni qadrlashmoqda, uni yo‘qotmaslikka harakat qilishmoqda
77'
Mehmonlarda ikkita o‘zgarish: Runi va Mata chiqib ketishdi. Ernandes va Uelbek tushirildi
77'
"MYu" markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujumni o‘ng qanotga ko‘chirdi. Yang uzatgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
73'
Kevin Nolan maydonni tark etdi. Karlton Koul maydonga tushirildi. Bu mezbonlarning ikkinchi o‘yinchi almashtirilishi
71'
Runi ofsaydda qolib ketdi. Aks holda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgandi
67'
Moyes shogirdlari to‘pni yaxshi nazorat qilib, keyin zng qanotdan hujumni rivojlantirishdi. Yang uzatgan to‘p himoyachilar oyog‘idan maydonni tark etdi
64'
Eshli Yang o‘ng qanotdan to‘pni balandlatib darvozabon maydonchasiga uzatdi. Felayni bosh bilan noaniq zarba berdi
63'
"Vest Xem"ning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini De Xea egallab oldi
60'
Darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pni Kerrik maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
59'
Fellayni o‘yin qoidasini buzdi. 20 metrlardan jarima zarbasi
58'
Muhammad Diame maydonni tark etdi. Metyu Jarvis o‘yinni davom ettiradi
57'
"MYu" yaxshi hujum tashkil qildi. Yang o‘ng qanotdan to‘pni Mataga uzatdi. Xuan tomonidan jarima maydonchasi chizig‘i ustida yo‘llagan zarbasiga himoyachilar to‘g‘anoq bo‘lishdi
55'
Mezbonlar asta-sekin raqib darvoza tomon yaqinlashib kelishmoqda. Hozircha manchesterliklar mudofaada mustahkam o‘ynashmoqda
53'
Bugun Eshli Yang ancha faol o‘ynamoqda. O‘ng qanotda to‘p uchun kurashda raqibidan ustun keldi va jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazmoqchi bo‘lganida, himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
52'
Londonliklar bosim uyushtirishga harakat qilishmoqda.
49'
"Vest Xem" ikki marta burchak to‘pini amalga oshirdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
47'
Yang burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Mata bilan uzatma almashib, darvoza tomon zarba berdi. Adrian to‘pni egallab oldi
46'
Runi burchak to‘pi ishladi
46'
Ikkinchi bo‘limni "Vest Xem" boshlab berdi
'
Jamoalar ikkinchi bo‘limni o‘tkazish uchun maydonga chiqish kelishmoqda
'
Saytga Runi tomonidan urilgan birinchi golning videolavhasi qo‘yildi. Golni tomosha qilishingiz mumkin
45+2'
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI!
45+2'
MYu qarshi hujum uyushtirdi, yana yuqoridagi vaziyatga o‘xshash holatda Runining zarbasi o‘xshamadi
45+1'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Runi to‘pni chap qanotda ochilgan Kagavaga uzatib, yana qabul qildi. Darvozagacha 18 metrlarda to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘llashga qaror qildi. Ammo zarba qovushmadi
43'
"MYu" xotirjamlik bilan o‘yinni nazorat qilmoqda. Raqibga hujum tashkil qilish imkonini bermayapti. Imkon bo‘lganda esa o‘zi yana gol urish variantlarini qidirmoqda.
39'
Metyu Teylor XUan Matani yiqitib, mehmonlarning hujumini buzdi. Ogohlantirish!
38'
Fellayni qoida buzgani uchun mezbonlar jarima to‘piga ega bo‘lishdi. Endryu Kerrol tomonidan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
36'
Kollins Jeyms, hakamga e’tiroz bildirgani uchun
33'
"Vest Xem"ning burchak to‘plari xavfli bo‘layotgani yo‘q! Boz ustiga "Yunayted" tezkor qarshi hujumga o‘tdi va Eshli Yang o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. HImoyachi to‘pni qaytardi, ammo qaytgan to‘p Runiga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi. Runining o‘zi ham bilmay qoldi gol muallifiga aylandi. Ueyndan "dubl" hozircha
33'
Gooooooolllll!!!!
32'
Dauning o‘ng qanotdan tezkorligini namoyish qilib, Rafaeldan o‘tib ketayotgandi, MYu himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
30'
Runi jarima maydonchasining chap qanotida to‘pni egallab oldi va to‘pni orqaga - darvoza ro‘parasida turgan Mataga yetkazishda biroz kech qoldi. Shunga qaramay, ispaniyalik futbolchi himoyachi ta’qibidan qochib, darvoza tomon zarba berishning uddasidan chiqdi. Darvozabon qiyinchilik bilan zarbani qaytardi!
27'
"Vest Xem" qanotlarni almashtirgan holda uzoq cho‘zilgan hujum tashkil qildi. Oxiri burchak to‘pi ishladi
25'
Kagavaaaa!!! Chap qanotdan ochilda yaponiyalik futbolchi. Manchesterlik uni to‘p bilan ta’milashdi. Shinjining o‘tkir burchak ostida bergan zarbasini Adrian ikkinchi urinishda egallab oldi
23'
"MYu" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Eshli Yang o‘ng qanotda darvoza yo‘nalishi bo‘ylab bergan zarbasi/uzatmasini himoyachilar qaytarishdi
19'
To‘p deyarli maydo markazida saqlanmayapti. Tomonlar ketma-ket hujum tashkil qilishyapti. Ammo hozircha golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmayapti
16'
Kerrol yana bir marta "MYu" darvozasi tomon xavf solmoqda. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni bo‘ydor Kerrol yana darvozaga yo‘lladi. De Xeya to‘pni egallab oldi
15'
Endi Kerrol darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘p yo‘nalishini bosh bilan o‘zgartirdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
14'
Yana Rafael o‘yin qoidasini buzmoqda. Yana o‘sha nuqta
13'
Mehmonlar ishonch bilan o‘ynashmoqda. O‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga olishmoqda
11'
Rafael o‘z jarima maydonchasi yaqinida Dauningni to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirish oldi
10'
"Vest Xem" burchak to‘pini amalga oshirdi. Jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarilgan to‘p londonlik futbolchi zarba berdi. To‘p "MYu" himoyachilariga tegib qaytmoqda
8'
Ueyn Runi maydon markazidan darvozani ishg‘ol qildi! 50 metrlar! "Vest Xem" darvozaboni oldinga chiqib ketganini ko‘rgan Runi darhol zarba berdi. To‘p darvozabon ustida o‘tib, darvoza to‘riga borib tushdi!
8'
Gooooooooooooooooooooollll!!!! Dahshat gol!!!!
6'
Mezbonlar 2ta burchak to‘pini amalga oshirishdi. Ikkinchisidan keyin mehmonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Ammo Yang to‘pni Kagava uzatishda biroz kech qoldi. Yapon futbolchisi ofsaydda qolib ketdi
5'
Mehmonlarning yana bir xavfli hujumi! Kagava jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, mezbon jamoa hududida ochilgan Mataga to‘pni uzatdi. Xuan o‘tkir burchak ostida zarbani yerlatib berdi. Adrian to‘pni egallab oldi!
3'
"MYu" hisobni ochishi mumkin edi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachi bosh bilan to‘pni yana o‘sha burchak tomon qaytardi. To‘pni egallab olgan Eshli Yang to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Falleyni hech qanday qarshiliksiz bosh bilan darvoza tomon zarba berdi. Endi Kerrol deyarli darvoza chizig‘i ustidan to‘pni qaytarib qoldi!
3'
Moyes shogirdlari burchak to‘pi ishlashdi
2'
Mezbonlar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishayotgandi, himoyachi "MYu" himoyachisi to‘pni qaytarib qoldi
1'
"MYu" o‘yinni boshlab berdi! Ketdik!
'
"MYu" oq, "Vest Xem" esa qizil-oq kiyimda o‘ynashadi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
"MYu" YECHL nimchorak final bosqichida "Olimpiakos" to‘sig‘idan bir amallab o‘tib oldi. Natijada jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonch oshdi. Bundan keyin manchesterliklarning ishlari yurishi ketishi kutilmoqda. Bugungi o‘yinda esa o‘zgarish qay darajada yuz berganini kuzatamiz
'
Endi barchangizni "Vest Xem" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni onlayn o‘qib borishga taklif etamiz
'
Angliya Premyer-ligasining 31-turidan uyushtirayotgan onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.